Mustaqillikka erishishi Oʻzbekiston SSRda qilingan qatagʻon va yovuzliklar xalq ommasini sovet rejimiga nisbatan nafratini oshirdi, tuzumga boʻlgan munosabatini keskin oʻzgartirdi. Ana shunday murakkab bir vaziyatda respublikada mustaqillik uchun kurash kuchaydi. 1990-yil 20-iyunda Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti „Mustaqillik deklaratsiyasi“ni qabul qildi. 1991-yil 31-avgustda „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qilish toʻgʻrisida“ qonun qabul qilinib, Oʻzbekiston mustaqillikka erishdi.
O‘zbekiston Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinganiga 30 yil to‘ldi. Mustaqillik deklaratsiyasi O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1990 yil 20 iyunda e’lon qilingan edi.
Oradan bir yil o‘tib, 1991 yilning 31 avgust kuni Mustaqillik deklaratsiyasi asosida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonun ham qabul qilingan.
O‘zbekiston Mustaqillik deklaratsiyasi O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi II cyessiyasida qabul qilingan edi. Bugun mazkur tarixiy hujjat qabul qilinganiga 30 yil to‘ldi.
O‘zbekiston o‘sha kezlar SSSR tarkibida bo‘lib, ushbu hujjatning qabul qilinishida barcha javobgarlikni O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi, O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov respublika rahbari sifatida to‘liq o‘z zimmasiga olgan.
O‘sha kezlar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi bo‘yicha ittifoqdosh respublikalar orasida so‘nggi o‘rinlardan birini egallagan, amalda sotsialistik lager uchun xomashyo manbasiga aylanib qolgan edi.
Respublikaning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga doir masalalar Markazning ruxsati bilan hal etilar edi.
Mustaqillik deklaratsiyasida O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga ichki va tashqi siyosatga tegishli barcha masalalar, shuningdek, ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan munosabatlarni belgilash hamda amalga oshirish alohida qayd etildi. Davlat hokimiyati respublika hududiga kiradigan barcha tarkibiy qismlar ustidan amalga oshirilishi kafolatlandi.
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi huquqiy demokratik davlat barpo etish borasida qat’iy qaror qabul qilinganini ma’lum qildi. Endilikda Moskva tomonidan qabul qilingan barcha qarorlar respublika hududida qonuniy kuchga kirmog‘i uchun O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim edi.
Shu bilan birga, “davlat suvereniteti”, “davlat chegarasi” kabi atamalar joriy etilib, ularning daxlsizligi e’lon qilindi.
Bu hali to‘liq davlat mustaqilligini anglatmas edi, ammo O‘zbekiston yillar mobaynida yig‘ilgan iqtisodiy-siyosiy muammolarni o‘zbek xalqining ko‘p asrlik an’analari, e’tirof etilgan xalqaro huquq me’yorlari, umuminsoniy qadriyatlar hamda demokratik tamoyillar asosida nisbatan mustaqil holda hal etishga kirishmog‘i mumkin edi.
Mustaqillik deklaratsiyasi asosida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kabi fundamental ahamiyatga ega huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi. Ittifoq shartnomasini yangilash talabi.
Sobiq SSSR ga kiruvchi respublikalar rasman teng va suveren deb yuritilsada, amalda
qaram edi. Ular o’z yerlari, suvlari, o’rmonlari va yer osti boyliklariga, ko’pdan-ko’p
korxonalariga o’zlari egalik qilolmas edilar. 80-yillarning oxirlari 90-yillarning boshlarida
ko’pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o’zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar.
O’bekiston Respublikasining rahbari I.A.Karimov 1989-yil 20-sentabrda Maskvada
bo’lib o’tgan KPSS MQ ning Plenumida so’zlagan nutqida respublikalar bilan SSSR
o’rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo’yishni ko’zda tutadigan yangi federativ
shartnoma ishlab chiqish zarurligi to’g’risida o’z fikrini bildirib: «Biz Ittifoq va
respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o’zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab
qo’yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz», - degan
edi.
Biroq Markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish haqidagi talab-takliflarni
e’tiborga olmadi, to’g’rirog’i ularga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning
qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligining ta’siri ostida markazdan ajralish harakati
kuchayib bordi. 1990-yil bahorida Boltiqbo’yidagi Latviya, Litva, Estoniya respublikalari,
keyinroq Gruziya va Ozarbayjon SSSR tarkibidan chiqqanligini e’lon qildilar.
Markazda va joylarda SSSR konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika
Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi, degan masalada bahs, munozaralar kuchaydi.
3-topshiriq
Qonun ustunligi haqida fikr yuritganda, avval davlatni asosiy qonuni hisoblangag Konstitusiyani ustuvorligini ta'minlash muhimdir. O'zbekiston Respublikasini Konstitusiyasini va huquqiy davlatni rivojini barpo etishda hal qiluvchi o'rin egallaydi. Konstitusiya me'yorlari birlamchi hisoblanadi. Birorta ham qonun yoki boshqa me'yoriy-huquqiy xujjat Konstitusiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas. Konsititusion me'yorlar boshqa qonunlardan yuqori turadi. Chunki davlani barcha joriy qonunlari va boshqa huquqiy xujjatlari Konstitusiya qabul qilishda ob'ektiv va sub'ektiv, ichki va tashqi omillar birinchi o'rinda turadi. Mustaqil O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 1992 yil 8 dekabrda 12 chaqiriq O'zbekiston Respublika Oliy Kengashini 11-sessiyasida qabul qilindi. Konstitusiya 6 bo'lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. O'zbekiston Republikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Kengashning 11-sessiyasida Konstitusiya loyihasi yuzasidan so'zlagan nutqida bunday deb ta'kidlandi: «Hur O'zbekistonimizni tarixida birinchi Kontitusiyani qabul qilish jumxuriyatimizni yangidan tuzishda haqiqiy mustaqilligimizga mustahkam poydevor qurishdir, «Konstitusiyamiz asosiy qonunimiz sifatida davlatni davlat qiladigan, millatni millat qiladigan qonunlarga asos bo'lishi muqarrardir».