Tarix va falsafa kafedrasi fan va texnika tarixi


-Mavzu: Markaziy Osiyolik qomusiy mutafakkirlarning dunyo sivilizatsiyasida tutgan



Download 3,33 Mb.
bet14/123
Sana13.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#549124
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123
Bog'liq
Fan va texnika majmua

7-Mavzu: Markaziy Osiyolik qomusiy mutafakkirlarning dunyo sivilizatsiyasida tutgan о’rni
1-mashg’ulot
Reja:
1. Muso al-Xorazmiy va uning “Bayt ul-Hikma” dagi faoliyati.
2. Ahmad-al-Farg’oniy va uning “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” kitobi.
3. Abu Nasr Farobiy Markaziy Osiyolik mashhur faylasuf.
4. Xorazm Ma’mun akademiyasi va uning vujudga kelishi.
5. Mustaqil О’zbekistonda Xorazm Ma’mun akademiyasining qayta tiklanishi va uning bugungi kundagi faoliyati.
2-mashg’ulot
Reja:
1. Abu Ali ibn Sino va uning tibbiy bilimlar rivojlanishidagi roli.
2. Abu Rayhon Beruniy asarlarining musulmon Sharqi madaniyatiga ta’siri.
3. Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib, Rudakiy, Firdavsiy va Narshaxiy kabi allomalarning ijtimoiy bilimlar rivojidagi hissalari.
4. Mustaqil О’zbekistonda qomusiy allomalarimiz merosini qayta о’rganish va targ’ib qilishning boshlanishi.


Tayanch so’z va iboralar: buyuk olimlar, Muhammad Muso al-Xorazmiy, Farg’oniy, Forobiy, Beruniy, ibn Sinolar, «shayx ul rais».
704 yilda Xurosonga noib qilib Qutayba ibn Muslim tayinlanib, unga topshirilgan vazifa Movarounnahrni mutlaq bosib olish edi. Ammo bu viloyatlarni mutlaq bо’ysundirish uchun bir necha о’n yilliklar kerak bо’ldi. Islom dinini Markaziy Osiyoda joriy etish ham osonlik bilan bо’lmadi. Xuroson va Movarounnahr aholisi arablar hukmronligiga, og’ir soliqlarga, ayniqsa, inson huquqining poymol etilishiga kо’nika olmadilar. Abu Muslim, Muqanna kabi vatanparvarlar boshliq kо’plab qо’zg’olonlar xalifalikni ancha muncha zaiflashtirdi. 821 yili Xuroson noibi Tohiriy о’z yurtini mustaqil davlat sifatida e’lon qildi. 873 yili Somoniylar о’z mustaqilligiga erishadilar, rasmiy jihatdan esa xalifalikka tobe bо’ladilar. Ismoil ibn Ahmad Xuroson bilan Sharqiy Eronni ham qо’lga kiritgan holda, 888 yildan boshlab Movarounnahrning yakka hokimiga aylanadi va X asr boshlariga kelib Somoniylar davlatini Sharqdagi eng yirik va kuchli davlatga aylantirishga muvaffaq bо’ladi. Davlat poytaxti Buxoroda joylashgan edi.
IX-X asrlarda Movarounnahr rivojlangan qishloq xо’jaligi, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik yuksak taraqqiy etgan, iqtisodiy jihatdan yaqin va markaziy Sharqdagi ilg’or mamlakatlar qatoriga kirdi. Somoniylar ilm-fan, adabiyot, san’at, umuman madaniyatning taraqqiyotiga katta ahamiyat berganlar. Ular saroyga olim, shoir, bastakor, muhandis kabilarni jalb etgan. Bu davrda aholining tili sо’g’diy, tojik va turkiy bо’lsa-da, arab tili ham keng tarqalgan edi. Somoniylar kutubxonasi Sharqdagi eng yirik kutubxonalardan hisoblangan. Somoniylar davrida ilm-fan rivoji yuksak chо’qqilarga kо’tariladi. Bir tomondan hududning tarixiy sharoiti bunga imkon tug’dirsa, ikkinchi tomondan «islom falsafasidagi kuchli ratsionalistik va materialistik elementlar qadimgi dunyo g’oyaviy boyliklarini о’zlashtirishni osonlashtirdi va tabiiy fanlarning taraqqiyotiga yordam berdi.
Hozirgi zamon fanlari asosini yaratgan buyuk olimlar Muhammad Muso al-Xorazmiy, Farg’oniy, Forobiy, Beruniy, ibn Sinolar Somoniylar davrining mahsulidir. Markaziy Osiyo madaniyatini umumiy madaniyatdan ajratib bо’lmaydi. Mintaqa ushbu davrda shunchalik kо’p buyuk olimlarni yetishtirib berdiki, ularsiz о’rta asrlar Sharq fanini tasavvur qilib bо’lmaydi. IX-XI asrlarda mintaqada adabiyot, Arxitektura, san’at rivoj topdi, ilm-fan taraqqiyoti yuksak chо’qqilarga kо’tarildi. Arablar istilosidan sо’ng ham Markaziy Osiyoda zardushtiylik diniga qaytish kо’p uchragan. Zardushtiylik IX-XII asr Movarounnahr va Xuroson, ayniqsa Somoniylar davri adabiyotida ancha sezilarli iz qoldirgan. She’riyat gullab-yashnab, eski an’analarni davom ettirishgan.
Buyuk olimlar al-Xorazmiy, Farg’oniy, Ismoil al-Buxoriyning ota-bobolari zardushtiylik diniga mansub bо’lganlar. Somoniylar sulolasiga asos soluvchi Somon ham zardushtiylik diniga mansub bо’lib, keyinchalik islomga о’tgan. Somoniylar din sohasida hamma din va mazhablarga erkinlik berish siyosatini olib borganlar, hatto saroyda sunniy, shia, zardushtiy, isaviya diniga mansub odamlar xizmat qilganlar. Bunday siyosat mamlakatda ilm-fan, uning amaliy va nazariy turlari, falsafaning keng rivoj etishiga sharoit yaratdi. Xuddi ana shu davrda Ibn Sino, Beruniy, Abu Bakr Muhammad ibn Zakariya Roziy, al Buxoriy, al Jо’zjoniy Nishopuriy, Xurosoniy, Ahmad Nasaviy, tarixchilar Narshaxiy, Balamiy, geograflar Mas’udiy, Istaxriy, Makdisiy, Jayxoniy kabi buyuk olimlar yetishib chikdilar.
IX asr Muhammad Muso Xorazmiy, Axmad ibn Muhammad Farg’oniy, Xabesh al Xosib va boshqalar matematikaning turli sohalari, astronomiya, geografiya fanlarida katta yutuklarga erishdilar. IX-X asrlarda Markaziy Osiyo mutafakkiri «Al Muallimi soniy» deb nom taratgan Forobiy ijod etdi. Uning asarlari Sharq va G’arb olimlarini haligacha bilim doirasi kengligi bilan hayratga solib kelmoqda. Faylasufning ijtimoiy qarashlari, borliq abadiyligi haqidagi ta’limoti Ispaniya orqali Ovrupoga о’tib, Uyg’onish davri gumanizmi va undan keyingi materialistik falsafiy oqimlarning shakllanishiga ta’sir etdi. Qomusiy olim Beruniy tarix, astronomiya, geodeziya, mineralogiya, etnografiya kabi fanlar rivojini о’z davri uchun oliy darajaga kо’targan, tajriba asosida ish kо’rgan, asarlari saviyasi, tadqiqot metodi bilan zamonamiz fani darajasiga kо’tarila olgan olim edi.
Ibn Sino-«shayx ul rais» insoniyat tarixidagi eng buyuk shifokor olim, insonparvar faylasufdir. Bulardan tashqari kо’plab olimlar yashagan. X asr ikkinchi yarmini Bо’zjoniy davri deb atashadi. Bо’zjoniy xurosonlik olim bо’lib, Yevklid merosini mukammal о’rganib, trigonometriya asoslarini ishlab chiqdi. Beruniyning ustozi Abu Nasr Mansur ibn Iroq sinuslar teoremasini isbotladi. Al Xо’jandiy esa yirik matematik va astronom bо’lgan. Bunday olimlar rо’yxatini yana davom ettirish mumkin. Ular yunon olimlarining ilmdagi yutuqlarini Sharq faniga olib kiribgina kolmay, uni yuqori bosqichga kо’targanlar. Ular ilmni tajriba bilan bog’lagan holda rivoj ettirganlar.


Markaziy Osiyoda madaniy markaz faqat Buxoroda emas, Xorazmda ham bо’lgan. Buyuk alloma Beruniy arablar istilosi hususida fikr bildirib “Xorazmni arablar о’ta zolimlik bilan bosib olgach, kitoblarni kuydirdilar, natijada xorazmliklar savodsiz bо’lib qoldilar va kerak narsalarni xotirada saqladilar”, deb ta’kidlaydi. Xorazmda ilm-fanning jadallik bilan rivojlanishi natijasida hududda bir qancha dunyoga dong’i ketgan olimlar yetishib chikdi. Shulardan biri Muhammad Muso Xorazmiydir. Olim qadimiy Xorazmda an’anaviy tusga kirgan matematika, astronomiya va jug’rofiya bilan mukammal shug’ullandi, ushbu fanlarni о’rta asrga olib kirdi va yangi davr ilmi poydevorini yaratdi. U juda kо’plab asarlar yaratdi. Algoritm sо’zining kelib chiqishi ham al-Xorazmiy nomi bilan bog’liq. Olimning arifmetika va algebraga oid asarlari matematika tarixining yangi sahifasini ochdi. Xorazmiy astronomiya sohasida ham buyuk xizmatini qо’shib, о’z «Zij»ini yaratdi. Xorazmiyning shogirdlari uning ishini davom ettirganlar.
IX-X asrlarda Buxoro Markaziy Osiyoning siyosiy va madaniy markaziga aylangan, shaharda juda kо’plab maktab, kutubxona, madrasalar, masjidlar tashkil etilgan, binolar, saroylar, istehkomlar qurilgan edi. Ushbu davrda Buxoroda fors tili shunchalik rivoj etadiki, bu til haligacha adabiy fors tili sifatida qо’llanilmokda.
Muso Xorazmiyning «Ziji al-Xorazmiy», «Al kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va-l muqobila» va «Al-jam va tafrik bi-hisob al-hind» asarlari XI asrdayoq chet el olimlari tomonidan о’rganilib, lotin tiliga tarjima qilingan. Ular uch asrdan sо’ng Ovrupoda astronomiya, matematika, jug’rofiya, meditsina fanlarini tarqalishiga о’z ta’sirini kо’rsatdi. Olimning asarlari Yevropada keng tarqalgan bо’lib, darslik sifatida foydalangan. Rim papasi Silvestr 2 buyrug’i bilan Xorazmiy raqamlari Ovrupada joriy qilindi, ammo uning keng tarqalishi XIV asrga taalluqlidir.
Ovrupaliklar ilk bor tanishgan olimlardan yana biri al-Farg’oniydir. Uni dunyoga tanitgan asari «Astronomiya negizlari» asaridir. Farg’oniy ilmi nujumga oid bilimlarni tartibga soldi, о’zining Ma’mun observatoriyasida olib borgan ko’zatishlarining natijalari bilan boyitib bordi. Farg’oniy hayoti va ijodi haligicha ilmiy tadqiq etilmay kelinmoqda edi. Ammo mustaqillikdan keyin bu holatga chek qо’yildi.
Ijtimoiy fanlar taraqqiyotini belgilab bergan olimlardan biri Abu Nasr Forobiy edi. Professor B.D.Petrovning yozishicha: “Yevropani Aristotel ta’limoti bilan tanishtirish xizmati Forobiyga taalluqli” deb ta’kidlaydi. Forobiy ulkan boy meros qoldirgan. Forobiy asarlarida falsafa fanining asosiy tamoyillari, bilish nazariyasi, mantiq, psIXologiya, tabiat va insonlarning о’zaro munosabatlari masalalari о’z yechimini topgan. Uning asarlari Ovrupada mashhur bо’lgan. Forobiy «al-muallim al-soniy» deb nomlangan edi.
Falsafada Forobiy asos solgan yо’nalishni deyarli tо’liq qabul qilgan, davom ettirgan va takomillashtirgan olim Ibn Sinodir. Sharqda olim kо’pincha «shayx» yoki «shayx ur-rais» unvoni bilan e’zozlanadi. Ibn Sino insoniyat madaniyati, dunyo fani xazinasiga beqiyos katta hissa qо’shgan, о’sha davrning ilmlarining deyarli hamma sohalari bilan shug’ullangan qomusiy olimdir. Unga jahon miqyosida shuhrat keltirgan asari «Al-Qonun fit- tib» dir. Ibn Sinoning «Qonun»i shuhrati jahonda tez tarqaldi. U Yevropaning hamma universitetlarida to XVIII asrgacha tibbiyot bо’yicha asosiy qо’llanma sifatida xizmat qilib kelgan. Uning musiqa haqidagi ta’limoti Yevropa musiqa fanining poydevorini tashkil etdi. Ibn Sino о’rta asrlarda Gippokrat va Gelen bilan bir qatorda eng buyuk shifokor deb hisoblanadi.
Abu Rayhon Beruniy butun umrini ilm-fanga sarfladi. Fanning turli sohalarini yuqori darajaga kо’tardi. Olimning astronomiyadagi ulkan xizmatlari joylarning jug’rofiy o’zunligi, kengligini aniqlash usullari, astronomiya о’lchovlarni aniqlashni ishlab chiqish, geliotsentrizm g’oyasini tadqiq qilish kabilardir. Geodeziya muammolarini hal etishda katta ishlar qildi. Yerdagi turli masofa va azimutni aniqlash usulini ishlab chiqdi, yer hajmini о’lchadi.
Matematikada sinus va tangenslar jadvalini ishlab chiqdi. Jо’g’rof olim sifatida dunyoda birinchi bо’lib yer tasviri, ya’ni globusni yaratdi. Bulardan tashqari geologiya, minerologiya sohalarida birinchi bо’lib mineral va ma’danlar og’irligi, ularni aniqlash metodlarini ishlab chiqdi, formakogeneziya sohasida katta ishlar qildi. Bir qancha mashhur asarlar yaratdi. She’riyat haqida tadqiqotlar yaratdi. Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq xalqlarining qadimiy davrda va о’rta asrlar tarixini ilmiy jihatdan ishlab kо’rsatdi.



Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish