Tarixi tabariy
“Tarixi Tabariy” asarining manbashunoslik tahlili Bajardi: matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo’nalishi 1-kurs magistranti Xasanova N.M. ABU DJAFAR MUHAMMAD IBN DJARIR IBN YAZID IBN KASIR IBN G‘OLIB AT-TABARIY
839-yil TABARISTON poytaxti Amulda, ziyoli eroniylar oilasida tug‘ilgan.
7yoshida Qur’onni yod olgan. Ilk ta’limni Amulda oladi. 8yoshidan jamoat namozlarida qatnashib, 9yoshidan hadislarni yozib ola boshlaydi.
Undan keyin Pay shahriga ko’chib borib, asosiy ta’limni o’sha yerda oladi.
Bag’dod shahriga shaxsan AHMAD XANBALdan ilm o’rganish uchun keladi, ammo Ahmad Xanbal u kelguncha vafot etadi(855-yilda).
Shundan keyin Kufaga yo’l oladi va Al-Ana Al-Hamadoniydan ta’lim oladi.
UNING ASARLARI VA HAYOT YO’LI HAQIDA QUYIDAGI ASARLARDA ZIKR ETILGAN:
Nadim al-Baraka, An-Naxravaniy “Fixrist”;
Al- Xatiba “Tarixi Bag’dod”;
Ibn Asakira “Tarixi Damashq”;
Yakuta “Irshod al-arib”;
Ahmad ibn Komil Abu Bakr “ Axbar Abi Jafar Tabariy”;
As-Subki “Tabaqot”;
Az-Zahabiy “Tazkiratu-l-xuffaz”;
Abdulloh ibn Ahmad Farg’oniy “Kitob as-sile”.
TARIXI TABARIY ASARI HAQIDA Asarning to’liq nomi – “Tarixi-r-rusul va-l-muluk” Unda Odam atodan boshlab 303/915-yilgacha bo’lgan voqealar yoritilgan. Bu asar kompilyativ, katta hajmdagi, fundamental tarixiy asar. Voqealar yilma-yil yoritilgan. Hikoya yoki rivoyat shaklida berilgan matnlar orasida tarixiy shaxslar tilidan keltirilgan baytlar keltirilgani asarning ishonchliligini yanada oshiradi. Ushbu asarda Movarounnahrning VIII-IX asr tarixi bo’yicha asosiy va boshqa asarlarda uchramaydigan ma’lumotlar berilgan. Manbashunoslik,tarix,islom tarixi fanlarining taraqqiyotiga katta ta’sir o’tkazgan. Uning arab tilidagi mufassil va muxtasar tahriri bo’lib, bizgacha faqat qisqartirilgan tahrir yetib ketib kelgan. Asarning forscha va turkiy tarjimalari ham bo’lib, nodir qo’lyozmalar Sank Peterburg va Toshkent shahridagi kutubxonalarda mavjud. Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida esa arab tilidagi 4ta qo’lyozmasi va o’zbek, uyg’ur tilidagi tarjimalari saqlanadi. O’zimizdagi Manbalar xazinasida ham arab tilidagi 1997-yildagi yangi nashri saqlanadi. Qisqartirilgan ruscha tarjimasi V.I.Belyayev tomonidan amalga oshirilgan va 1987-yilda nashr qilingan. Ushbu asar Yevropa tillariga ham tarjima qilinib, to’liq holdagi fransuzcha tarjimasini G.Zotenberg tomonidan 1867-1874-yillarda Parij shahrida chop etilgan. Bundan tashqari Tabariy quyidagi asarlarni yozgan: “Kitob ixtilofu-l-fuqaho” “Jome’ al-bayon at-tavhid al-Qur’on” (30jilddan iborat) Uning shogirdlarining ma’lumotlariga ko’ra u kuniga 14betdan yozgan. Uning 20dan ortiq asarlari borligi haqida ma’lumotlar uchraydi.
U Bag’dodga ko’chib keladi va o’sha yerda 26-shavvol oyi 310yilda/ 16-fevral 923-yida vafot etadi.
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |