Tarix va falsafa kafedrasi fan va texnika tarixi



Download 3,33 Mb.
bet10/123
Sana13.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#549124
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   123
Bog'liq
Fan va texnika majmua

1-mashg’ulot
Reja:
1. Musulmon Uyg’onish davrining о’ziga xos xususiyatlari.
2. Bag’doddagi “Bayt-ul-hikma” va unda dunyoviy fanlarning rivojlanishi.
3. “Arab ilmlari” ning tavsifi (fiqh, kalom, grammatika (sarf va nahv), she’riyat va aruz, tarix).
4. “Arab bо’lmagan” ilmlarga tavsif (falsafa, mantiq, tib, arifmetika, handasa, ilm an-nujum, musiqa, mexanika va kimyo).


2-mashg’ulot
Reja:
1. Islom mintaqa xalqlari madaniy munosabatlarini bog’lovchisi sifatida.
2. Sharqda ilk madrasalarning vujudga kelishi. Nizomiya madrasasi va Nizom ul-mulk.
3. Tasavvuf musulmon dunyoqarashidagi muhim g’oyaviy oqim.
4. Islom fiqhshunosligi.
5. Musulmon Uyg’onish davri va islom sivilizatsiyasining G’arbiy Yevropaga ta’siri.


Tayanch sо’zlar: Islom dini, Hadis ilmi, Qur’oni Karim, Yunesko, Dorul Hikma, Ma’mun Akademiyasi, Islom renessansi, qomusiy olimlar, Sufizm ta’limoti.


Islom ( arab. bо’ysunish, itoat etish, о’zini alloh irodasiga topshirish) – jahonda keng tarqalgan uch dindan biri. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar «muslim» (sadoqatli, kо’pligi «muslimun») deb ataladi. «muslim», «muslimun» sо’zinig boshqa xalqlar orasida о’zgacha talaffo’z etish ( maC., forslarda-musalmon, о’zbek-musulmon, qirg’iz va qozoqlarda-musurmon, Ukraina va Rossiyada- basurman ) natijasida bu dinga e’tiqod qiluvchilr turli nom bilan ataladi.Lekin bularning ichida musurmon nomi keng tarqalgan.
Jahonda qariyb 1,6 mlrd kishi Islom diniga e’tiqod qiladi.
Islom dini ilk О’rta asrda barcha musulmon mamlakatlari singari О’rta Osiyo xalqlari madaniyati, ma’naviyatining eng asosiy va nihoyatda muhum bо’lgan qismigagina emas, xislatiga ham aylanganligini yuqorida qayd qilib о’tdik.
Islomning asosiy muqaddas manbai — Qur’on oyatlari va sur’alaridir, ularda asosiy diniy qonun-qoidalar, aqidalar bayon etilgan. Undan sо’ng asosiy man­bai Hadis — Muhammad payg’ambarning aytgan sо’zlari, uning hayotiy faoliyati, kо’rsatmalari haqidagi rivoyatlar tо’plamidir. Bu ikki asosiy manba muqaddas hisoblanib kalom va shariat shular asosida vujudga kelgan.
Qur’on, hadis va boshqa diniy manbalarni talqin etish tafsir keng avj oldi. Bularning hammasi О’rta Osiyoda keng tarqaldi. Ularni shu bilan birga islom dinshunosligining muhum tarmog’i sifatida shakllantirish va rivojlantirishda Movarounnahr va Xurosonning dinshunos olimlari, mutafakkirlari ham katta hissa qо’shdilar, bu bilan ular butun musulmon olamida nom tarqatdilar. Umuman qadimgi madaniyatga ega bо’lgan О’rta Osiyoda islom dini va dinshunosligiga ma’naviy madaniyatning ifodasi axloqshunoslikning yunalishi sifatida munosabatda bо’lingan.
Xususan IX asrda musulmon о’lkalarida xadisshunoslik, xadis tо’plash, uni о’rganib tartibga solish, dinshunoslikning eng muhim sohalaridan hisoblangan. Tо’plangan hadislarning hajmi, chinligi, tartibi, ahamiyati bilan musulmon olamida olti muhaddis (hadis tо’plovchi) mashhur bо’ldi. Muhaddislar ichida eng obrо’lisi va mashhо’ri Imom Buxoriydir (809—870). U Buxoroda tug’ilib, shu yerda о’z davri ilmlarini, ayniqsa diniy bilimlarni har tomonlama о’rgangan. Sо’ng о’z bilimlarini mukammallashtirish maqsadida Makka, Madina, Bag’dod, Damashq, Hijoz, Kufa, Nishopur kabi juda kо’p shaharlarga borgan. Bu shaharlarda u kо’p olimlar, dinshunoslar, muhaddislar bilan uchrashgan, sо’ng о’z Vataniga qaytib Samarqand yaqinida vafot etgan.
Buxoriydan bizga juda katta meros qolgan. Uning islom dinshunosligiga oid 20 ga yaqin katta hajmdagi asarlar yozgani ma’lum. «Al-Jome’ as-Sahih.», «At-tarix al-Kabir», «At-tarix as-sagir», «Al-Adab al-mufrad» kabi asarlar shular jumlasidandir. Buxoriyni butun musulmon olamiga mashhur qilgan asari tо’rt jildli «Al-Jome’ as-Sahih.» («Ishonchli tо’plam») bо’lib, u «Sahih al-Buxoriy» nomi bilan ham ma’lumdir. Bu asar 160 qismdan iborat bо’lib, 3450 bobni о’z ichiga oladi.
«Sahih» butun musulmon olamida keng tarqalgan, unga takliflar, sharxlar, tadqiqotlar yozilgan. Buxoriyning yaqin shogirdlaridan bо’lmish mashhur muhaddislardan biri Imom at-Termiziydir (824-892). U Termizga yaqin bir qishlog’ida tug’ilib, Sharqning juda kо’p shaharlarida bо’lib, о’z davrining diniy ­ ilmlarini egallagan va о’z vatanida vafot etgan. At-Termiziy о’ndan ortiq diniy asarlar muallifidir. Termiziyning musulmon olamiga mashhur qilgan asari «Jome at-Termiziy» yoki «Sunan at-Termiziy»dir.
О’rta Osiyolik olimlar hadisshunoslik bilan birga islom xuquqshunosligi — fiqf hamda Qur’onga tafsir yozish sohasida ham shuxrat qozonganlar. Masalan, О’rta Osiyodan chiqqan mashhur huquqshunoslardan Burxoniddin Marg’inoniy, Abu Lays Samarqandiylarni kо’rsatib о’tish zarur.
Islomning asosiy manbai «Qur’on»ga tafsir (sharh izoh;) yozish sohasida ham bu davrdagi О’rta Osiyolik olimlardan Xorazmda yashab ijod etgan Zamaxshariy, Faxriddin Roziy kabilar о’z asarlari bilan Islom din­shunoslari orasida nom qozonganlar.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bu davrda dinshuoslik, islom ilohiyotini o’rganish, kalom, fiqh, ilm-fan, ilmiy madaniyatning muhim sohalaridan hisoblangan va ilmlar tasnifi tizimida muhim о’rin egallagan. Shu sababdan bо’lsa kerak bu davrda qomusiy olim mutafakkirlar turli aniq bilimlar qatorida diniy bilimlar bilan ham mashg’ul bо’lganlar.
Diniy bilimlarni О’rta asr ma’naviyati, madaniyati о’zining o’zviy va tarkibiy qismi sifatida talqin etgan. Shuningdek, manbalarda islomni о’rganish bilan bog’liq bо’lgan bilimlar shariat ilmlari deb nom olgan.
Kо’hna Xorazmning boy о’tmish tarixi ming yillarga borib taqaladi. Kishilik sivilizatsiyasining kо’hna beshiklaridan bо’lgan Xorazmda azal-azaldan ilm-ma’rifat ham yuqori darajada taraqqiy etganligi ma’lum. Shu tabarruk zamin Prezidentimiz Islom Karimov ta’biri aytganda «dunyoga Muso al-Xorazmiy va Abu Rayxon Beruniy, Maxmud Zamaxshariy va Najmiddin Kubro, Paxlavon Maxmud va Ogahiy singari buyuk zotlarni bergan»
Bundan ming yil avval shu muqaddas zaminda «Dorul Hikma va ma’rif» yoki «Majlisi uloma» nomi bilan mashhur bо’lgan Sharqning qadimiy ilmiy markazini vujudga kelganligi Markaziy Osiyo xalqlari xayotida katta voqea bо’ldi. «Darul Hikma va ma’rif» ning ilmiy faoliyati о’tgan asrda Yevropa va rus sharqshunos olimlaridan Eduard Zaxau, S.P.Tolstov, I.Y.Krachkovskiy, P.G.Bulgakov, о’zbek olimlarndan akademik Yahyo G’ulomov, Ibrohim Mо’minov, Mo’zaffar Xayrullaev va Ashraf Ahmedovlar tomonidan chuqur о’rganildi. Ular shu ilmiy markazni xuddi Bog’dodda IX asrdagi «Bayt ul -Hikma» («Hikmatlar uyi») kabi Sharqning о’z davridaga yirik ilm-ma’rifat dargohi - Fanlar akademiyasi bо’lganligini asoslab berdilar. XI asrda Xorazmshohlar poytaxti Gurganjda vujudga kelgan bu ilmiy markaz endilikda Xorazm Ma’mun akademiyasi nomi bilan mashhur.
О’zbekiston Respubllkasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning say-harakati bilan YUNESKO tashkilotining Bosh konferensiya 2003 yil sentabr-oktabr oylarida bо’lib о’tgan о’zining 32 sessiyasida Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligini dunyo miqyosida nishonlash haqida qaror qabul qildi.
О’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi о’zining 2004 yil 9 noyabrida ana shu tarixiy sanani 2005 yil oktabrda keng nishonlash haqidagi tarixiy qarorini e’lon qildn. Bu tarixiy qaror о’zbek xalqining asriy orzularini ruyobga chiqardi, ularning quvonchiga quvonch bag’shladi.
«Darul Hikma» yoki «Majlisi uloma» nomi bilan atalgan bu ilm maskani bir gurux, olim, adib, shoirlarning tasodifiy yig’ini emas edi. Boshqacha aytganda u tasodifan vujudga kelmadi, aksincha о’zining mustahkam ma’naviy zaminiga ega edi.
Ma’mun Akademiyasi avvalo kо’hna Xorazmning o’zoq о’tmishdagi ilm-ma’rifat ildizlari bilan bevosita aloqador, shuningdek u ilk о’rta asr Uyg’onish davri madaniy yuksalishining qonuniy natijasi bо’ldi. Zero kо’hna Xorazmda ayniqsa, falakiyot (astronomiya), riyoziyot (matematika) va boshqa ilmlarga bо’lgan qiziqish ancha erta vujudga kelgan.
Ma’lumki IX-XII asr boshlari Sharq xalqlari tarixida Sharq Uyg’onish davri yoki «Islom Renessansi» nomi bilan mashhо’rdir. Bu davr ilgari xalifalik tarkibiga kirgan Yaqin Sharq, О’rta Osiyo, Xorazm, Xuroson, Eron, shimoliy Hindiston va ularga qо’shni bо’lgan mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ilm-ma’rifiy sohalarda yuksak taraqqiyotga erishilganligi bilan ajraladi.
IX asrga kelib poytaxt Bag’dodda tabiiy va gumanitar fanlar bilan shug’ullangan Sharqning bir gurux mashhur olimlari, mutafakkirlari va tarjimonlari faoliyat kо’rsatib, ular о’zlarining bebaho asarlari bilan dunyo fani taraqqiyotiga о’lkan hissa qо’shdilar.
IX asrda Bag’dodda faoliyat kо’rsatgan «Bayt ul-Hikma.» Sharqning tо’ng’ich akademiyalaridan sanalib, mazkur ilmiy dargohda ijod qilgan olimlarning aksar kо’pi, jumladan Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Ahmad al-Marvaziy, Abbos al-Javhariy va boshqalar Mavarounnahr va Xorazm zaminidan yetishib chiqqan taniqli allomalar va mutafakkirlar edi. Ular tomonidan yaratilgan bebaho asarlar va ilmiy kashfiyotlar keyinchalik Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlar jamoasining nazariy va amaliy ilmlar sohasida erishgan yutuqlari uchun ma’naviy asos bо’lgan edi.
Beruniy, Abu Nasr ibn Iroq, Ibn Sinolar о’z tadqiqotlarida Bag’doddagi «Bayt ul-hikma» olimlari, Hindiston va antik Yunon olimlari va mutafakkirlari asarlaridan keng foydalanganliklarini mamnuniyat bilan qayd etadilar. Xususan Aristotel, Ptolomey, Yevklid, Gippokrat, Galen, Pifagor kabi qadimgi Yunon mutafakkirlarining nomlari hurmat bilan tilga olinadi.
Darhaqiqat, eldoshimiz Muhammad al-Xorazmiy (783-850) «Bayt ul-Hikma» ning yetakchi olimi,- ilmiy rahbari, fanda -yangi yunalish va maktab yaratgan allomalaridan edi. U astronomiya, matematika, geografiya, tarix va boshqa fanlar sohasida о’nlab asarlar meros qoldirgan. Uning «Al - jabr val-muqobola» kitobi jahonda birinchi bо’lib algebra faniga asos bо’lgan asarlardandir. Olim matematika fanida о’nlik pozitsion hisoblash sistemasini yaratdi. Shu asosda u qо’shish, ayirish, kо’paytirish, va bо’lish amaliyotining qulay va oson yо’llarini kashf etib, Sharq va Yevropani hisoblash tizimiga о’rgatdi.
Beruniyning guvohlik berishicha IX-X asrlarda О’rta Osiyoning bir qator shaharlarida Buxoro, Samarqand, Marv, Kat va Gurganjda kо’plab nodir qо’lyozma asarlarni о’ziga jamlagan о’nlab kutubxonalar yo’zaga kelgan bо’lib, ular о’z davrining nufo’zli madaniyat markazlari sanalgan, Marvda masjid qoshidagi qadimgi kutubxonada 12 mingdan ortiq turli fanlarga doir kitoblar bо’lgan. Shuningdek Beruniy О’rta Osiyoning yuqoridagi kabi shaharlarida bunyod etilgan rasadxonalarda olimlar muntazam ravishda astronomik ko’zatishlar olib borganliklari haqida ma’lumot beradi.
Muxtasar qilib aytganda IX-XII asrlarda Sharqda yo’z bergan madaniy uyg’onish butun О’rta Osiyo, Xorazm, Eron, Xuroson, arab mamlakatlari Xindiston xatto qadimgi Yunoniston va Italiyaning yuksak ilmiy-madaniy merosiga borib taqalganligi ma’lum.
Xorazm Ma’mun akademiyasi ancha shu boy ilmiy merosdan ijodiy foydalandi, ular yaratgan ilmiy g’oyalarni о’z tadqiqotlari va kashfiyotlari bilan yanada boyitib eng yuksak pog’onaga kо’tarishga muvaffaq bо’ldilar.
1X-XII asrlarda Movarounnaxrda xususan Xorazmda yo’z bergan madaniy yuksalish haqida sо’z borganda yana bir muhim faktori katta rol uynaganligini ham hisobga olish lozim. Darhaqiqat mazkur yuksalish butun О’rta Osiyo va kо’hna Xorazm zaminida o’zoq о’tmishda yaratilgan ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy ildiz bilan bevosita bog’liq.
О’rta asr madaniyati shu darajada yuksaklikka kо’tarilganki, dunyoviy ilmlar, turli aniq fanlarning yutuqlari, natijalari uning mazmunini belgilashda muhim ahamiyat kasb etgan, turli sohalarda ijod etilib, katta yutuqlar qо’lga kiritilgan. О’rta Osiyoda dinshunoslikning о’ta rivoj topgan asri IX asr bо’lsa, XII asr ilm-fan taraqqiyotining chо’qqisi bо’ldi. О’sha davrdagi ilmning hajmi, miqyosi, kengligi ayrim mualliflar asarida uchrovchi ilmlar tasnifida yaqqol namoyon bо’ldi. О’z davrining qator qomusiy ahllari — Forobiy, Ibn Sino kabilar bu masalaga katta e’tibor berdilar, ayrim mualliflar esa unga maxsus asarlar bagishladilar.
IX-XII asrlar davomida О’rta Osiyo xalqlari dunyo madaniyatiga ilm-fanning turli sohalari bо’yicha, xususan, arab yoki traditsion an’anaviy ilmlar, ya’ni asosan gumanitar ilmlar sohasida ham, noarab, noan’anaviy ilmlar, ya’ni falsafiy ilmlar, tabiatshunoslik ilmlari sohasida ham juda ulkan hissa qо’shdilar. Bu davrda yashab ijod etgan О’rta Osiyolik buyuk olimlarning ijodi, faoliyati, asarlari О’rta asr ilm-fani rivojida nIXoyatda muhum о’rin tutadi. О’rta Osiyodan chiqqan Xorazmiy, Farg’oniy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy singari olimlarning nomi butun Sharq va Ovrо’po О’rta asrida nihoyatda xurmat bilan tilga olinadi.
Xorazmiy О’rta asr Sharqida birinchi bо’lib tarix yozganlardan biridir. Uning «Kitob at-tarix» asari dan ayrim parchalar saqlanib qolgan. Bulardan tashqari yana u astrologiyaga oid, kalendar to’zish, vaqtni о’lchash, soat haqida ham risolalar yozgan, lekin ularning kо’pchiligi bizga qadar yetib kelmagan.
Hindistonda vujudga kelgan о’nlik sistemasi Xo­razmiy asari tufayli musulmon Sharqi va Ovrо’poga ma’lum bо’ldi. Uning «Ziji» asari qadimgi yunon va hind astronomiyasi erishgan yutuqlar asosida yaratilib, u О’rta asrda bu sohadagi tadqiqotlarni boshlab berdi.
Xorazmiyning zamondoshlaridan biri mashhur ast­ronom Abul Abbos Farg’oniydir (860 yillar о’rtasida vafot etgan). U ham О’rta Osiyodan bо’lib, xalifalik markazi Bag’dodda xizmat qildi, musulmon Sharqida falakiyot ilmiga asos soldi. Uning jug’rofiya, falakiyotga oid asarlari ma’lum bо’lib, uni dunyoga mashhur qilgan «Javomi ilm an-nujum val harakat as-samo-viya» kitobidir. Bu asar XIII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, tezda butun Ovrо’poda mashhur bо’lib ketdi. Algorezm kabi uning lotincha nomi «alfraganus» ham о’sha davrdagi juda kо’p manbalarda uchraydi.
Farg’oniyning bu asarida juda kо’p pa muhim jug’rofiy ma’lumotlar ham keltiriladi. Shuning uchun ham uning nomi juda kо’p manbalarda О’rta Osiyolik mashhur astronom va geograf sifatida tilga olinadi.
Kо’rinadiki, bu davrda qomusiy olimlar bilan birga ma’lum ilmlar darajasi yoki konkret ilm sohasi bilan shug’ullanib, unda muhum natijalarni qо’lga kiritgan bir qator olimlar ham faol ish olib borganlar.
XII asrda О’rta Osiyoning turli shaxarlarida ilm bilan mashg’ul bо’lgan olimlarni sanab о’tish mumkin. Hakim Termiziy, Ismoil Jurjoniy, Charminiy, Sam’oniy, Zamaxshariy, Narshaxiy, BalxiIy, Masixiy, ibn Iroq, Faxriddin Roziy, Muhammad Buxoriy, Abduraxmon Marvoziy kabi kо’plab olimlar shular jumlasidandir.
Ismoil Jurjoniy -Ibn Sinodan sо’ng tibbiyot sohasida fors tilida kо’p jildli asar yozib, zamonasining atoqli olimi bо’lib tanildi.
Umar Xayyom (1048—1131) o’zining fors tilidagi о’tkir she’rlari bilan о’z davri madaniy xayotida yorqin iz qoldirgan faylasuf olimdir. U о’z falsafiy risolalarida Forobiy va Ibn Sino ta’limotlarini davom ettirdi, riyoziyot, falakiyot, fizika ilmiga oid asarlar yozib Xorazmiy, Beruniy g’oyalarini rivojlantirdi, ko’zatishlari asosida yangicha aniq kalendar ishlab chiqdi. U tabiat xaqidagi turli etnografik materiallarni о’z ichiga olgan, fors tilida yozilgan «Navrо’znoma» asarining ham muallifidir. Umar Xayyom о’zining fors tilidagi chuqur falsafiy mazmunga ega bо’lgan, xurfikrlilikni targ’ib etuvchi she’rlari bilan О’rta Osiyoga, butun Sharqda mashhur bо’ldi. Uning ruboiylari shoirlar ijodiga katta ta’sir kо’rsatdi.
Umar az-Zamaxshariy (1075—1144) Xorazmning Zamaxshar qishlog’idan bо’lib, asosan gumanitar ilmlar sohasida qudrat qozongan, bir necha yil Iroq va Arabistonda bо’lgan. Zamaxshariy о’o’zining arab adabiyotiga oid «Asos ul-baloga» («So’zga ustalik asoslari»), «Samim ul-arabiya» («Arab tilining magzi»), «Muqaddimat ul-adab» («Nafis adabiyotga mukaddima»), «Maqomat» kabi» asarlari bilan filologlar ichida mashhur bо’ldi.
Zamaxshariyning buyuk xizmatlaridan yana biri uning «Asmou ul-avdiya va-l jibol» («Vodiy va tog’ ismlari») jug’rofiy lug’atidir. Unda Arabiston, Suriya, Misr, Iroq, Eron, Hindiston, Ispaniya, О’rta Osiyodagi jug’rofiy nomlar izohi beriladi. Bu esa asarning ilmiy ahamiyati behisob ekanligini kо’rsatadi.
Bu davrda gumanitar ilmlar ichida-tarixshunoslik keng rivoj topdi. Bizga qadar О’rta asrda arab va fors tillarida yozilgan musulmon Sharqining turli о’lkalari, jumladan О’rta Osiyo va Xurosonning tarixi, madaniy boyligi, aloqalariga bag’ishlangan kо’plab asarlar yetib keldi. Ular orasida О’rta Osiyodan chiqqan tarixshunoslarning asarlari salmogli о’rin egallaydi. Bu qо’lyozma asarlar turli mamlakatlar fondlarida, jumladan О’zbekiston Fanlar akademiyasi Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida ham saqlanadi.
Movarounnahr, Xurosonda mo’g’ullar hukmronlik qilganda va Temuriylar davlatining vujudga kelishiga qadar bо’lgan davr (XIV asrning) din va islom dini ta’limoti asosida musulmon Sharqida keng tarqala boshlagan tasavvuf ta’limotining kuchayishi, keng yoyilishi bilan harakterlanadi.
Tasavvuf islom asosida shakllangan diniy-falsafiy oqim bо’lib, unda qadimgi yunon ta’limoti-neoplatonizm,iudaizm, xristianlik, zardо’shtiylik, ayniqsa buddizmning ta’siri seziladi. Uning asosida asketizm, ya’ni bu dunyo lazzatlaridan voz kechish asosida Ollohga yetish, uni bilish, u bilan birlashish yulini qidirish yetadi.
Sо’fizm Qur’on va shariat talab etgan diniy aqidalarni, talablarni albatta bajarish, sо’zsiz о’zini xudoning quli deb bilish, ma’lum diniy qoidalarga о’z shaxsiyatini shubhasiz bо’ysundirishni qabul etmaydi, shaxsiy erkinlik, о’z xohishi bilan tozalanib Ollohga ruhiy ma’naviylikka singish orqali erishishga asoslanadi.
Tasavvufda ruxni kamolotga va uning sо’nggi maqsadi-Ollohga erishuv yо’llari 4 bosqichdan iboratdir:
Birinchi bosqich- shariat
Ikkinchi bosqich- tariqat
Uchinchi bosqich- ma’rifat
To’rtinchi bosqich- haqiqatdir.
Sо’fizm tarafdorlari dastlab moddiy boylikka ega bo’lish va unga intilishni qoralab, haqiqiy boylik ma’naviy ruhiy boylikda deb hisoblaganlar.
Tasavvufning ijtimoiy bazasi, bu - shahar hunarmandlari, mayda savdogarlar bо’lib, IX—X asrlardayoq, Iroq, Eronda bu ta’limotning yirik vakillari vu­judga kelgan. Xalloj (859—922), Bistamiy (IX asr), Junaydiy (vafoti 910) shular jumlasidandir.
Tasavvufning nazariy va amaliy tomonlari bor. Amaliy tomoni bevosita Ollohga erishuv jarayonidir. Bu yulda sо’fiylik qoidasini bajargan xolda juda kо’pchilik tasavvufga ishonganlar, mashg’ul bо’lganlar. Sо’fizm nazariyotchilari о’z davrining bilimini puxta egallagan, ilmlardan xabardor bilimdon mutafakkir kishilar bо’lganlar.
Bulardan Abdul Hamid G’azzoliy (1058—1116), Suxravardi (1155—1191), Ibn Arabiy (1165—1240) kabilarni korsatish mumkin. Ular sо’fizmning nazariy ma­salalari bо’yicha qator risolalar yaratganlar.
Tasavvuf ta’limotini rivojlantirishda movarounnaxrlik va xurosonlik yirik sufiylik ta’limotchilarining xizmati katta bо’lgan. Lekin bu yerda mustaqil sufiylik maktablari XI—XIII asrlardagina vujudga kela boshlagan. Masalan, sо’fizm ta’limotini ishlab chiqishda IX asrda Termizda tug’ilib о’sgan Xakim Termiziyning 80 ga yaqin risolalari muhum rol о’ynadi. U Termizda tug’ilib, shu yerda vafot etdi, lekin о’z ta’limotini Makka, asosan Balx va Nishopurda turganida targ’ib etdi va juda kо’p muridlar orttirdi.
О’rta Osiyo mo’zofotida birinchi vujudga kelgan yirik sо’fiylik oqimi yassaviylikdir. Bu oqimga Axmad Yassaviy (1105—1165) asos solgan. Yassaviy Yassi (Turkiston) shahrida ruhoniy oilasida tug’ilgan. Uning otasi Ibrohim Yassi Sayram shahrida o’zoq yil shayxlik qilgan va kо’p muridlarga ega bо’lgan.
Yassaviy Buxoroda mashhur mutaassif (sufiy) Yusuf …….. an sufiylikning asoslarini o’rganadi, uning ulimidan sо’ng о’rniga xalifa bo’lib qoladi sо’ng о’z yurti Turkistonga qaytadi. Yassaviy ta’limoti turkiy tilda yozilgan uning «Devoni Hikmat» asarida bayon etilgan bо’lib, u kо’chmanchi va utroq turkiy xalqlar о’rtasida sufiylik talimotini targib etishda muhum ahamiyat kasb etgan.
Yassaviy g’oyalari О’rta Osiyoning turli shaharlarida uning shogirdlari tomonidan keng targ’ib qilindi. Shulardan biri Sulaymon Boqirg’oniy bо’lib (vafoti 1192 yilda), u о’zining turkiy tilda yozilgan «Boqirg’on», «Oxir zamon» asarlarida asosan sо’fizm, yassaviylikni targ’b qilgan.
О’rta Osiyoda shakllangan eng yirik sufiylik oqimlaridan yana biri kubraviyadir — unga Xorazmda XIV asrning boshlarida Najmiddin Kubro (1145—1221) asos solgan va sungroq u О’rta va Yaqin Sharqning boshqa о’lkalariga ham keng tarqalgan. XIV asrda tug’lib sufiylik ta’limotini Misr, Tabriz, Hamadon shaharlarida egallagan. Kо’hna Urganchda о’z ta’limotini rivojlantirib, shu yerda yangi sufiylik oqimiga asos solgan. Mug’ullar hujumi davrida о’z muridlari bilan shahar himoyasida faol ishtirok etib qurbon bо’lgan.
Kubro bilishning maxsus yo’lini rivojlantirib, su­fizm rivojiga katta hissa qо’shgan. U о’zining qator-risolalarida Kubraviya birodarligi (orden)ning qoidalarini ishlab chiqqan. Bu qoidalar sufiylikning ham nazariy, ham amaliy masalalarini о’z ichiga oladi. Kubraviya oqimi О’rta Osiyo, Afg’oniston, Shimoliy Hindiston, Eron shaharlarida tarqaldi va mayda sufiylik oqimlarining vujudga kelishiga sababchi bо’ldi. Bu oqimlar Hindistonning Dehli, Bixar shaharlarining madaniy hayotiga muhim ta’sir kо’rsatdi.
Butun musulmon Sharqida eng keng tarqalgan yirik sufiylik oqimi «naqshbandiylik» ham О’rta Osiyoda shakllandi. Naqshbandiylik ta’limotining boshlang’ich kurtaklari buxorolik mashhur tasavvufchilar» Yusuf Hamadoniy (XII) hamda Abdulxoliq Gijduvoniy (XI-XIII asr) ta’limotlarida olg’a surildi. Lekin bu shakllanayotgan yangi sufiylik oqimi Baxovuddin Naqshband (1318—1389) tomonidan qiyomiga yetkazildi va uning nomi bilan ma’lum bо’ldi.
Bahovuddin Naqshband Buxoroga yaqin Gijduvon qishlog’da hunarmand oilasida tug’lib о’sdi, Su­fiylik ta’limotini asosan Buxoroda, О’rta Osiyo shaharlarida Sayid Amir Kuloliy, Orif Diggironi,-simshayx va Xalil otalardan о’rgandi. О’z ta’limotida yassaviylik va G’ijduvoniy - ta’limotlarining ayrim tomonlarini birlashtirdi.
О’rta Osiyoda turli sufiylik oqimlarining ta’siri XIX asrlarta kadar davom etganini kuramiz. Sо’fizm musulmon mamlakatlari hayotida muhim ijtimoiy-mafkuraviy va madaniy rol о’ynadi. U badIIy adabiyot, falsafa, musika, maorif, ta’lim-tarbiyaga katta ta’sir kо’rsatdi, turli mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy hayotida shubhasiz sо’nmas iz qoldirdi.



Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish