Adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. T.1. -Toshkent.: O’zbekiston. 2017.
2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan quramiz. -T.; O’zbekiston.. 2017.
3. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -Toshkent.: O’zbekiston. 2017.
4. Karimov I.A. Tarixiy xotiasiz kelajak yо’q. 7 j. - T., О’zbekiston, 1999.
5. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - T, “Ma’naviyat”, 2008.
5. Virginskiy V.S. Ocherki istori nauki i texniki XVI – XIX vv. M., 1984.
6. Gaydeko P.P. Evolyusiya ponyatiya nauki (XVII – XVIII vv.). M., 1987.
7. Gorelov A.A. Konsepsii sovremennogo yestestvoznaniY. M., 1998.
8. Zvorikin A.A. i dr. Istoriya texniki. M., 1962.
9. Istoriya O’zbekistana. T. 3. T., 1995.
10. Isxakov F Natsionalnaya politika sarizma v Turkestane. T., 1997.
Mavzu. Antik davrda ilmiy tafakkurning paydo bo’lishi.
Maqsad:
Ilk jamiyatlar paydo bo’lishi bilan aniq fanlarning shakllanishi.
Qadimgi qabilalarning tabiat bilan bog’lik ilmiy qarashlari.
Hozirgi fanlarning vujudga kelishida qadimgi bilimlarning ilmiy ahamiyati.
Kutilayotgan natija: Talabalarda qadimgi dunyo san’ati haqida teran tushunchalar hosil qilish .
Material va jihozlar:
Talabalarda qadimgi dunyo san’ati haqida teran tushunchalar hosil qilish
Eng muhim tushunchalar va atamalar: Ilk jamiyatlar, Ellada, Qadimgi Sharq, Hindiston, Jaynizm, zardo’shtiylik, orfizm, konfutsiy, trepanatsiya, buddizm, yil hisobi, slavyanlar, eskimoslar, skeptiklar.
I. Tashkiliy qism: Talabalarni mashg’ulotga jalb etish, jahonda haftaning muhim voqealari yoki O’zbekiston haftalik voqelar yo’zasidan qisqa ma’lumot berish. Talabalarning bu to’g’ridagi fikrlarini tinglash.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Ilgari o’tilgan mavzuni qisqa takrorlash, tezkor savollar, frontal so’rab bilish – biltz yoki mavzu boyicha savol va topshiriqlarni talabalarning og’zaki javoblarini tinglash shaklida o’tkaziladi.
III. Yangi mavzu rejasi:
1-mashg’ulot
Reja:
1. Ilk jamiyatlar paydo bo’lishi bilan aniq fanlarning shakllanishi.
2. Qadimgi qabilalarning tabiat bilan bog’lik ilmiy qarashlari..
3. Hozirgi fanlarning vujudga kelishida qadimgi bilimlarning ilmiy ahamiyati.
Yangi mavzu qisqa bayoni:
Ilk jamiyatlar paydo bo’lganidan keyin, ayniqsa, antik quldorlik davridan boshlab, inson mohiyati va qadri mutlaqo yangicha talqin qilina boshlangan.Erksiz qullar ko’pchilikni tashkil qilgan bo’lsada, ular odam hisoblanmasdan ishchi hayvon darajasiga tushirilgan. Inson va insonparvarlik faqat hukmron tabaqalarga xos bo’lgan.
Antropologik, ya’ni odam haqidagi muammolar erkin fuqarolar taqdiri, ularning his tuyg’ulari, ma’naviy hayot va jismoniy qiyofasi axloqi va maishiy turmushini qamrab olgan va barcha falsafiy-estetik, diniy ta’limotlarda o’z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |