Bobil shahri.
Bobil ham qadimgi shaharlardan biri. U bunyod
etilgan hudud hozirgi Iroq davlati tarkibiga kiradi.
Yodda tuting!
«Bobil» so‘zi «Xudoning darvozasi» degan m a ’noni anglatadi.
Shahar qadimgi Bobil davlatining poytaxti bo‘lgan. Davlat ham o‘z
nom ini shu shahar nom idan olgan. Shahar, ayniqsa, podsho
Xammurapi davrida Osiyoning eng mashhur shahriga aylandi. Biroq,
keyinchalik shahar tashqi hujumlar natijasida bir necha marta vay-
ron etildi.
Navuxodonosor II hukmronligi davrida Bobil Osiyoning eng
qudratli davlatlaridan biriga aylandi. Shahar markazida 7 qavatli,
balandligi 90 metrli ibodatxona minorasi quril-
di. Bobilliklar tasawuricha, bu minora yerni
osmon bilan tutashtirib turardi. Shaharning
keyingi asrlardagi taqdiri fojiali kechdi. U
dastlab Eron, keyinchalik esa makedoniyalik
Aleksandr tomonidan bosib olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |