17. Bizlarning zimmamizda faqat (Allohning vahiysini sizlarga) aniq yetkazishgina bordir".
18. (Ular) dedilar: "Bizlar sizlardan shumlanmoqdamiz. Јasamki, agar (da'vatlaringizni)
to'xtatmasangizlar, sizlarni, albatta, toshbo'ron qilurmiz va sizlarga biz tomondan alamli azob yetar".
19. (Elchilar) aytdilar: "Shumlanishingiz o'zlaringiz bilandir. Sizlarga nasihat qilinsa
(shumlanasizlarmi)?! Yo'q, sizlar haddan oshgan qavmdirsiz!"
20. (Shu payt) bir kishi shaharning ichkarisidan shoshgancha kelib, dedi: "Ey, qavmim, (bu) elchilarga
ergashinglar!
21. O'zlari hidoyatda bo'lgan va sizlardan haq so'ramaydigan zotlarga ergashinglar!"
Izoh: Bu taklifni xaloyiqqa aytgan kishi Habib ismli bir xudojuy duradgor bo'lib, u shahar chetida yashar edi.
22. (U yana aytdi): "Nega men o'zimni yaratgan Zotga ibodat qilmayin? (Sizlar ham) Ungagina
qaytarilursizlar.
23. Men Undan O'zgalarni iloh qilib olaymi?! (Holbuki), agar Rahmon menga biror zarar yetkazishni
istasa, u ("iloh")larning shafoatlari menga biror foyda bera olmas va ular meni (azobdan) qutqara
olmaslar.
24. U holda men, albatta, aniq zalolatda bo'lurman-ku!
25. Haqiqatan, men Rabbingizga imon keltirganman, meni eshitib qo'yingiz!"
26. (So'zlariga boqmay uni qatl qilishgach, unga) "Jannatga kir",- deyildi. (U joydagi noz-ne'mat va
izzat-ikromni ko'rgach), u aytdi: "Qani edi qavmim bilsalar
27. Rabbimning meni mag'firat etganini va meni mukarram kishilardan qilganini".
YIGIRMA UCHINCHI JUZ’
*************************
28. Biz undan (Habib an-Najjor qatlidan) keyin uning qavmi ustiga osmondan biror qo'shin (azob
farishtalarini) tushirmadik. Biz (shoshilinch) tushiruvchi emasmiz.
29. Faqat birgina dahshatli qichqiriq bo'ldi-yu, birdaniga ular "o'chib" qoldilar.
30. Bandalarga hasrat (nadomat) bo'lgayki, ularga payg'ambar kelishi bilan uni masxara qiluvchi
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
296
bo'ldilar.
31. Axir, ular o'zlaridan oldin ham qancha avlodlarni halok qilganimizni – o'shalar ularning oldiga
(dunyoga) qaytib kelmayotganini ko'rmadilarmi?!
32. Albatta, barchalari (qiyomatda) Bizning dargohimizda hozir qilinuvchidirlar.
33. O'lik (qo'riq) yer ular uchun (qayta tirilishga) bir alomatdir, Biz uni ( suv bilan) tiriltirdik va undan
(turli) donlarni undirib chiqardik. Bas, ular undan yerlar.
34. Yana Biz u (yer)da xurmozor va uzumzor bog'larni (paydo) qildik va u yerda buloqlarni oqizib
qo'ydik.
35. Toki (odamlar) mevasidan yesinlar. Holbuki, u (mevalar)ni o'z qo'llari (bilan) qilmagan edilar. Axir
shukr qilmaydilarmi?!
36. Yer undiradigan narsalardan, (odamlarning) o'zlaridan va yana ular bilmaydigan narsalardan iborat
barcha juftlarni yaratgan (Alloh)ga tasbeh aytilur.
37. Tun ham ular uchun (qudratimizdan) bir alomatdir. Biz undan kunduzni sug'urib olishimiz bilan
birdaniga ular zulmatda qolurlar.
38. Quyosh (tinmay) o'z qarorgohi sari joriy bo'lur. Bu qudratli va bilimli zotning o'lchovidir.
39. Biz oyni ham, toki u eski xurmo butog'idek bo'lib (egilib) qolgunicha, manzillarga (botadigan qilib)
o'lchab qo'ygandirmiz.
Izoh: Madorik tafsirida yozilishicha, oy agar qisqa bo'lsa, u hilollik kunidan boshlab 28 joyda ko'rinadi. So'ng
bir yoki ikki kecha ko'rinmasdan, yana boshidan boshlab takrorlanaveradi. Shu manzillarga qarab oyning nuri
ham ozayib-ko'payib turadi.
40. Na quyosh oyga yetishi mumkin va na kecha-kunduzdan o'zuvchidir. (Quyosh, oy va yulduzlarning)
har biri (bir) falakda suzadilar.
41. Biz ularning zurriyotlarini (Nuh payg'ambar yasagan) to'la kemada ko'targanimiz (va to'fondan
qutqarganimiz) ular uchun (qudratimizdan yana bir) alomatdir.
42. Yana Biz ularga xuddi o'sha (kemaga) o'xshash (ot, tuya kabi) minadigan narsalarni ham yaratdik.
43. Agar Biz xohlasak, ularni g'arq qilurmiz-da, so'ng ular uchun biror yordamchi bo'lmas va ular
qutqarilmaslar ham.
44. Faqat Biz tomondan bo'lgan marhamat sababli va (ma'lum) bir vaqtgacha (hayotdan) bahramand
bo'lishlari uchun (muhlat berilur).
45. Qachonki, ularga: "Rahmatga erishishlaringiz uchun oldilaringizdagi (oxirat)dan va ortingizdagi
(dunyo)dan qo'rqinglar",- deyilsa, (quloq solmaslar).
46. Ularga Parvardigorlarining oyatlaridan biror oyat kelsa, albatta, ular (o'sha oyatdan) yuz o'giruvchi
bo'lurlar.
47. Qachonki, ularga: "Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalardan ehson qilinglar", - deyilsa, kofir
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
297
bo'lgan kimsalar imon keltirgan zotlarga (istehzo bilan): "Agar Alloh xohlasa, O'zi oziqlantiradigan
kishilarga bizlar taom berurmizmi? Sizlar, shubhasiz, aniq zalolatdadirsizlar", - derlar.
48. Yana ular: "Agar rostgo'y bo'lsangizlar (aytinglar-chi), mana shu va'da (azob) qachon bo'ladi?" -
derlar.
49. Ular janjallashib turganlarida, ularni tutuvchi birgina qichqiriqni kutmoqdalar, xolos.
50. Bas, ular na biror vasiyat qilishga va na (oila) ahliga qaytishga qodir bo'lurlar.
51. (Qiyomat kuni) sur chalinishi bilan birdaniga ular qabrlaridan Parvardigorlari sari sug'urilib
chiqurlar.
52. Ular: "Holimizga voy! Kim bizlarni uxlayotgan joyimizdan o'yg'otdi?" - deganlarida, (ularga
aytilur): "Mana shu Rahmon va'da qilgan va payg'ambarlar so'zlagan rost narsa (qiyomat)dir".
53. Faqatgina bir qichqiriq, bas, darhol ularning barchalari Bizning dargohimizda hozir
qilinuvchidirlar.
54. Mana bugun hech bir jonga zulm qilinmas va sizlar faqat o'zlaringiz qilib o'tgan amallaringizga
qarab taqdirlanursizlar.
55. Albatta, jannat ahli bu Kunda (rohat va farog'at) ish(lari) bilan shoddirlar.
56. Ular o'z juftlari bilan birga soyalarda, so'rilarda suyanib o'tirurlar.
57. Ularga u joyda (turli) mevalar va ular uchun istagan narsalari mavjuddir.
58. (Ularga) rahmli Parvardigor (tomoni)dan salom (aytilur).
59. Ey, jinoyatchilar, bu Kunda, endi (mo'minlardan) ajralinglar!
60. Men sizlarga tavsiya qilib: "Ey, Odam bolalari, shaytonga ibodat (itoat) qilmangiz, chunki, u sizlarga
ochiq dushmandir.
61. Mengagina ibodat qilinglar! Mana shu To'g'ri yo'ldir",- demaganmidim?!
62. (Shayton) sizlarning ichingizdan ko'p avlodni yo'ldan ozdirdi. Axir, aql yurituvchi
bo'lmadingizlarmi?
63. Sizlarga va'da qilingan jahannam mana shudir!
64. (Dunyoda) kofir bo'lib o'tganlaringiz sababli bu Kunda unda toblaningiz!
65. Bu Kunda Biz ularning og'izlarini muhrlab qo'yurmiz. Bizga ularning qilib o'tgan ishlari haqida
qo'llari so'zlab, oyoqlari guvohlik berur.
66. Agar Biz xohlasak, ularning ko'zlarini yo'q qilgan bo'lur edik. Ana u holda ular yo'lga shoshardilar-
u, (lekin) qayoqdan (yo'lni) ko'ra olsinlar?!
67. Agar Biz xohlasak, ularni turgan joylarida (maymun, to'ng'iz yo tosh kabi) narsalarga aylantirib
qo'ygan bo'lur edik. So'ng ular (oldinga) yurishga ham qodir emaslar va (orqalariga ham) qayta
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
298
olmaslar.
68. Biz kimga uzoq umr bersak, uning vujudini xam (egik, zaif) qilib qo'yurmiz. Axir, aql
yurgizmaydilarmi?!
69. (Muhammadga) she'rni ta'lim bermadik va unga (shoirlik) mumkin ham emas. U (vahiy) faqat zikr
(eslatma) va aniq Qur'ondir.
70. (U) tirik (aqlli) kishilarni ogohlantirish va kofirlarga So'z (azob) muqarrar bo'lishi uchun (nozil
qilingan)dir.
71. Axir, ular uchun O'z "qo'limiz" ishi bilan chorva hayvonlarini yaratib qo'yganimizni
ko'rmadilarmi?! Mana ular o'sha (hayvon)larga egadirlar.
72. Biz o'sha (hayvon)larni ularga bo'yin sundirib qo'yganmiz. Ana ularning minadigan narsalari ham
o'sha (hayvon)lardan va o'shalardan yegaylar.
73. Yana ular uchun o'sha (hayvon)larda (turli) foydalar va ichimlik (sut-qaymoq)lar bordir. Axir, shukr
qilmaydilarmi?!
74. Allohni qo'yib yordam olish umidida "iloh"larni tutdilar.
75. Ular hozirlangan qo'shin bo'la turib, ularga yordam berishga qodir bo'lmaslar.
76. Bas, (ey, Muhammad,) Sizni ularning so'zlari g'amgin qilmasin! Zotan, Biz ularning yashiradigan
narsalarini ham, oshkor qiladigan narsalarini ham bilurmiz.
77. Inson, Biz uni nutfadan (bir tomchi shahvat suvidan) yaratganimizni, endi esa, u birdaniga
(O'zimizga) oshkora xusumat qiluvchi bo'lib qolganini ko'rmadimi?!
78. U Bizga: "Chirib ketgan suyaklarni kim ham tiriltira olur?"- deb, masal keltirdi-yu, (ammo) o'zining
(qanday) yaralganini unutib qo'ydi.
79. (Ey, Muhammad,) ayting: "U (chirigan suyak)larni dastlab paydo qilgan zotning O'zi qayta tiriltirur.
U turli xil yaratish(lar)ni biluvchidir".
80. U sizlar uchun yashil daraxtdan olov paydo qilgan zotdir. Bas, sizlar o'shandan olov yoqursizlar.
81. Osmonlar va Yerni yaratgan zot yana ularning xuddi o'zidek yaratishga qodir emasmi?! Yo'q,
(albatta, qodirdir). U yaratuvchi va biluvchidir!
82. Biror narsa (yaratish)ni iroda qilganda, Uning ishi faqatgina: "Bo'l!"- deyishdir. U (narsa) esa bo'lur
(vujudga kelur).
83. Bas, barcha narsaning egaligi O'z "qo'li"da bo'lgan (Alloh)ga tasbeh (aytilur). Unga (huzuriga)gina
qaytarilursizlar!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
299
VAS-SOFFOT SURASI
"Soffot" - saf tortib turuvchilar. Surada imon-e'tiqod, kufr va shirk, ins va jin, jannat va do'zax, payg'ambarlar,
xususan, Ibrohim, Ismoil (a. s.) qissalari va boshqa muhim ma'lumotlar bayon qilinadi. Saf tortuvchilardan
murod bu yerda farishtalar va mo'minlardir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. (Alloh yo'lida) saf tortib turuvchi,
2. (gunoh ishlardan) mudom to'suvchi,
3. (Allohning kalomini) doimo zikr qiluvchi (farishtalar va insonlardan iborat barcha) zotlarga qasamki,
4. haqiqatan, ilohingiz yagonadir!
5. (U) osmonlar, Yer va ularning o'rtasidagi narsalarning Parvardigoridir. (U yana) kunchiqar (va
kunbotar) tomonlarning Parvardigoridir.
6. Darhaqiqat, Biz dunyo osmonini yulduzlar bilan ziynatladik.
7. (Uni) har qanday itoatsiz shaytondan (jindan) saqladik.
8. U (jin)lar eng oliy mavjudotlar (farishtalar so'zlari)ni eshita olmaslar, ularga har tomondan
(yulduzlar) otilur
9. haydash uchun. Ularga (oxiratda) doimiy azob bordir.
10. Illo, biror marta (biror so'zni) ilib olgani bo'lsa, unga ham uchar yulduz quvib yetar (va halok etar).
11. Bas, (ey, Muhammad, Makka kofirlaridan) so'rang-chi, ular(ni) yaratish qiyinroqmi yoki Biz
yaratgan narsalarnimi?! Zotan, Biz ularni (Odamni) yopishqoq loydan yaratgandirmiz.
12. Balki Siz (ulardan) taajjubdadirsiz, (ammo) ular esa masxara qilurlar.
13. Ularga (Qur'on bilan) nasihat qilinsa, nasihatni olmaslar.
14. Biror mo''jizani ko'rsalar, (imon keltirish o'rniga) yanada ziyodaroq masxara qilurlar
15. va derlar: "Bu faqat aniq sehrdir.
16. Bizlar o'lib, tuproq va suyaklarga aylanib ketganimizda (rostdan ham), yana qayta tiriluvchi
ekanmizmi?!
17. Avvalgi (o'tib ketgan) ota-bobolarimiz ham-a?!
18. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "O'a! Sizlar (o'sha kuni) xor bo'luvchidirsizlar!"
19. U (ya'ni, qayta tirilish) faqatgina (Isrofilning suri bilan chalinuvchi) bir qichqiriqdir, xolos, bas, ular
(qayta tirilib, hukmga) qarab tururlar.
20. "Holimizga voy! Bu jazo kuni-ku!" - deb qolurlar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
300
21. Mana shu sizlar yolg'on deb o'tgan Ajrim kunidir.
22. (Ey, farishtalar,) zolim (kofir) bo'lgan kimsalar va ularning yoronlarini hamda ibodat qilib o'tgan
narsalarini to'plangiz,
23. Allohdan o'zga. Bas, ularni do'zax yo'liga boshlangiz.
24. (Ammo farmonim bo'lguncha) ularni to'xtatib (do'zaxga tashlamay) turinglar! Chunki, ular
(qilmishlari to'g'risida) so'raluvchidirlar.
25. (Ularga deydilar): "Nega bir-birlaringizga yordam bermayapsizlar?!"
26. Yo'q, ular bu Kunda taslim bo'luvchidirlar!
27. Ularning ba'zisi ba'zisiga qarab savoljavob qilurlar:
28. (Aldanganlar o'z peshvolariga): "Haqiqatan, sizlar bizlarga o'ng tomondan (ya'ni, ishonchli
tomondan) kelar edinglar", - deydilar.
29. (Peshvolar) ayturlar: "Yo'q, sizlar o'zlaringiz mo'min bo'lmagan edinglar.
30. (Axir) bizlar uchun sizlarning ustingizdan hukmronlik yo'q edi-ku! Yo'q, sizlar o'zlaringiz haddan
oshuvchi qavm edingizlar.
31. Bas, endi bizlarga Parvardigorimizning So'zi (azobi) muqarrar bo'ldi. Bizlar (uni) totuvchidirmiz.
32. Chunki, bizlar yo'ldan ozuvchi bo'lganimiz sababli sizlarni ham yo'ldan ozdirdik".
33. Bas, albatta, ular (ozganlar va ularning peshvolari) o'sha Kunda azobda sherik bo'luvchidirlar.
34. Darhaqiqat, Biz jinoyatchilarga mana shunday (ish) qilurmiz.
35. Chunki, ularga: "Allohdan o'zga iloh yo'q",deyilganda, kibrlangan edilar.
36. Ular: "Hali bizlar bir majnun shoirni deb ilohlarimizni tark etar ekanmizmi?" - der edilar.
37. Yo'q, (Muhammad) haq (din)ni olib keldi va (o'tgan) barcha payg'ambarlarni tasdiq etdi.
38. (Ey, jinoyatchilar,) sizlar, albatta, alamli azobni totuvchidirsizlar!
39. Sizlar faqat qilib o'tgan jinoyatlaringiz sababli jazolanursizlar.
40. Illo, Allohning shunday ixlosli bandalari bordirki,
41. aynan o'shalar uchun ma'lum rizq,
42. (turli) mevalar bo'lur. Ular izzat-ikromdadirlar,
43. ne'mat bog'larida,
44. so'rilar ustida bir-birlariga ro'baro' bo'lib o'tirurlar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
301
45. Ularga oqin chashmadan qadahlar aylantirilur.
46. Ichuvchilar uchun lazzatli, oppoq (qadahlar)dir (ular).
47. U (sharob)da aqldan ozdiruvchi narsa bo'lmas va ular undan mast bo'lmaslar.
48. Yana ularning oldilarida nigohlari (begonaga qarashdan) chegaralangan, keng-katta ko'zli (hur
qiz)lar bo'lur.
49. Ular go'yo (pardaga) o'ralgan (oppoq) tuxumdekdirlar.
50. Bas, ular bir-birlariga qarab savol-javob qilurlar.
51. Ulardan biri deydi: "Mening bir do'stim bor edi.
52. U (menga): "Rostdan ham sen (qayta tirilishimizni) tasdiq etuvchilardanmisan?
53. O'lib, tuproq va suyaklarga aylanib ketgan vaqtimizda haqiqatan ham (tiriltirilib)
jazolanuvchimizmi?" - der edi.
54. (Jannatdagi birodarlariga): "Sizlar (ham o'sha do'stimning do'zaxdagi holiga) qarayapsizlarmi?" -
deydi.
55. So'ng o'zi qarab uni do'zaxning o'rtasida ko'rgach,
56. deydi: "Allohga qasamki, darhaqiqat, sen meni ham halok qilayozgan eding.
57. Agar Rabbimning ne'mati (hidoyati) bo'lmasa edi, albatta, men ham (sen bilan birga do'zaxga) hozir
qilinuvchilardan bo'lur edim.
58. (Qani endi menga aytchi), bizlar o'luvchi emas ekanmizmi?!
59. O'sha birinchi o'limimizdan boshqa-ya?! (So'ng) azoblanuvchi ham emas ekanmizmi?!
60. Albatta, mana shu (jannat ne'matlari) ulkan yutuqning o'zidir!
61. Bas, aynan mana shunday yutuq uchun amal qiluvchilar amal qilsinlar!"
62. Mana shu yaxshi ziyofatmi yoki zaqqum daraxtimi?
63. Haqiqatan, Biz uni (zaqqum daraxtini) zolimlar uchun fitna (sinov va azob) qilib qo'ydik.
izoh: Zaqqum do'zaxda o'suvchi bir g'ayri tabiiy daraxt bo'lib, u to'g'ridagi xabarni eshitgan kofirlar olovda
daraxt o'sishini aqllariga sig'dira olmaganlar. Bu bilan Alloh o'z bandalari O'zining cheksiz qudratiga qay
darajada imon keltirishlarini sinovdan o'tkazmoqchi. Mo'min kishi Alloh va Uning rasulidan kelgan har
qanday xabar va ma'lumotlarga, garchi aqliga sig'masa ham hech ikkilanmay ishonadi va imon keltiradi.
Allohning O'ziga ishonmaydigan kofir esa Uning qudratiga ham ishona olmaydi.
64. Darhaqiqat, u do'zax qa'rida chiqadigan (o'sadigan) bir daraxtdir.
65. Uning butoqlari(dagi mevalari xunuklikda) xuddi shaytonlarning boshlariga o'xshar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
302
66. Bas, ular (do'zax ahli), albatta, undan yeyuvchi va qorinlarni u bilan to'ldiruvchidirlar.
67. So'ngra, albatta, ular uchun uning (zaqqum mevalari) uzra qaynoq suvdan aralashtirish bordir.
68. So'ngra ularning qaytishlari, albatta, do'zax sari bo'lur.
69. Albatta, ular (Makka mushriklari) o'zlarining ota-bobolarini adashgan holda topdilar.
70. Bas, o'zlari ham ularning izlaridan chopmoqdalar.
71. Ulardan avval o'tganlarning ko'plari ham yo'ldan ozgan edilar.
72. Holbuki, Biz ularning orasiga ogohlantiruvchi (payg'ambar)larni yuborgan edik.
73. Bas, ogohlantirilganlarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'ring!
74. Illo, Allohning ixlosli bandalarigina (halokatga duchor bo'lmadilar).
Do'stlaringiz bilan baham: |