O‘zlashgan qatlam-o‘zbek tiliga qardosh bo‘lmagan tillardan o‘zlashgan qatlam.
Fors-tojik tilidan
Arab tilidan
|
barg, go‘sht, oftob, serob, kamtar, xaridor, xonadon, dasta, agar, pokiza, bahor,daraxt, gul, bemor,g‘isht, shogird, mehribon, baho.
| |
Maktab, kitob, shoir, a’lo, mutolaa, inson, xulq, ma’no, adabiyot, madaniyat,qonun, avlod, ma’naviyat, ma’rifat.
|
Rus-yevropa tillaridan
|
Advokat, traktor, stol, konsert, stul, palto, parta, mashina, zavod, fabrika, teatr.
|
|
| Topshiriq:berilgan so‘zlarni forscha-tojikcha va arabcha so‘zlarni ikki ustunga ajratib yozing. Topshiriq:berilgan so‘zlarni forscha-tojikcha va arabcha so‘zlarni ikki ustunga ajratib yozing. Ajdar, ajdaho, qonun, qovmush, rahbar, satr, she’r, jo‘ja, satira, kaptar, ramz, naqqoosh, kalla, chehra, maqola,mayiz, gilos, qasida, sayqal, do‘kon, gul, quyosh, poliz, g‘alaba, oshpaz, himoya, muxbir, sahifa, savol, yakshanba, juma, qasr, muqaddam, makon, noma,poytaxt. She’rni ifodali o‘qib tarix va bugungi kunga bo‘lgan munosabatingizni bildiring.
O‘zbegim
Tarixingdir ming asrlar
Ishra pinhon, o‘zbegim.
Senga tengdosh Pomir-u
Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.
O‘tdilar sho‘rlik boshingdan
O‘ynatib shamshirlarin
Necha qoon, necha sulton,
Necha ming xon, o‘zbegim
Tog‘laring tegrangda go‘yo
Bo‘g‘ma ajdar bo‘ldi-yu,
Ikki daryo-ikki chashming,
Chashmi giryon, o‘zbegim.
Qaysari Rum nayzasidan
Bag‘rida dog‘ uzra dog‘,
Chingiz-u Botu tig‘iga
Ko‘ksi qalqon, o‘zbegim.
Yog‘di to‘rt yondin asrlar
Boshingga tiyri kamon.
Umri qurbon, mulki taroj,
Yurti vayron, o‘zbegim.
Davr zulmiga va lekin
Bir umr bosh egmading,
Sen-Muqanna, sarbador-sen,
Erksevar qon, o‘zbegim.
Sen na zardusht,sen na buddiy,
Senga na otash, sanam,
Odamiylik dini birla
Toza iymon, o‘zbegim.
Ma’rifatning shulasiga
Talpinib zulmat aro,
Ko‘zlaringda oqdi tunlar
Kavkabiston, o‘zbegim.
Tuzdi-yu Mirzo Ulug‘bek
Ko‘ragoniy jadvalin,
Sirli osmon toqiga ilk-
Qo‘ydi narvon, o‘zbegim.
Mir Alisher na’rasiga
Aks-sado berdi jahon,
She‘riyat mulkida bo‘ldi
Shoh-u sulton,o‘zbegim.
Ilm-u she’rda shoh-u sulton,
Lek o‘z taqdiriga qul,
O‘z elida chekdi g‘urbat,
Zor –u nolon, o‘zbegim.
Mirzo Bobur-sen, fig‘oning
Soldi olam uzra o‘t,
Shoh Mashrab qoni senda
Urdi tug‘yon, o‘zbegim.
She’riyatning gulshanida
So‘ldi mahzun Nodira,
Siym tanni yuvdi ko‘z yosh,
Ko‘mdi fig‘on, o‘zbegim.
Yig‘ladi furqatda Furqat
Ham muqimlikda Muqim,
Nolishingdan Hindu Afg‘on
Qildi afg‘on, o‘zbegim.
Tarixing bitmakka, xalqim,
Mingta Firdavsiy kerak,
Chunki bir bor chekkan ohing
Mingta doston, o‘zbegim.
Ortda qodi ko‘hna tarix,
Ortda qoldi dard, sitam,
Ketdi vahming, bitdi zahming,
Topdi darmon, o‘zbegim.
Bo‘ldi osmoning charog‘on
Tol’e xurshidi baland,
Bo‘ldi asriy tiyra shoming
Shula afshon, o‘zbegim.
Men Vatanni bog‘ deb aytsam,
Sensan unda bitta gul,
Men Vatanni ko‘z deb aytsam,
Bitta mujgon, o‘zbegim.
Faxr etarman, ona xalqim,
Ko‘kragimni tog‘ qilib,
Ko‘kragida tog‘ ko‘targan
Tanti dehqon, o‘zbegim.
O‘zbegim deb keng jahonga
Ne uchun madh etmayin!
O‘zligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon, o‘zbegim.
Men buyuk yurt o‘g‘lidurman,
Men bashar farzandiman,
Lek avval senga bo‘lsam
Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim
Menga Pushkin bir jahon-u
Menga Bayron bir jahon,
Lek Navoiydek bobom bor,
Ko‘ksi osmon, o‘zbegim.
Qayga bormay boshda do‘ppim,
G‘oz yurarman, gerdayib.
Olam uzra nomi ketgan
O‘zbekiston, o‘zbegim.
Bu qasidam senga, xalqim,
Oq sut-u tuz hurmati,
Erkin o‘g‘lingman, qabul et,
O‘zbegim, jon o‘zbegim.
Erkin Vohidov
Uyga topshiriq: “Tarixsiz kelajak yo‘q” mavzusida matn tuzish va unda tilning leksik qatlamlariga rioya qilish
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |