Yodda tuting! Afina shahri hozirgi G retsiya (Y unoniston) davlatining poytaxtidir.
Sparta shahri. Qadimgi Yunonistonning hududida qurilgan Sparta
shahri ham o‘z davrining yirik shaharlaridan biri edi. Spartani oqso-
qollar kengashi boshqargan. Bu kengash a ’zolari spartaliklarning
yig‘ilishida saylangan. Sparta lashkari qo‘mondonlari ham kengash
a ’zoligiga kiritilgan. Kengash eng muhim ishlarni hal etgan. Aybdor
kishilarni ham kengash sud qilgan.
Rim shahri. M anbalarda qayd etilishicha,
hozirgi Italiya davlatining poytaxti Rim shahriga
m iloddan avvalgi 753-yilda asos solindi.
Keyinchalik shahar Rim davlatining poytaxtiga
aylandi.
Davlat ham shaharning nom i bilan ataldi.
Vaqtlar o ‘tishi bilan qadimgi Rim shahri dun-
yoning eng taraqqiy etgan shaharlaridan biriga
aylandi.
Hatto shaharga quvurlar orqali tog‘lardan buloq suvlari olib ke-
lindi. Ibodatxonalar, saroylar va haykallar bunyod etildi. Rim shahri
hozirgi kunda Italiya Respublikasining poytaxtidir.