1-topshiriq
Tarixiy haqiqat to‘la ro‘yobga chiqishi, haqqoniy tarix yozilishida tarix fanining predmeti va obyektini to‘g‘ri belgilanishi o‘ta muhim ahamiyatga ega. Chunki O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani uchun ham boshqa barcha fanlar qatori predmet va obyekt masalasi asosiy masala bo‘lib hisoblanadi. Zero, fan uning o‘rganish predmeti va obyekti aniq bo‘lmasa, uning oldidagi vazifa noaniq bo‘lib, maqsadga erishish mushkul bo‘ladi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiyot va tabiat fanlaridan farqli o‘laroq mustaqil fan. Shuningdek, u barcha fanlar orasida alohida o‘z o‘rni va mavqeyiga ega. U barcha fanlar tarixini ham o‘z ichiga olgan holda ularning rivojiga katta ta’sir etadi. Bu uning o‘rganish predmeti va obyekti hamda vazifasida to‘la namoyon bo‘lmog‘i kerak. Tarix fani o‘z xususiyatiga ko‘ra, birinchidan, o‘zining butun diqqat e’tiborini faqat o‘tmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosa chiqaradi, ajdodlarimizning moziyda qolgan hayot tarzini, ular yaratgan moddiy-madaniy, ma’naviy-mafkuraviy qadriyatlarni o‘rganadi.
Ikkinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq fan. U matematika usulidan keng foydalanadi. Tarixiy voqea va hodisalar qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik-xronologik asosda o‘rganiladi. Shuningdek, tarixiy voqea va hodisalar, hujjat va dalillarning haqiqiy va haqiqiy emasligi, ular qachon, qayerda, qanday tarixiy muhit va sharoitlarda tarixan voqe bo‘lganligi aniqlanadi. Va nihoyat, bo‘lib o‘tgan voqeliklarning aniq sabab va oqibatlari, shu bilan birga, ularning aniq shakl-shamoyillari va holati aniqlanadi.
Uchinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani o‘tmishdagi iqtisodiy-ijtimoiy hayotning ahvoli, rivojlanishi va tanazzulining sabab hamda oqibatlarini o‘rganadi, ulardan kelajak uchun saboq va xulosa chiqaradi. Bu esa kelajak avlodlar uchun dasturulamal bo‘ladi.
To‘rtinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ko‘p qirralik va xilma-xillik xususiyatiga ega. U jamiyat taraqqiyoti va inqirozlarining faqat bir tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini uzviy o‘zaro bog‘liqlikda, bir butunlikda o‘rganadi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani, O‘zbekistonning o‘tmishidagi va hozirgi hududida eng qadimgi davrlardan to hozirgacha kechgan voqeliklar, insoniyat hayoti, tabiat va jamiyat taraqqiyoti va tanazzulini tahlil qiladi. Uning o‘rganish predmetiga esa, mana shu makondagi jamiki xilma-xil voqea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining o‘rganish makoni-obyekti O‘zbekistonning tarixidir. Tarixiy obyekt (makon)ga nisbatan O‘zbekiston tarixi fanining maqsadi, vazifasi, yo‘nalishi va harakat (faoliyat) doirasi yoki chegarasi belgilanadi. Ma’lum bir ma’noda obyekt bilan predmet bir-biriga juda yaqin tushuncha bo‘lsa-da, ular tarix fanida tutgan o‘rni va vazifasi bilan farqlanadi.
Obyekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, ma’lum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, shular doirasidagi voqea va hodisalarning bir butun va yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir butun obyekt ichidagi aniq tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iboratdir.
O‘zbekiston eng yangi tarixi fani fan sifatida ijtimoiy-siyosiy fan bo‘lib, inson va millat, o‘z o‘tmishini bilishi, o‘zligini o‘zi anglashi hamda kelajagini belgilashida asosiy dasturulamal hisoblanadi. Shu bilan birga, u ijtimoiy-siyosiy hayot sohasidagi yagona fan ham emas. Jamiyat, insoniyat va tabiatning o‘tmishini o‘rganuvchi boshqa soha fanlari ham bor. Masalan, madaniyat, maorif, iqtisodiyot va boshqa fanlar shular jumlasidandir. Ammo, boshqa fanlarning hammasi ham, tabiat, jamiyat ham avvalo, katta tarixda aks etadi. Soha tarix fanlari ham tarix fanining o‘rganish obyekti va predmeti hisoblanadi.
Tarix fani boshqa, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlari bilan mustahkam va uzviy aloqa birligida rivojlanadi. Shuning uchun ham, tarixchilar falsafani, adabiyot va tilni, dinshunoslikni va boshqa fanlarni bilmay turib, haqqoniy tarixni to‘la yoritib berolmaydilar.
Shuni ham aytish lozimki, tarix bilan boshqa ijtimoiy- gumanitar fanlarning o‘rganish obyekti bitta ya’ni jamiyatdir. Predmeti esa inson va tabiat. Shuning uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatlarning ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuningdek, tarix fani ham boshqa soha fanlari rivojiga katta ta’sir etadi. Ammo, shuni ham ta’kidlash joizki, tarix boshqa fanlarni, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham tarixidir. Chunki boshqa fanlarning hammasi ham tarix mahsulidir.
Xulosa shuki O‘zbekiston eng yangi tarixi fani ya’ni, Vatan tarixi millat va Vatan taqdirini ravnaq topishida muhim ahamiyatga ega. Masalaning mohiyati shundaki, birinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishi har jihatdan tarix fanining naqadar haqqoniy bo‘lishiga bog‘liqdir. Chunki ular tarix bilan bevosita bog‘liq. Ikkinchidan, tarix falsafasi qanchalik to‘la va ravon yuzaga chiqsa, boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning mazmun va mohiyati hamda ta’sirchanligi ham shuncha yuksak darajada bo‘ladi.
Tarix falsafasi deganda, tarix ya’ni o‘tmish tajribasi va sabog‘idan to‘g‘ri xulosa chiqara olish tushuniladi. Boshqacha aytganda, o‘tmish-tarixga qarab, kelajakni to‘g‘ri belgilay olish ham tarix falsafasini anglashni bildiradi. Masalan, bundan bir asr oldin Rossiyadan chiqqan lenincha «bolshevoy» lar uchun kommunizm qurish g‘oyasi ishonch va e’tiqodga aylandi. Buning uchun esa, ular hokimiyatni bosib olib, katta qon to‘kish evaziga jamiyatni o‘zgartirdi. Oxir oqibatda esa, bu «sotsialistik jamiyat» inqirozga uchradi. Tarixda kommunistik g‘oya o‘z isbotini topmadi. Tarix uning xom – xayol – utopiyadan iborat ekanligini 74 yil ichida isbotladi. Yana bir misol: Yevropa mamlakatlari hozir tarix saboqlari – falsafasidan to‘g‘ri xulosa chiqarib, o‘tmishlari qanchalik o‘zaro qonli va qarama-qarshilarga boy bo‘lishiga qaramay, Yevroittifoqqa birlashish harakatida, yagona konstitutsiya qabul qilmoqchi. Bular tarix falsafasi to‘g‘ri anglashining hosilasidir.
2-topshiriq
Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar 80 yillar oxiri 90 yillar boshlarida O`zbekistonda jamiyatning turli sohalarida mustaqillikka intilish harakatlari kuchayib bordi. 80 yillarning ikkinchi yarmidan mustaqillikni qo`lga kiritish shart-sharoitlari vujudga keldi. 1989 yil oktyabrda davlat tili to’g`risidagi qonunni qabul qilinishi mustaqillik yo`lida muhim bosqich bo`ldi.
1990 yili bahorida markazning qattiq qarshilishga qaramasdan sobiq Ittifoq Respublikalari orasida birinchi bo`lib O`zbekistonda Prezidentlik lavozimi ta`sis etildi. Bu o`zbek davlatchiligi va mustaqillikning printsipial yangi bosqichi bo`ldi.I.A.Karimov 1990 yil 24 martda O`zbekiston Oliy Kengashida O`zbekistonning birinchi Prezidenti qilib saylandi. 1990 yil 20 iyunda mustaqillik to`g`risidagi deklaratsiyaning qabul qilinishi xalqning davlat mustaqilligiga intilishini huquqiy, iqtisodiy va siyosiy mazmun bilan to`ldirdi va g`oyat katta tarixiy ahamiyatga ega bo`ldi. O`zbekiston jamoat tashkilotlari va harakatlari orasida mustaqillik g`oyasi keng qo’llab-quvvatlandi.1991 yil 31 avgustda O`zbekiston Respublikasi Oliy Soveti XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi davlat mustaqilligi va mustaqil suveren O`zbekiston Respublikasi davlati tashkil topganligini e`lon qildi. Unda O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi to`g`risida Oliy Kengash Bayonoti va Respublika davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi hamda 1 sentyabr — Mustaqillik kuni milliy bayram deb belgilandi. Bu asosiy hujjatlar O`zbekiston oldida turgan maqsad va vazifalarni ko`rsatib berdi Mustaqil demokratik respublikasining tashkil topishi jahanshumul tarixiy ahamiyatga ega bo`ldi. Xalqning asrlar davomidagi mustaqillik uchun kurashi ruyobga chiqib, mamlakatda huquqiy, demokratik jamiyat shakllanishiga shart-sharoit yaratildi. O`zbekistonning boy imkoniyatlarini xalq turmushini yaxshilash uchun foydalanishga keng imkoniyatlar ochildi. Eng asosiy natijalardan yana biri — xalqning tarixiy, ma`naviy qadriyatlarini tiklash imkoni yaratildi. O`zbekistonda mustaqillik sharoitida siyosiy va iqtisodiy qayta qurishlar amalga oshirila boshlandi, birinchi navbatda mustaqil davlatning huquqiy asoslari yaratildi.1991 yil 18-noyabrda Respublika Oliy Kengashi VIII sessiyasi 1991 yil 29-dekabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov va mustaqillik g`oyasini butun xalqning muhokamasidan o`tkazish to’g`risida qaror qabul qildi. 29-dekabr kuni muqobillik asosida o`tkazilgan saylovda Islom Abdug`aniyevich Karimov nomzodiga saylov qatnashchilarining 86 foizidan ko`prog`i o`z ovozini berdi. Har bir mustaqillikka erishgan davlat o`z ramzlariga ega bo`lishi kerak. 1991 yil 18 noyabrda Respublika Oliy Kengashining VIII sessiyasida O`zbekiston Dalvat bayrog’i tasdiqlandi. Uning belgilari mamlakatimiz hududidagi qadimda mavjud bo’lgan yirik saltanatlarning tog`laridagi an`analarni davom ettiradi hamda xalqning milliy va madaniy o`ziga xosligini Respublika tabiiy sharoitini aks ettiradi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yildagi X sessiyasida O`zbekiston Respublikasining Dalvat gerbi to`g`risidagi qonun, 1992 yil 10 dekabrdagi XI sessiyasida O`zbekiston Respublikasining madhiyasi to`g`risidagi qonun qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
1989-yilning mayida Farg‘onada o‘zbeklar va mesxeti turklari o‘rtasida dahshatli qirg‘inga aylangan ommaviy to‘qnashuvlar boshlanib ketdi, butun Farg‘ona olov ichida qoldi. Ziddiyat to‘lqini o‘sha kezlar respublika aholisining qariyb yarmi yashayotgan Farg‘ona vodiysini butunlay o‘z domiga olishi mumkin edi. Farg‘ona hodisalari payti 100 dan ziyod kishi qurbon bo‘ldi, mingga yaqin inson jarohatlandi.
Qayd etilishicha, ana shunday mushkul pallada Islom Karimov respublika rahbari etib saylandi. Saylanganidan keyin u zudlik bilan Farg‘onaga bordi. Karimovning puxta o‘ylagan siyosati va faol sa’y-harakatlari hamda jarayonda Markaz vakillari ham bevosita qatnashishi lozimligi haqidagi qat’iy talablari tufayli qonli ixtilof avj olmasdan to‘xtatib qolindi. Aks holda, butun respublikada beqarorlik yuzaga kelishi mumkin edi.
XX asrning 80-yillari boshlariga kelganda sovet rejimi, uning siyosiy tizimi va xoʻjalik yuritish usullari oʻzining rivojlanish imkoniyatlarini tugata boshlagan. Oʻzbekiston SSR iqtisodiyoti ham, katta xom ashyo va tabiiy boyliklar zaxirasiga ega boʻlishiga qaramasdan, SSRIning markaziy hududlaridan juda tez ortda qola boshlagan.
Oʻzbekiston SSRning ijtimoiy-siyosiy hayotida 1984-yil 23-iyunda boʻlgan Oʻzbekiston Kompartiyasi MK 16-plenumi mashʼum rol oʻynagan. Moskva tashabbusi va koʻrsatmasi bilan tashkil qilingan bu plenumda qabul qilingan hujjatlar Oʻzbekiston SSRda oʻzbek xalqini asossiz badnom etish kompaniyasini boshlab berdi.
Oʻzbekiston kompartiyasi 60 yilligiga bagʻishlangan pochta markasi
SSRI Bosh prokurori huzurida alohida muhim ishlar boʻyicha maxsus 12 kishilik tergovchilar guruhi tuzilib, 1983-yildayoq Oʻzbekiston SSRga yuborilgan edi. Ular keyinchalik markazdan respublikaga kelgan „desantchilar“ga tayanib, Oʻzbekistonda navbatdagi qatagʻonni amalga oshirdi.
Oʻzbekiston SSRda paxta tayyorlash va uni qayta ishlash bilan bogʻliq jarayonlardagi „qoʻshib yozish“, „oʻgʻrilik“, „koʻzboʻyamachilik“, „poraxoʻrlik“ va hokazolarni tergov qiluvchi Gdlyan va Ivanov guruhining talabi bilan respublikadagi jamoa xoʻjaliklari raislari va sovxoz direktorlarining 60 foizi, qishloq xoʻjaligi yetakchi mutaxassislarining 45 foizi, paxtachilik brigada boshliqlarining 35 foizi, shuningdek, koʻplab rahbarlar, viloyatlar va tumanlar partiya qoʻmitasi kotiblari, respublika miqyosidagi partiya, sovet va xoʻjalik rahbarlari oʻz vazifalaridan olib tashlandi va ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.
1983–90-yillarda Oʻzbekiston SSRda „paxta ishi“ boʻyicha jami 40 ming kishi tergov qilindi, 5 ming kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi. Tergov jarayonida inson huquqlari toptalib, tutqunlarga jismoniy va ruhiy tazyiq oʻtkazildi. Ularning oila aʼzolari va qarindosh-urugʻlari ham qamoqqa tashlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |