Tarixiy geologiya fanining rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar


Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad



Download 1,44 Mb.
bet2/2
Sana30.06.2022
Hajmi1,44 Mb.
#719006
1   2
Bog'liq
2 5188497798407920301

Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad

Abu Rayxon Byeruniy (979-1048 yy).

Byeruniy ayrim olimlarning xudoning xohishi bilan ariqdagi suv orqaga qarab oqishi mumkin, degan noto‘g‘ri fikrlarini fosh etib, suv oqimining asl mohiyatini talqin etadi va u tabiat qonunlariga mos jarayon ekanligini isbotlab bergan. Uning fikricha, suv markazga intilish kuchiga ega, binobarin u pasdan yuqoriga qarab oqmaydi. Suvlarning tog‘ bag‘ridan buloq shaklida yoki yer tagidan yuqoriga fontan bo‘lib otilib chiqishini Byeruniy yer ostidagi bosim kuchiga bog‘lab tushuntirgan.
Daryo yotqiziqlari haqida esa Byeruniy o‘zining «Aholi yashaydigan joylar orasidagi masofalarning oxirgi chegarasini aniqlash» degan asarida bunday deydi: «Kimki bu haqda fikr yuritar ekan, u shunday xulosaga keladi - tosh va shag‘allar hamda mayda zarrachalar turli kuchlar ta’sirida tog‘dan ajraladi; keyin uzoq vaqt davomida suv va shamol kuchi tufayli ularning qirralari tekislanib, silliqlanadi hamda dumaloq shaklga kiradi. Ulardan o‘z navbatida mayda donachalar - qum va changlar paydo bo‘ladi. Agar bu shag‘allar daryo o‘zanida to‘plansa, orasiga gil va qum kirib, bir butun qatlamga aylanadi. Vaqtning o‘tishi bilan aralashgan narsalar suv tagida ko‘milib ketadi. Abu Rayxon Byeruniy (979-1048 yy). Agar biz ana shunday dumaloq toshlardan tashkil topgan yotqiziqlarni uchratsak, ular albatta yuqorida yozganimizdek paydo bo‘lgan desak bo‘ladi. Ular yer ustida yoki qatlamlar orasida uchrashi mumkin. Bunday jarayon uzoq vaqtni talab etadi va bizning tasavvurimizdan tashqaridagi doimiy o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘langan holatda yuz beradi» (A.M.Byelenitskiy - Abu Rayxon Byeruniy, Lyeningrad universiteti nashri, 1949, 207 b.).
Byeruniy bu mulohazalarida XVIII - asrda M.V.Lomonosov, XIX - asrda Ch.Layel tomonidan bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda kashf etgan aktualizm g‘oyalarini birinchilar qatorida bayon etgan. Shu asarda Byeruniy yana bunday deydi: «Dyengiz o‘rni quruqlik bilan, quruqlik o‘rni esa dengiz bilan almashadi». Byeruniyning XI - asr boshlarida birinchi bo‘lib daryo o‘zanlarida cho‘kindi jinslar donalari o‘lchamining suv oqimi tezligiga qarab o‘zgarishi qonuniyatini yaratganligi (keyinchalik Byeruniy qonuni deb atalgan) katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu qonuniyat so‘nggi yillarda V.I.Popov (1964 y.) tomonidan ishlab chiqilgan cho‘kindi hosil bo‘lishidagi fatsial birliklarning bosqichli dinamik tamoyiliga mos keladi. Byeruniy o‘zining «Mineralogik traktat» degan asarida (X -asrning birinchi yarimi) minerallar haqida chuqur va aniq ilmiy ma’lumotlar bergan. Minerallarni aniqlash va tasniflashda Byeruniy faqat ularning rangi va shaffofligidan emas, balki qattiqligi va solishtirma og‘irligidan ham foydalangan.
Byeruniyning zamondoshi buyuk olim, tabiatshunos va faylasuf Abu Ali ibn Sino ham geologiya fanining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Ibn Sinoning geologik dunyoqarashlari uning ilmiy qomusi «Ashshifo» (Qalbni davolash) nomli kitobining «Tabiat» degan bo‘limida yoritilgan. Ibn Sinoning toshlar paydo bo‘lishida zilzila va tog‘ qulashlari, yerlarning o‘pirilishi katta ahamiyatga egaligi, hayvon va o‘simliklarning toshga aylanishi to‘g‘risida ajoyib fikrlari bor. Ibn Sino tomonidan temir va tosh materiallarning paydo bo‘lishi haqida aytilgan fikrlari juda qiziqarlidir. Ibn Sino hozirgi aholi yashaydigan o‘lkalar o‘tmishda «hayotsiz yerlar va dengiz osti bo‘lgan» degan ilg‘or fikrlarni ilgari surgan.
Абу Али ибн Сино (980- 1037йй)
Mashhur Ozarboyjon matematik - astronomi Muhammad Nasriddin tabiatshunoslik sohasidagi juda ko‘p ishlari bilan birga minerallar haqida «Javohirnoma» degan asarni yaratgan. Bu asarda 34 mineral: zumrad, la’l, shpinel, firuza, lazurit, agat, yashma va boshqalar ta’riflangan. Ularning tabiiy xossalari: rangi, yaltiroqligi, qattiqligi, solishtirma og‘irligi, shaffofligi va mo‘rtligi batafsil bayon etilgan. Ibn Sino va Byeruniyning mineralogiya traktatlaridan keyin Muhammad Nasriddin asari o‘z zamondoshlarining fikrlarini umumlashtirgan va qimmatli ilmiy ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan birdan - bir asar bo‘lgan. Abu Ali ibn Sino (980- 1037yy). 1445 yilda polyak olimi N.Kopernik «Osmon jismlarining aylanishi to‘g‘risida» nomli asarida Yer o‘z o‘qi atrofida va boshqa sayyoralar bilan birgalikda Quyosh atrofida aylanishini isbot etdi. Mirzo Ulug‘bekning matematika va astronomiya fanlarining taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir.
U osmon jismlarining tarqalish qonuniyatini, harakatini va sonini aniqlash masalalarini to‘g‘ri talqin qilib bergan buyuk olimdir. Rus olimi M.V.Lomonosov geologiya faniga ulkan hissa qo‘shgan. Uning «Yer qatlamlari haqida» nomli asari juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Uni Rossiya geologiyasining asoschisi deb bejiz aytishmagan. V.M.Syevergin esa «Mineralogiya lug‘ati» ni yaratgan. XVIII-asr oxirlarida ingliz geologi Vilyam Smit stratigrafiya va paleontologiya fanlariga asos solgan. Ingliz olimi Ch.Layel «Gyeologiya asoslari» nomli kapital asarini XIX- asrning 30 inchi yillarida yozgan.
M.V.Lomonosov (1711-1765yy)
Unda aktualizm usuli yordamida o‘tmishdagi geologik jarayonlarni qayta tiklash mumkinligini isbotlab bergan. Shuningdek, u fransuz olimi J.Kyuve fikriga (katastrofik ta’limot tashviqotchisi) qo‘shilmasdan, geologik o‘zgarishlar sekin kechadigan va uzoq davom etuvchi evolyutsion jarayonlardan iborat deb hisoblagan. Jumladan, organik dunyoning taraqqiyoti shunday kechgan. Fransuz olimi Eli-de - Bomon kontraksiya g‘oyasini yaratgan. Avstriya geologi E.Zyuss «Yer qiyofasi» nomli mashhur asarini yozib, ilmiy geologiyaga munosib hissa qo‘shgan. M.V.Lomonosov (1711-1765yy). Turkiston o‘lkasida geologik qidiruv ishlari asosan XIX - asrning oxirlaridan boshlanadi. Rus olimlaridan I.V.Mushketovning 2 - tomlik «Turkiston» nomli qomusiy asari, uning G.D.Romanovskiy bilan hamkor-likda Turkistonning birinchi geologik xaritasini tuzishi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
H.M.Abdullayev (1912-1962yy).
O‘zbekiston hududining geologiyasini rejali o‘rganish XX - asrning 30 - yillaridan boshlangan. Jumladan, mashhur geolog X.M.Abdullayevning «Ma’danlarning intruziyalar bilan genetik bog‘liqligi», «Daykalar va ma’danlanish», «O‘rta Osiyoda magmatizm va ma’danlanish» kabi asarlari foydali qazilmalarni qidirishda doim dasturulamal vazifasini bajarib kelmoqda. Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi sohasida G..A.Mavlonov, N.K.Kyenesarin, litologiya soxasida V.P.Popov, O.M.Akramxo‘jayev, petrografiya sohasida I.X.Hamraboyev, T.N.Dolimov tektonika sohasida O.M.Borisov, M.O.Axmadjonov, R.N.Abdullayev kabi yirik olimlar O‘zbekiston geologiyasining turli tarmoqlari bo‘yicha samarali ishlar qilishgan.
Tayanch tushunchalar va iboralar
H.M.Abdullayev (1912-1962yy). Gyeologiya, geomorfologiya, geodeziya, geografiya, biologiya, gidrogeologiya, kristallografiya, paleontologiya, tuproqshunoslik, geotektonika, stratigrafiya, muxandislik geologiyasi, Yer taraqqiyoti.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish