Reja:
Antropologiya nima va tarixiy antropologik yondashuv.
Umumiy antropologiya va antropologiya tadqiqot predmetini о‘rganishning о‘ziga xos jihatlari.
Tarixiy antropologiyaning dolzarb masalalari.
Antropologiya nima va tarixiy antropologik yondashuv.
Antropologiya insonlarning о‘zaro о‘xshash va farqli xususiyatlarini ilmiy va gumanitar jihatdan о‘rganuvchi, tadqiq qiluvchi fan bо‘lib, u zamon va makon xususiyatlaridan kelib chiqadi. Antropologiya insonning kelib chiqishi masalasida quyidagi asosiy savollarni kо‘ndalang qо‘yadi: Biz qachon va qaysi makonda paydo bо‘ldik? Bizning oldingi kо‘rinishimiz qanday omillar ta’sirida о‘zgardi? Biz hozir qandaymiz? Bizning rivojimiz qay tomonga yо‘naltirilgan?
Antropologiya keng qamrovli fan bо‘lib, u inson holatining barcha jihatlari: о‘tmishi, hozirgi kuni va kelajagini о‘rganishda namoyon bо‘ladi; shuningdek, odamning biologik jihatlari, jamiyatdagi о‘rni, tili va madaniyati ham uning e’tibori doirasidadir. Antropologiya, shu bilan birga qiyosiy va madaniyatlararo tadqiqotlarni ham amalga oshiradi. Bunda turli xalqlar va zamonlarga oid ma’lumotlar tartibli ravishda qiyoslanadi. Antropologiyani tо‘rt bо‘lim: madaniy, arxeologik, biologik va lingvistik antropologiyaga bо‘lish mumkin.
Madaniyat insonning sharoitga moslasha olishida va omadga erishishida birlamchi omil bо‘lib hisoblanadi. Madaniyat insonlarning e’tiqodi, urf-odatlari va marosimlari, xulq-atvorlarini anglagan holda saqlanib qolishidir.
Ushbu о‘rinda shunday savol tug‘iladi: inson jihatlari qay darajada biologik yoki madaniy omil sifatida talqin qilinadi? Tur farqlari, ahloqiy va irqiy farqlarchi? Madaniy omillar davomiy ravishda inson biologiyasini shakllantiradi. Madaniyat erkak va ayollar uchun jismoniy barkamollik va о‘zini tutish hamda faoliyat olib borish tamoyillaridan tashkil topadi.
Antropologiyaning ikki о‘lchami mavjud: ilmiy va amaliy. Amaliy antropologiyada ijtimoiy muammolar aniqlanib ularni yechishga, harakat qilinadi. Antropologiya yana boshqa kо‘plab sohalar bilan aloqador bо‘lib, ular qatoriga tabiiy va ijtimoiy fanlarni kiritish mumkin. Bu aloqadorlikni tabiiy fan sifatida biologiya va ijtimoiy fan sifatida sotsiologiya fanlarining о‘zaro munosabati misolida kо‘rish mumkin. Sotsiologlar odatda zamonaviy va sanoatlashgan hududlarni о‘rganadilar. Antropologlar esa qishloq va sanoatlashmagan jamiyatlarda dala tadqiqotlarini olib boradilar. Antropologlarning madaniyatlararo masalalarga bо‘lgan qarashlari iqtisod, siyosat, psixologiya, san’at, musiqa va adabiyot kabi sohalarda ham о‘z ifodasini topadi. Antropolog va tarixchilar tarixiy va madaniy hodisalarga tarixiy va madaniy jihatdan tо‘g‘ri baho berishda hamkorlik qiladilar.
Ma’lumki, inson eng moslashuvchan tirik mavjudotdir. Janubiy Amerikaning And tog‘laridagi xalq dengiz sathidan 17.500 fut balandlikda yashab, erta tongdan ishlash uchun yana 1.500 fut balandlikka kо‘tariladi. Avstraliya chо‘llaridagi qabilalar hayvonlarga sig‘inib falsafa borasida fikr almashadilar. Tropik mintaqalarda esa odamlar bezgak bilan olishib yotadilar.
Antropologiya inson zoti va uning ajdodlarini tadqiq qilganligi uchun ham keng qamrovli fan hisoblanadi. Shuningdek, antropologiya qiyosiy va umumiy fandir. Ushbu о‘rinda umumiy deganda insonning umumiy ahvoli tushuniladi: uning о‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, biologik jihati, tili va madaniyati bularning barchasi umumiylikni keltirib chiqaradi. Antropologlar suyak qoldiqlari, sanoatlashmagan va g‘arbiy bо‘lmagan jamiyatlarni о‘rganishadi. Antropologiya fani esa sanoatlashgan odamlarni о‘rganish bilangina kifoyalanmaydi. YA’ni undan ham muhimroq bо‘lgan narsalarni, chunonchi qadimiy va zamonaviy, oddiy va murakkab jamiyatlarni ham qiyosiy о‘rganadi. Boshqa ijtimoiy fanlar bir jamiyat, ya’ni asosan, Amerika Qо‘shma Shtatlari yoki Kanada kabi sanoatlashgan xalqlarni о‘rganish bilangina cheklanadilar. Antropologiya esa doimiy ravishda bir madaniyat urf-odatlarini mutlaqo boshqacha bо‘lgan ikkinchi bir madaniyat urf-odatlari bilan qiyoslash natijasida madaniyatlararo ilmiy qarashni yaratib beradi.
Odamlarning jamiyatdagi tartibi kabi ba’zi hayvonlar, jumladan, babuinlar, bо‘ri va hattoki chumolilar ham guruh-guruh bо‘lib birga yashaydilar. Shunday bо‘lsada, madaniyat faqat insonga xos hodisadir. Madaniyat insonlardagi bilim, faoliyat va e’tiqodning shu bilan birga an’ana va odatlarning bir avloddan ikkinchisiga о‘tishidir. Inson bolalik chog‘laridanoq bu kabi an’analarni ma’lum bir madaniyat doirasida yashab, madaniylashish jarayoni ostida о‘rganadi. Madaniy urf-odatlar va an’analar, faoliyatlar tо‘g‘risidagi tg‘shunchalar avlodlar osha tarkib topgan. Bu kabi an’analar quyidagi savollarga javob beradi: Biz о‘z faoliyatimizni qay tarzda olib borishimiz kerak? Dunyoni qanday tushunimiz kerak? Nima yaxshi-yu, nima yomon ekanini qanday anglab yetishimiz kerak? Oqni qoradan qanday ajratishimiz kerak? Madaniyat ma’lum bir jamiyatda yashovchi xalqning о‘zini tutishi va fikrlashi о‘rtasidagi umumiylikni keltirib chiqaradi. Madaniy urf-odatlarning eng tanqidiy jihati shundaki, madaniyatlar biologik nasldan-naslga о‘tish emas, balki о‘rganish natijasida saqlanib qolishi, mavjud bо‘lishidir. Bir tomondan madaniyatning о‘zi biologik voqelik bо‘lmasa-da, lekin u insonning ayrim biologik jihatlarida mavjuddir, Insonlarda madaniyat bilan bog‘liq ayrim xususiyatlar million yillar avvaldanoq mavjud bо‘lgan. Bu xususiyatlar о‘rganish, ramziy fikr yuritish, tildan foydalanish, hayotni tashkil etish va muhitga moslashishda qurol va boshqa jihozlarni ishlata bilish kabilardan iborat.
Antropologiya inson hayoti bilan bog‘liq muammoli savollarni kо‘ndalang qо‘yib, ular ustidan fikr yuritadi, shu bilan birga makon va zamon nuqtai nazaridan madaniy hamda biologik tafovutlarni ham о‘rganadi. Qadimgi suyak va qurollarni о‘rganish natijasida insonning kelib chiqishi bilan bog‘liq bо‘lgan ayrim sir-sinoatlarga yechim topganday bо‘lamiz. Bizning ajdodlarimiz ya’ni, maymunni о‘zlarining ajdodlari deb hisoblaydigan insonlar qaysi davrdan boshlab о‘sha katta xola va katta tog‘alaridan hozirgi rivojlanish bosqichiga о‘tgan. Nomo sapiens qachon va qayerda kelib chiqqan? Bizning hozirgi avlod qay darajada о‘zgargan? Biz hozir kimmiz va qayerga qarab ketmoqdamiz?
Madaniyat va jamiyatdagi о‘zgarishlar biologik о‘zgarishga qanchalar ta’sir kо‘rsatdi? Biz million yillardan buyon о‘zgarish bosqichidamiz. Insonlar biologik va madaniy tomondan moslashishda davom etmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |