Mashinaning bosh valiga harakat elektrodvigateldan ponassimon tasma uzatma orqali uzatiladi. Lekin, zamonaviy yigirish mashinalarda ularning samaradorligini ko`tarish maqsadida sozlovchi yuritma qo`llaniladi.
Ma`lumki, uyachani ishlab chiqarish paytida ipni uzilishi ko`payadi; badan qismini ishlaganda uzilish kamayadi va tepa qismini ishlaganda uzilish yana ko`payadi. Shuning uchun uzulishni hamma qismlarida tekislash uchun urchuqlarni tezligini sozlash kerak, yani uzilish ko`p bo`lsa tezlik kamaytiriladi; uzilish kam bo`lsa tezlik ko`paytiriladi. Sozlash qonunini amalga oshirishda har xil tezlik diagramalar ishlatiladi.
Tezlik diagrammalarining turlari.Birinchi tur tezlik diagrammasi oddiy asinxron dvigatel orqali amalga oshirishdan iborat.
11.3-rasm. Tezlik diagrammasi. 11.3-rasmdagi diagramma bo`yicha tezlik doimo o`zgarmas bo`ladi, yani galtakka ip o’ralishi jarayonida tezlik o`zgarmaydi.
11.4-rasm. Tezlik diagrammasi. Ikkinchi tur tezlik diagrammasi (11.4-rasm)– tezlik pog`onali o`zgaradi, yani uyacha uralganda tezlik 20% past bo`ladi,badan uralganda – kattalashadi; va tepa qisma o’ralayotganda 20% kamayadi.
3 tur tezlik diagrammasi - tezlik g`altakning hamma qismida o`zgaradi va qo`shimcha halqali plankani har tsikl harakatida ham o`zgaradi (11.5-rasm).
11.5-rasm. Tezlik diagrammasi. Sozlovchi yuritmalarning sxemalari. 2 asinxron dvigatelli yuritma. Bu yuritmada kichik dvigatel uyacha va g`altakni tepa qismi o`ralayotganda ishlaydi, katta dvigatel esa salt aylanadi. G`altakning badani o`ralayotganda katta dvigatel ishlaydi, kichik dvigatel esa salt aylanadi. Dvigatellar maxsus datchik orqali navbati bilan ishga tushuriladi.
Yigirish mashinalarida paxta tolasiga va ishlab chiqariladigan ipga qarab turli xildagi cho`zish asboblari ishlatiladi va ular quyidagilarga bo`linadi:
Cho`zish quvvati past bo`lgan cho`zish asboblari -NV
Cho`zish quvvati oddiy bo`lgan cho`zish asboblari - OV
Cho`zish quvvati yuqori bo`lgan cho`zish asboblari - VV
Cho`zish quvvati o`ta yuqori bo`lgan cho`zish asboblari - SVV
Tasmalarning asosiy vazifasi cho`zish asbobidagi suzib yuruvchi tolalarni nazorat qilish, ip notekisligini yaxshilashdan iboratdir.
Cho`zish asbobi tsilindr brusiga nisbatan =30-450 qiya joylashgan. Cho`zish asbobining qiya joylashtirilishining sababi old tomon tsilindrining 1 va 2 nuqtalari (12.1-rasm) yoyi bo’yicha qamrab o`tayotgan tutamchaning pishiqligini oshirish, buramalarni yaxshi taqsimlanishini ta’minlashdir.