Tarix va falsafa kafedrasi fan va texnika tarixi



Download 3,33 Mb.
bet8/123
Sana13.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#549124
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   123
Bog'liq
Fan va texnika majmua

Qadimgi Italiya san’ati Antik madaniyatning sо’ngti uchog’i Italiyadir. Bu yerda eramizdan avvalgi 3-2 minginchi yillarda shaharlar mavjud bо’lgan. Me’morlik qoldiqlari, temirdan, bronzadan yasalgan mehnat qurollari, zebu ziynat buyumlari shundan dalolat beradi. Italiyada bir qancha qabilalar yashagan. Shulardan biri italiy qabilalari bо’lib, ular yashagan yerlarni (hozirgi Rim atrofi), Italiya deb ataganlar. Keyinchalik butun Apenin oroli Italiya deb yuritila boshlagan. Italiya, uning tuprog’ida maydonga kelgan Rim davlati esa jahon madaniyatining ravnaqiga katta hissa qо’shdi.
Eramizdan avvalgi VII asrdan to yangi eraning V asriga qadar bо’lgan о’n ikki asr mobaynida italiyaliklar san’ati va badIIy madaniyati о’zining gullagan davrini boshidan kechirdi. Qadimgi dunyoning yirik davlatlaridan hisoblangan Rim imperiyasi paytida katta hajmdagi me’morlik ansambllari vujudga keldi, me’morlikning yangi tiplari paydo bо’ldi. Ita­liyaliklar qadimgi Gretsiya san’ati va madaniyatiga zо’r hurmat bilan qaradilar. Uni ijodiy о’zlashtirdilar, iazariyasini yangi ilmiy bilimlar bilan boyitdilar. Realistik portret, tarixiy mavzudagi relyef yaratish, mozaika, amaliy san’at borasida novatorlik namunalarini kо’rsatdilar.
Etruriya san’ati va madaniyati
Qadimgi Italiya xalqlari ichida etrusklar bо’lgan. Ular eramizdan avvalgi VIII-VIII asrlarda Italiyaning о’rta va g’arbi-janubiy qismini egallaganlar. Etrusklar qurish san’atida katta muvaffakqiyatlarga erishdilar. Ular toshlardan katta-katta imoratlar solganlar, birinchi bо’lib toshdan gumbaz va arkalar ishlaganlar.
Etruriya shaharlari (Tsere, Tarkvini, Veyi, Klezium) ba­land, qalin, mustahkam devorlar bilan о’ralgan. Keng yillar, mustahkam kо’prik va kanallar qurilgan. Rim tarixchilari etrusklarning san’ati tо’g’risida hayajonlanib yozishgan
Etrusk me’morligida sinch imkoniyatidan keng foydalanilgan. Binosining devorlari supacha ustiga о’rnatilgap. Etrusk me’morligida ham ibodatxona qurishiga e’tibor berilgan. Ibodatxonalar peshtoqli bо’lib, u birmuncha chuqur. Binoni badiiy bezashda rangli rsleflar, loydan ishlanib pishirilgan terrakotalar ishlatilgan. Tomlari dekorativ haykallar-akroteriylar bilan bezatilgan.
Amaliy-dekorativ san’at, monumental rangtasvir va haykaltaroshlik san’ati ham bu yerda ravnaq topgan. Etrusklarning san’atida sopol astadon keng tarqalgai bо’lib, ularning qopqog’ida jangchi yoki odam boshi haykali ishlangan, Sarkofaglar ham haykaltaroshlik asarlari bilan bezatilgan. Ular­ning qopqog’iga kо’pincha marhumning yotgan holdagi tasviri ishlangan.
Etrusk haykaltaroshlaridan biri Vulka hisoblanadi. U Rimga Kapitoliydagi Yupiter ibodatxonasini bezashga taklif etilgan. Vulka Veyidagi Apollon ibodatxonasining dekorativ haykallarini ham ishlagan.
Etrusklar bronzadan haykal yasashda yuksak san’at egasi bо’lganlar. Antik dunyoning zо’r animalistlari bо’lgan etrusk haykaltaroshlari bronzadan turli hayvon va fantastik jonivorlar haykallarini zо’r mahorat bilan ishlashgan.
Etrusk haykaltaroshligining nodir namunasi Kapitoliy­dagi «Ona bо’ri» haykalidir. Xaykaltarosh bо’ridagi ehtiyotkorlikni, unga xos vahshiylikni real va ishonarli talqin eta olgan. Shu bilan birga, haykalda shartli dekorativ uslub ta’siri borligini kо’rish mumkin. Bu suratlarda etrusklar hayotiga oid voqealar, mifologiyadan olingan syujetlar tas­virlangan. Amaliy-dekorativ san’at, ayIIqsa, zargarlik san’­ati yuksak bо’lgan. Etrusk zargarlarining ayol zebu ziynatlari, oltindan ishlangan turli Xil uy buyumlari qadimgi grek va rimliklar tomonrshan yuksak qadrlangan.
Etruriya jamiyatining eng gullagan davri eramizdan avval­gi VII-VI asrlarga tо’g’ri keladi. Eramizdan avvalgi VI asr­dan boshlab, etrusk san’atiga Italiyaning janubidagi grek koloniyalari san’atining ta’siri sezila boshladi. Etrusk­lar grek alfavitini, teatr va mifologiyasini qabul qildilar. Greklar singari ular ham yo’zasiga barelyeflar tushirilgan oltin tangalar chiqara boshladilar. Qora va qizil figurali vazalar etrusklar xonadonidan keng о’rin egallay boshladi.
Eramizdan avvalgi VI asrdan boshlab, Etruriyaping qudrati susaya bordi. Mavjud bо’lgan shahar va davlatlar orasidagi ittifoq bo’zila boshladi. Kelt qabilalari, keyinroq greklar hujumi natijasida Etruriya nnqirozga yo’z tutib, italiylar bilan qо’shilib ketdi.
Qadimgi Rim san’ati Apenin yarimorollaridagi kо’pgina xalqlar, jumladan, etrusklar, keyinroq Rim bosib olgan yerlardagi boshqa xalqlar san’ati ta’sirida rivoj topdi. Uning ravnaqiga, ayniqsa, grek san’ati kuchli ta’sir о’tkazdi. Lekin rimliklar о’zga xalqlar san’atini о’zlashtirib, о’rganib, uni ijodiy boyitdilar, shu san’at an’analarini rivojlantirib, uning yangi tur va janrlarini ham vujudga keltirdilar.Rimdagi tarixiy sharoit, ijtimoiy to’zum xarakteri san’atning g’oyaviy yo’nalishini belgilashda muhim rol о’ynadi. Rim san’atida me’morlik yetakchi о’rinni egalladi. Me’morlikda davlatning kuch-qudrati tarannum etildi. Rimliklar kо’pchilikka mо’ljallangan muhtasham binolar qurdilar. Rim san’atidagi о’ziga xoslik tasviriy san’atda, ayniqsa, uning portret janrida yaqkol namoyon bо’ldi. Bu yerda juda erta dastgoh san’ati rivoj topdi. Hikoyanavis bо’rtma tasvir san’a­ti ham rimliklar san’atining о’ziga xos tomonini belgilaydi.
Qadimgi Rim tarixi eramizdan avvalgi VI asrdan boshlanib, yangi eraning V asrigacha bо’lgan davrini о’z ichiga oladi. Eramizdan avvalgi VI asrga kelib, Rim aristokratik quldorlik respublikasiga jamlandi. U Apenin yarim orolini zabt etib, О’rta yer havzasida о’z hukmdorligini о’rnatgach, eramizdan av­valgi II asr о’rtalariga kelib, shu yerdagi yirik davlatga aylandi. Bosib olingan yerlardan boyliklarning Rimga olib kelinishi uning ravnaqida muhim rol о’ynadi, shu bilan birga, inqirozini ham tezlashtirdi. Mulkiy tengsizlik oshdi, ekspluatatsiyaning kuchayishi esa omma orasida norozilikni keltirib chiqardi. Ayniqsa, qullar qо’zg’oloni (bular ichida Spar­tak qо’zg’oloni mashhur) respublika davrining inqirozga yo’z tuta boshlaganini bildirdi. Uning о’rnini Rim imperatorlik davri egalladi. Bu davr eramizdan avvalgi I asr oxiridan yangi eraning 476 yiligacha davom etdi.
Me’morchilik. Rim me’morligining о’ziga xos tomonlari, uning asosiy tiplari Rim respublikasi davridayoq namoyon bо’ldi. Doimiy urush va qirg’inlik, grajdan urushlari mantiqan aniq topilgan monumental me’morlik kompozitsiyalarida о’z ifodasini topdi. Eramizdan avvalgi VIII asrda ishlangan mudofaa devorlari, mamlakatning turli qismlarini tutashtiruvchi tosh tushalgan keng yullarning sodda va jiddiy kо’rinishlarida davr ruhi va qurish san’ati xarakteri kо’rinadi. Jumladan, mashhur Appiy yо’lni eramizdan avvalgi 312 yili qurilgan. Bu yuldan Rim legionlari jangga borishgan. Shu davrda mustahkam kо’prik va osma suv quvurlari (akveduklar) qurilgan. Ular shaharga о’ziga xos siluet baxsh etgan.
Rimliklar qadimgi Gretsiyaga va boshqa ellinistik davlatlar ustidan hukmron bо’la borgan sari serhasham binolar kо’paya bordi. Eramizdai avvalgi III — I asrlarda qurilgan ibodatxona, villa, saroy, qasr va boshqa binolar о’zining serxasham, jimjimadorligi va nafisligi bilan xarakterlidir.
Rim imperiyasining birinchi imperatori Oktavian Avgust hukmronlik qilgan yillar (er. av. 27 yil – yangi eraning 14-yillari) san’at va madaniyatning haqiqiy rivojlangan bosqichi bо’ldi. Rim davlatining «oltin asri» hisoblangan bu davrda nazariyotchi me’mor Vitruviy tarixchi Tit Liviy, shoirlardan Vergiliy va Goratsiolar yashab ijod etdilar.
Me’mor­lik rivojlandi, shahar qurilishi avj oldi. Ijtimoiy va ma’muriy binolar kо’plab qurildi. Ayniqsa, Rimda qurilish jid­diy bо’ldi. Tarixchilar bu davrning qurilishini ta’riflab, «Avgust Rimni g’ishtdan qurilgan holda olib, uni marmarda qoldirdi», — deb yozgan edilar. Bizgacha vayronalarda yetib kelgan binolarning qoldiqlari xanо’zgacha о’zining salobati va ulugvorligi bilan xayratlantiradi.
Rim me’morligida I asrning oxiri va II asr boshlarida eng katta me’morlik komplekslari yaratildi, kо’p qavatli binolar vujudga keldi va shahar qiyofasini belgiladi. Yuliev, Flaviev, Sever kabi imperatorlar davrida qurilgan goyatda katga saroylar, zafar ustunlari shu davr ideologiya sini badIIy ifodalovchi yodgorlik sifatida xarakterlidir. Shunday me’morlik kompozitsiyadaridan biri 81-yilda qurilgan Tit me’morial zafar arkidir. Keyinroq Septima, Sever, Troyan va Konstantinlarga atab shunday zafar arklari qurilgan .
Qadimgi Rimning eng katta binolaridan biri Kolizey amfiteatridir . Planda Kolizey gigant oval bо’lib, uning asosi 188x156 m, devorlarning belandligi 48,5 mga yaqin. Gladiatorlar jangi uchun muljallangan bu qurilmaga bir vaktning о’zida 55 ming tomoshabin kira olgan. Rim me’morligining yana muqim yodgorligi «hamma xudolarning qasri»—Panteon hisoblanadi. Me’mor Apollodor Damashkiy tomonidan 118—125 yillarda qurilgan bu bino antik dunyoning eng katta gumbazli binosi bо’lib, unda Rim me’morligining novatorlik xususiyati yaqqol kо’zga tashlanadi. Binoning tashqi kо’rinishi sodda, uning old tomonini qizil rangdan ishlangan korinf ustunli peshtoq bezab turadi. Aksincha, interer bezatilishiga aloqida e’tibor berilgan, poliga marmar yoqizilgan. Devori esa ikki yarusli bо’lib, birinchi yarusidagi chuqur tokchalarga xudolar haykali kuyilgan, ikkinchi yarus esa rangli marmardan ishlangan pilyastrlar bilan bо’lib chiqilgan.
Rim me’morligida paydo bо’lgan yangi tiplardan biri termlar — (sо’z saroylari)dir. Iliq va sovuq suvli -xovо’zlar, gim­nastika zallari, oromgoxlar, kutubxona bо’lgan 2—3 ming kishiga muljallangan bunday suv saroylari bezagiga aloxida e’tibor berilgan. Mozaika va devoriy suratlar, haykal va amaliy san’at buyumlari saroy gо’zalligiga gо’zallik kushgan. Imperator Karakalla davridagi term (211—216 yillarda ku-rilgan), ayniqsa, katta va hashamatli bо’lgan. 11 gektar yerni egallagan bu saroy dam olish, kungil ochish uchun ham mо’ljallangan.
Rim me’morligining sо’nggi muhum yodgorligi Rim forumidagi Maksensiya bazilikasidir. 306-312 yillarda karkas konstruksiyasida qurilgan bu bino antik davrning eng katta graj­dan me’morligidir. Turli siyosiy yig’idishlar о’tkazish, savdo-sotiq ishlarini olib borish uchun mо’ljallangan bu bino intereri uch nefli bо’lgan.
Shahar markaziy maydonlari — forumlari, ayniqsa, gо’zal bо’lgan. Italiyaning asosiy yullari forumdan boshlangan, shaxarning asosiy kuchalari shu, forumga borib taqalgan. Uning markazida haykallar, dekorativ ustunlar о’rnatilgan. Imperator Troyan forumi esa juda xashamatli bо’lgan. Me’mor Apollodor tomonidan 109—113 yillarda qurilgan bu forum maydonn 116 x 95 m bо’lib, uning о’rtasidagi 27 metrli ustunga Troyanning daklarga qarshi olib borgan kurashini aks ettiruvchi bо’rtma tasvir yuqoriga о’ralib chiquvchi burama frizda ishlangan. Ustun tepasiga imperatorning bronza haykali о’rnatilgan. Bu Baykal XVI asrda olinib, urniga apostol Pyotr haykali о’rna­tilgan. Ustun pedestaliga Troyan vafotidan keyin uning xoki solingan о’rna joylashtirilgan.
Tasviriy san’at. Rim tasviriy san’atidan bizgacha kо’pgina haykaltaroshlik namunalari (relyef, portret, tematik kompozitsiyalar) saqlanib dolgan, Rimliklarning portret san’atidagi yutuqlari, ayniqsa kattadir. Respublika davrida realistik portret rivojlandi va antik dunyo san’atida yetakchi о’rinni egalladi, Bunga, birinchidan, Rim chinovnigining о’z portret va haykallarini ijtimoiy joylarga qо’yish imtiyozi bо’lsa, ikkinchidan, kо’mish marosimi bilan bogliqligi edi. Boy aristokratlarning mehmonxonalarida (qabulxonalarida) shu uy xujayini ajdodlarining portreti, haykallarini saqlaganlar va shundan g’ururlanganlar. Bunday haykal-portretlar toshdan ishlangan bо’lib, kо’mish marosimi vaqtida marhumning tobuti ortidan kо’tarib olib borilgan.
Bu portretlar marhumning о’ziga juda о’xshatilgan bо’lib, dokumental aniqligi bilan xarakterlangan va bunday portretlar, asosan, marhum yo’zidan olingan niqob qolip asosida ishlangan BadIIy jihatdan bush bо’lgan bu portretlari rimliklarning о’zlari grek san’atkorlarining asarlaridan ustun qо’yganlar. Bu portretlar keyingi Rim realistik portretining rivojlanishida muhim rol uynadi.
Eramizdan avvalgi III—I asrlarda Rim ma’naviy hayotidagi о’zgarishlaridan biri, bu tasvirlanuvchi shaxsning in­dividual xislatlari va ma’naviy dunyosiga qiziqishning oshishi bо’ldi. Natijada Rim respublikasi dav­rida mavjud bо’lgan portretchilik san’atidagi yо’nalish — tasvirlanuvchining faqat tashqi qiyofasini dokumental aniqlikda aks ettiruvchi portretlar bilan bir qatorda, ikkinchi yо’nalish tashqi kо’rinishni aniq tasvirlash, grek plastikasiga xos bо’lgan xususiyat umumlashma obrazni yaratish, uni birmuncha ideallashtirish va ma’naviy dunyosini ochib berishga intnlish tendensiyasi sezilarli bо’ldi.
Rim imperatorligi davrida hukmronlar va ularning kuch-qudratinn ifodalash san’atkorlarning bosh vazifasi bо’lib qoldi. Ular о’z asarlarida imperatorlarni о’ziga о’xshatish bilan bir qatorda, uni ongli ravishda ideallashtirishga intila boshladilar.
Eramizdan avvalgi V—IV asrgrek san’ati namunalari taqlid uchun asosiy manba bо’lib qoldi. Grek klassikasidagi ulug’vorlik va tantanavorlik pafosi, xarakterdagi vazminliq sipoliq tanlangan nisbatlar va aniq, sodda shakllar Rim san’atkorlarini о’ziga jalb eta bordi. Oktavian Avgust haykalida shu intilishlar о’z ifodasini topdi. Shu asr rim portret san’atining haqiqiy rivojlangan davridir. Bu davrdan boshlab, haykaltaroshlar avvalgi mavjud an’analardan voz kecha boshlaydilar. Endilikda kuch-g’ayrati toshib yotgan, janglarda toblangan, hukmdor, qattiqqо’ul shaxslar qiyofasi keng о’rinni egallay boshlaydi. Imperator Karakalla byusti Rim realizmining shoh asarlaridandir.
Shunday qilib, asta-sekin antika traditsiyalari bilan aloqa o’zildi. Rim imperatorligining sunggi davri san’atida о’rta asrchilikka xos bо’lgan xususiyatlar endilikda kо’proq kо’zga kо’rina boshladi.
Rassomlik va amaliy san’at. Rimning gullagan shaharlari Pompey va Gerkulanumdagi boy, zodagonlarning uylari devorlariga ishlangan suratlar Rim rassomligi haqida ma’lumot beradi. Devoriy suratlarda qadimgi grek ustalari ishlagan nusxalardan kо’chirmalar, turli naqsh, gul va girlyandalar tasviri ham keng uchraydi. Bu uylarnipg pollari mozaika bilan bezatilgan. Ularda sayyor aktyorlar, dengiz osti manzaralari, urushayotgan xо’roz va shunga о’xshash voqealar tasvirlangan. Shunday mozaikalardan biri Favna uyidagi Aleksandr Makedonskiyning Eron shodi Doro bilan qilayotgan jangi tasviridir.
Rim dastgoh rangtasviri tо’g’risida ma’lumotlar ham aniqlangan. Shuning uchun undagi taraqqiyot bosqichini tо’liq ko’zatish qiyin. Faqat bu haqda I-III asrlarda ishlangan Fayum portretlari tasavvur bera oladi. Bu portretlarning nomi Rim imperiyasinipg sharqiy provIItsiyasi bо’lgan Misrdagi El-Fayum vohasidagi nekropoldan topilgani uchun shunday deb ataladi. Fayum portretlari ellin-rim san’ati ta’sirida rivojlandi. Fayum portretlari о’zining realistik xarakteri bilan ajralib turadi. Tasvirlanuvchining yoshi, tugarak о’ziga xos individual xislatlari san’atkor tomonidan mahorat bilan talqin etilgan. Fayum portretlarida tasvirlangan odamdar bir-birlariga о’xshaydi. Portretlar galereyasida goh hushchaqchaq, goh g’amgin, goh irodali, goh kuchsiz, goq xudbin shaxslar qiyofasi namoyon bo’ladi. Keksa rimlik (I asrning II yarmi) va «Yosh ayol», «Oltin chambarli yigit» portretlari shu jihatdan diqqatga sazovordir
Bundan tashqari, antik dunyoda yangi din — xristian dinining keng yoyila boshlashi ham bu inqirozning sababi bо’ldi. Xristian dini antik dunyoqarash va estetikasiga qarama-qarshi о’laroq, yerdagi lazzatlardan, jismoniy gо’zallikdan zavqlanishni gunoh deb targ’ib etdi va shu bi­lan birga, asta-sekin о’rta asr san’atining yо’nalishiga yо’l o.cha bordi.
IV—VI asrlarda Rimning varvarlar tomonidan talanishi san’atning ravnaqini tо’xtatib qо’ydi. Rim san’ati antik dunyo san’ati taraqqiyotiga yakun yasadi. Rimning qulashi bi­lan antik dunyo san’ati tarixi ham tugallandi. Lekin bu yerda boshlangan an’analar О’rta asr san’atida davom etdi. Uyg’onish davri kishilari bu san’atdan zavqlandi, ilhomlandi. Bu san’at an’analari XVII—XIX asrlarda ham juda kо’pchilikni о’ziga tortdi. Rim san’ati t, nozik did va aniq g’oyaviy yо’nalishda yaratilgan qadimgi Rim ustalarining hozirgi kunda ham о’z qimmatini yо’qotmagan. Yuksak professional mahora nodir asarlari bugungi kunda ham san’atkorlar uchun taqlid maktabi bо’lib qolmoqda.
Qadimgi rimda aholining mulkiga va asl-zotiga qarab tabaqalanishi natijasida maktablar ham boshlang’ich maktablarda va undan yuqoriroq bosqichdagi maktablar grammatika maktablariga bо’linadi.
Yuqori tabaqa bolalari о’z bolalariga boshlang’ich ma’lumotni uyda berar, uyda о’qitganlar. Grammatika maktablarida imtiyozli kishilarning bolalari о’qitilgan. Bu maktablarda lotin tili, grek tili, riterika, falsafa va huquqshunoslik grek tili, matematika, mo’zika urganar edilar. Gresiya isteloasidan sо’ng Rimda grea madaniyati tez tarqaldi va grek tili avlodlar tili bо’lib qoldi.Rim imperiyasi paydo bо’lgandan boshlab imperatorlar grammatika va retorika maktablarini davlat maktablariga aylantirdilar.
Mark Fabey Kvintilian (eramizdan142-113 yil) Rim pedagoglarining eng mashhuri edi. Uning “Notiq tarbiyalash tо’g’risida”gi asari diqqatga sazovordir.
Kvantilian Grek va Rim faylasuvi va pedagogika adabiyoti bilan yaxshi tanish bо’lgan.
Kvantilian bolalarning tarbiya qobiliyatlariga yuksak baho beradi. Uning fikricha bafahimlik, va qobiliyatsizlik ham uchraydigan hodisadir. О’qituvchi о’zi tarbilayotgan har bir bolaga ehtiyotlik bilan e’tibor berib muomala qilishi lozim. О’qituvchining о’zi uqimishli kishi bо’lishi, bolalarni tsevishi, о’zini yaxshi tuta bilishi, bolalarni har doim mukofatlashi yoki jazolay bermasligi, о’z shogirdlari uchun namuna bо’lishi va ularni sinchiklab о’rganish zarur.
Har bir о’qituvchi hamma bosqichlardan о’tishi lozim. Yuqori tipdagi maktab о’qituvchisi avvalo boshlang’ich maktabda о’qituvchilik qilishi lozim. Kvantilian bolaning nutqini juda yoshligidan о’stira boshlash kerakligiga katta e’tibor berdi.U, bolalarning nutqi yoshlik chog’idanoq sof bо’lishi uchun kurashda va shu sababli bolalarni uyda tarbiyalamoq uchun olinadigan enagalar va murabbiylarning talaffo’zi yaxshi bо’lishi kera, deb tavsiya qildi.
U ibratning tarbiyaviy roli katta deb hisobladi va bolani yomon ulfatlardan chetlatish kerak deb bildi. Musiqa ilmini urganish talaffo’zning yaxshilashiga yordam beradi, nutqning uslubini yaxshilashga yordam beradi, nutqning uslubini yaxshilaydi ifodali nutqqa aylantiradi. Bolani mantiqiy taffakur qiladigan, muntazam va izchil fikr yuritadigan qilib tarbiyalash maqsadida matematika (arifmetika geometriya) urganish nazariy nasIXatlar, taqlid va mashqlar uqitish ishida katta rol’ uynaydi.
Xristian dinni humron din deb e’lon qilinib, imperatorlar tayanchiga aylandi va imperatorlar xristian ruhoniylarning vakillari о’qituvchilik vazifasiga tayinlaydigan bо’ldi, maktablardagi barcha ta’lim-tarbiya ish ochiqchasiga dinniy tus oldi.



Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish