O’zbek nomi qachon paydo bo’lgan?
Sovet tarihshunoslarning yozishicha, go’yo 16 asrda bizning zaminimizni Dashti Qipchoq xonlari ishg’ol qilgandan keyin o’zbek nomi paydo bo’lgan emish. Ahir Movarounnahr deb ataydigan ikki daryo oralig’ida ungacha ham halq yashaganku? Yoki bu halq boshqa millat bo’lganmi ? Mantiq qani bu yerda ? Biz sovet zamonidan qolgan bu aqidani qabul qilsak, millatimiz tarihi mana shu navbatdagi bosqinchilar davridan boshlangan degan noto’g’ri hulosa kelib chiqmaydimi? Unda bizning tarihimiz qoladi? Samarqand ham Buhoro ham Xiva ham o’zbeklarniki ekan, bu yerlarda o’zbek davlati b’lgan ekan, nega endi o’z tarihimizni XVI asrdan, kimdir kelib - ketib nomini koldiririb ketgan davrdan boshlashimiz kerak ?Ungacha ham bu yerda utrok xalq yashagan-ku! Bu yerda ana shu o’troq xalqning madaniyati bo’lgan- ku! Kim kelmasin masalan mo’g’ullar kelgan, XIII asrning 20- yillarida XIV asrning 70- yillariga qadar xukumdorlik qilganlar va ularning madaniyati mahalliy madaniyatga singib ketgan. Bunadan mahalliy xalqning madaniyati, albatta asos bo’lgan, ustunlik qilgan.
Biz halqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’daniyati orqali bilamiz, tarixning tak – tomirigacha nazar tashlaymiz.
Xalqimizdagi “iligi tog’, baquvvat” degan tushuncha men, hatto qonuniyat degan bo’lardim, paydo bo’lmagan. O’zbek xalqini iligi to’q, baquvvat demoqchiman.
Tariximiz kabi, qadim madaniyatimizning yaratilishida ham unga ko’plab etnik guruhlar, el-elatlar o’z ulushini qo’shgan. Har qanday sivilizatsiya ko’pdan- ko’p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta’sirining mahsulotidir. Bir so’z bilan aytganda, ko’chmanchilar, bosqinchilar kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi.
Tarix – xalq ma’naviyatining asosidir.
Avvalambor, biz biror ajdodimizning to’yini o’tkazsak, bunga uning millatimiz ravnaqi uchun qilgan ishlari, tariximizda tutgan o’rni sabab bo’ladi.
Yurtimizda tarixiy shaxslar, shaxarlar, madaniy yodgorliklarning yubiley va bayramlari o’tkazish yaxshi an’anaga aylanib qoldi. Bu yerda gap tantanadagigina emas, muhimi, biz ularning o’z davrida kelajak avlodlar uchun qoldirhan salmoqli merosi, ijobiy ishlari, kerak bo’lsa, umumjahon sivilizasiyasiga qo’shgan hissalarini qadrlaymiz. Albatta, har bir millat o’z ajdodlarini eslash ularning hurmatini joyiga qo’yishga intiladi. Faqat bu kabi hayrli ishlar o’z mohiyati jihatidan xalqlarni yaqinlashtirishga, ularni hamjihat etishga xizmat qilsin. Modomoki, o’z tarixini bilgan, undan ruxiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan, biz haqqoniy tarihimizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur.
Umuman, men fanni ilg’or, taraqqiyot, prepress degan so’lar bilan yonma- yon qabul qilaman. Fanning vazifasi kelajagimzning shakli- shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yo’nalishini, yabiiy qonuniyatlarini, uning qanday bo’lishini ko’rsatib berishidan iborat, deb tushunaman. Odamlarga mustaqillikning afzalligini, mustaqil bo’lmagan millatlarning kelajagi yo’qligini, bu tabiiy bir qonuniyat ekanini ibotlab, tushuntirib berish kerak. Fan jamiyat taraqqiyotini olg’a siljituvchi kuch, vosita bo’lmog’ lozim.
Fan davlatga, xalqqa, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozimligini unutishga also haqqimiz yo’q.
Haqqoniy taixni bilmasdan turib esa o’zlikni anglash mumkin emas.
Siyosatda ham, ijtimoiy hayotda ham, fanda ham vakuum – bo’shliq paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Ya’ni, agar o’z g’oyang bo’lmasa sening yurtingda chet g’oya kelib hukumronlik qiladi. Haqqoniy tariximizni barpo etish ishini nimadan boshlash lozim?Avvalo, ko’p ming yillik boy, o’tmishimizni tadqiq etishimizni yaxlit konsepsiyasini ya’ni daturini ilmiy izlanishlarning uslubini, qo’yilayotgan vazifani amalgam oshiradigan ilmiy muasasalar ulardagi potensional kadrlar masalasini aniqlab olishdan. Bu kelajakda ham uzuliksiz davom etadigan katta ishning boshlanishi bo’ladi. SHundan keyin ana shu aniq bosqichlari belgilangan dastur asosida har tomonlama tadqiqtlar olib boriladi. Bu oson ish emas, sho’ro zomonida tomoman o’zga millatimiz manfaatlariga zid bo’lmagan kommunistik, shovinistik mafkura hukmron sharoitida yozilgan adabiyotlardan uni buni ko’chirib tayyorlanadigan ish emas bu. Mazkur vazifani amalgam oshirish uchun akademiyaga qarashli Tarix SHarxshunoslik, Arxeologiya institutlari shu sohaga taaluqli bo’lgan ilmiy masalalar tarkibini ish faoliyatini o’zgartirishini zamon talab qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |