Tarix va madaniy meros


Xoja Abduxoliq G’ijduvoniy maqbarasi



Download 3,51 Mb.
bet3/7
Sana28.06.2022
Hajmi3,51 Mb.
#712541
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
g\'ijduvon joy nomlari kurs ishi

2. Xoja Abduxoliq G’ijduvoniy maqbarasi.
1103-yilda G‘ijduvon shahrida tavallud topgan buyuk tasavvuf va sofiylik tariqati shayxi Abduxoliq G‘ijduvoniy hazratlari sharafiga bag‘ishlab 1433-yilda Mirzo Ulug‘bek tomonidan Hazrat qabrlarining qibla tomonida muhtasham madrasa qurdirilgan. Madrasaning tashqari qismida,hazrat maqbarasi yonida quduq, chillaxona va minora ham bunyod etilgan.6 Hazrat xalq orasida "Xojayi jahon" nomi bilan mashhur tasavvufga oid bir qancha asarlar muallifidir. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining tashabbuslari bilan buyuk alloma Abduxoliq G‘ijduvoniyning 900 yillik yubileyi o‘tkazilishi munosabati bilan 2003-yilda G‘ijduvon shahri markazi xamda Abduxoliq G‘ijduvoniy me’moriy majmuasi qayta ta’mirlandi va atrof hududlari obodonlashtirildi. Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan madrasa ta’mirdan chiqdi. Ansambl atrofi ko‘kalamzorlashtirilib, G‘ijduvon shahrinig markazida go‘zal xiyobon tashkil etilgan. Abdulxoliq G‘ijduvoniy naqshbandiya tariqatida xojalar silsilasining asoschisi hisoblanadi. Uning ta’limoti, ya’ni tasavvuf sohasida u qoldirgan yo‘l-yo‘riqlar, odob va qarashlar yuksak ahamiyatga ega.
Abdulxoliq G‘ijduvoniy kim edi, xojalar tariqatiga qanday hissa qo‘shdi va hozirgi zamonda u qoldirgan ta’limotning ahamiyati nimada?
Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy 1103 yili G‘ijduvon shahrida tug‘ilib, 1179 yili o‘sha joyda hayotdan ko‘z yumgan. U Xoja Yusuf Hamadoniyning to‘rtinchi xalifasi sifatida xojalar tabaqasining sarhalqasi hisoblanadi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, ayrim o‘rinlarda xojagon, ya’ni “xojalar” so‘zi o‘rnida “xojagonlar” deb ishlatiladi. Bu to‘g‘ri emas, albatta. Chunki “xojagon” so‘zi “xoja” so‘zining ko‘pligi bo‘lgani sababli “xojagonlar” jam’uljam’ — ko‘plikning ko‘pligi shaklida to‘g‘ri emas va hech qanday ortiqcha ma’noni ham ifodalamaydi. Shuning uchun “xojagon” va “xojalar” so‘zlarini ishlatish kerak.
Shayxning otasi Abdulmajid nomli mashhur bir shaxsiyat bo‘lib, molikiy mazhabi asoschisi Imomi Molik ibn Anas avlodlaridan bo‘lgan ekan. U ilgari Rum deb atalib kelgan Turkiya hududida yashab zohiriy va botiniy ilmlar bilan mashg‘ul bo‘lgan. Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, hazrat xojaning onasi usmoniy sultonlar avlodidan bo‘lgan. Ular zamon taqozosiga ko‘ra o‘z oila a’zolari bilan Buxoroga ko‘chib kelib, G‘ijduvonda istiqomat qilganlar. Farzandlari Xoja Abdulxoliq Buxoro shahrida tahsil olgan va o‘z ustozlaridan tasavvufga tegishli ta’limotlarni o‘zlashtirgach, ma’naviy kamolot sari harakat qila boshlagan.
Xoja Yusuf Hamadoniy Buxoroga kelganda, G‘ijduvoniy u kishi bilan uchrashib, suluk usullarini kengroq miqyosda undan o‘zlashtirib oladi. G‘ijduvoniy dunyoqarashining poklanishida malomatiya ta’limoti va qalandarlar harakati anchagina ta’sir ko‘rsatdi. O‘zining bir qancha hajm jihatdan katta bo‘lmagan risolalarida tasavvufiyzohidlik bilan shug‘ullangan dindor, e’tiqodli musulmon nuqtai nazaridan kelib chiqib, shariat ahkomlari va payg‘ambar alayhissalom sunnatlarini hamda tasavvufdagi yangiliklarni ildiz oldirib, mustahkamlashni targ‘ib qildi. Xalq ommasi – oddiy raiyat bilan yaqinlashish va ularning diniy e’tiqodiga xizmat qilish xojagon tariqatining asosi edi. Tasavvufning boshqa tariqatlaridan farqli o‘laroq G‘ijduvoniy so‘fiylar uchun maxsus xonaqohlar qurish va ularda yashashni ma’qullamas edi. G‘ijduvoniy o‘z ta’limotining sakkizta asosiy qonun – yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqdi.7 Uni tushida ko‘rib, tasavvufdan g‘oyibona ruhiy ta’lim olgan va G‘ijduvoniyni o‘ziga ustoz deb bilgan Bahouddin Naqshband (1318–1389) bu sakkizta yo‘l-yo‘riqlarni to‘laligicha qabul qildi va ularga o‘zi yana uchta qo‘shdi hamda jahon miqyosida shuhrat qozongan Naqshbandiya tariqatiga asos soldi. Tasavvufda muhim ahamiyat kasb etgan va so‘fiylar uchun maxsus ishlab chiqilgan bu 11 qonun-qoida, yo‘l-yo‘riqlar quyidagicha:
1. Hush dar dam. Bu tushuncha shundan iboratki, Xudo yodi uchun bajarilgan zikr asnosida ichdan chiqayotgan har bir nafas hushyorlik va ogohlik ila chiqmog‘i lozim, toki bunda g‘aflat yuz bermasin.
2. Nazar bar qadam. Solik (tariqat a’zosi) shahar, qishloq, sahro va boshqa har qanday joyda yurganda har bir qadamiga diqqat bilan razm solib, ogoh bo‘lib yurmog‘i kerak, toki uning nazari parokanda bo‘lmasin, lozim bo‘lmagan joyga bormagani ma’qul.
3. Safar dar vatan. Bu qoida shundan iboratki, solik bashariy tabiatda safar qilsin, ya’ni bashariy sifatlardan mulkiy sifatlarga va zamima (qo‘shimcha) sifatlardan hamida (ma’qul) sifatlarga intiqol etsin, ya’ni o‘tsin.
4. Xilvat dar anjuman. Bu qoidaning tafsiloti uchun Voiz Koshifiyning o‘g‘li Ali Safiyning “Rashahot ayn al-hayot” asarida Bahouddin Naqshbanddan quyidagi qimmatbaho jumlalar keltiriladi: “Az hazrati Xoja Bahouddin pursidandki, binoi tariqati shumo bar chist? Farmudaand: Xilvat dar anjuman, bazoxir bo xalq va ba botin bo Haqqi subhona”. (Xoja Bahouddindan so‘rashibdiki, Sizning tariqatingizning binosi nimada? U kishi aytibdilar: anjumanda xilvatda bo‘lish, zohiran xalq bilan birga va ichida subhona taoloning haqqida bo‘lish).
5. Yodi kard. “Rashahot” asarida bayon etilganidek, bu qoidaning ma’nosi til bilan yo qalb bilan zikr qilishdir.
6. Bozgasht. Bu qoidaning ma’nosi shunday: zokir (zikr qiluvchi) har vaqt kalimai tayyiba (La ilaha illallohu Muhammadan rasululloh)ni aytib bo‘lgach, uning orqasidan o‘shal qalb, til bilan “Xudovando, mening maqsudim Sensan, Sening rizoyingni tilayman”, deydi. To‘g‘rirog‘i bu jumlalarni dilidan o‘tkazadi.
7. Nigohdosh. Bu qoida shundan iboratki, tayyibiya kalimasini zokir dilida aytayotganda xotira boshqa tomonga chalg‘ib ketishidan ehtiyot bo‘lishi lozim, ya’ni zokir bir damda o‘shal muborak kalimani bir necha bor takrorlab, xotirani jam qilib olmog‘i darkor.
8. Yoddosht. Bu qoida Haq subhonani yodlashda solik hamisha ogoh bo‘lib turishi, o‘shal muborak a’molni doimo yodda tutishdan iboratdir.
9. Vuqufi zamoni (vaqtincha turish). Bunda so‘fiy o‘z vaqtini qanday o‘tkazayotganini doimiy kuzatib turadi. Agar taqvo bilan o‘tkazayotgan bo‘lsa, Allohga shukr aytsin, agar taqvo bilan o‘tkazmayotgan bo‘lsa, Allohdan kechirim so‘rasin.
10. Vuqufi adadi (hisoblash uchun to‘xtash). Xayoliy fikran takrorlayotgan ikki holdagi zikrini qayta-qayta takrorlab turish uchun belgilangan adadga qat’iy rioya qilishi va bu ko‘rsatmaga to‘la muvofiq bo‘lishi kerak.
11. Vuqufi qalbiy (qalbda to‘xtash). Qalbda muhrlangan Alloh nomini doim xayolda tutish, qalbida Alloh nomidan boshqa hech narsa yo‘qligiga yana bir marta ishonch hosil qilish.
Abdulxoliq G‘ijduvoniy 1179 yilda ona shahri G‘ijduvonda vafot etdi va shu yerga dafn etildi. Buyuk mutasavvif Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy ulkan ilmiy-ma’naviy meros qoldirgan. G‘ijduvoniy bir qancha asarlar yozgan bo‘lsa ham bizgacha uning “Risolai tariqat”, “Risolai sohibiya”, “Vasiyatnoma”, “Az guftori Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy” degan asarlari yetib kelgan. Bu qo‘lyozmalar dunyoning bir qancha kutubxonalarida saqlanmoqda.8 Jahon Xojasi Abduxoliq G’ijduvoniy maqbarasi, xilxonasini ziyorat qilishga kelgan Amir Temur, uning buyuk alloma nabirasi Ulug’bek marhamat ko’rsatib, o’z meroslarini qoldirganlar. Qo’rg’on ichkarisida Ulug’bek mablag’i hisobidan hammom, Xojayi Jahon qadamjosida madrasa, masjid, maqbara qurilgan. 2003-yil 27-noyabrda Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi keng nishonlandi. Ulug‘ zot qabri atrofi obodonlashtirildi, maqbara va yangi masjid bunyod etildi.


Download 3,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish