“O`zbekiston tarixi” fani bо‘yicha ma’ruza mashg‘ulotlarining KALENDAR TEMATIK REJASI
t\r
Mavzular
soat
Bajarilishi
imzo
soat
mudda t
1.
XIX asr o‘rtalarida o‘zbek xonliklardagi siyosiy va ijtimoiy- iqtisodiy hayot
XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligidagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvol.
2
2.
Buxoro amirligida siyosiy va ijtimoiy- iqtisodiy ahvol.
2
3.
Xiva xonligidagi siyosiy va ijtimoiy-
2
iqtisodiy ahvol.
4.
O‘rta Osiyo xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi
2
5.
Rossiya imperiyasining Turkistondagi ma’muriy boshqaruv tizimi va
mustamlakachilik siyosati
2
6.
XIX asrning 70-90 yillarida Turkiston o‘lkasida xalq ozodlik harakatlari
2
7.
Mustamlakachilik sharoitida Turkiston o’lkasida madaniy hayot
8.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoro amirligi va Xiva xonligida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot
2
9.
Turkiston XX asr boshlari (1900-1917 yillar). XX asr boshlarida Rossiya imperiyasining Turkistondagi ijtimoiy-
iqtisodiy siyosati.
2
10
.
Birinchi jahon urushining Turkiston
o‘lkasiga ta’siri. 1916 yil milliy – ozodlik harakati.
2
11
.
Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakati va siyosiy harakatlar
2
12
.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida
qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti
2
13
.
1917 yil fevral inqilobining va Oktabr to’ntarishi
2
Jami:
26
Seminarmashg‘ulotlarinitashkiletishbo‘yichako‘rsatmavatavsiyalar. Seminar mashg'ulotlarida talabalar O'zbekiston tarixi fanidan ma'ruza darslarida olgan nazariy bilimlarini mustahlash bilan birga, seminarlar mavzulari bo'yicha tayyorgarlik ko'rish jarayonida qo'shimcha adabiyotlar va tarixiy manbalar bilan tanishish orqali qo'shimcha bilim oladilar. Natijada ularning bilim doiralari ilmiy jihatdan asoslangan holda kengayadi.
1-mavzu: XIX asr o‘rtalarida o‘zbek xonliklardagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayot
XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligidagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. Qo‘qon xonligi va Buxoro Amirligi o‘rtasidagi munosabatlar. XIX asrning o‘rtalarida Qo‘qon xonligidagi siyosiy jarayonlar. Xonlikning davlat boshqaruv tartibi. Qo‘qon xonligidagi unvonlar va mansablar. Yer egaligi shakllari va xo‘jaligi. Xonlikdagi savdo va tavar pul munosabatlari. Xonlikdagi madaniy hayot.
Buxoro amirligida siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. Amirlikning davlat boshqaruv tartibi. Buxoro Amirligidagi unvonlar va mansablar. Yer egaligi shakllari va xo‘jaligi. Soliq siyosati. Amirlikdagi madaniy hayot. Mirzo Abdulazim Somiy, Ahmad Donish.
Xiva xonligidagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. Davlat boshqaruv tartibi.
Yer egaligi shakllari. Xo‘jaligi. Xonlikdagi madaniy hayot.
Qо‘llaniladigan ta’lim texnalogiyalari: diologik yondashuv, muammoli ta’lim. Blits, munozara, savol-javob, о‘z-о‘zini nazorat. Adabiyotlar: A1;A4; A5; A6; A7 A9; A10; Q1; Q2; Q7; Q11; Q28;Q33; Q35.
2-mavzu: O‘rta Osiyo xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi
Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyo xonliklarga qarshi ekspansiyasi sabablari.
O‘rta Osiyo masalasida ingliz-rus raqobati va uning keskinlashuvi sabablari .
Rossiya imperiyasi qo‘shinlarining Qo‘qon xonligi hududlaridagi dastlabki harbiy harakatlari. Oqmachit, Pishpek va To‘qmoq, Suzoq qal’alarining egallanishi. Avliyoota, Turkiston va Chimkent shaharlarini bosib olishi. Orenburg general- gubernatorligi tarkibida Turkiston viloyatining tashkil etilishi. Rossiya imperiyasi qo‘shinlarining Toshkentga yurishi, shaharning egallanishi. General M.G.Chernyayev tomonidan «Toshkentni Rossiya tassarufiga o‘tishi to‘g‘risidagi» sulh shartnomasi mohiyati. (1865 yil 1 iyul).
Rossiya imperiyasi va Buxoro qo‘shinlari o‘rtasidagi dastlabki harbiy to‘qnashuv. M.G.Chernyayevning Jizzax ostonalaridagi mag‘lubiyati. Samarqand va Kattaqo‘rg‘onning istilo qilinishi. Zarbuloqda Buxoro qo‘shinlarining mag‘lubiyati Rossiya-Buxoro sulh shartnomalari. Amirlikni Rossiya protektoratiga aylanishi. Abdumalik to‘ra boshchiligidagi xalq harakatlari.
1873 yil Xiva xonligiga qarshi yurish. Gandimiyon shartnomasi. Xiva xonligining Rossiya protektoratiga aylanishi.