Tarix va falsafa kafedrasi fan va texnika tarixi


Xulosa: "Odam — evolyusiya maqsuli" va "Odam — xudo yaratgan maxluk," degan tasdiklar orasida mantik^y ziddiyat yo‘q va bo‘li-shi x,am mumkin emas!



Download 3,33 Mb.
bet49/123
Sana13.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#549124
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123
Bog'liq
Fan va texnika majmua

Xulosa: "Odam — evolyusiya maqsuli" va "Odam — xudo yaratgan maxluk," degan tasdiklar orasida mantik^y ziddiyat yo‘q va bo‘li-shi x,am mumkin emas!
Lekin hozirgacha ziddiyat bor deb kelingan-ku? Ziddiyat e’tiqodda bo‘lgan. E’tiqod esa mutlaq voqelik emas, u ilmu fan ta’sirida rivoj-lanishi, o‘zgarishi mumkin. Bunga misol qilib yaqingacha hukmron bo‘lgan dahriylar e’tiqodi yoki videotexnika rivojlangunga qadar islom muta-assiblarining jonli narsalar tasviriga munosabatini keltirish mum­kin,
Endi "yaratish" (yoki "yaratilish", Sharq mumtoz falsafasida — "ofa-rinish") tushunchasini taxlil qilaylik.
Diniy ta’limotga ko‘ra, ilk inson — Odam Otani ham, yashab o‘tgan, yashayotgan har bir odamni ham xudo yaratgan,tug‘ilajak odamlar ham xudo irodasi bilan dunyoga keladi. Muallif uchun bu — shubhadan xoli haqiqat. Lekin "Yaratishning tushuncha sifatidagi ta’rifi nima, ya’ni Olloh odam­ni qanday yaratgan?" degan savolni qo‘yish osiylikka kirmasa kerak. Yara­tish qancha vaqt davom etgan va qanday tarzda kechgan? Bu savolga diniy ilm javob bermaydi. Qur’oni karimda bu hakda aniq oyat keltirilma-gan. Odam yaratilayotganda boshqa bir odam bu jarayonni kuzatib qam tur-magan. Demak, din nuqtai nazaridan ilohiy kalom va sahih hadislar asosida, fan nuktai nazaridan esa mavjud tadqiqot uslublariga tayanib mushoqada yuritilishi mumkin, xolos.
Xolis fikrlovchi olimlar, dunyoning qaerida bo‘lmasin, tan oladiki, Quron — mo‘jizaviy mukammal mantiqqa ega kitob, u dunyoviy fan ob’ek-ti bo‘lgan hodisalar va qonuniyatlarni bayon qilishga bag‘ishlangan max-sus monografiya yoki qo‘llanma emas. Lekin shu bilan birga fanning hozir-gi rivojlanish darajasidagi ilmiy faktlar Qur’on mazmuniga zid kel-maydi. Bunga muallifning ishonchi komil.
Diniy ilm nuqtai nazaridan, yaratilish — Ollohning siri, tilsimi, uni bayon qilish muqaddas kitob vazifasiga kirmaydi. Qur’on inson ruhiga yo‘naltirilgan bo‘lib, har bir odamga qarata "Unutmagilki, seni Tangri yaratgan, yo‘kdan bor qilgan va sen yana uning dergohiga qaytajak-san. Shuning uchun hayotingni savob ishlarga bag‘ishla, gunohsan o‘zingni tiy", deya talim bvradi.
Xulosa: Odamning moddiy mavjudot sifatida paydo bo‘lish ma-salasi fan ob’ektidir; odam boshqa jonzotlar kabi shunchaki max-luk emasligi, u jismdan tashkari ruxga xam egaligi uchun uning ruxiyati bilan bog‘liq masalalar xaqida fikr yuritish diniy ilm ob’ektidir. Fan inson ruhini o‘rganishga ojiz, diniy ilm esa inson jismiga oid muammolar bilan shugullana olmaydi. Har ikkisi ham o‘z tadqiq ob’ektidan chetga chiqqan takdirda sayoz mushoqadalardan nariga o‘ta olmagan.
Fan: odamzodning paydo bo‘lishi
Odamning yaratilishiga oid fan ta’limoti bilan tanishaylik. Birinchi navbatda ta’kidlash lozimki, tayin odamning paydo bo‘lishi — dastlab-ki urug‘langan tuxum (biologiya tilida zigota) tarzida boshlanib tugi-lishgacha davom etadigan bosqich biologiyaning fiziologiya soqasi o‘rga-nadigan jarayondir. Har bir individning (jonzot) o‘z hayoti davomida o‘sishi, ulg‘ayishi, o‘zgarishi qam evolyusiya nazariyasining obekti emas, bu — ko‘rinib turgan hodisa va munozara predmeti bo‘lolmaydi. Evolyu­siya nazariyasi odamning biologik tur sifatida paydo bo‘lishi va ri-vojlanishi bilan shug‘ullanadi. Bunda odamning paydo bo‘lishiga nisba-tan fan yondashuvi ayrim (ikki oyokda yurish, miyaning kattalashuvi, meh-nat qurollari yasash va foydalanish, nutq, olovni o‘zlashtirish kabi) ku-susiyatlar e’tiborga olingan holda boshqa mavjudot turlari paydo buli­shi qatoridagi hodisa deb qaraladi.
Darvinizm turlarning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi haqidagi ta-limotdir. Darvingacha biologiyada Yer yuzida necha xil o‘simlik va hayvon turi mavjud bo‘lsa, barchasi yaratilgandan buen o‘zgarmagan (ya’ni ot ot-ligicha, eshak eshakligicha qolgan) degan nazariya hukmron edi. Inson ko‘z o‘ngida turlar, hatto jinslar qirilib ketgan hollar bir talay {masalan, Steller sigiri, Tasmaniya bo‘risi, Turon yo‘lbarsi). Yangi tur paydo buli­shi esa bir inson umri davomida sodir bo‘ladigan, demak, ko‘z bilan ko‘rib ishonch hosil qiladigan hodisa emas. (Bakteriyalarning yangi tur­lari juda qisqa muddat ichida paydo bo‘lishi mumkin, lekin buni ham "qurollanmagan" ko‘z bilan kuzatish mahol). Charlz Darvinning buyuk kashfiyoti — bir tur boshka turdan paydo bo‘lishi, bir tur bir necha gurga ajrab ketishi mumkin, demak, turlar xilma-xilligi vakt o‘tgan sayin murakkablashib borgan, degan xulosadan iborat. O‘sim-liklar va hayvonlar olamidagi son-sanoqsiz turlar milliardlab yil davomida bir yoki atigi bir necha turdan tarkzgani, jumladan, odam {Homo turi) ham bu zanjirda bir bo‘g‘inni tashkil qilishi esa Darvin nazariya-sidan mantiqan kelib chiqadigan natija, xolos (E. Mayr i dr. Evolyusiya. Moskva, "Mir", 1981).
Shuni ta’kidlash lozimki, tirik mavjudot olamining rivojlanishi haqidagi g‘oya Darvingacha, xususan, kadimgi yunon va islom Sharqi olim-lari tomonidan ham ilgari surilgan. Ye. E. Bertelsning "Bedil va uning evolyusiya haqidagi ta’limoti" maqolasi bundan dalolat beradi {Iz­brannыe trudы. Istoriya literaturы i kulturы Irana. Moskva, "Nauka", 1988). Unda muallif Forobiy asarlari va «Ixvonus-Safo qomusi tah-lili asosida quyidagi xulosaga xeladi: "Shu tarika ko‘ramizki, sirt-dan darvinizmga juda yaksn konsepsiya X asrdayok. to‘liq rivojlan-
Ta’kidlash zarurki, mazkur g‘oyalar asosan savqi tabiiy — intuitsiya mahsuli edi. Ilmiy nazariyaga yaqin faraz Darvinning salafi Lamark tomonidan baen qilingan. U tirik mavjudotlar (bir so‘z bilan — orga-nizmlar) hayoti davomida orttirgan takomillashuvni jamlab avlodla-riga utkazadi va evolyusiya shu yo‘l bilan amalga oshadi, degan g‘oyani ilgari surgan (lamarkizm). Darvin nazariyasidan "lamarkizm — xata" degan xulosa chiqar edi. Biologiyaning keyingi taraqqiyoti bu munozara-da Darvin hek ekanini to‘liq isbotladi (F. Ayala. Vvedenie v populya-sionnuyu i evolyusionnuyu genetiku. Moskva, "Mir", 1984).
Darvin nazariyasi, zamonasidagi ijtimoiy tafakkurga zid kvlishiga qaramay, mutlaq ko‘pchilik fan aqli tomonidan juda tez kabul qilindi. (U 70 dan ortiq akademiya va universitetlarga haqiqiy yoki faxriy a’zo etib saylanadi.) Chunki darvinizm shunchaki quruq nazariya bo‘lmay, evo­lyusiya qanday sodir bo‘lishini, ya’ni mexanizmini tushuntirib beradi: 1) organizmlar o‘zidan ko‘proq avlod qoldiradi (mikroblar qisqa vaqt ichida ikkiga bo‘linadi, bir lola ikki yilda o‘ntacha piyoz qosil qiladi, har juft qush bir necha yil davomida bir-ikkitedan jo‘ja ochadi. Yer kur-rasidagi aholi so‘nggi bir necha asr davomida har 40 yilda ikki marta ko‘payib borayotgani ma’lum va x.. k.); 2) evlodlar ajdodlariga juda o‘xsha-sa-da (irsiyat), lekin aynan bir xil bo‘lmaydi: nimasi bilandir, qay darajadadir farq qiladi (o‘zgaruechanlik); bu hodisa ayniqsa ikki jins-li organizmlarda kuchliroq ro‘y beradi; 3) har bir jonivor yashash va o‘zidan zurriyot qoldirish uchun kurashadi, lekin avlodlar har xilligi tufayli tashqi muhit va uning o‘zgarishlariga moslashuvi turlicha bo‘la-di. Natijada ko‘proq moslashganining yashab ketishi, zurriyot qoldirishi va genidagi o‘zgarishlarni navbatdagi avlodga uzatish ehtimoli (shan-si) yuqori bo‘ladi (tabiiy tanlanish); 4} o‘zgarishlar avloddan avlodga yig‘ilib, ko‘payib boradi va yangi turlar paydo bo‘lishiga olib keladi (genezis).
Charlz Darvinning evolyusiya ta’limoti (qisqacha —darvinizm) ashad-diy muxoliflarining ayovsiz taftish va tanqidlariga qaramay vaqt si-novidan o‘tib bo‘lgan. Olimning o‘ziyoq fanda yangi nazariyaning to‘g‘rili-gi sinaladigan dalil — ilmiy bashorat namunasini bergan; gulkosasi g‘ayritabiiy darajada chuqur Afrika gullari mavjudligidan ularni changlaydigan tumshug‘i aynan shu kadar uzunlikdagi jonivorlar ham bo‘li-shi lozim, degan xulosa chiqargan. Keyinroq naturalistlar shunday xu-susiyatga ega kapalaklarni topishadi. Darvindan so‘ng biologiyada nech-ta yangilik qilingan bo‘lsa (hujayra nazariyasi, Mendel genetikasi, xromosomalar, gormonal boshqaruv, fermentlar ochilishi, molekular bio­logiya, populyatsion genetika va h. k.), birortasi darvinizmga zid chiqqa-ni yo‘q, aksincha, uni tasdiqlab, chuqurlashtirib kelmokda. Bugunga ke-lib Darvin ta’limotini yo biologiyadan ma’lumoti yo‘q kishilar, yoki sensatsiya ishqibozlari rad etmasa, ilmiy metod nimaligini biladi-gan mutaxassis inkor qilolmaydi.
Shu bilan birga, darvinizm evolyusiyaga oid barcha savollarga javob beradi, deyish ham to‘g‘ri emas. Bu sohada hozircha xal etilmagan muam-molar bir talay (ulardan bir nechtasi quyida bayon qilinadi). Lekin fanda hech bir nazariya mutlaq bo‘lmaydi. U xaqiqatga yaqinlashish yo‘li-dagi pog‘onaki, tabiat va organizm, jamiyat va ong bilan bog‘liq hodisa-larning muayyan qirrasini, ayrim jihatlarini ozmi-ko‘pmi darajada izohlaydi. Vaqt o‘tishi bilan nazariya, agar u to‘g‘ri bo‘lsa, qisman o‘zga-rishi, evolyusiyaga uchrashi mumkin. Buning yorqin namunasi Kopernik ta’limotidir. U planetalar Quyosh atrofida aylana (to‘g‘rirog‘i, episikl) bo‘ylab harakatlanadi, degan bo‘lsa, Kepler orbitalar ellips shaklida bo‘lishini ochgan, Nyuton esa planetalarning bir-biriga tasiri tu-fayli orbitalar ellipsdan ham farq qilishi mumkinligi ko‘rsatgan. Ana shu farqni hisoblash natijasida yangi planetalar — Neptun va Plu­ton kashf qilingan. Nisbiylik nazariyasi Nyuton mexanikasining «kuchi yetmaydigan» hodisalarni (masalan, Merkuriy orbitasidagi chetlanish-ni) tushuntiradi. Bundan ko‘rinadiki, xatto osmon mexanikasi kabi ma-tematikalashgan aniq fan ham mutlak. haqiqat tomon juda yuksalishi mum­kin esa-da, lekin hamisha nisbiyligicha qoladi.
Bugun fanning o‘rganish ob’ektiga kirib borishi shu qadar chuqurla-shib ketganki, endi olimlar boshqa muammo — o‘ta ixtisoslashuv "balo"-siga yo‘liqyapti. Bu biologiya, ayniqsa, tibbiyotda tashvishli holatni kel-tirib chiqaryapti. Darvin "Bigl" kemasida dunyoni aylanib chiqar ekan, son-sanoqsiz kuzatuv materiali yig‘ish, geologik muammolar bo‘yicha tad-qiqot o‘tkazish bilan birga (masalan, marjon orollarining paydo bo‘li-shi nazariyasi Darvinga mansub), tabiatning umumiy qonuniyatlari xaqida bosh qotirgan. 28 yoshli yigitning fanda inqilob yasagan xulosalarga ke-lishi, shubqasiz, mo‘jizadir (turlar o‘zgarishi to‘g‘risidagi dastlabki fikrlari 1837 yil iyunda yozilgan). Buni tinimsiz mexmat bilan ilohiy ilhom qo‘shiluvining natijasi deyish mumkin.
Shu o‘rinda Charlz Darvin shaxsi haqida qiskacha to‘xtalish o‘rinli. Zero, bu yil uning tug‘ilganiga 190 yil, asosiy ilmiy asari — "Turlarning kelib chiqishi" kitobi chop etilganiga 140 yil to‘ldi. Charlz Robert Dar­vin insoniyat tarixidagi Arastu, Beruniy, Nyuton kabi buyuk olimlar-dan biridir. Biologiya avval passiv kuzatuvchi, kolleksiya qiluachi, tav-siflovchi va tasniflovchi bilim sohasi bo‘lgan bo‘lsa, Darvin uni fan­ga aylantirgan. "Evolyusion nazariya — xaqiqatan biologiyaning birlash-tiruvchi tamoyili" (L. Erman, P. Parsons. Genetika povedeniya i evolyu­siya. Moskva, "Mir", 1984). Olim o‘ta kamtar, oilaparvar, sadoqatli shaxe bo‘lgan. Umrining asosiy qismini Londondan chetda, Daun degan qishloq-da yashab, ilmga baxshida etgan. Uning fe’l-atvori haqida quyidagi ikki misol yaxshi tasavvur beradi.
Darvin evolyusiya nazariyasining asosiy g‘oyalarini 1840 yillardayoq shekllantirib bo‘lgan, 1857 yilda shu mavzudagi kitobining qo‘lyozmasi-ni yozib bitirgan. Bundan ustozi — geolog Ch. Layel, botanik J. Guker kabi olimlar suhbat va xatlar orqali yaxshi xabardor edi. Ular yangi ta’limotni e’lon qilishni qayta-qayta tavsiya etishadi, lekin Darvin ehtiyotkorligi va puxtalikni yaxshi ko‘rgani tufayli bunga shoshilmay-di. 1858 yil iyunda u Malayya arxipelagida tadqiqot olib borayotgan na­turalist A. R. Uollesdan xat oladi. Xatga evolyusiya nazariyasining aso-siy unsurlari bayonidan iborat maqola ilova qilingan bo‘lib, Darvin-dan yirik mutaxassis sifatida fikr bildirish va nashrga tavsiya etish so‘ralgan edi. Darvin bundan Layelni xabardor qiladi. U adolat yuzasi-dan Darvinga o‘e naeariyasini e’lon qilishni, Uolles maqolasini esa unga ilova tareida chop etishni maslahat beradi. Ammo Darvin bunga ko‘nmaydi — evolyusiya nazariyasini kashf etishda birinchilik Uollesga tegishli bo‘lishi lozim deb hisoblaydi. Shundan so‘ng hamkasblari har ikki muallif maqolalarini birga nashr etishadi. Bungacha Darvin geo­logiya va biologiyaga oid yirik ilmiy asarlari bilan tanilgan olim edi. U Uollesga nisbatan adolatsizlik qildim deb ko‘p aziyat chekedi. Le­kin Uolles ham olijanoblikda Darvindan qolishmaydi: bir umr "evo­lyusiya nazariyasining muallifi — Darvin" degan fikrda turadi. Har ikki olim, odamning paydo bo‘lishi masalasida turli pozitsiyada bo‘li-shiga qaramay, bir umr do‘stona munosabatda qolgani ibratlidir. Hozir evolyusiya ta’limoti asoschilari Darvin va Uolles deb hisoblanadi.
Maqolaga qaytsak, u ilmiy jamoatchilik e’tiborini tortmaydi. Shun­dan so‘ng Darvin o‘zining nomini abadiylashtirgan "Turlarning paydo bo‘lishi" (to‘liq atalishi — "Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning ke-lib chiqishi haqida yoki hayot uchun kurashda muqobil zotlarning saqlani-shi") monografiyasini bitirib, 1859 yilda chop etadi. Kitobni yozish da-vomida 3000 dan ortiq (!) ilmiy ishni taxlil qiladi, mutaxassislar bilan 1000 dan ortiq yozishmalar olib boradi, evolyusiya ta’limotini asoslaydigan 10 dan ortiq tamoyil va sanoqsiz dalil keltiradi. 600 betdan ziyod hajmdagi suratlar bilan izohlangan kitob fanda ulkan voqeaga aylanadi. Darvin hayotligidayoq Angliyada u olti marta nashr qili-nadi, nemis va fransuz tillariga tarjimasi ham bir necha mertadan bosiladi.
Asar ilm axlida ham, jamoatchilikda xam ikki xil aks sado uyg‘otadi. Uni tabiatshunoslarning katta qismi fundamental risola, deya tan olib o‘e tadqiqotlarida istifodaga kiritsa, bir guruh olimlar Darvin naza-riyasiga karshi dalillar bilan chiqa boshlaydi.
Ruhoniylar, jurnalistlar, umuman, fandan yiroq ko‘plab arboblar darvinizmdan "Odam maymundan tarkagan" degan xulosa chiqarib, kitob­ni insoniyatga haqorat sifatida qabul qiladi va Darvin nazariyasiga karshi kampaniya boshlab yuboriladi. Marks kabi ijtimoiyotchilar esa, aksincha, darvinizmda o‘z g‘oyalariga tayanch ko‘rib, ateizmni targ‘ib qilish-da uning nomidan foydalana boshlaydi. Holbuki, Darvin "Turlarning kelib chiqishi" asarida hali odamning paydo bo‘lishi mavzusiga deyarli tegmagan edi. Uning oradan 12 yil o‘tgach chop etilgan "Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish" asarida ham "odam maymundan kelib chiq-qan" deyilmagan. (Bunday davo "nok olmadan kelib chiqqan" deyishga o‘xshash bo‘lib, fanga aloqasi yo‘q.) Masalan, mazkur asarning birinchi bobi "Odamning qandaydir quyiroq shakldan paydo bo‘lishining isboti" deb atalgan. (Bundagi shakl so‘ziga alohida e’tibor qiling!) "Odam may­mundan tarqagan" degan "nazariya" darvinist T. Haksliga mansub bir iboraning gazetadagi talqini oqibatidir. Darvinning o‘zi evolyusiya naza-riyasi atrofmdagi g‘oyaviy kurash va munozaralarda qatnashmagai. Uni bunga zo‘r berib jalb etmoqchi bo‘lganlarida ham hamisha bosiqlik bilan "olim ekanini, kuzatuv va tejriba vositasida tekshiriladigan il-miy faktlar bilangina shugullanishi, ruxga daxldor masalalarga qiziqmasligini, bu xakda munozara qilishga vaqti ham, niyati ham yo‘kli-gi"ni bildirish bilan cheklangan" (Ch. Darvin. Izbrannыe pisma. Mosk­va, 1959).
Shuni ta’kidlash lozimki, Darvin odamning paydo bo‘lishi masala-sidagi o‘z ta’limotini yaroqsiz deb tan olganda ham, o‘sha vaqtda nasro-niy cherkovining mutaassiblari uni baribir tinch qo‘yishmas edi. Chunki cherkov "Barcha turlar xudo tomonidan bir marta yaratilgan, shundan buen o‘zgarmagan va qiyomatgacha o‘zgarmaydi" degan g‘oyani mahkam ushlagan edi. Evolyusiya nazariyasi esa buni inkor qilar, shu asno cherkov obro‘siga qattiq zarba berar edi. Cherkov arboblari darviniemni "dinga qarshi" deya talqin qilib, shu yo‘l bilan osongina "o‘z nazariyalari"ni himoya qil-moqchi bo‘lgan. Holbuki, evolyusiya ta’limoti umuman dinga emas, ular-ning miyasida mavjud "nazariya"ga zid bo‘lgan, xolos. (Hozir ham shunday.)
Bundan uch yuz yil muqaddam "Yer Quyosh atrofida aylanadi" degan naea-riya tarafdori Brunoni o‘tda yoqqan cherkov "Yerning baribir aylanishi"-ni to‘xtata olmagach, bor alamini Darvindan olishga astoydil bel bog‘-laydi. Ammo bu safar o‘tda yoqib emas (davr boshqa edi), "ilmiy asosda rad etish" yo‘li bilan kurashmoqchi bo‘ladi. Shu maqsadda dinshunos olim-lar hamda Darvin ta’limotini qabul qilmagan eng kuchli biologlar, jur-ialistlar, siyosiy va jamoat arboblari safarbar qilinadi. Darvin kitobining bo‘yoqlari "hali qurib ulgurmasidan" uni chilparchin qilishi lozim bo‘lgan dalilu isbot izlanadi. Darvin esa bu munozeralarga e’ti-bor ham bermaydi, qishlog‘ida yangi ilmiy tadqiqotlarini davom etti-radi, xuddi basma-besiga (aslida-chi unday emas) "Odamning paydo bo‘li-shi va jinsiy tanlanish" kitobini yozadi. Lekin darvinizm tarafdor-lari ichida ham jangarilari bor edi. Ulardan biri — Tomas Haksli iste’dodli notiq bo‘lgan. U faoliyatini darvinizmni qimoya va targ‘ib qilishga bag‘ishlaydi. Muxoliflar bilan munozara hayotining mazmuniga aylanib, "Darvinning tozisi" degan laqab orttiradi. Ommaviy munoza-ralardan birida yepiskop S. Uilberfors Hakslini mantiqiy dalillar bilan yenga olmagach, "Katta buvingiz maymun bo‘lganmi, kelib chiqishin-gizni bu qadar jon-jaxd bilan himoya qilyapsiz?" deya xuruj qiladi. Bun­ga javoban Xekslm qam "Sizday aqli o‘tkir, lekin tafakkurni mensi-maydigan, o‘zi bilmaydigan sohaga burun suqib, ilmiy munozarani saf-satabozlikka aylantiradigan odam bilan turdosh bo‘lgandan maymun bi­lan qarindosh bo‘lgan afzalroq" deya javob beradi. Bu gapni gazetchilar "Darvinistlar odam maymundan kelib chirkan degan da’voni tan oldi" deb ovoza qiladi. Darvinning bevosita aloqasi bo‘lmagan bu mashmasha odamlar ongida shu qadar mustahkam o‘rnashadiki, bugun endi fan va din go‘yo oshib o‘tib bo‘lmas devor bilan ajratilganu uning nomi "Darvin de-vori"day! Holbuki, Darvin hayotlik paytidayoq uning ilmiy zakovati va jasoratiga qatto raqiblari ham tan bergan, fandagi xizmatlari yuksak baholanib, klassikka aylangan edi. Bunga ishonch hosil qilish uchun kuyi-dagi faktni eslash kifoya: Darvin vafot etgach, Isaak Nyuton singari Buyuk Britaniyaning eng oliy diniy muassasasi — Vestminster abbatligida nomdor ruhoniy arboblar bilan yonma-yon dafn etiladi!
Charlz Darvin kabi buyuk allomalar shaxsiyati millati yoki shug‘ul-langan sohasi doirasi bilan cheklanmaydi, aksincha, ularning qilgan ishlari umumbashariy qadriyatga aylanib ketadi. Har bir xalk ana shun-day zotlarni qancha ko‘p yetishtirsa, shunche ko‘p boshqa xalqler taraqqiyotiga ham hissa qo‘shgan bo‘ladi. Dunyo xalqlariga o‘nli sanoq sistemasini o‘rgat-gan, algoritm tushunchasini bergan va algebrani xddya etgan al-Xorazmiy kabi Darvin ham insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan. Lily nuqtai nazardan Darvin hayoti va ilmiy faoliyati soqit qilinishi emas, bal­ki fanga qiziquvchi yoshlar, ayniqsa, akademik litseylar talablari uchun o‘rnak bo‘lishi lozim.
Xo‘sh, Darvin ta’limoti, xususan, uning "Odamzod — evolyusiya mahsu-li, u o‘zidan avval mavjud bo‘lgan, rivojlanishda quyiroq pog‘onadagi (shartli ravishda to‘rtqo‘lli maxluq deb atalgan) shakldan kelib chiqqan" degan xulosasi diniy e’tiqodga zidmi? Boshqa dinlarda zid bo‘lsa bor-dir, ammo bizningcha, islomga zid emas (vallohi a’lam). Hatto u islom ta’limotiga muqobil va muvofiq. Bu mavzuga maqola nihoyasida qayta-miz.
Tabiiy, Darvin "Xudo organizmlarning barcha turini biryo‘la yarat-gan va turlar hech qachon o‘zgarmaydi" degan fikrga qarshi bo‘lgan. Lekin bu hali Darvin ta’limoti xudoga, xudoning borligiga shak keltirish, uning yaratuvchi ekanligiga qarshi degani emas. Aksincha, Darvin ko‘zday murakkab va mukammal a’zo faqat evolyusiya tufayli paydo bo‘lishiga ishonmasligini bayon etgan! (Bu fakt bir umr qilingan toet-ibodat qiyomatda Ollohning birgina ko‘zdan iborat ne’matini tarozida bosa olmasligi haqidagi hikmatni yodga tushiradi.) Shuningdek, Darvinning "Men aslo ateist emasman. Xudo borligini inkor qilmayman. Men shun-chaki agnostik bo‘lsam kerak" degani oila a’zolari xotiralarida saq-langan (I. Stoun. Proisxojdenie. Moskva, 1983). Sovet davrida nashr qilingan barcha kitoblarda Darvin "ateizmga buyuk hissa qo‘shgan olim" sifatida ta’riflangan. ("Nasoyimul muhabbat", "Arbain", "Munojot", "Sirojul muslimin" kabi asarlar yozgan Navoiyni dahriy shoirga chiqa-rishga uringan mafkuradan boshqa nimani ham kutish mumkin edi?!) Shu o‘rinda diqqatga sazovor bir faktni eslash joiz. Marks obrusi kundan-kun yuksalib borayotgan Darvinga xat yozib, evolyusiya ta’limoti o‘zining qarashlari uchun juda muhimligini takidlaydi va yirik asarini unga bag‘ishlashga rozilik berishni so‘raydi. Darvin bu taklifni rad etgan! (Ch. Darvin. Izbrannыe pisma.)
Qur’omi karim: odamzodning yaratilishi
Quroni karimda insonni Olloh yaratgani qat’iy ta’kidlanadi. Shu bilan birga, fikri ojizimizcha, qanday yaratilgani bayon qilinmaydi, nimadan yaratilgani esa qayta-qayta aytiladi: 1) "Hijr" surasi, 25-oyat-da — salsal(a)dan; bu so‘z jaranglaydigan qorishma, kulol loyi, umuman jarang deb talqin qilinishi mumkin; 2) shu sura 28-29-oyatlarida — xdmo-'im-masnundan; bu — Qur’onning tafsir qilish murakkab iboralari-dan. Bizni+ngcha, u konunga bo‘ysunuvchi, shakl beriluvchi deya talqin qilini-shi joiz; 3) "Al-Isro" surasi, 61-oyatda — tiyndan. Lug‘atda bu so‘zning loy, tuproq, balchiq, yer, yer maydoni, mazra’ (ekinzor) degan tarjimala-ri beriladi; 4} "Hajj" surasi, 6-oyatda — turobdan; bu so‘z chang, chang zarrasi, xok, kul, tuproq, yer, ruda va qabr manolariga zga; 5) shu oyatda
nuftadan; bu so‘zning tozaCh;uv, suv tomchisi, umuman tomchi, urug‘, maniy manolari bor; 6) shu oyatda — alaq(a)dan; bu so‘z xoslashgan, muhimlash- gan, muallaq kabi so‘zlar bilan o‘zakdosh bo‘lib, ivigan qon, ivish xususi- yatiga ega suyuklik, zuluk hamda plankton (okeanlarning sathiga yaqin qat- lamda yashaydigan turli maydalikdzgi organizmlar) ma’nolariga ega bo‘la oladi. 7) "Mo‘minun" surasi, 14-oyatda — muzg‘atdan; bu so‘z ma’nosini bir bo‘lak et, yaralib bitib-bitmagan organizm deyish mumkin.
Ilohiy kalomlarning asl manosi yoki manolari yolg‘iz Ollohga ayon, inson ularni faqat tafsir, talqin qilishi mumkin, xolos Bu aynan "In-son tabiat xrdisalarini bila olganicha izohlaydi, aslida eng kichik zar-rada ham olam-olam hikmat mavjudki, uning mzg‘eiga to‘liq yetib borish uchun tafakkur ojiz" degan Sharq falsafasi tamoyiliga moe. Bundan tash-qari, matnga qarab so‘zlar o‘ziga xos mazmun kasb etishi yaxshi ma’lum. Ayniqsa, Qur’oni karim insonning aklidan ham ko‘proq ruhiga qaratil-gani uchun "mana bu so‘z aynan shunday tarjima qilinadi, uni faqat mana shunday tushunish lozim" degan da’vo maqbul emas. Shunga ko‘ra yuqorida-gi so‘zlarni fanning hozir™ rivojlanishi haqidagi adabiyotlar aso-sida talqin qilishga urinam iz.
Salsal(a) — materiyaning atomlar paydo bo‘lishidan oldingi tarkibi
— to‘lqinlar va elementar zarralardan iborat holati (V. Akosga, K. Ko­ van, B. Grem. Osnovы sovremennoy fiziki. Moskva, 1981). Tiyn — materi- yaning atomlar paydo bo‘lganidan keyingi holati. Turob — moddalarning Yerni hosil qilgan yea unda mavjud holati. Nutfa — hujayralar (demak, umuman hayot) paydo bo‘lishi bilan bog‘liq organik moddalarning agre- gatlari — makromolekulalar, mikrostrukturalar, koaservatlar, chala- hujayre (protokletka) va hujayrali organizmlarga muvofmq keladi deb tushunamiz. Bunda uning erkak maniysi va ayol tuxumi deya talksn etili- shi xususiy holga aylanadi. Alaq — erkak urug‘i bilan ayol tuxumining qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladigan embrion (zigota). Muzg‘at — un- dan rieojlanadigan homila. Nihoyat, hamo'im-masnun — umuman yarati- lish (ofarinish), xususan, evolyusiya (vallohi a’lam),
Bu tushunchalar odam jismining (badanining) yaratilishiga ta-alluqlidir. Lekin "A’rof" surasining 11-oyatida Ollox, nomidan odamlarga qarata shunday deyiladi: "Dniqki, biz sizlarni yarat-dik, so‘ng sizlarga surat berdik...". Bundan aniq-ravshan ko‘rinadi-ki, Olloh avval insonlar ruhini yaratgan, so‘ng har bir ruhga surat — jism ato etgan, yani ruh badanga ingan. Demak, odam jismining yarati-lishm muayyan vaqt davom etadigai uzluksiz jarayon, ruhning badanga ini-shi (emenatsiyasi) esa har bir shaxe uchun alohida {ya’ni, diskret) hodisa. Lekin bu inson nuqtai nazarida shunday. Veqt esa Olloq qudratiga bo‘ysu-nuvchi narsa. Oniylik bilan davomiylik, diskretlik bilan uzluksizlik tushunchalarini Yaratuvchi nomiga ko‘r-ko‘rona nisbat berish aqlning no-qisligi, tasaveurning ojizligidandir. "Olloh odamni qanday yaratgan?" degan savolga vaqt, davomiylik nuqtai nazaridan mutlaq to‘g‘ri javob berib bo‘lmaydi, javob qar kimning tushunchasi doirasida nisbiydir. (Shaksiz, ushbu maqoladagi fikr-mulohazalar ham xuddi shunday nis-biy.)
"Hijr" surasining "Albatta, biz o‘zimiz (barcha jonzotga) hayot berur-miz va o‘lim berurmiz" oyatida fe’llar hozirgi-kelgusi zamonda bo‘li hamon davom etayot-ganini va davom etajagini ifodalaydi. Inson zotining takdiri av-valdan va biryo‘la bitib qo‘yilgani bilan yaratilish davom etayotgani — Olloh qudratining ko‘rinishidan biri. Bu mavzudagi mushohadalarimiz "Munojotnoma" kitobchasida (Namangan, 1996} hamda yuqorida zikr qilin-gan fan va din munosabatlari haqidagi maqolada bayon etilgan. Shu bois bu yerda aytilganlar bilan cheklanamiz.
"A’rof" surasining 54-oyatida ta’kidlanadiki, "Albatta, parvardi-goringiz — Olloh shunday zotdirki, osmonlar va yerni olti kunda yara-tib, so‘ngra O‘z arshiga o‘rnashdi". Bu oyat bilan fanning "Olam 10-15 mil­liard yildan beri, odamzod esa bir necha million yildan beri mavjud" degan xulosasi o‘rtasida ziddiyat bormi? Yuzaki qaraganda bordek, as-lida esa ziddiyat yo‘q. Zero, Qur’oni karimdagi vaqt bilan bog‘liq kun, oy, yil, asr kabi tushunchalarni astronomik ma’noda tushunish har doim ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Buni "asr" misolida ko‘raylik. "al-Asr" surasi­ning nomini mavlono A’louddin Mansur tarjimasiz qoldiradi, yirik arabshunos olim I. Yu. Krachkovskiy "Predvechernee vremya" — kun oqqan-dan keyingi palla deb o‘giradi. Bizningcha, mazmunan afzalroq tarjima ("Znak vremeni") misrlik islomshunos Valeriya Poroxova-Rushd tomoni-dan taklif etilgan. Bulardan ko‘rinadiki, asr kunning quyosh botishidan oldingi payti, yuz yillik, muayyan davr hamda umuman vaqt timsoli, deya talk,in qilinishi mumkin. Xuddi shu singari yuqoridagi oyatda "kun" so‘zi-ni 24 soatlik sutka yoki quyosh chiqishidan botishigacha bo‘lgan oraliq deb tushunish o‘ta tor bo‘ladi. Zero, har ikki holda ham bu tushuncha Yerning Quyoshga nisbatan harakati bilan bog‘lanib qoladi. Mantiqan hali Yer ham, Quyosh ham yaratilmagan, endi yaratila boshlagan zamonda "kun" tu-shunnasini astronomik manoda anglash mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. (Ay-taylik, bu holda olti kundan birinchisi qachon boshlangan bo‘ladi?) "Asr" kabi "kun" ham Qur’oni karimda ramziy — davr manosida talqin qili-nishi ilohiy kitob uslubiyati va mantig‘iga mutanosib {«Sajda» surasi, 5-oyat va «Maorij» surasi, 4-oyat). Olloh zamon va makon kategoriyalari-dan yuqori zotdir, vaqt ham, fazo ham Ollohga tobedir. Milliard yil Olloh uchun bir soniyachalik bo‘lishi mumkin. Bu hakda hazrat Navoiy "Mu-nojot" asarida "Yuz bu olamcha mavjud etay desant, "kunfayakun" iborati anga kofiy va ming onchani ma’dum etay desant, "xaboan mansuro" isho-rasi anga vofiy" deya shahodat beradi. Biz mazkur oyatdagi "olti kui" iborasini ofarinishning olti bosqichi deya talqin qilamiz. Bu mod-diy olam evolyusiyasining bugungi fan beradigan manzarasiga muvofiq keladi. Bu qakda maqolamizga ilova etilayotgan tasvir muayyan bir tu­shuncha beradi deb umid qilamiz.
Xulosa: yaratilish bu — jaranglaydigan loy (to‘lqin va elementar zar-rachalar) holatidan odamning shakli (Homo sapiens) paydo bo‘lishigacha yaxlit jarayon deyilsa, "Odamning jismini Olloh loydan yaratgan" va "Odam — evolyusiya mahsuli" tasdik^ari ayni bir mazmunga ega bo‘ladi. Bunda Odam alayhissalomning, odamzodning va har bir odamning yarati-lishi shu jarayonning turli ko‘rinishidan iborat bo‘ladi. Xususan, jis-miga ruh ingan Homo erectus birinchi Homo sapuiens — Odam ananxyicca-lom bo‘lishi kerak (vallohi a’lam). O‘zini inson deb hisoblagan bu ilk jonzot o‘ziga shunday — ruhga ega juft izlagay va u Momo Havvodir. Ular-ning avlodi ruxga egaligi tufayli boshqa hayvonlarga nisbatan ustunlikka erishgan, jadal sur’atda ko‘paya boshlagan va bugunga kelib dunyoga hukmron bo‘ldi.
Odamning jismini fan tadqiq qila olgani holda, inson ruh ato etil-gan mavjudot ekani hisobga olinmasa, uning ruhiy dunyosini tushunish ham, tushuntirish ham mumkin emas, bu boradagi urinishlar esa muvaf-faqiyatsizlikka mahkum. Bu markscha-lenincha ta’limot tarafdorlari to-monidan o‘tkazilgan yetmish yillik "tajriba"da isbotini topdi.
Odam = jism + ruq
Biz hozircha, asosan, odamning moddiy evolyusiyasi haqida so‘zladik. Xususan, yaratilish masalasida odamni moddiy unsur bilib, uning jis-mi haqidagina fikr yuritdik. Biologik evolyusiyaning esa ruhga aloqa-si yo‘q. Binobarin, Olloh tomonidan avval odamning ruhi yaratilgani, so‘ng bu ruhga moddiy surat — jism ato etilgani, "Ruh nima?" degan sa-volga na ilmiy, na diniy nuqtai nazardan javob berib bo‘lmasligi yukorida takidlangan edi. Aslida "Materiya nima?" degan savolga xam mantiqan qat’iy ta’rif berish mumkin emas. Ular — ta’rifsie qabul qilinadigan birlamchi tushunchalar. Tarif berilgan taqdirda ham u tav­tologiya yoki demagogiyadan iborat bo‘ladi.
Marksist* falsafa o‘z e’tiqodini asoslash maqsadida ruhni ong bilan, mavjudlik haqidagi masalani esa "Ong birlamchimi, materiya­mi?" degan savol bilan almashtirgan. Holbuki, ong miya faoliyati bilan bog‘liqligi ravshan. Ong odamdan boshqa jonzotlarda xam kuzatiladi va u inson hayotining maqsadini belgilashda hal qiluvchi omil emas. fal­safa uchun bunday omil — ruh tushunchasi va uning materiya, xususan, odam­ning moddiy hayoti bilan munosabati masalasidir.
Falsafa bu jihatdan yirik oqimlarga bo‘linadi. Mamtiqan to‘rt im-koniyat bo‘lib, birinchisi — "Materiya ham, ruh ham mavjud emas" degan tezis barcha falsafiy va diniy oqimlarda rad qilinadi. "Ruh mavjud, materiya mavjud emas" tamoyili sub’ektiv idealizm nuqtai nazarini aks ettiradi. Hoeir bu okimning falsafada sezilarli ta’siri yo‘q. Sof materialistik "Materiya mavjud, ruh mavjud emas" degan g‘oya sobiq sotsialistik mamlakatlarda eo‘r berib targ‘ib qilingan va afkor omma ongiga qay darajadadir singdirilgan. Bu nuqtai nazarga ko‘ra, oxir-oqibat odam rivojlanganroq (masalan, ongi bor, nutqga ega) maxluq de­gan xulosa kelib chiqadi.
Sub’ektiv idealistlar "materiya yo‘q" degani bilan ovqat yeyishdan voz kechmagani kabi materialistlar ham "ruh yo‘q" deb da’vo qilgani bilan ruhiy hayotdan, xususan, falsafa bilan shug‘ullanishdan voz kech-maydi. Faylasuflar-ku istalgancha mushohada qilaverishi mumkin. Le-kin oddiy turmushga nisbatan materializm zararli, ayrim hollarda xavf-li ta’limotdir. Chunki u odamni moddiyunchilikka o‘rgatadi: "Baribir o‘lasan, o‘limdan so‘ng yo‘q bo‘lasan; shunday ekan, bu to‘rt kunlik dunyoda o‘ynab-kulib qol; ye, ich, shahvoniy hissingni qondir; na ota-onang, na far-zandlaring qaqida qayg‘urish shart emas; boshqa odamlar nafi tegsagina senga kerak; vijdon, insof, imon, savob degan gaplar to‘qib chiqarilgan; jamiyat, millat, xalq — mavhum tushunchalar, ulardan o‘z manfaating yo‘li-da foydalansang, bas; axloq bir tiyinlik qiymatga ega emas; hayo, nomus, vijdon — yo‘q narsalar; qo‘lga tushmasang, o‘g‘ri emassan, qonun ojizlar va ahmoqpar uchun yozilgan; to hayot ekansan, faqat o‘zingni o‘yla, o‘lganing-dan so‘ng dunyoni suv bossa, senga nima!" degandek e’tiqodga undaydi.
"Inson ruhga ega" degan oyin (prinsip) esa har bir odamdan bu ruh haqida qayg‘urishni, "Ruh qaerdan kelgan? Keyin nima bo‘ladi?" kabi sa-vollarga javob axtarishni talab qiladm. Shu bilan odam o‘zining hayvon emasligini, ruhga egaligini anglaydi, bu ruhni ato etgan Yaratuvchisini taniydi, shaytonning qiylalarini idrok qila boshleydi. Buyuk mutafak-kirlar Ibn Sino va Ibn Tufayl "Yaqzon ibn Hayy haqide"gi qissalarida odam, birov o‘rgatmasa ham, tabiatni kuzatib, avval ruh borligini, so‘ng shu orkali Tangri mavjudligini bila olishini bayon qilgan.
Biz ham mushohadani shu masalaga qarataylik — inson tabiatiga doyr, uning ruhi bilan bog‘liq savollarni ko‘rib chiqaylik:

  1. Barcha turdagi jonzot ichida faqat odam uz turdoshining joniga tajovuz qiladi. Hasharotlar orasida ham bundam hodisa uchrasa-da, u faqat instinkt tufayli qilinadi. Odamzod tarixidagi qirg‘inbarot urushlarni va turfa qotilliklarni esa instinkt orqali izohlab bo‘lmaydi.

  2. Inson odatda axloqiy chegaralarga amal qiladi. Masalan, kiyim bilan uyat joylarini to‘sadi. (Ilk bor buni tushunib yetgan Homo erestus dastlabki Homo sapiensra aylangan mavjudot bo‘lishi mumkinki, bu Quron ta’limotiga muvofiq keladi.) Holbuki, nima uchun odam jazira- ma issikda ham kiyimda yurishini materialistik nuqtai nazar bilan izo>u1ab bo‘lmaydi.

  3. Evolyusiya ta’limotiga muvofiq barcha jonzot o‘zidan zurriyot qol- dirish uchun kurashadi. Lekin odamzotga nisbatan bu qonun mutlaq kuchga ega emas. Zurriyot qoldirish uchun barcha imkoniotga ega kishilar boshka faoliyat taqozosi bilan bunga urinmeydigan, hatto umuman jinsiy hayot- dan voz kechgan hollar ko‘p.

  4. Eng oliy rivojlangan hayvonlar ham faqat haetiy ehtiyojlarini qondirish uchun yashaydi, birgina odamzod o‘limidan so‘ng eslashlari uchun faoliyat ko‘rsatishi mumkin. (Yorqin misol — keksaygan kishilarning o‘zi- dan bog‘ qoldirishga urinishlari.)

  5. Faqat odamzod ongli ravishda o‘z joniga qasd qiladi. Bu hodisa- ni evolyusiya ta’limoti nuqtai nazaridan, masalan, mutatsiyalar orqa- li izoxdash mumkin emas.

  6. Hayvonlar orasida bolasining hayotini saqlab qolish uchun o‘z hayoti- ni xavfga solish, >;atto qurbon qilish hollari uchreydi va bu darvi- nizmga moe keladi. Lekin odamzod umuman mantiqqa xilof hollarda ham o‘zini halok qilishi mumkin: Suqrot, Jordano Bruno, Yan Gus kabi. Jangda, falokat paytida o‘limga tik boqadigan kishilar xatti-haraka- tini ham, rux, tushunchasi jalb qilinmasa, ilmiy asoslab bo‘lmaydi.

  7. Materializmda imon tushunchasi tan olinmaydi, lekin eng ashad- diy materialist faylasuf xdm vijdon tushunchasidan voz kechmaydi. Shu bilan birga inson nima uchun, instinktiga xilof bo‘lishiga keramay, vijdonga bo‘ysunishini qatiy asoslab berolmaydi,

  8. Hayvonot dunyosida g‘oya degan kuch amal qilmaydi. Insoniyat tarixi- dan esa u naqadar dahshatli kuchga aylanishi, har qanday materialistik qonunlarni majaqlab tashlashi mumkinligi ma’lum. Masalan, tarixiy materializmga ko‘ra, shaxs tarixda hal qiluvchi rol o‘ynamaydi. Tari­ xiy amaliyot asa har doim buning aksini isbotlab kelgan. Albatta, mod- diy mavjudot sifatida bir kishi million kishiga nisbatan ojiz, ammo bir kishining ruhi million kishining ruhiga ham, jismiga ham ta’sir o‘tkazishi mumkin.

  9. Hayvonlar o‘rtasida ruhiy kasalga chalinish kuzatilmaydi. Ruhiy kasalga chalingan odamni moddiy vositalar bilan davolash qiyinlish, lekin u ba’zan "ruhiy silkinish" tufayli sog‘ayib ketishi ma’lum. Shu-ningdek, hayvonlar o‘rtasida narkotik moddalarga o‘rganish hodisasi yo‘q. Odam nafaqat giyohvandlikka giriftor bo‘lishi, boshqalarni ham unga tortishga intilishi mumkinki, bu — o‘ziga xos aksdarvinizm.

  1. Ikki jinsli hayvonlar o‘rtasida jinsiy buzuqlik hodisasi yo‘q.

  1. Fan, adebiyot, san’at, siyosat, xzrbiy ishda inson g‘ayritabiiy mo‘jizalar namoyon qiladi. Masalan, matematikada Kantorning cheksiz- lik xossalarini o‘rganishga oid ishlari va bundan o‘zining ruhiy ka- sallikka chalinishi, Oppengeymer atom bombasini, Saxarov vodorod bombasini yaratishi va bu ish ularga ulkan moddiy manfaat va obro‘ keltirgani holda hamma narsadan voz kechishlari, Cho‘lponning millat erki mavzusidagi she’rlari va qatag‘on mashinasiga tik borgani, Ja- loliddin Manguberdining Sind daryosi sohilidagi jangdan keyingi harakati. Bu hodisalarni inson miyasining shunchaki faoliyati bilan izoxlab bo‘lmaydi.

Bulardan tashqari, evolyusiya fakat sof tasodifiy o‘zgaruvchanlik (genlar mutatsiyasi) oqibatida ro‘y berishiga shubha bildiruvchi biolog-lar bor. Ularning fikricha, mutatsiyalar sof tasodif bilan sodir bo‘lmay, maqsadga muvofiq yo‘nalishda ro‘y beradi. Aks holda turlar-ning bu qadar xilma-xillashuvi va takomillashuvi (masalan, miya va asab sistemasi paydo bo‘lishi, ko‘rish, eshitish va vestibulyar apparat-lari vujudga kelishm) uchun bir necha mmllard yil yetarli emas. Agar tadqiqotlar bu nuqtai nazarni tasdiqlasa, u odamzodni xudo tomoni-dan yaratilganining ilmiy isboti bo‘lishi mumkin. Zero, evolyusiya o‘z-o‘zidan emas, balki tashqi kuch, maydon ta’sirida yuz berishi ma’lum bo‘ladm.
Shuningdek, hujayraning ichiga joylashgan genetik mexanizm tomoni-dan oqsil va boshqa biologik aktiv moddalarni sintez qilish jarayoni munozara uyg‘otmaydi, ammo u qanday qilib x,ujayralararo jarayonlar-ni boshqarishi, masalan, aynan bir xil tuzilishdagi organizmlar vu­judga kelishini tushuntira olmaydi. Tasavvur qilaylik, millionlab turli shakldagi kosmik kema ichida (hujayra o‘rnida) bittadan kosmo­navt (DNK molekulasi o‘rnida) bor va ular kemalarni bir-biriga ulab stansiya qurishlari lozim bo‘lsin. Agar kosmonavtlar o‘zaro aloqada bo‘lmasa, montaj ishlari necha marta takrorlanmasin, deyarli bir xil stansiya qosil bo‘laverishiga aql bovar qilmaydi.
Nihoyat, evolyusiya nazariyasi rivojlanishni jonli organizmlar (ko‘payish, irsiyat va o‘zgaruvchanlik) paydo bo‘lgan davrdan boshlab asos-laydi. Lekin undan oldin — tabiiy tanlanish haqida ran ham bo‘lishi mumkin bo‘lmagan davrda rivojlanish sababi noma’lum, bu borada hozirgacha qoniqarli ilmiy nazariya taklif etilgan emas. Oparin va Xoldeynning hayot paydo bo‘lishi haqidagi, G.Tiborning xemoton naza-riyalari tasodifiylikka asoslangan farazlardan iborat. Bu fikr Buyuk Britaniya olimlarining "Biologiya" darsligida shunday izohlanadi: "...molekulalarning tasodifiy o‘zaro ta’siri natijasida tirik mav-judot (hujayra — A. A.) paydo bo‘lishi temir-tersak ustidan o‘tgan bo‘ron tufayli «Boing-747» tayyorasi yig‘ilib qolishi mumkin, degan ran sin-gari bema’ni va aqlga sig‘mas hodisadir".

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish