Tarjima haqida



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/72
Sana16.01.2020
Hajmi1,61 Mb.
#34444
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   72
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt


www.ziyouz.com кутубхонаси 

270


RUM SURASI  

 

Surada VII asrning eng yirik davlatlari - Rum bilan Fors o'rtasida boshlangan jangda Rumning mag'lubiyatga 



uchragani, lekin yaqin kelajakda u g'alabaga erishishi to'g'risida xabar beriladi. Darhaqiqat, yetti yildan so'ng 

rumliklar forslar ustidan g'alaba qozonib, Qur'onning ilohiy mo'jizaligi yanada ravshanlashadi. Suraning boshqa 

oyatlarida yana ilohiy da'vat va ibratli qissalar davom ettiriladi.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Alif, Lom, Mim.  

 

2. Rum mag'lub bo'ldi  

 

3. juda yaqin yerda. (Lekin) ular (ya'ni, rumliklar) bu mag'lubiyatlaridan so'ng, albatta, g'alaba qilurlar  

 

4. bir necha yil ichida. Oldin ham, keyin ham ish Allohnikidir. O'sha kunda mo'minlar shodlanurlar.  

 

5. Alloh madad bergani sababli. (U) xohlagan kishiga madad berur. U qudratli va rahmlidir!  

 

Izoh: Forslarning rumliklar ustidan qozongan g'alabasi Makka mushriklarini shodlantirdi. Zero, Rumliklar 



nasroniy dinida bo'lib, ilohiy kitob Injilga amal qilar edilar. Musulmonlar ham ilohiy kitob - Qur'onga amal 

qilar edilar. Makka mushriklari musulmonlar ustidan kulib, ilohiy kitobga amal qiluvchilar bizga o'xshagan 

kitobsiz majusiylardan yengildilar, deb turganlarida mazkur xushxabar nozil qilindi.  

 

6. (Bu) Allohning va'dasidir! Alloh O'z va'dasiga xilof qilmas. Lekin, ko'p odamlar bilmaslar.  



 

7. Ular oxiratdan g'ofil (bexabar) bo'lgan hollarida faqat dunyo hayotining zohirinigina bilurlar.  

 

8. Axir, ular o'zlaricha Alloh osmonlar va Yerni hamda ular orasidagi bor narsani faqat haq (hikmat) va 

belgilangan muddat bilan yaratganini tafakkur qilib ko'rmadilarmi?! Darhaqiqat, odamlarning 

aksariyati (qayta tirilib) Parvardigorlariga ro'baro' bo'lishni inkor qiluvchidirlar!  

 

9. Axir, ular yer yuzida sayr etishib, o'zlaridan avvalgi payg'ambarlarni inkor qilib, imonsiz (ketgan) 

kimsalarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'rsalar bo'lmaydimi?! O'shalar bulardan (Makka 

kofirlaridan) ko'ra quvvatliroq bo'lgan va (o'z) yerlarini bular obod qilganidan ko'ra ko'proq ishlov 

berib, obod qilgan edilar-ku! Ularga ham o'z payg'ambarlari hujjatlar keltirganlar. Bas, Alloh ularga 

zulm qiluvchi bo'lmadi, lekin ular o'zlariga zulm qiluvchi bo'ldilar.  

 

10. So'ngra (oxiratda) Allohning oyatlarini yolg'on deyish va ularning ustidan kulish bilan yomonlik 

qilgan kimsalarning oqibati yanada yomonroq bo'lur.  

 

11. Alloh yaratishni boshlar, so'ngra uni (bu yaratishni qiyomatda) takrorlar. So'ngra (hisobkitob 

uchun) Unga qaytarilursizlar! 

 

12. Qiyomat qoyim bo'ladigan kunda jinoyatchilar noumid bo'lurlar.  

 

13. (U kunda) ular uchun but-sanamlari (tomoni)dan oqlovchilar bo'lmas va ular but-sanamlarini inkor 

eturlar.  

 

14. Qiyomat qoyim bo'ladigan kun - ana o'sha kunda (mo'minlar bilan kofirlar) bir-birlaridan 

ajralurlar.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

271


 

15. Bas, imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlargina ravza (jannat)da shodlanurlar.  

 

16. Ammo kufr yo'lini tutgan va oyatlarimizni hamda oxirat muloqotini inkor etgan kimsalar - ana 



o'shalar (mangu) azobga hozir qilinurlar.  

 

17. Bas, tunga kirish paytlaringizda ham, tongga kirish paytlaringizda ham Allohga tasbeh aytingiz!  

 

18. Osmonlar va Yerdagi (bor) hamd Unikidir. Oqshomda ham, peshin paytiga kirishlaringizda ham 

(tasbeh aytingiz)!  

 

19. (Alloh) o'likdan tirikni chiqarur, tirikdan o'likni chiqarur va yerni "o'lganidan" keyin (bahorda 

qayta) "tiriltirur". Sizlar ham (qiyomat kunida qabrlaringizdan) shu tarzda chiqarilursizlar.  

 

20. Uning alomatlaridan (biri) - U sizlarni (Odamni) tuproqdan yaratgani, so'ngra sizlar basharga 

aylanib, (yer yuziga) tarqalishlaringizdir.  

 

21. Uning alomatlaridan (yana biri) - sizlar taskin topishlaringiz uchun o'zlaringizdan juftlar yaratishi 

va o'rtalaringizda inoqlik va mehribonlik paydo qilishidir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavm 

uchun alomatlar bordir.  

 

22. Uning belgilaridan (yana biri) - osmonlar va Yerni yaratishi va sizlarning tillaringiz va ranglaringizni 

xilma-xilligidir. Albatta, bunda barcha olamlar uchun alomatlar bordir.  

 

23. Uning belgilaridan (yana biri) - kechasi va kunduzi uxlashlaringiz hamda (kunduzlari) Uning fazli 

(rizqi)dan istashlaringizdir. Albatta, bunda eshitadigan qavm uchun alomatlar bordir.  

 

24. Uning belgilaridan (yana biri) - sizlarga (momaqaldiroqdan) qo'rqqan va (yomg'ir yog'ishidan) 



umidvor bo'lgan holingizda chaqmoqni ko'rsatishi va osmondan suv (yomg'ir) yog'dirib, u bilan yerni 

"o'lganidan" so'ng "tiriltirishidir". Albatta, bunda aql yurgizadigan qavm uchun alomatlar bordir.  

 

25. Uning belgilaridan (yana biri) - osmon va Yer Uning amri bilan (fazoda muallaq) turishidir. So'ngra 

(qiyomatda) U sizlarni (yotgan) yerlaringizdan bir bor chaqirishi bilan barchangiz birdan chiqursizlar.  

 

26. Osmonlar va Yerdagi (bor) jonzotlar Unikidir. Hammasi Unga bo'yin sunur!  

 

27. U ilk bor O'zi yaratib, so'ngra (qiyomat kuni) O'zi yana qayta yaratadigan zotdir. U zotga (bu) juda 

osondir. Osmonlar va Yerdagi eng oliy masal (yaratishdagi oliy namunalik) Unikidir. U qudratli va 

hikmatlidir.  

 

28. (Alloh) sizlarga o'zlaringizdan bir misol keltirur: sizlar uchun qo'llaringiz egallagan (qul)laringizdan 

Biz sizlarga rizq qilib bergan mol-mulkka sherik bo'lib oluvchilar bormiki, sizlar unda barobar 

bo'lsangiz, holbuki, ulardan go'yo o'zlaringizdan qo'rqqanday qo'rqursizlar! Aql yurgizadigan qavm 

uchun oyatlarni mana shunday keng bayon qilurmiz!  

 

Izoh: Ya'ni qo'l ostingizdagi qullaringiz sizlardagi boyliklarga va boshqa barcha imkoniyatlaringizga sherik 



bo'lib, ularga sizlardek ega bo'lib olishlarini xohlamaganingizdek, Alloh taolo ham o'z bandalarining 

ilohiyatda Unga sherik bo'lishlarini xohlamas. Ya'ni, shirk keltirishni U zinhor qabul etmas.  

 

29. Yo'q, zolim kimsalar biror bilim (hujjat)siz havoyi nafslariga ergashdilar. Bas, Alloh yo'ldan 



ozdirgan kimsani kim hidoyat qila olur?! Ular uchun (oxiratda) yordam beruvchilar ham bo'lmas!  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

272


30. Bas, (ey, Muhammad,) yuzingiz (o'zingiz)ni doimo to'g'ri bo'lgan dinda (Islomda) tuting! Insonlarni 

o'sha asosda yaratgan Allohning yaratuvchiligini (anglangiz!) Allohning yaratishiga o'zgartirish yo'q. 

Eng to'g'ri din shudir! Lekin ko'p odamlar bilmaslar.  

 

31. Unga o'zingizni topshirgan hollaringizda (dinini mahkam tutinglar) va Undan qo'rqinglar hamda 

namozni mukammal ado etinglar, mushriklardan bo'lmanglar!  

 

32. Ular (mushriklar) dinlarini bo'lib yuborib, (turli) firqalarga ajralgandirlar. Har bir firqa o'z 

nazdilaridagi narsa bilan shoddirlar.  

 

33. Qachonki, (dinsiz) odamlarga biror ziyon yetsa, Parvardigorlariga qaytib, unga iltijo qilurlar, 



so'ngra qachonki, (Alloh) ularga O'z tomonidan marhamatni tottirib qo'ysa, bexos ulardan bir guruhi 

Parvardigorlariga shirk keltira boshlaydilar.  

 

34. Ular Biz ato etgan ne'matlarga noshukrlik qilaversinlar! Bas, (ey, mushriklar,) foydalanib qolinglar! 

Bas, yaqinda (haqiqatni) bilib olursizlar!  

 

35. Yoki Biz ularga (osmondan) ularning shirk keltirishlarini (to'g'ri deb) so'zlaydigan biror hujjat nozil 

qildikmi?!  

 

36. Qachonki, Biz odamlarga biror marhamat tottirsak ular bundan shodlanadilar. Agar o'z qilmishlari 

sababli ularga biror yomonlik (musibat) yetsa, birdaniga ular noumid bo'la boshlaydilar.  

 

37. Allohning xohlagan kishilar rizqini farovon qilishi va (boshqalar rizqini) tang qilishini 

ko'rmadilarmi?! Albatta, bunda imon keltiruvchi qavm uchun alomatlar bordir! 

 

38. Bas, qarindosh haqqini ado eting! Miskin va musofir haqqini ham. Ana shu Allohning "yuzi"ni 

istaydiganlar uchun yaxshidir! Aynan o'shalar iqbollidirlar!  

 

39. Odamlarning mol-mulki ko'paysin deb sizlar bergan ribo (foiz)laringiz, Alloh nazdida (hech narsani) 

ko'paytirmaydi! Allohning "yuzi"ni maqsad qilib bergan zakotingiz esa, bas, aynan o'shalar 

ko'paytiruvchilardir!  

 

Izoh: Ya'ni berilgan zakot boylikni kamaytirish o'rniga unga baraka kiritadi.  

 

40. Alloh - sizlarni yaratgan, so'ngra sizlarni rizqlantirgan, so'ngra vafot ettiradigan, so'ngra 

(qiyomatda) tiriltiradigan zotdir! (Keltirayotgan) shirklaringiz ichida shu (mazkur)lardan birortasini 

qila oladigani bormi?! Alloh ularning keltirayotgan shirklaridan pok va yuksakdir!  

 

41. Odamlarning qilmishlari tufayli quruqlik va dengizda buzg'unchilik paydo bo'ldi. Bu ularning (o'z 

qilmishlaridan) qaytishlari uchun qilgan ba'zi (yomon) ishlari (jazosi)ni ularga tottirish uchundir.  

 

42. Ayting: "Yerda sayr qilinglar, bas, oldingilar oqibati ne bo'lganini ko'ringlar! Ularning aksariyati 



mushriklar edi.  

 

43. Alloh (tomoni)dan qaytarilishi bo'lmaydigan Kun kelmay turib, to'g'ri din (Islom)ga yuzingizni 

to'g'rilang! O'sha kunda (odamlar turli xillarga) bo'linurlar.  

 

44. Kimki kofir bo'lgan bo'lsa, bas, kufri o'ziga! Kimki solih (amal) qilgan bo'lsa, bas, o'zlari uchun 

oldini olgan bo'ladilar.  

 

45. (Bu) imon keltirib, solih (amal)larni qilganlarni O'z fazlidan mukofatlashi uchundir. U kofirlarni 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

273


suymas.  

 

46. Uning belgilaridan biri (yomg'ir ёg'ishidan) xushxabar beruvchi, Uning rahmati (yomg'iri)dan 

sizlarni bahramand etishi uchun, Uning amri bilan kemalar suzishi uchun, Uning fazli (rizqi)dan 

istashlaring va shukr qilishlaringiz uchun shamollarni yuborishidir.  

 

47. Sizdan oldin ham payg'ambarlarni o'z qavmlariga yuborganmiz. Bas, (elchilarimiz) ularga 

hujjatlarni keltirganlar. Jinoyatchilardan esa intiqom (o'ch) olganmiz. Bizning zimmamizda 

mo'minlarga madad berish haqqi bordir.  

 

48. Alloh shunday zotki, (U) shamollarni yuborib, bulutlarni qo'zg'aydi, bas, uni osmonda xohlaganicha 

yoyadi va uni bo'lak-bo'lak qilgach, uni orasidan yomg'ir chiqishini ko'rasiz. Bas, qachonki uni 

(yomg'irni) O'z bandalaridan xohlagan kishisiga yetkazganda, ular birdan shodlanib keturlar, 

 

49. garchi oldin ularga (yomg'ir) yog'may turganda ular noumid bo'lsalar ham.  

 

50. Allohning rahmati (yomg'iri) asoratlariga boqing - yerni "o'lgani"dan keyin qanday qilib uni 

"tiriltiradi"! Albatta, U (Alloh) o'liklarni tiriltiruvchi va U har narsaga qodirdir.  

 

51. Bordi-yu bulutlarni yuborsa-yu, uni sarg'aygan (yomg'irsiz) holda ko'rsalar, shundan keyin ham 



(baribir) kofirliklaricha qolavergan bo'lardilar.  

 

52. Aniqki, Siz "o'liklar"ga (so'zingizni) anglata olmassiz, orqa o'girib ketayotgan "kar"larga ham 

da'vatni uqtira olmassiz.  

 

53. Yana Siz ("ko'r"larni o'z zalolatlaridan (qaytarib), hidoyat qiluvchi emassiz. Siz faqat bizning 

oyatlarimizga imon keltiradigan kishilargagina (o'z so'zlaringizni) uqtira olursiz. Bas, o'shalar 

musulmonlardir.  

 

54.  Alloh shunday zotdirki, sizlarni zaif narsadan (bir tomchi suvdan) yaratdi, so'ngra (sizlar uchun) 

zaiflikdan keyin (quvvat paydo) qildi. So'ngra quvvatdan keyin yana zaiflik va qarilikni (paydo) qildi. U 

O'zi xohlagan narsani yaratur. U bilimdon va qudratlidir.  

 

55. Qiyomat qoyim bo'ladigan kunda jinoyatchi kimsalar (dunyoda) bir soatdan ortiq turmaganlariga 

qasam ichurlar. Ular (dunyoda ham) mana shunday (rostdan yolg'onga) buriluvchi edilar.  

 

56. (Shunda) ilm va imon berilgan zotlar ayturlar: "Aniqki, sizlar Alloh (Lavhul-Mahfuzda) yozib 

qo'yganidek, tirilish kunigacha turdinglar. Bas, mana shu tirilish kunidir. Lekin, sizlar (buni haq 

ekanini) bilmas edinglar".  

 

57. Ana o'sha kunda zulm qilgan kimsalarga uzr (bahona)lari foyda bermas va ulardan qaytish ham 

talab qilinmas.  

 

58. Biz ushbu Qur'onda odamlar uchun har (turli) masaldan bayon etdik. Qasamki, agar Siz, (ey, 

Muhammad,) ularga (talab qilishgan) mo''jizani keltirsangiz ham, albatta, kofir bo'lgan kimsalar: 

"Sizlar, albatta, yolg'onchidirsizlar", - derlar.  

 

59. Alloh (haqiqatni) bilmaydigan kimsalarning dillarini ana shunday muhrlab qo'yar.  

 

60. Bas, (ey, Muhammad,) sabr qiling! Albatta, Allohning va'dasi haqdir. (Oxiratga) ishonmaydigan 

kimsalar (qilmishlari) Sizni yengiltaklik (qarg'ash)ga olib kelmasin! 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

274


LUQMON SURASI 

 

Luqmon - tarixda Luqmoni hakim deb shuhrat topgan habashiy bir dono shaxsning nomi. Ulamolar uning 



payg'ambar yoki valiy bo'lgani haqida bir fikrga kelisha olmaganlar. Chunki na Qur'onda va na hadislarda 

uning kim bo'lgani to'g'risida aniq ma'lumot berilmagan. Faqat Qur'oni karimda uning o'z o'g'liga qilgan 

foydali, ibratomuz nasihatlaridan asosiy qismi berilgan. Qolgan qismlarini esa rivoyatlar orqali naql qilinib, to 

bizning asrimizgacha ham yetib kelgan. Suraning boshqa oyatlarida tavhid va imonga da'vat, kufr va shirkdan 

qaytarish kabi o'gitlar talqin etiladi.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Alif, Lom, Mim.  

 

2. Ushbular hikmatli Kitob oyatlaridir, 

 

3. Ezgu amal qiluvchilar uchun hidoyat va rahmat (manbai ekani) jihatidan.  

 

4. Qaysiki, ular namozni to'kis ado etadilar, zakotni (o'z joyiga) beradilar va oxiratga aniq ishonadilar.  

 

5. Parvardigorlari (tarafi)dan hidoyat topganlar ana o'shalardir va najot topuvchilar ham o'shalarning 

o'zidir.  

 

6. Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular bilimsizlik bilan (o'zgalarni) Alloh yo'lidan 

ozdirish uchun va u (yo'lni) masxara qilish uchun behuda so'z(lar)ni sotib olurlar. Ana o'shalar uchun 

xor qiluvchi azob bordir.  

 

7. Qachonki, unga oyatlarimiz tilovat qilinsa, go'yo ularni eshitmagandek, go'yo quloqlarida og'irlik 

(karlik) bordek, kibru havo bilan yuz o'girib ketur. Bas, unga alamli azob haqida "xushxabar" berib 

qo'ying! 

 

8. Albatta, imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar uchun ne'mat bog'lari bordir, 

 

9. u joyda mangu qolurlar. (Bu) Allohning haq va'dasidir. U qudrat va hikmat egasidir.  

 

10. Ko'rayapsizki, osmonlarni ustunlarsiz yaratib, sizlarni tebratmasligi uchun yerda tog'larni barpo 

qildi va unda har turli jondor(lar)ni tarqatib qo'ydi. Yana Biz osmondan suv (yomg'ir) yog'dirib, (yerda) 

turli saxovatli (o'simliklarni) undirib qo'ydik.  

 

11. Bular Alloh yaratgan narsalardir. Endi, (ey, mushriklar,) sizlar Menga Undan o'zgalar nimalarni 

yaratganini ko'rsatinglar-chi! Yo'q, u zolimlar aniq zalolatdadirlar! 

 

12. Biz Luqmonga hikmat ato etdik (va unga dedik): "Allohga shukr qilgin! Kimki shukr qilsa, faqat o'zi 



uchun shukr qilur. Kimki noshukrlik qilsa, bas, albatta, Alloh behojat va hamd egasidir".  

 

13. Eslang, Luqmon o'g'liga nasihat qilib, degan edi: "Ey, o'g'ilcham, Allohga shirk keltirmagin! 

Chunki, shirk ulkan zulmdir".  

 

14. Biz insonga ota-onasini (rozi qilishni) amr etdik. Onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan (qornida) 

ko'tarib yurdi. Uni (ko'krakdan) ajratish (muddati) ikki yilda (bitar). (Biz insonga buyurdikki,) "Sen 

Menga va ota-onangga shukr qilgin! Qaytishlik Mening huzurimgadir!" 

 

15. Agar ular (ya'ni ota-onang) seni o'zing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga zo'rlasalar, u 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

275


holda ularga itoat etma! Ularga (garchi kofir bo'lsalar-da,) dunyoda yaxshi muomalada bo'lgin va o'zing 

Menga tavba qilgan kishilarning yo'liga ergashgin! So'ngra (ya'ni, qiyomat kunida) qaytishlik Mening 

huzurimgadir, bas, sizlarga qilib o'tgan amallaringizning xabarini berurman".  

 

16. (Luqmon dedi): "Ey, o'g'ilcham, shubha yo'qki, agar xantal (o'simligining) urug'idek (yaxshi yoki 

yomon amal qilinadigan) bo'lsa, bas, u (amal) biroq xarsang tosh ichida yo osmonlarda yoki yer ostida 

bo'lsa, o'shani ham Alloh keltirur. Zero, Alloh lutfli va ogoh zotdir.  

 

17. Ey, o'g'ilcham, namozni mukammal ado et, yaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda 

o'zingga yetgan (balolar)ga sabr qil! Albatta, mana shu ishlarning puxtasidandir.  

 

18. Odamlarga (kibrlanib) yuzingni burishtirmagin va yerda kerilib yurmagin. Chunki, Alloh barcha 

kibrli, maqtanchoq kimsalarni suymas.  

 

19. (Yurganingda) o'rta hol yurgin va ovozingni past qilgin. Chunki, ovozlarning eng yoqimsizi eshaklar 

ovozidir".  

 

20. (Ey, insonlar,) Alloh osmonlar va Yerdagi barcha narsalarni sizlarga bo'yin sundirib qo'yganini va 



sizlarga barcha zohiriy va botiniy (moddiy va ma'naviy) ne'matlarini komil berganini 

ko'rmadinglarmi?! Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular o'zlari bilmagan, hidoyat 

topmagan va aniq kitob (hujjat)ga ega bo'lmagan hollarida Alloh xususida munozara qilurlar.  

 

21. Qachonki, ularga: "Alloh nozil etgan narsaga ergashinglar!",- deyilsa, ular: "Yo'q, bizlar ota-

bobolarimizni ne uzra topgan bo'lsak, (ana o'shanga) ergashurmiz", - deyishadi. Bordiyu, shayton ularni 

o't azobiga chaqirib turgan bo'lsa-chi?! 

 

22. Kimki chiroyli amal qiluvchi bo'lgan holida o'zini Allohga topshirsa, bas, u mustahkam tutqichni 

ushlabdi. Barcha ishlar oqibati faqat Allohga (borur!) 

 

23. Kimki kofir bo'lsa, bas, Sizni, (ey, Muhammad,) uning kufri g'amga solmasin. Bizga qaytajaklar, bas, 

Biz ularga qilgan amallarining xabarini berurmiz. Zero, Alloh dillardagi sirlarni biluvchidir.  

 

24. Biz ularni (bu dunyoda) ozgina (muddat) foydalantirib, so'ngra qattiq azob (tortish)ga majbur 

qilurmiz.  

 

25. Qasamki, agar ulardan: "Osmonlar va Yerni kim yaratgan?" - deb so'rasangiz, albatta, "Alloh", - 

derlar. Siz "Allohga hamd!" - deng. Yo'q, ularning aksariyati (haqiqatni) bilmaslar.  

 

26. Osmonlar va Yerdagi (bor) narsalar Allohnikidir. Albatta, Alloh behojat va hamdga loyiq zotdir.  

 

27. Agar yer yuzidagi (bor) daraxt qalamlar bo'lib, dengiz (siyoh bo'lsa va) undan so'ng yana yetti dengiz 

unga yordam bersa, Allohning so'zlari tugamas. Albatta, Alloh qudrat va hikmat egasidir.  

 

28. (Ey, insonlar,) sizlarni yaratish ham, qayta tiriltirish ham xuddi bir jonni (yaratish va qayta 

tiriltirishning) o'zginasidir (osondir). Albatta, Alloh eshituvchi va ko'ruvchidir.  

 

29. Alloh kechani kunduzga kiritishini, kunduzni kechaga kiritishini hamda quyosh va oyning har birini 



belgilangan muddatgacha joriy bo'ladigan qilib bo'yin sundirib qo'yganini va Allohning qilayotgan 

amallaringizdan ogoh ekanini ko'rmadingizmi?! 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish