Tarkibning doimiylik qonuni



Download 19,87 Kb.
Sana28.12.2020
Hajmi19,87 Kb.
#53840
Bog'liq
TARKIBNING DOIMIYLIK QONUNI


TARKIBNING DOIMIYLIK QONUNI

1781 yilda A.Lavuaze karbonat angidridi gazini 10 xil usul bilan hosil qilib,  gaz  tarkibidagi uglerod  va  kislorod  massalari  orasidagi nisbat(CO2) 3:8 ekanligini aniqladi.

       Bundan har qanday kimyoviy toza modda qaysi va qanday usulda olinishidan qat’iy nazar o’zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega  degan xulosa chiqarildi. 

      1803 yilda fransuz olimi Bertole qaytar  reaksiyalarga oid  tekshirishlar  asosida kimyoviy reaksiya vaqtida hosil bo’ladigan birikmalarning miqdoriy tarkibi reaksiya  uchun  olingan  dastlabki moddalarning massa nisbatlariga bog’liq bo’ladi degan xulosa chiqardi.

      Fransuz olimi J.P.Prust  Bertolening  yuqoridagi  xulosasiga qarshi chiqdi.

U  kimyoviy toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil bo’lishini o’zining juda ko’p  tajribalarida  isbotlab  berdi  va 1809 yilda  tarkibning  doimiylik  qonunini  quyidagicha ta’rifladi:

     "Har qanday kimyoviy toza birikma, olinish usulidan qat’iy nazar, o’zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega .  Masalan, toza suvni bir necha xil usul bilan olish mumkin:

     1) vodorod va kisloroddan sintez qilib:

                         2H2 + O2 = 2H2O

     2) neytrallanish reaksiyasi asosida:

                     NaOH + HCl = H2O + NaCl

     3) metanni yondirib:

                      CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O

     4) kristallogidratni parchalash:

                    CuSO4 * 5H2O =5 H2O + CuSO4

   


 

     5) gidroksidlarni qizdirish:

                      Cu(OH)2 = CuO + H2O

     6) kislotalarni parchalash:

                       H2SiO3 = H2O + SiO2

     7) oksidlar bilan kislotalar reaksiyasi natijasida:

                    ZnO + H2SO4 = ZnSO4 + H2O

     Hosil bo’lgan  suvlarning tarkibida 11,11%  vodorod va 88,89% kislorod bo’lib, suv 0 o C da muzlaydi, 100 o C da qaynaydi, 4,5o C  da zichligi 1 g/sm3  ga teng, o’zgarmas elektr o’tkazuvchanlikka va qovushqoqlikka ega. Bu qonunga molekulyar tuzilishli moddalar - gaz, suyuqlik va oson suyuqlanadigan qattiq moddalar bo’ysunadi.

     Barcha noorganik moddalarning faqat 5% gina molekulyar tuzilishga ega.Molekulyar tuzilishli moddalar qatoriga inert gazlar(1 atomli), O2 , N2,F2,Cl2,H2 va bosqalar(2 atomli), suv, ammiak, metan, uglerod oksidlari kiradi(ko’p atomli). Bunday moddalarning tarkibi doimiy bo’ladi.

     Mavjud anorganik moddalarning 95% molekulyar tuzilishga ega emas.Bunday moddalar tarkibi atomlardan, ionlardan tashkil topgan.Shuning uchun ular nomolekulyar tuzilishga ega.



     Zamonaviy tekshrishlar asosida  ko’pdan ko’p moddalar o’zgaruvchan tarkibga ega  ekanligi aniqlandi.Masalan,titan oksidi TiO1,8 dan TiO 1,2 gacha , mis(1) oksidi tarkibi Cu1,8O dan Cu2O gacha , temir(11) oksidi Fe0,89O  danFe0,95O gacha,TiO1,46 TiO1,56  gacha o’zgarishi aniqlangan.Bunday moddalar d-elementlarning oksidlari,gidridlari,karbidlari,nitridlari va sulfidlari orasida keng targalgan. Ular k’opincha ravshan rangli,yarim o’tkazgich xossasiga ega, ularning reaksion qobiliyati  va katalitik aktivligi ancha yuqori. O’zgaruvchan tarkibli moddalar xossalarini tekshirgan  N.S.Kurnakov taklifiga ko’ra  o’zgaruvchan tarkibli birikmalar bertolidlar deb, o’zgarmas , ya’ni molekulyar tarkibli birikmalar daltonidlar deb ataladigan bo’ldi.
Download 19,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish