VII GURUH YONAKI GURUHCHAELEMENTLARINING UMUMIY TAVSIFI
VII guruh yonaki guruhchasini marganes Mn, texnetsiy Ts va reniy Re tashkil qiladi. Marganes va reniy birikmalari tabiatda uchraydi. Texnesiy esa sun’iy radioaktiv izotoplari holida olinadi.
Bu guruhcha elementlarining Mn dan Re ga borgan sari kimyoviy aktivligi qisman susayadi, qizdirilganda ular ko’pchilik metallmaslar, suyultirilgan kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi.
Bu elementlar +2 dan +7 gacha oksidlanish darajalarini namoyon qiladi. Marganes +2,+3,+4,+6 va +7 valentli bo’la oladi. Bularga Mn(OH)2, Mn(OH)3, Mn(OH)4 tarkibli gidroksidlar va H2MnO4, HMnO4 tarkibli kislotalar to’gri keladi. Oksidlanish darajasi ortishi bilan kislota xossalari kuchayib boradi. Mn(OH)2 va Mn(OH)3– asos, Mn(OH)4 –amfoter xususiyatga ega bo’lib, kuchli asos hisoblanadi. H2MnO4 va HMnO4 kislotalardir. Ikki valentli marganesdan yetti valentli marganesga o’tgan sari marganes birikmalarining oksidlash xossalari kuchyib, qaytarish xossalari kuchsizlanib boradi.
MARGANES VA UNING TABIIY BIRIKMALARI
Marganes, kimyoviy belgisi Mn (lotincha Manganium) –Mendeleev dayriy sistemasining VII b gruppasiga mansub kimyoviy element. Atomining tartib raqami (yadro zaryadi) 25, nisbiy atom massasi 54,9380 ga teng bo’lib, uning bitta barqaror tabiiy va bir qancha sun’iy izotoplari mavjud. Marganesni Sheele ochgan.Toza holda marganesni birinchi bo’lib, MnO2 mineralini pista ko’miri solingan tegilda qizdirib ajratib olgan. Normal Mn atomida 5 ta toq elektron bor. U paramagnit xossasiga ega.
Birikmalarida namoyon qiladigan oksidlanish darajalari +2, +3, +4, (+5), +6 va +7. U qiyin suyuqlanuvchan og’ir metal.
Marganes elektr pechlarida oksidlarini alyumotermik yoki silikotermik usullar bilan qaytarib olinadi:
3Mn3O4+ 8Al → 9Mn + 4Al2O3+ 2251,8 kJ
MnO2 + Si → Mn + SiO2
Marganes past valentlik namoyon qiladigan birikmalari ichida ikki valentli marganes birikmalari eng ko’p uchraydi. Ular deyarli barqaror bo’ladi va kislotali muhitda qiyinchilik bilan oksidlanadi. Marganes uch valentli ham bo’ladi, lekin tarkibida Mn3+ kationi bo’lgan tuzlar osonlik bilan disproporsiyaga uchrab, Mn2+ va Mn4+ birikmalariga aylanadi. Bir valentli marganes faqat kompleks birikmalardagina ma’lum. Marganesning 5 ta oksidi bor;
MnO – suvda erimaydigan yashil tusli kukun;
Mn2O3 qo’ng’ir tusli qattiq modda;
MnO2 – kulrang-qoramtir tusli qattiq modda;
Mn3O4 – qora tusli qattiq modda;
Mn2O7–yashil qo’ng’ir tusli moysimon suyuqlik;
TEXNESIY, RENIY
Texnesiyning tabiatda uchraydigan minerallari ma’lum emas, faqat sun’iyyo’l bilan hosil qilinadi.Texnesiy–sun’iy yo’l bilan, ya’ni molibdenga deytronlaryog’dirish yo’li bilan olingan dastlabki element:
Hozirgi vaqtda texnesiy yadro reaktorlarida uranning parchalanashidanhosil bo’lgan mahsulotlardan olinadi. Texnesiy izotoplaridan eng barqarori 99Te dir. Kimyoviy xossalariga ko’ra texnesiy shu gruppaning boshqa elementlarigao’xshaydi. Texnesiy birikmalardan eng muhimi natruy pertexnat NaTcO4dir. Bubirikma metallarning korroziyalanishiga qarshi ingibitor sifatida ishlatiladi.Ammo olinadigan pertexnat miqdori juda oz bo’lganligidanhozircha undan kengko’lamda foydalanish imkoniyati yo’q.Texnesiy–kumushsimon yaltiroq metall,geksagonal strukturada kristallanadi. Texnesiy nitrat kislotada erib, anionkomplekslarni hosil qiladi:
3Tc+7HNO3 = 3H[TcO4]+7NO+2H2O
Reniy tashqi ko’rinishidan platinaga o’xshash oq metall, zichlgi va suyuqlanish temperaturasi yuqori (3000 oC dan yuqori). U eng tarqoq elementlar jumlasiga kiradi. Reniyning mustaqil minerali mavjud emas. Molibdenli ba’zi rudalarda va boshqa nodir minerallarda oz miqdorda reniy bo’ladi. Toza reniy, reniy oksidlarini 500oC atrofida vodorod vositasida qaytarish yo’li bilan olinadi:
Re2O7 + 7H2 = 2Re + 7H2O
Reniyning uchta oksidi va bitta peroksidi bor;
ReO2 -qora qattiq modda, ReO3 – ikki xil rangli qattiq modda, Re2O7 – kristall modda va Re2O8 – reniy peroksidi.
Do'stlaringiz bilan baham: |