TARIXIY XOTIRASIZ KELAJAK YO’Q
1. Uzbekiston tarixining predmeti, dolzarb muammolari va manbalari.
2. Uzbekiston tarixini yoritishning nazariy-metodologik asoslari.
3. Komil insonni tarbiyalashda tarixning roli.
Hozir O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat SHarq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lgani butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyoatchilar, sarkardalar yetishib chiqgan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha ko’rki fayzini, mahobatini yo’qotmagan osori atiqlarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo’lganidan dalolat beradi. Beshavqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi tosh yozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubhonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo’lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astranomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o’n minglab asrlar bizning be’qiyo ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kam topiladi. SHuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamalakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin, deb dadil ayta olaman.
Mustaqillikga erishganimizdan so’ng xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadryatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu- tabiiy hol albatta. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl- bilishni istaydi nasabini, o’zi tugilib voyaga yetgan qishloq, shahar, hullaski Vatanimizning tarixini.
Ota bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalari, diniy, ahloqiy, ilmiy qarashlarini o’zida mujassam etgan bu nodir qo’lyozmalarni jiddiy o’rganish davri keldi. Cunki, o’zingizga ma’lum, sho’rolar zamonida tarixiy xaqiqatni bilishga intilish rag’batlantirmas edi, hukmron mamalakat mafkura manfaatlarga xizmat qilamaydigan manbaalarda xalq ko’zidan iloji boricha uzoqroq saqlanadi.
Ahvol shu darajaga boogan ediki, o’z tariximizni o’zimiz yozishdan mahrum bo’lib qoldik. Birovlar tomonodan yaratilgan tarix darsliklarni oqir edik. Lekin u darsliklarda ota-bobolarimiz ko’rsargan ja’surliklar aniq nomoyon emas edi. Ha ular bizning qizqishimizni, hissiyotlarimizni qaydanam bilsinlar. “SSSR tarixi”deb atalgan darslikda, O’zbekistonday mamalakatdagi bor yo’g’i 3-4 sahifa o’rin berilib, tarixiy voqealar va shaxslar haqida noholis fikrlar aytilar yoki umuman lom - lum deyilmasdi. Hanzgacha meni bir savol qiynab tinchlik bermaydi, nega SSSR davridagigi biz tengilarga Amir Temur jasorati, Cingizhon yovulikalri haqida ta’lim tarbiya berilmagan, nahotki u davrdagi insonlarda bizdagi insonlar kabi “bolam shuni bilsin, bizning hatoliklarimizni takrorlashmasin”degan tushuncha bo’lmagan bo’lsa. Fandagi bunday soxtakorlik, ko’z bo’yamachilikni bugun eng oils qishloqlarda yashayotgan oddiy fuqoro ham, maktab o’quvchisi ham yaxshi biladi. Endi mustaqillik tufayli yaqqol namoyon bo’layotgan tarixiy haqiqatni bilishga, o’zligini anglashga, chanqoqliknimng tub sabablari mana shunda deb o’ylayman. Olimlarimiz tariximizning turli davlatlariga doir risosalar yozishmoqda, tarix mavzuda yirik nariy, nazmiy, sahna asarlari yaratilmoqda. Agar SSSR odamlari mana shunday qabiqlik qilmaganlarida, balki tarix haqida saviyalarimiz yanada ortarmidi. Man doim tarix haqida bir nimalarni o’rgansam, albatta u yerga borib kelaman. Ommaviy ahborot vositalari ma’naviy qadriyatlarimizni keng targ’ib qilayotganini, suhbatlar, muloqotlarda fikrlar rang-barangligi paydo bo’layotgani diqqatga sazovor. Yoshlarning Vatan, millat taqdiri uchun o’zlarini ma’sul sezib, bu baxslarda daxldorlik tuyg’usi bilan ishtirok etayotgani meni, ayniqsa, quvontirdi.
CHumchuq so’ysa ham qassob so’ysin degan gap bor. Men tarixchi emasman, bu mavzuda aql o’rgatish fikridan mutlaqo yiroqman. Lekin tab’iy bir savol tug’uladi:Davlatchilk tariximiz tub o’zgarish pallasiga kirgan bir payitda o’zimizning zamon va makonda o’rnimizni aniqlab olishimiz, nasl nasabimiz, kimligimizni bilishimi kerakmi - yo’qmi ?Bu savolga qo’rqmay, baralla men, biz Temutiylar avlodimiz, ularga loyiq bo’lish uchun o’qiylik, izlanaylik, oq-qorani, yaxshi-yomonni, do’st-dushmanni ajrata bilaylik, og’ir kunimizda Ollohim sinovlariga duch kelmasliimiz uchun qoqilmay yashaylik deyman. Yani yurtimizda faol mehnat qilayotgan muhtaram akademiklar, olimlar, adiblar, noshirlar avvalambor, tarixchilarimiz birgalashib, bu savolga yanada aniqroq javob topishga inyilaylik.
Nazarimda, o’zbek xalqining tarixiy o’tmishi, o’zligi, ma’naviyat haqida gapirayotganda, bizda chuqur ilmiy asosga tayangan tahlil, muayyan masalalarda aniq yondashuv yetishmayapdi. Ilmiy tilda aytganda, yaxlit konsepsiya yo’q. O’zlikni anglash rarixni bilishdan boshlanadi. Isbotlab bo’lmagan ushbu haqiqat, davlatsiyosatigacha ko’tarilishi zarur.
Millat, mamlakat haqida katta- katta minbarlarga chiqib gapirishning o’ziga xos ma’suliyati bor. Muayyan voqea shaxsgamunosabat bildirayotganda, bu faqat bir kishi yoki muayyan toifadagi kishilarning nuqtai nazari bo’lish mumkimligini unutmaylik. Yomon tomoni shundaki, sub’ektiv fikr yuquvchan bo’ladi. Cuqur tahlil, mantiqqa asoslanmagan biryoqlama fikr odamlarni eng avvalo tarix o’qituvchilarini chalg’itadi. Ular eshitganlarini haqiqat deya, biz yoshlarni habardor etishadi. Faqat baxs, munozara, tahlil mevasi bo’lgan xulosalargina to’g’ri yo’l ko’rsatishi mumkin. Bu birinchidan edi.
Ikkinchi masala shundan iboratki, biz komil inson targiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, ongliyuksak, mustaqil fikirlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Komil inson bo’lishimiz uchun avvali Vatanning har bir giyohi, har bir zarrasida hatta sir – sinoat, katta hikmat borligini bilishimiz darkor. Ularni anglash uchun biz doimo bilimga intilib, g’ofil emas bedor, loqayd emas ogoh bo’lib yashashimiz kerak. O’zbekistonomiz Prezidenti Yoshlar- Vatan kelajagi deya bir ovozdan takidlab, quyidagi fikrni bildiradilar:Mening eng katta ishonchim yosh avloddir. Zamonaviy bilimga ega, odobli, ilmli, ko’rsang havasing keladigan, barkamol va shijoatli farzandlarimiz. Men o’zimning taqdirimni ham, mamlakatimz va bustaqilligimiz taqdirini ham ana shularning qiyofasigda ko’raman. Kishi ana shunday farzandlari borigidan kuch oladi, ongi tiniqlashadi, rag’batlanadi, ko’ksi tog;day ku’tariladi.
Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo’maydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko’radi. O’z fikriyu, xuosasini mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bo’ladi.
Erkin, demokratik jamiyat quryapmiz. Biz uchun yopiq mavzuni o’zi yo’q. Umumxalq minbari-televidinyamiz, radiomiz, matbuotimiz bor. Biz qanday oltin davrda yashayotganimizni yuragimiz tubidan xi qilmog’imz darkor. Yaxshi niyatli odamga hamisha chegaramiz katta ochiq. Cunki u Vatanimiz tinchligi, farovonligi uchun jon jahti bilan hizmat qiladi. Xorijdan mehmonlar kelayapdi, biz chet davlatlarga chiqayapmiz. Do’tlik omon bo’lsin ekan. Kunda bo’lmasa ham ora kunda xalqaro anjumanlar o’tib turibdi. SHunisiga ham shukronalar bo’lsin. Bizga mana shu anjumanda manaman degan olimlar bilan, xoxlang iqtisod, xoxlang siyosat, xoxlang tarix, ma’naviyatsohalari bilan bemalol bahslasha oladigan, bilimdon, zukkolar, ma’naviyatli odamlar kerak. Ollohimga ming shukkurlar bo’lsinki, bizdagi yoshlar mana shunaday hislatli bo’lib viyaga yetishmoqda.
Men nega ma’rifat so’zini ko’p takrorlab, unga alohida urg’u berib ketaman?CHunki, jamiyat taraqqiyotinng asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib oladigan yagona kuchdir. Har bir odanda ma’rifat degan tushuncha bo’lmog’i lozim. Asrimz boshida Turfustonda keshgan voqealarni bir eslang. SHu paytda o’yga tolsam “Eh urush noming o’chsin jahonda “deya o’ksinib qo’yaman. Nega bu o’lkada o’sha yillari ma’rifatchilik harakatlarihar qachongidan ham kushayib ketdi?Negaki, chor Rossiya asoratiga tushib qolib, butkul tanazzulaga yuz tutgan o’lkani uyg’otishga, xalqning ko’zini ochishga, faqat ma’rifat orqali erishish mumkin edi. Marifat parastlik biz uchun bugun ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas, yo’qotmaydi ham. Aqilli, zakovatli, yuksak ma’naviyat-li kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqyotqaror topadi. Agar shu muammoni yecholmasak, barcha toat- ibodatlarimiz bir pul: taraqqiyot ham, kelajak ham, farovon hayot ham bo’lmaydi.
Aynan shuning uchun ham o’z paytida Respublika Ma’ rifat va ma’ naviyat markazini tashkil etdik. Markazning viloyat, tuman bo’limlari ochildi. Gap hozir respublika byudjetidan ajratilgan katta mablag’ haqida emas. Kerak bo’lsa, yana yordam beramiz. CHunki kelajak yoshlar qo’lida. Yoshlarni kamol topishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratmog’imiz darkor. Maskur sohadagi ishlarning talab darajasida emasligini, tashkilotning rasmiyatchilikka berilib ketayotganini qanday tushunish mumkin? Bu holni ko’rganda beixtiyor, baraka topkur, sen sho’rolar zamonidagi dompolitprosve-sheniya, ya’ni siyosiy maorif uyi xodimi emassan, mutlaqo boshqa odamsan, biz bu markazni faqat maosh olish uchungina tashkil etmadik degingiz keladi. Qolaversa, ma’naviyat, ma’rifatni targ’ib qilish har bir ziyolining vijdon ishidir. Ma’rifatchi fidoyi bo’lmog’i bo’lmog’i lozim. Tushunamiz, ularning ham tirikchiligi, bola- chaqasi bor. Lekin buyoqdagi och-nahor vatandoshlarimiz-chi? SHuning uchun ham maosh tayinlab qo’yibmiz. Lekin yana takror aytaman: ma’rifatchi, eng avvalo, fidoyi bo’lmog’i o’zidan-o’zligidan kechmog’i kerak.
Xo’sh, tarixning ma’naviyatimizda tutgan o’rni qanday? Tarixni yaxshi bilmasdan turib, yuksak ma’na- viyatga erishish mumkinmi? Albatta, mumkin emas! Ma’naviyatni tiklashi, tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak.
Tarixiy ildizini izlagan odam, albatta bir kun mana shunday savollarga duch keladi va, aminmanki, to’g’ri xulosa chiqaradi. Tarixiy xotirasi bor inson- irodali inson takror aytaman, irodali insondir.
Kim bo’lishidan qat’i nazar, jamiyatnng har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar tasiriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, rodasini mustahkamlaydi.
Tarixdan judo bo’lish nimaligini yaxshi bilsangi kerak. Insos uchun tarixdan judo bo’lish-hayotdan judo bo’ish demakdir.
Xorazm davlatini tarixini biz 2700yillik tarix deb bilamiz. Lekin Rossiyaning xoh o’tmishidagi, xoh bugungi ko’zga bo’ringan biror bir tarixchidan so’rab ko’-ring-chi, shuni tan olarmikin? Tan olmaydi, bilmaydi, bi-lishni xohlamaydi ham. O’jarlikning sababi esa bitta: basharti tan olgudek bo’lishsa, tarixiy hulosalari chippak-ka chiqadi, ilmda soxta qo’l bilan borganlari fosh bo’ladi. Eng mo’` tabar, qadimgi qo’lyozmamiz«Avesto» ning yaratilganiga 3000 ming yil bo’layapti. Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig’ida, ma- na shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirdgan ma’naviy, tarixiy merosidir. “Avesto”ayni zamonida bu qadim o’lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyatbo’lganidan guvoh beruvchi tarixiy xujjatlarki, uni hechkim inkor eta olmaydi. Lekin, yuqorida aytganimdek, biror- bir xorijiy jurnalistning umuman, G’arb adiblarining “Avesto”ni eslashganini bilmayman. Xulosa shuki, oils-olis joylarda xalqimiz, mamlakatimiz o’tmishi haqida aytilayotgan, mu- lohazalarning aksariyat qism soxta, g’ayriilmaydi.
Davlatchilik bygungi kunda o’ta siyosiy masala bo’lib turibdi. Nega deganda, O’zbekiston davlatchilik bo’lmagan, deb orqavarotdan tashirqot yuritilayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi bo’layotgan, kerak bo’lsa, xalqaro jamiyatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar hali bor. Bunday g’alamisliklarning orasida qanday qilibbo’lsa ham bizni yana sobiq SSSR ga qaytarish niyatida yurganlar yo’q, deysizmi?O’zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi mana shu da’voni puch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tarixini yaratishdir.
Siyosatchiman, arbobman degan odan, agar vijdono bo’lsa, o’z halqining tarixiy o’tmishini bilishi shart.
Atrofimizda joylshgan ba’zi davlatlar va millatlarning vakillarida ham bizlar qatori o’z tarixlarini boshqatdan o’rganish, chuqurroq o’rganish tug’ularini sezish mumkin.
Balki, bu ham to’gridir. Har bir halq nimanidir o’zining milliy iftixori, deb biladi. Har xil kitoblar chop etishadi, katta- katta anjumanlar tashkil qilinadi. Ahmad Yassaviy bobomizning muqaddas merosini o’rganish maqsadida goh Turkuston, goh Istanbul, goh Izmirda uchrashuvlar o’tkaziladi. Mana shu uchrashuv anjumanlarda O’zbekiston vakillari, avvalambor, ilmiy- tarixiy asoslarga, chuqur tadqiqotlar suyanib, ba’zi bir sohta urunishlarga berilib ketmasdan, haqqoniy dalil va isbotlarni qurol qilib olsalar, ma’qul bo’ladi.
O’zbekistonning obro’yini ko’tarish bir chetda qolib, allaqanday atilalarga voris bo’lish bizga mutlaqo yarashmaydi. Men bunga qat’iyan qarshiman. Kimgadir voris bo’lish kerak bo’lsa, biz Beruniylarga, Buxoriylarga, Amir Temur, Murzo Ulug’bek, Mirzo Boburlarga voris bo’lamiz. O’zbekning fe’l – atvori barchaga ayon. U yerni, tabiatni sevadi. Do’ppisida suv toshib bo’lsa ham daraxt ko’kartiradi. Uning mehmondo’st- ligi, boshqa davlatlarni hayratga solib kelmoqda. SHuni bilinki, men Vatanim uchun jon berishga, jon olishga hamisha tayyorman. Vatanni, kindik qonimiz tomgan diyor mohiyatini, qadr- qimmatini teran anglashimiz zarur.
Abudulla Oripov Vatanga bo’lgan sevgisini shu she’r orqali ko’rsatishga harakat qiladi.
Mana nechun sevaman O’zbekistonni
Tuprog’in ko’zimga aylab to’tiyo,
Nechun Vatan deya yeru osmonni
Muqaddas atayman, atayman tanho?
Aslida dunyoda tanho nima bor ?
Paxta o’smaydimi o’zga elda yo ?
Yoki quyoshimi sevgimga sabab
Axir quyoshliku butun Osiyo.
Xo’sh, nechun sevasan O’zbekistonni?
Sababini aytgin desalar menga,
SHoirona go’zal so’zlardan oldin
Men tazim qilaman ona xalqimga.
Vatan tuyg’usini qalban idrok etish uchun, shu tuyg’u bilan yashash inson hayotiga ma’no- mazmun bag’ishlaydi, uni kamolot sari yetaklaydi. Va bunday odam hayotning murakkab so’qmoqlardan adaymaydi, o’z xalqining mard va fidoyi farzandi bo’lib voyaga yetadi.
Biz Vatanimizni ozod va mustaqil, go’zal va betakror, qadimiy deb tariff etamiz. Insos ba’zan o’z taqdiridan, omadidan, kundalik hayotidan norozi bo’lishi mumkin, lekin u hech qachon, jech qanday vaziyatda o’z Vatanidan hafa bo’lishi, kimgadir zarda qilib, qandaydir alam bilan el -yurtiga nisbatan xiyonat yo’liga o’tishini mutloqo g’ayritabiiy, gayriinsoniy holat, deb bilaman. O’zbek tor ma’noda bunyodkordir. Unga birovning yeri kerak emas. Mabodo qo’liga qurol olguday bolsa faqat o’zini himoya qilish uchungina oladi. Vatanparvarlik insonni qanchaalik yuksakka ko’tarsa, Vatanga xiyonat shuncha xoru zor etadi. Vatanga xiyonat otaga, onaga xiyonst qilish bilan barobar. SHuning yurtning tuzini unutgan, unga hiyonat qilgan betavfiq kimsalarni ota- onalari ham oq qiladi – el – yurt shohidligida, Yaratganninh oldida”Endi sendek farzandim yo’q” deya uni lanatlaydi. Xullas, Vatan bor ekan, vatanparvarlik eng oily fazilatlardan biri bo’lib qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |