12-MAVZU: MIRZA SALIMBEK VA UNING “TARIXI SALIMIY” ASARI MANBA SIFATIDA.
Reja:
Mirza Salimbek hayoti va faoliyati.
Mirza Salimbek ijodi.
Tayanch iboralari: Mirza Salimbek ibn Muhammad Rahim. Boysun. Sherobod. Amir Muzaffar. «Kakuli Salimiy», «Jome’ ul-guzor». «Tarixi Salimiy».
XIX-XX asrlar chegarasida ulkan olamshumul voqealar sodir bo’ldi. Bu davr tarixiy axborotlarning asosiy manbasi- sayohatchilar, harbiylar vaamaldorlarning safar xotiralari hisoblanadi. Ularning odatda yuzaki va tasodifiy kuzatishlari turlicha tasavvur va uydirmalardan iborat bo’lardi. Tabiyki , bu xildagi ma’lumotlar bir yoqlama xarakterda edi. Bu kuzatishlarning ayrimlari asta-sekin tarixda yanglishlarni keltirib chiqara boshladi. Bu borada mahalliy hayotning barcha nozikliklarini biladigan, tarixiy voqealarning bevosita ishtirokchilari bo’lgan mahalliy aholining kuzatuvlari katta ahamiyat kasb etardi. Aynan shuning uchun ham akademik A.A.Semyonov tomonidan “Buxoroning so’nggi tarixchisi” deb atalgan Mirza Salimbekning ishi biz uchun beqiyos ahamiyat kasb etadi. U o’zining noyob iqtidori orqasidan oddiy mirzalikdan Buxoro amirining bosh moliyasichisi, Boysun va Sherobod bekliklarining hukumdori lavozimiga ko’tariladi.
Mirza Salimbek yoshlik yillarida O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan zabt etilishi guvohi bo’ldi, yoshi keksayganida Oktyabr to’ntarishi ro’y berdi, keyin amir ag’darildi va Buxoro Xalq Sho’rolar Respublikasi o’rnatildi.
Mirza Salimbek. To’la ismi: Mirza Salimbek ibn Muhammad Rahim XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi choragida o’tgan tarixchi. Hayot va faoliyati haqida quyidagilar ma’lum: 1850-51 yillarda tug’ilgan (Buxoro) 1871 yili Narpay va Ziyovuddin hokimiga kotib bo’lib ishga kirdi, lekin olti oydan keyin amir Muzaffarning amri bilan Toshkentga kuzatuvchi qilib yuborilgan. Mirza Salimbek Toshkentga choyfurush qiyofasida keladi va bu yerda 12 yil istiqomat qiladi. 1880-1883 yillarda u amir huzurida, 1884-1885 yillarda Turkiston general-gubernatori huzurida, Buxoro vakili bo’lib turdi.1885 yili Mirza Salimbek Somjin tumaniga amlokdor qilib tayinlanadi.Shundan keyin uning martabasi yil sayin ortib boradi. 1888-1893 yillarda Nurota, Boysun shahrining mirshabi, 1893-1920 yillarda Nurota, Boysun, Serobod, Shahrisabz, Chorjo’y viloyatlarining hokimi va bosh zakotchi vazifasida turdi.U xizmatda bo’lishiga qarmay tarix sohasida risolalar yozdi.Uning «Kakuli Salimiy», «Jome’ ul-guzor» (gulzorlar majmuasi), «Tarixi Salimiy» kabi risolalar yaratdi.Inqilobdan keyin (1920) u ba’zi sovet tashkilotlarida, Buxoroda tashkil etilgan «Anjumani tarixi» (Tarixshunoslar jamiyati) da xizmat qildi, juda ko’p asarlar yozdi.Tarixchilar uchun eng muhimi uning so’nggi asari «Tarixi Salimiy»dir. Asarning yozilgan yili noma’lum.Tadqiqotchilarning fikricha asar 1920 yillarda yozilgan.
Asarda, amir Muzaffar davrida Hisor, Ko’lob, Boljaun, Qorabegin va Darvozda bo’lib o’tgan feodallar isyoni, Buxoro-Qo’qon, Buxoro-Rossiya munosabatlari, Buxoro xonligining XIX asrning ikkinchi yarmidagi umumiy ahvoli, ma’muriy tuzilishi haqida qimmatli ma’lumotlar bor.
Mirza Salimbekning “Tarixi Salimiy” memuar nodir qo’lyozma sifatida alohida ilmiy qiziqish uyg’otadi. Uning e’lon qilinmagan esdaliklari O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti fondida 2016 raqami bilan saqlanadi.
Muallif ularda o’zi ko’pincha bevosita ishtrokchisi bo’lgan hodisalar haqidagi shaxsiy kuzatishlarini hikoya qiladi. Tarixiy xodisalarni Salimbek o’zicha baholaydi, ularga shaxsiy munosabati va taasurotlarini bayon qiladi. Ko’z oldimizda amirlikdagi ijtimoiy tuzum manzarasi paydo bo’ladi. “Tarixi Salimiy”da keltirilgan bir qator tarixiy dalillar, tarixiy hodisalar boshqa manbalar bilan qiyoslanganda, ularning tafsiloti ilgari hech yerda uchratilmagani aniqlandi.
Mirza Salimbekning memuar qo’lyozmasi o’z tarkibiga ko’ra , O’rta Osiyo asosan, Buxoroga Chingizxon bosqinining qisqacha tarixi bayoni bilan ochiladi. Chingiziylar , Temuriylar, Shayboniyxon va Ashtorxoniylarning qisqacha tarixidan so’ng , hokimiyatga kelgan mang’it hukumdorlarining ancha keng tarixi boshqa manbalarda esga olinmaydigan ayrim tafsilotlari bilan beriladi. Amir Muzaffar davri(1860-1885) muallif o’zining xizmatini boshlagan paytlarida ro’y bergan voqealarining izchil davomi tafsilotlari Salimbekning shaxsiy hayoti lavhalari bilan chog’ishib ketgani tufayli ham asar memuar deb atalgan. Asarda Jadidlar haqida ilgari ma’lum bo’lmagan ma’lumotlar mavjud. U jadidlarning yangi uslubdagi maktabining eski maktablardan afzalligini tushuntiradi. Biz uchun eng katta qiziqishni Mirza Salimbekning Sherobod hukumdori sifatidagi faoliyat ko’rsatgan davri uyg’otadi. Tarixchi beklikning ma’muriy tuzulishi bo’yicha dalillar , mansabdor shaxslar haqida axborotlar keltiradi. Mirza Salimbek xalq ommasining turmush darajasini , eng ko’p ehtiyojda bo’lgan maxsulotlarning narxlarini payti-payti bilan eslatib turadi.
XX asr oxirida Sherobod bekligi hududida , eski Termiz xarobalari yonida podsho Rossiyasining Buxoro-Afg’on chegarasidagi tayanchi sifatida yangi Termiz qurila boshlandi. Harbiy shaharcha kengaya bordi va 1900 yilda amir Amudaryo va Surxon oralig’idagi yerni podsho hukumatigga berdi. Ko’hna Termiz xarobalari qurilish materiali sifatida foydalana boshladi. Qurilish davomida o’nlab nodir me’morlik yodgorliklari buzuldi, ularning yo’qotilishi esa podsho hukumati manfaatlariga javob berardi.
DonishmandhamdavatanparvarSalimbeko’zimkoniyotlaridankelibchiqqanholdamamlakatyodgorliklariningyovvoyilarchabarbodetilishigaqarshiedi.Uning hukumdorlik yillarida Iso at-Termiziy maqbarasida tarixdagi eng katta ko’lamli qayta tiklash ishlari amalga oshirildi. Termiz tumanidagi yodgorliklarining o’ziga xos yagona va nodir tafsilotlari ham aynan Mirza Salimbekka taaluqlidir. Salimbekning mazkur harakatlari tufayli Hakim at-Termiziy yodgorligi saqlab qolingan.
Turkiston tarixi tarixshunosligida matbuot sahifalarida berilgan ma’lumotlar alohida tarixiy manbalar turkumiga kiritiladi. Sovet tuzumining mahalliy matbuot tarixini iloji boricha qoloq, deyarli yuq darajada baholanishi ularga bo’lgan munosabatni chetlab o’tishga majbur etilgandi. Mustaqillik davrida Turkiston matbuotining Rossiya imperiyasi bosqini davrida o’ziga xos xususiyatlari qaytadan tiklandi. Ularda bildirilgan ma’lumotlar o’zining tarixiyligi bilan qimmatlidir. Qo’yida Turkiston matbuoti sahifalaridan namunalar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |