O‘rganilish darajasi : Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadqiqotlar va ilmiy adabiyotlar masalaning mohiyatiga bolgan yondashuv tubdan ozgarib,endi tarix haqqoniy ravishda ilmiylikka asoslangan holda yoritila boshlandi. Ushbu kurs ishining o’rganilish darajasi G’ijduvon tumanida turli davrlarda qurilgan me’moriy yodgorliklarni o’rganish, tahlil qilishdan iborat.
Maqsadi va vazifalari: G’ijduvon tumanida joylashgan me’moriy yodgorliklar tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarni o‘rganish, ushbu tumanda joylashgan tarixiy me’moriy yodgorliklar haqida ma’lumotlarni to’plash, ularni o’rganish. O’lkamiz tarixini yoritishda, o’rganishda arxeologik, etnografik, topografik hamda muzey ekspanatlari orqali o’ziga xos xususiyatlarni oydinlashtirish.
1. G’ijduvon tumani toʻgʻrisida tarixiy ma’lumot.
G‘ijduvon tumani boy va qadimiy tarixga ega. Hududga bir necha yuz yil oldin, arab qabilalari kelguniga qadar asos solingan. G’ijduvon Buxoro singari kichik aholi manzili, so’ngra xom va pishiq g’ishtlardan qurilgan, cho’pqori imoratlardan iborat mashhur tipdagi qo’rg’on sifatida shakllangan. 1G’ijduvonlik tarix jo’g’rofiya muallimi Sh.Narzullayev xalq orasida hozirgacha saqlanib kelgan bir rivoyatni keltiradi. Ikki tomonida katta anhor to’lib oqadigan bu joydagi baland tepalikda Sulamonga tobe bo’lgan Gij degan bir dev yashagan ekan. U atrofdagi aholiga dahshat solib turarekan. Shu atrofdagi xonadonlardan har kuni ikkita go’zal ayolni unga tamaddi qilish uchun keltirishni talab qilan. Keyinchalik ishtahasi ochilib, har kuni 10-15 juvonga qiron soal boshlabdi. Sulaymon payg’ambar o’z ilohiy salohiyatlari bilan o’zlariga tobe bo’lgan bu yerdagi dev va jinlarning kirdikorlaridan xabar topgan ekanlar. Bu orada xoldan toygan xalq Buxorodagi hukmdorlariga arz qilib manfaat topmabdilar. Chunki hukmdor yuborgan 10 ming choker va sarbozlar ularga bas kela olmay devlarga yem bo’libdi. Bu orada ogoh bo’lgan Payg’ambar dono, zukko bir parini kanizaklai bilan G’ijduvonga yuboribdilar. Dev husnda tengi yo’q bu pari paykarni yoqtirib qolibdi va unga uylanibdi. Parining kanizaklarini ham o’z ahli baytiga xotinlikka beribdi. Dono parizod ularni sehru jodusi bilan o’ziga rom qilib, aytganini qildiradigan bo’libdi. Devlarni bug’doy unidan tayyorlangan xamir taom bilan oziqlantirib, ayollarni yeyishdan qaytaribdi. Buni qarangki parining yemishi bilan kundan –kunga holdan totgan devlar G’ijduvonni tashalab oyog’I yetgan tomonlarga qochibdi. Devdan dunyoga kelgan farzandlar esa, go’zal, baquvvat va oqil bo’lib o’sgan va mahalliy aholi bilan chatishib ketganmish. Ulardan ham go’zal o’g’il qizlar dunyoga kelib qo’rg’onga o’rnashib qolibdi.
Tusiy Buxoroning o’sha vaqtdagi amiri Az-zuhliyga Buxoro atrofini, uning izmida bo’lgan katta qishloqlarni baland devorli qal’alar bilan o’rab olishga farmon beradi.2 Nihoyat Buxoro atrofini Muhammad ibn Yahyoning davrida (830-yil 28-fevraldan 831-yilning 31-fevrali) devor bilan o’rash bitirildi. Xuddi shu yili Buxoro bilan bir vaqtda G’ijduvon qishlog’I baland devorlar bilan o’ralib, to’rt tomonida to’rtta darvoza o’rnatiladi. Arab geograf olimi Abdar Rahmon Tamkinning yozishicha, G’ijduvon shahristoni baland tepalikda joylashgan bo’lib, atrofi pshiq g’ishtli baland devor bilan mustahkamlangan. Shaharni 5-8 metr kenglikdagi ikkita ikki tomondan o’rab olgan. Bu esa qo’rg’on uchun mudofaa jarligi rolini o’tagan. Shahar va uning chetlarida ko’plab karvonsaroylar, ziyoratgohlar bo’lgan. Bir vaqtlar bu yer Somoniyalar davlati tarkibiga kirgan. O‘rta asrlarda bu hududda G‘ijduvon va Tavavis shaharlari tashkil topgan. Uzoq vaqt ikki joy eng yaxshi shahar nomi uchun bir-biri bilan raqobatlashgan, biroq vaqt o‘tib, Tavavis o‘z ta’sirini yo‘qotadi, G‘ijduvon esa shahar markaziga aylandi. Yozma manbalarda G‘ijduvon X asrdan tilga olina boshlagan. O‘sha paytlarda shahar o‘z mavqeiga ega bo‘lgan va yetakchi savdo markazlaridan biri hisoblangan. So‘fiylik tariqatining mash’hur vakili, diniy ustoz Abdul-Xoliq G‘ijduvoniyning sharofati bilan shaharning dong‘i yanada taraldi. Murshid Naqshbandiya tariqati shayxlarining vorislik oltin zanjiridagi o‘ninchi diniy bo‘g‘ini hisoblanadi. U Qoraxoniylar sulolasi hukmronligi davrida yashashab o‘tgan, Yusuf Hamadoniydan diniy da’vatni qabjul qilgan va tariqatning o‘n bitta tamoyilini ilgari surgan.3 XVI asrda Shayboniylar sulolasi taxtga kelishi bilan shahar qudratli qal’aga aylanib, mudofa joyi sifatida xizmat qildi. 1512-yilda Movaraunnahr Shayboniylari va Qizilboshlar saltanati Safaviylar o‘rtasida kuchli jang bo‘lib o‘tadi. Mazkur jang «G‘ijduvon jangi» nomini oldi. Buxoro amirligi davrida G‘jduvon savdo shahri bo‘lib qolaverdi. Mahalliy hunarmandlar o‘zlarining ajoyib buyumlari bilan xaridorlarning ko‘nglidan joy olishga ulgurgan edilar.
Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” asarida, Zahiriddin Muhammad Bobur Eron shohi Icmoildan madad olib shayboniylardan Mvorounnahr taxtini tortib olmoq uchun yurish qilgani, bir qism shayboniylar G’ijduvon qal’asiga berkinib olib jon saqlagani hamda 1552-yilda G’ijduvonda ikki prada qattiq jang sodir bo’lib eron qo’shini G’ijduvon jangida mag’lub bo’ganini qayd etadi. Yana shu kitobda yozilishicha, XVI asr ikkinchi yarmida shayboniylar nizolari paytida G’ijduvon aholisi Xoja Abduxoliq G’ijduvoniy masjid-madrasasidan panoh izlaganlar, yov bu yerga oyoq qo’yishga botinmas deb o’ylaganlar. Aksincha, shayboniylardan bo’lgan Abul Xsyr Sulton qo’shini bilan mozorga bostirib kirishdan tap tortmagan va G’ijduvonda talonchilikni avj oldirgan.
Yozma manbalarda yozilishicha, G’ijduvon Movorounnahrning nafaqat siyosiy, balki fan va madaniyat tarixida ham o’z mavqeyiga ega bo’lgan. Masalan Husayn Voiz Koshifiyning “Rashohat at-al-hayot” asarida O’rta Osiyodagi tasavvuf ta’limotining mashhur namoyondalaridan biri Abduxoliq G’ijduvoniy haqida xabar beradi. “U asli G’ijduvonlik, qabri G’ijduvonda, Xojagon, Sufiylik silsilasi asoschilaridan biri bo’lgan. G’ijduvon nomi ham ana shu davrdan boshlab olamda yanada mashhur bo’’lgan. “Abdullanoma” da yozilishicha G’ijduvonda tug’ilib Buxoroda yashab o’tgan Xoja Alouddin G’ijdivoniy (XIV asr oxiri XV asr boshi) ismli mashhur shayx anacha yozma yodgorliklar qoldirgan edkan. .
Ma’lumki, tarixda Buxorodan qadimiydeb atalgan qishloqlar sirasiga kirgan g’ijduvon X asrdan boshlab shu nom bilan atalib kelgan va uzoq davr mobaynida obod, ko’rkam, hushhavo manzil bo’lgan. Bu shahar hozirgi G’ijduvon tumani markazi, buxorodan 49 km shimolda, o’tmishdagi ipak yo’li, hozirhi Buxoro-Samarqand yo’lida joylashgan. Sug’d tilida qamish Gej deb ataldi. Emishki, Zarafshon daryosi yaqinida joylashgan manzil beapyon qamishzor, butazor bo’lgan, Bunda yovvoyi qushlar, quyon va kiyiklar juda ko’p bo’lgan. Uyog’I Qipchoq dashti, buyog’I Farg’ona, Xorazm vohasi ovchilari bu manzilga kelib ovchilik, chorvachilik, dehqonchlik bilan shug;’ullanib, keyinchalik shu manzilda qolib ketganlar. O’sha davr odamlari bu manzil tabiatiga asosan bu joyni Gej-dovon ya’ni qamishzor dovoni deb ataganlar. Gejzor, Gejli davon so’zi asta-sekin G’ijduvonga aylangan degan tahminlar bor. G’ijduvon mo’gullar bosqinchiligi va hukmronligi davrida mo’g’ullarga katta miqdorda tovn to’lsh yo’li bilan tamoman vayron xarobalikdan talon taroj bo’lishdan omon qolgan. Yana bir manbada aytilishicha, G’ijduvon so’zi “G’ishtli devor” Degan so’zdan kelib chiqqan ekan. O’sha qadimiy 10-120metrli balandlikdagi devorning qoldiqlari ham bu fikrni tasdiqlab turibdi. “Emishki bir sharqlik donishmand buxorolik donishmandlarni munozarada lol qoldirib nom qozonmoq niyatida bu yerga kelgan ekan. Yo’li G’ijduvon qo’rg’oniga tushibdi. Bir xonadonda tunabdi. Uy sohibini boboyi Porado’z ekanlar. Mehmon uyga kirib hayron qolibdi. Ravoqi-javonlarda xontaxta ustilarida ham xilma-xil kitoblar, sahifalashtirilgan qo’lyozmalar terib qo’yilgan ekan. Boshqa bir oqshom bu mehmon mahsido’z bir hunarmand xonadonida mehmon bo’libdi, uchinchi kechani temirchi usta chilangir uyida o’tkazibdi., bu xonadonlarda ham shu qadar kitoblar bo’lib, ular ravoqlarda , javonlarda terilib qo’yilgan ekan. Xonadon sohiblari har ertalab turib, kitoblar changlarini tozalar va ularni peshonasiga qo’yib o’par ekan.
So’nggi kechada mehmon o’z maqsadini aytibdi: “Men kunchiqish tomondanman. Ko’p o’qigan, ko’p joyni ko’rgan sayyoh va elatlar o’tmishi va hozirgi hayotidan, kechinmalaridan xabardor tarixchiman. Bu chekka joyda odamlar kitoblarni e’zozlab, gapda chechan-u dono bo’lgach, Buxoroga borishga menga yo’l bo’lsin. Bu g’ij-g’ij kitob to’la javonegalari bilan muloqot qilishdan qo’rqaman deya xayri manzur qilib, orqasiga qaytib ketibdi. Shu shu bu manzil “g’ijdevon” (g’ij-g’ij kitob bilan to’la javon) bo’lgan yurt deb atalalibdi. 4
Gʻijduvon tumani 1926-yil 29-sentyabrda tashkil topgan. 1935-
1938-yillarda Akmal Ikromov nomi bilan yuritilgan. Buxoro
viloyatining shimoliy sharqiy chekkasidagi tuman. Tuman markazi
Gʻijduvon shahri Buxoro shahridan 50 km uzoqlikda joylashgan.
Janubdan Vobkent, gʻarbdan Shofirkon, shimoliy sharq va janubiy
sharqdan Navoiy viloyatining Konimex, Qiziltepa tumanlari bilan
chegaradosh. Hududi tekislikdan iborat. Shimol tomondan katta qismi
Qizilqum bilan tutashib ketgan. Shimol va shimoliy sharq tarafi
Qoratogʻ tizmasining gʻarbiy chekkasiga borib taqaladi. G‘ijduvon tumani uzoq davrlardan buyon o‘zining hunarmandchilik markazlari va xalq-amaliy san’ati buyumlari bilan mash5hur. Bu yerga eng zo‘r keramika, oltindan tikilgan kashtalar va ipak gilamlar sotib olish maqsadida O‘siyo va Yevropadan savdogarlar kelishgan. Hozirgi kunga qadar ham tumanda hunarmandchilik markazlari gullab yashnaydi, u yerda mohir ustalar o‘zlarining noyob buyumlarini namoyish qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |