Таркибида терпеноидлар бўлган доривор ўсимликлар ва маҳсулотлар



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/58
Sana05.04.2022
Hajmi1,94 Mb.
#530040
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58
Bog'liq
efir moylari va iridoidlar saqlovchi dorivor osimliklar va mahsulotlar

Dorivor preparatlari
. Damlama poroshok va spirtli suvi. Mevasi me’da va 
bavosil kasalliklarida ishlatiladigan yig’malar-choylar tarkibiga kiradi. 
 
Qalampir yalpiz bargi va efir moyi - Folia et oleum Menthae piperitae 
 
O’simlikning nomi
. Qalampir yalpiz - Mentha piperita L. 
Oilasi.
Yasnotkadoshlar - Lamiaceae
Ko’p yillik, bo’yi 30-100 sm ga yetadigan o’t o’simlik. Poyasi bir nechta, tik 
o’suvchi, to’rt qirrali, tuksiz yoki siyrak tukli. Bargi oddiy, cho’ziq tuxumsimon 
yoki lantsetsimon, o’tkir uchli, qirrasi o’tkir arrasimon. Barglar poyada qisqa 
bandlar bilan qapama-qarshi joylashgan. Gullari mayda, pushti, och binafsha yoki 
qizil- -binafsha rangda, poya va shoxlar uchida g’uj joylashgan boshoqchasimon 
gul to’plami hosil qiladi. Gulkosachasi naychasimon, binafsha rangli, besh tishli 
bo’lib, meva bilan birga qoladi. Gultojisi bir oz qiyshiq, voronkasimon, to’rt 
bo’lakli (boshqa labguldoshlardan farqi), otaligi 4 ta, onalik tuguni 4 bo’lakli, 
yuqoriga joylashgan. Mevasi kosachabarg bilan birlashgan 4 ta yong’oqcha. 
Mahsulotning tashqi ko’rinishi.
Tayyor mahsulot cho’ziq tuxumsimon yoki 
lantsetsimon, qisqa bandli, o’tkir uchli, arrasimon notekis qirrali bargdan iborat. 
Bargning uzunligi 8 sm gacha, eni 3 sm gacha bo’lib, ustki tomoni to’q yashil, 
pastki tomoni esa och yashil rangda. Ikkinchi tartibdagi tomirlar yo’g’on tomirdan 
burchak hosil qilib chiqadi va uchlari bilan birlashib, barg chetida parallel chiziq 
hosil qiladi. Mahsulotning o’tkir yoqimli hidi bor, mazasi tilni achitib, uzoq 
vaqtgacha muzdek qilib turadi. 


11 
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi
. Ishqor eritmasida qaynatib va suvda 
yuvilgan bargning tashqi tuzilishi mikroskop ostida xloralgidrat eritmasida 
ko’riladi.
Epidermis hujayralar devori egri-bugri, ustitsalar bargning har ikkala 
tomonida uchraydi, ular ikkita epidermis hujayrasi bilan o’ralgan (labguldoshlar 
oilasiga xos). Barg epidermisining ustida ikki-to’rt hujayrali, qalin devorli, uzun, 
so’galli tuklar hamda oval yoki teskari tuxumsimon shaklli bir hujayrali bezli 
boshchali va bir hujayrali kalta oyoqchali tuklar bo’ladi. Uzun tuklar kam bo’lib, 
faqat barg chetida va tomirlar ustida, bezli boshchali tuklar esa barg 
plastinkasining ustida tarqoq holda uchraydi. Bundan tashqari, bargning har ikkala 
tomonidagi epidermisda kalta oyoqchasi bilan birikkan efir moyli bezlar bo’ladi. 
Bu bezlar 8 ta, radius bo’yicha joylashgan efir moyi ishlab chiqaruvchi 
hujayralardan tuzilgan. Efir moyi ishlab chiqaradigan bezlarda yig’ilgan moy 
kutikula qavati ostiga to’planadi. Ba’zan mentol kutikula qavati ostida kristallga 
aylanib qoladi. Bargda kalsiy oksalatning kristallari bo’lmaydi. 

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish