Tarix va madaniy meros


Mavzuning maqsad va vazifalari



Download 0,85 Mb.
bet2/4
Sana29.05.2022
Hajmi0,85 Mb.
#615860
1   2   3   4
Bog'liq
Toponomik manbalarning o’lka tarixini o’rganishdagi ahamiyati

Mavzuning maqsad va vazifalari: Mustaqillik va milliy g`oya asosida, o`tmish tariximizni o`rganishda muhim hisoblangan toponomika haqida tushuncha berish, fanning rivojlanish tarixi, o’lka tarixini o’ ochib berish.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi kirish, ikki bob, beshta paragraf, xulosa, mavzuga doir ilovalar hamda foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
TOPONOMIKA TUSHUNCHASI, MAQSAD-VAZAIFALARI, RIVOJLANISH TARIXI
1.1. Toponimika tushunchasi va uning maqsad, vazifalari
Toponimika geografik nomlar, kishi ismlarini o‘rganadigan fan sifatida maydonga keldi. Toponimika atamasi lotin tilidan olingan bo‘lib, “topos” – joy, “onom” – nom, umuman joy nomini o‘rganadigan fan degan ma’noni bildiradi. Geografik nomlar va zamin qa’rida o‘rganilayotgan nomlar insonlarga qo‘yiladigan ismlar toponimikaning manbasi hisoblanadi. Toponimika ikki ob’ektdan: mikro va makro toponimlardan iborat bo‘lib, mikrotoponimika – grammatik jihatdan mayda ob’ektlarni – turdosh otlarni, makrotoponimika esa atoqli otlar, ya’ni yirik ob’ektlarning nomlarini tadqiq qiladi.
1917-yilga qadar toponimika mustaqil fan sifatida o‘rganilmay, uning vazifasini tarixiy geografiya fani bajarib kelardi. Toponimika geografiya, tarix, etnografiya, tarixiy o‘lkashunoslik fanlari bilan chambarchas aloqada rivojlanadi. Toponimlar til tarixini tadqiq etishda, xalqlarning tarixiy o‘tmish xususiyatlarini o‘rganishda, ularning joylashish chegaralarini belgilashda, tillarning o‘tmishdagi tarqalish hududlarini tadqiq qilishda, madaniy markazlar, savdo yo‘llari va shahar qishloq geografiyasini tavsiflashda muhim hisoblanadi.2
Tarix, geografiya, tilshunoslik, o‘lkashunoslik, etnografiya kabi ko‘plab fanlarni o‘rganishda toponimikaning o‘rni muhim sanaladi. U fan sifatida birmuncha kechroq shakllangan bo‘lishiga qaramay, o‘lkamiz tarixini o‘rganishda muhim sanaladi. Toponimikani bilmay turibgeografik joy nomlarini bir-birlaridan farklash kiyin.Tabiiyki xar bir turkum (shaxar, qishlok, tog‘, cho‘l, va x.) tushunchalar biror nom ostida shakllangan. SHu boisdan insoniyat shakllanibdiki, ularni biron bir nomlar bilan ataydi. Natijada jamiyat tarixida millionlab nomlar paydo bo‘ldi va ularning o‘ziga xos ma’no mazmunlari shakllandi. Aynan o‘sha ma’nomazmun bir qancha fanlarni o‘rganishda uziga xos ahamiyat kasb etadi.
Buni chuqur anglagan tadqiqotchilar joy nomlarini tarixiy lingvistik, ya’ni etimologik jixatdan taxlil kilar ekan, o‘sha toponim mazmunan joylashgan nuqtasining tabiiy geografik sharoitiga naqadar mos tushish yoki tushmasligiga e’tibor qaratadilar. CHunki joy nomlari o‘sha hududning o‘ziga xos hususiyatlarini aniq ifodalab turadi. Masalan, Nurota tog‘lari yonbag‘irlarida joylashgan TemirQobiq, Temirkon, Zarmitan, Zarband qishloklari o‘rnida qadimdanoq temir yoki oltin qazib olingan, joyning bu xil nomlanishi zamonamizda ushbu hududlar buylab yirik konlarning ochilishga sababchi bo‘lgan bo‘lsa kerak.3
Toponimika fani garchand mustaqil ravishda shakllangan bo‘lsa-da, u rivojlanish bosqichida kator fanlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan va bu jarayon hamon davom etib kelmoqda. CHunki toponimlarni bir qancha fanlar o‘z nuqtainazardan turib o‘rganadilar. Filologlar toponimlarning kelib chiqishi (etimologiyasi), shuningdek, ling­vistik birlik sifatida shakllanish va rivojlanish konuniyatlarini o‘rgangan.Tarixchilar esa toponimlar o‘tmishning «guvoxlar»i sifatida diqqatlarini jalb qiladilar, etnograflar esa, toponimlarning turli urfodatlar, aholining yashash tarzi bilan o‘zaro aloqada shakllanish hususiyatlarini tadqiq etadilar.Geograflar toponimikani fanlarning bo‘linmas tarmog‘i sifatida biladilar. CHunki, toponimik atamalarning geografik tarqalishi, ushbu fanni tadqiq etishda o‘ziga xos uslub tarzida ishtirok etadi. Zero, joy nomlari ko‘pgina xolatlarda o‘rganilayotgan hududning geografik sharoitidan xabar berib turadi.
Joy nomlari insoniyat tarixi va hayotida alohida o‘ringa ega. Ularsiz kishilar qaerga borishini ham bilmasdilar. SHuning uchun qadimgi joy nomlariga maxsus, alohida to‘xtalish hollari bo‘lmasa hamki Yozilgan ilmiy-amaliy qiymatga ega bo‘lgan asarlarda u yoki bu darajada to‘xtalganligini tarixiy va geografik asarlaridan bilishimiz mumkin.
Toponimika ilmiy yo'nalish sifatida asosan keyingi davrlarda shakllangan bo’lsa ham, ammo lining o'rganish obyekti bo'lgan joy nomlari juda qadimiy davrlarda paydo bo'lgan. Ularning soni shu qadar ko'pki. hammasini o'rganishning aslo iloji yo'q. Aytishadiki. nom qancha ko'hna bo'lsa, lining etimologiyasini aniqlash shuncha qiyin. Shuning uchun, hamma nomlardan ma’no qidirib, mazmuni anglashilmagan nomlarni o'/gartirish minglab yillarning mahsuli bo'lgan ma'naviy yodgorlik ildiziga bolta urish demakdir.Joy nomlarini xalq iria'lum bir hududda va zamonda yaratgan. ularga hududiylik va tarixiylik xos. Joy nomi zamirida yashirin ma'noni aniqlash uchun. nom yaralgan davr va hudud tarixini puxta o'rganmoq kerak, nom uchun asos bo'lgan tabiiy. iqtisodiy. ijtimoiy. madaniy. lisoniy omillarni aniqlash lozim. Faqat shundagina nomning mag'zi, asl ma'nosi. tarixi to'g'ri aniqlanadi.Ma’lumki, kundalik hayotni joy nomlarisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Har bir inson muqaddas ona yurtiga bo'lgan mehrini bir bo'lagi sifatida, albatta o'z mahallasi, qishlog'i va shahrining nomi nega shunday atalgan, nima rna'no unda yashirin. bu nom unga qachon va kimlar tamonidan berilganligi bilan qiziqib. aniqlik kiritishni xohlaydi.
Jamiyatning tez sur'atlar bilan rivojlanishi va xalqlar hamda mamlakatlar o'rtasidagi har qanday aloqalarni geografik nomlarsiz tasavvur qilib bo'lmasligi bu yo'nalishdagi tadqiqotlar ko'lamini kengaytirish lozimligini ko'rsatmoqda. Xususan, mustaqillikdan keyin respublikada amalga oshirilayotgan izchil iqtisodiy islohotlar va tobora avj olayotgan xalqaro aloqalar joy nomlari bilan bog'liq bo'lgan muammolarni tadqiq qilishni dolzarb masalaga aylantirdi. Geografik nomlar ko'p qirrali va xilma-xil axborot manbai bo'lishi bilan birga. kishilik jamiyati uchun zarur va muhim bo'lgan ijtimoiy-siyosiy vazifani, ya'ni adreslik funksiyasini ham bajaradi.Binobarin, ijtimoiy ehtiyoj mahsuli bo'lgan joy nomlari orasida oykonimlar alohida maqomga ega. chunki ular har qanday aholi punktlarning nomi sifatida tarixiy manbalarda ko'proq qayd etilgan. Ibtidoiy davrdan boshlab odamlar tevarak-atrofni kuzatib geografik obyektlarni bir-biridan farqlash maqsadida ularga nom berganlar. Obyektlarning tabiiy xususiyatlarini ifodalaydigan geografik nomlar jamiyatning dastlabki bosqichida ko'proq bo'lgan. keyinchalik esa tabiatga jamiyatning ta'sirini kuchayishi oqibatida ular asta-sekin kamayib borganDastlab tabiiy obyektlarga zaruriyat yuzasidan oddiy, sodda va tasodifiy nomlar berilgan bo'lsa, keyinchalik ijtimoiy ong rivojlangan sari tushunchalar soni ortib geografik nomlar ham murakkablashib borgan. Kishilik jamiyatining rivojlanishi va kundalik ehtiyojlarning ortib borishi yangi hududlarni vatabiatning tarkibiy qismlarini o'zlashtirishga olib kelgan, bu esa o'z navbatida joy nomlarining ko'payishiga sabab bo'lgan.Toponimlar aniq bir tarixiy sharoitda paydo bo'lganligi sababli tabiat va jamiyatda bo'layotgan o'zgarishlar ularga ta'sir qilmasdan qolmaydi. tarixiy davr, til va xalqlarning almashishi geografik muhitning o'zgarishiga olib kelishi aniq.
Joy nomlari tabiat va jamiyat aloqadorligi masalasini o'rganuvchi geografiya uchun ham ko'pgina ma'lumotlar beradi, chunki xalq turmush tarzining turli tamonlari geografik nomlarda o'z aksini topgan. Masalan, oykonimlardan mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayoti aks etgan. ular yordamida aholining qadimiy xo'jalik yuritish shak I lari, ishlab chiqarishning yetakchi tarmoqlari, qazib olingan foydali qazilma joylari. o'tmishdagi karvon yo'llari. rivojlangan hunarmandchilik turlari, xalqlarning tarqalish areali kabi masaialarga oydinlik kiritish mumkin.Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, tarixiy manbalarda toponimiyaning boshqa tarkibiy qismlariga qaraganda aholipunktlari nomlari ko'proq qayd ctilgan. ularda mintaqa tabiatining xususiyatlari, jamiyat hayotida asrlar davomida ro'v bergan tarixiy, ijtimoiy va siyosiy hodisa va voqealar. aholining kasb- hunarlari nomlari. aholi punktiga asos solgan kishining ismi, unda qanday qavm vakillari yashagani yoki yashayotgani o'z aksini topgan.

1.2. Toponimikaning rivojlanish tarixi (qadimgi dunyo va o’rta asrlar)



Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish