10 - XIII asrning birinchi yarmida Buxoro xonligi Subhonqulixondan keyin taxtga kim o’tirdi? Ubaydullaxon II
Ubaydullaxon II qachon hukmronlik qildi? 1702-1711-yillar
Ubaydullaxon IIning asosiy maqsadi nimadan iborat edi? Siyosiy tarqoqlikni tugatish
1706-yili kim o’zini Balx xoni deb e’lon qiladi? Maxmudbiy otaliq
Ubaydullaxon II qachon Balxni egallaydi? 1707-yilda
Buxoro xonligidan Farg’ona qachon ajralib chiqishga harakat qildi? XVIII asr boshida
Ubaydullaxon II dastlab taxtga kelgach qaysi hududni bo’ysundirishga harakat qiladi? Balxni
XVIII asr boshlarida Farg’onada hokimiyat kimning qo’liga o’tdi? Chodak xo’jalari
Farg’onada 1710-yili hokimiyatni kim qo’lga oldi? Shohruxbiy
Shohruxbiy qaysi qabiladan edi? Ming
Ubaydullaxon II qachon o’ldirildi? 1711-yilda
Kim Registon tinch bo’lsa bo’lgani deb aytgan? Abulfayzxon
Buxoroda Abulfayzxon qachon hukmronlik qildi? 1711-1747-yillar
Abulfayzxon davrida kim katta nufuzga ega bo’ldi? Muhammad Hakimbiy
Muhammad Hakimbiy qaysi qabiladan edi? Mang’it qabilasidan
Muhammad Hakimbiy kim deb tan olingan edi? Barcha shahzodalar otaliqlarining boshlig’i
Abulfayzxonning qaysi ishi barcha qabila aslzodalarining noroziligiga sabab bo’ldi? Muhammad Hakimbiyni barcha shahzodalar otaliqlari boshlig’i deb e’lon qilinishi
Abulfayzxon davrida Shahrisabz hokimi kim edi? Ibrohimbiy
Ibrohimbiy Urgut va Miyonqol hokimi bilan til biriktirib…Buxoro xonligidan mustaqil, poytaxti Samarqand bo’lgan davlat tuzishga qaror qiladi
Ibrohimbiy poytaxti Samarqand bo’lgan yangi davlat tuzish uchun 1716-1719-yillarda qayerga yurish qildi? Qarshi va Buxoroga
Mustaqil Samarqand xonligiga qachon asos solindi? 1723-yilda
Ibrohimbiy 1723-yili Samarqandni egallab kimni xon deb e’lon qildi? Kuyozi Rajab Sultonni
Mustaqil Samarqand xonligi qachongacha mavjud bo’ldi? 1730-31-yillargacha
Ibrohimbiyga qanday unvon berildi? “Amir ul-umaro” – “ulug’ amir”
Ibrohimbiy va Rajab Sultonlar ularga qo’shilganlarga qanday va’da berishadi? Katta boylik va amal
Ibrohimbiy Samarqand xonligini tuzgandan so’ng, uning keying maqsadi nima edi? Buxoro taxtini egallash, Rajab Sultonni Buxoro taxtiga o’tqazish hamda shu yo’l bilan xonlikning eng nufuzli kishisi bo’lib olish
Buxoroni egallay olmagan Ibrohimbiy va Rajab Sultonlar kimdan yordam so’raydi? Ko’chmanchi qozoqlardan
Qozoqlar yetti yil mobaynida qayerga talonchilik yurishlarini uyushtiradilar? Zarafshon va Qashqadaryo vohalariga
Abulfayzxon Hakimbiyni Buxorodan chiqarib yuborgach u qayerga boradi? Qarshiga
Hakimbiydan keyin oliy hokimiyat kimning qo’liga o’tadi? Javshon Qalmoq
1736-yili kim Buxoroga yurish qildi? Eron shohi Nodirshoxning o’g’li Rizoqul
Qarshi shahrini 15 kun qamal qilgan Eron shohining o’g’li kim edi? Rizoqul
Rizoqul Qarshini qamalgan paytida Buxoro xoni kimdan yordam so’raydi? Xiva xoni Elbarsxondan
Nodirshoh Buxoroga qachon ikkinchi marta yurish qildi? 1740-yil
Nima sababdan Hakimbiy Nodirshoh tomonga o’tib ketadi?Buxoro xonligida yetakchi mavqega ega bo’lib olish maqsadida
Parokandalik bu…mamlakat viloyatlarini markaziy hokimiyatga bo’ysunmasligi, siyosiy tarqoqlik
Samarqand atrofidagi Oqdaryo va Qoradaryo oralig’idagi hududni qanday atashgan? Miyonqol. Keyinchalik Samarqand bilan Xatirchi oralig’idagi yerlar Miyonqol deyilgan