Tarix va falsafa kafedrasi fan va texnika tarixi


-riyati e’lon qilingan 27 noyabrni esa «milliy laylatul-



Download 3,33 Mb.
bet46/123
Sana13.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#549124
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   123
Bog'liq
Fan va texnika majmua


partiyasining bosh kotibi edi. Fitrat Turkiston muxto-riyati e’lon qilingan 27 noyabrni esa «milliy laylatul-qadrimiz», «Turkiston turkining imonini yuksaltguchi bir quvvat»2, deb atadi.Fitratning 1918-1919 yillarda Toshkentdagi eng katta xizmati Turkiston xalqlari madaniy merosini tо’plash va о’rganishda katta rol’ о’ynagan madaniy-adabiy tashkilot - «Chiqatoy gurungi»3 ni tashkil etgani bо’ldi. Buxoroda amir Sayyid Olimxon taxtdan aqdarilgach (1920), Fitrat Buxoro qukumati a’zosi, 1921 i il dan esa xalq maorifi noziri va boshqa kо’plab muhim lavozimlarda umummilliy taraqqiyot yо’lida xizmat qildi. Jumladan, Buxoroda Sharq musiqa maktabi ochilishida, 60 dan ortiq yoshlarning xorijga ta’lim olish uchun jо’natishda, «Anjumani tarix» shо’basi tomonidan «Buxoro arki tarixi» qо’lyozmasining yozilishida, Buxoro Respublikasida turk (о’zbek) tilining davlat tili deb e’lon qilinishida, Turkiya, Eron, Afgoniston bilan dо’stlik, hamkorlik munosabatlarining yо’lga qо’yilishida, Germaniya va Ozarbayjon olatxonalarining Buxoroda ochilishida Fitratning xizmati beqiyos edi.
Izoh: «Yosh buxoroliklar» - Buxoro jadmdlarining sо’l oqimida 1910 yilda tashkil topgan partiya. Bu partiya taraqqiyparvar ziyolilar, savdogarlar va shahar kambag’allari vakillaridan tuzilib, dastlab mavjud amirlik tuzumi doirasida demokratik islohotlar о’tkazish, konstitutsion monarxiyami о’rnatish orqali amirning mutlaq hokimiyatini saqlab qolish tarafdorlari bо’lishgan. Fitrat, Fayzulla Xо’jayev, Sadriddin LinII, Abdulvoqid Burg’onov (Munzim), Usmop Xо’ja (Usmonxо’ja Pо’latxо’jayev)lar «Yosh buxorolik»lar partiyasining dastlabki tashkilotchilari bо’lishgan. Abdurauf Fitrat. Muxtoriyat. Toplangam asarlar, 3- jild. - T., 2003. 198-199-betlar. 3 izoh: Fitrat madaniyatimiz taraqqiyotining barcha tan olgai yuksak chо’qqisi Navoiy davrini ibrat sifatida olib, «Chiqatoy gurungi» uyushmasi hozirgi о’zbek xalqining XV asrdagi nomi bilan atagan edi. «Chig’atoy gurungi»ning faoliyati haqida harang: Abdurauf Fitrat. Yopishmagan gajjaklar G’G’ Tanlapgap asarlar, 3-jild. - T., 2003. 232- 233. ligi yо’lidagi bu harakatlarga 1923 yildan boshlab markaz tomonidan keskin tazyiqlar boshlandi. Fitrat Buxoro qukumatining boshqa 4 a’zosi qatorida partiyadan о’chirilib, ishlan olindi va Buxorodan chiharilib yuborildi. 1923-1925 yillarda Fitrat Moskvadagi Sharq tillari insti-tutida ishladi, Sankt-Peterburg davlat universitetining Sharq fakul’tetida sharq tillari, adabiyoti, madaniyatidan ma’ruzalar о’qidi, professorlikka saylandi. Ayni paytda «Abulfayzxon» (1924), «Shaytonning tangriga isyoni» (1924) kabi dramatik asarlarini yaratdi.Bu yillar Fitratning sovet qukumati haqidagi siyosiy qarashlarini yanada mustaqkamladi. U millatlarni, shu jumladan, Turkiston xalqlarini asriy manbalardan o’zib, sovetlar mafkurasi asosida ruslashtirish orqaga qaytmas jarayon ekanligini anglab yeta boshladi. Olimning siyosiy faoliyatida ijtimoiy begonalashuv1, ijtimoiy muqitdan о’zini tortish boshlandi. Oqibatda Fitratgaqarshikurash harakatlari boshlanib ketdi. О’zKPMK (О’zbekiston kommunistik partiyasi markaziy komiteti) birinchi sekretari Akmal Ikromov Fitratning asarlari va xatti-harakatlarini hо’rogaqarshiurush e’lon qilish» deb atali. «Shaytonning tangriga isyoni» asarini «bizga harshi yozilgan asar», umuman, «Fitrat RKP (b) (Rossiya kommunistik (bol’sheviklar) partiyasi) siyosatiga harshi», u «Meni jazolayvering, men Sizning iflos qukumatin-gizda, Sizning partiyangizda ishlashni xoqlamayman!» demoqda», - deydi2.F. Xо’jaev tomonidan himoya qilingan Fitrat 1927 yildan Samarqand oliy pedagogika instituti (hozirgi SamDU)da dare bera boshlaydi, kо’plab tadqiqotlar e’lon qiladi. Xususan, olimning Turkistonni mustamlakaga aylanishiga olib kelgan sabablar, Yevropaning Sharkdagi «madaniy» siyosatiga oid muloqazalari e’tiborga molikdir.» Bu kun oyoklar taginda ezilgan Sharq bir kun mada-niyatning yо’lboshchisi, bilim va qunarning о’choqi edi...
Ovrо’pada bir maqalla oqsoqolliqi yо’q ekan, Sharqning Vatan tuyqusini chuqur anglash, har qanday tamadan xoli bо’lgan chin vatanparvarlik g’oyasi markaziy о’rinlardan birini egallaganligi bugungi о’quvchiga yaxshi ma’lum. Fitrat
«Sayqa»da Vatanni «sajdagoq», «qiblagoq» bildi, uni «izzu sharafi» deb atadi. U uchun baxt va najot qidirdi. 1914 yilda «Sadoyi Turkiston» gazetasida bosilgan bu о’tli she’rlarni о’qigan kishilarni Buxoro qukumatigina emas, rus
qukumati ham-ta’qibga ola boshladi. Chunki bu she’rlarda Vatan mustaqilligi g’oyasi ilk bora yorqin, ta’sirchan bir shaklda ifodalangan edi.
Fitratning siyosiy qarashlarini о’rganish va taxdil etish jarayonida ma’lum bо’lmokdaki, 1917 yilgi Fevral’, Oktabr’ tо’ntarishlari ham, 1920 yilgi Buxoro «inqilobi» ham olimning milliy mustaqillik masalasidagi orzu-umidlarini rо’yobga chiharmagan. Birinchidan, bu inqiloblar Turkistonning maqalliy xalqiga о’z takdirini о’zi qal qilish imkonini- bermadi, ikkinchidan, hokimiyat xalqqa tegmadi. hokimiyat chrr mustamlakachilaridan sovet mustamlakachilari qо’liga о’tgan. Frunze madadi bilan. hokimiyatni qо’lga kiritgan Yosh buxoroliklar partiyasining rahbarlari notо’qri ish tutganliklarini keyinchalik tushunib yetganlar. Lekin xatolar anglanganda uni to’zatish. deyarli imkonsiz edi.Shu bois 1921 yilda Fitrat Buxorodagi meqmonxo-nasida Abdulhamid CHо’lpon sharafiga berilgan ziyofatda amirlikdagi taraqqiyparvarlardan sobiq qozi-kalon Sharifjon qozining1 qaqli e’tirozlariga javoban: «Axir biz bunaqa inqilobni istagan emasmiz, taqsir!», - degan edi. Fitratning bu javobi mash’um 1937 yilda adibgaqarshi jiddiy ayblovlardan biri bо’lib ishga tirkalgan.Vatanning asl fidoyi farzandi bо’lgan Abdurauf Fitrat 1937 yilning 24 aprelida qibsga olinib, bir yarim yillik qiynoqlardan sо’ng «millatchi», «aksilinqilobchi», «aksilshо’roviy», «xalq dushmani», «vatan xoini», «nemis, ingliz
razvedkasi aygoqchisi» degan asossiz ayblovlar bilan SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi tomonidan sud qilinib, 1938 yilning 4 oktabrida Toshkentda otib о’ldirildi. Fitrat asarlari u hayotlik paytlaridayoq yuksak baqolangan edi. Biroq. uning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlarini xolis va izchil о’rganish, yosh avlodga taqdim etish masalalari amalda О’zbekiston mustaqillikka erishganidan sо’ng boshlandi. Zabardast olimning tо’rt jildlik tanlangan asarlari tо’plami chop etildi. Bugun Fitrat nomida Toshkent va Buxoroda kо’chalar, maktablar mavjud. Ona shahri hisoblanmish Buxoroda unga atab yodgorlik mo’zeyi va kurkam XIyobon barpo etilgan. 1996 yilda mamlakatimizda Fitrat tavalludining PO yilligi keng nnshonlandi. Millat tarixidagi Xizmatlari e’tiborga olinib, Fitrat Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bо’ldi.
Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyoda ijtimoiy-siyosiy tafakkur rivojining asosiy bosqichlariga doyr yuqorila qayd etilgan ma’lumot va taxlillar mintahamiz xalqlari jaqon sivilizatsiyasi tarixida о’zining munosib о’rniga ega ekanligidan, haqiqiy ma’nodagi ozodlikni orzu qilgan ota-bobolarimizning Vatan va xalq
baxt-saodatini kо’zlagan orzu-istaklari bugungi О’zbekiston mustaqilligi sharofati bilan rо’yobga chiqqanligidan dalolat beradi.
О’zbekiston ishchi va mexnatkashlari bilan bir qatorda fan, maorif va madaniyat xodimlari ham nemis-fashist bosqinchilari ustidan qozonilgan g’alabaga о’zlarining munosib hissalarini qо’shdilar. Ular orasida О’zbekistonning mashhur olimlaridan U.A. Arifov, YO.X. Tо’raqulov, I. Ismoilov, X. Usmonov va boshqalar bor edi. T. N. Qori-Niyoziy, V.I. Romanovskiy, T.Z. Zohidov, I.A. Raykova, O.S. Sodiqov kabi olimlarning yutuqlari xalq xо’jaligi va front zaruriyati uchun muammolarni hal qilishda katta xizmat qilgan.
О’zbek matematik, mexanik va astronomlari aviatsiya, о’q-dori, harbiy texnika sifatini oshirishga aloqador bо’lgan bir qancha muhim ilmiy muammolarni hal qildilar. Bunda T.A. Sarimsoqov, V.I. Roma­novskiy, M. Kamolov, N.N. Nazarov va boshqa olimlar hissasi katta bо’ldi. Ularning ehtimollik nazariyasi va matematika statistikasi sohasidagi ijodiy izlanishlari artilleriya otishmalari va bomba tashlash aniqligini, jangovar samolyotlarning kо’tarish imkoniyatini oshirishga, respublikada ishlab chiqarilayotgan harbiy texnikaning sifat kо’rsatkichlarini takomillashtirishga imkon berdi.
Geolog olimlar foydali qazilma boyliklarini qidirib topish, sanoatni zarur xom ashyo bilan ta’minlash vazifalarini bajarishga katta e’tibor berdilar. О’zbekiston tog’lari va chо’llarida 1943 yilning о’zidagina 35 ta geologiya ekspedsiyalari ish olib bordi. О’zbekistonlik kimyogarlar paxta chiqindisidan xalq xо’jaligida foydalanish taklifini, etil spirtini, sirka kislotasini, qamishni quruq qayta ishlash natijasida kumir briketini olishning yangi usullarini ishlab chiqdilar.
Bunda akademik O.S.Sodiqov boshliq guruh ishlari alohida ahamiyat kasb etdi. О’zbekiston о’simliklarining alkaloidlik xususiyatini о’rganish yo’zasidan akademik S.Y. Yunusov rahbarligida katta ishlar olib borildi. О’rta Osiyo davlat universiteti (O’zMU) ning kimyo fakultetida urush davrida muhim ahamiyatga ega bо’lgan narkoz efiri, xlorli kaltsiy kofein, streptotsid, sulfidin, nikotin kislotasi ishlab chiqarish yо’lga qо’yildi. Fakultet bazasida Toshkent farmatsevtika zavodi tashkil etildi. О’zbekistonlik farmatsevtlar mahalliy xom ashyodan 15 ta yangi dori preparatlarini ishlab chiqarish usullarini kashf etdilar.
О’zbekistonning ijtimoiy-gumanitar fanlari olimlari tarixchilar, sharqshunoslar, adabiyotshunoslar, tilshunoslar, iqtisodchilar va faylasuflar о’zlarining ijodiy mehnatlari bilan mamlakat ilmiy salohiyatini rivojlantirishga,ommaga insonparvarlik, vatanparvarlik, erksevarlik g’oyalarini singdirishga qimmatli hissa qо’shdilar.
Ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish, ularni muvofiqlashtirishni dastlab 1940 yilda tashkil etilgan SSSR FAning О’zbekiston filiali (O’zFAN), keyin 1943 yil noyabrda ochilgan О’zFA amalga oshirdi. O’zFAning birinchi prezidenti qilib T.N. Qori-Niyoziy saylandi. Bu о’zbek xalqi hayotida muhim voqea bо’ldi.
1943-1945 yillarda kulga kiritilgan muvaffaqiyatlar bilan O’zFA Ittifoqda tanilgan ilmiy markazga aylandi. Bu paytda akademiya tarkibidagi 22 ta ilmiy muassasada 818 ilmiy xodim fan olamining turli jabhalarida tadqiqot ishlarini olib bordilar. О’zFAning faoliyatida kо’chirib keltirilgan ilmiy xodimlarning ham о’ziga xos hissasi bо’ldi.
Urush yillarining qiyinchiliklariga qaramasdan О’zbekistonda oliy va о’rta maxsus о’quv yurtlari va maorif muassasalarining faoliyati ham tо’xtab qolmadi. О’zbekistonda 29 ta oliy va 52 ta о’rta maxsus о’quv yurti ishlab turdi, ularning soni Markazdan kо’chirib keltirilgan 31 ta oliy о’quv yurti va 7 ta Harbiy akademiya hisobiga yana ortib bordi. Bu о’quv yurtlarida urush yillari mobaynida 11.750 nafar yuqori malakali mutaxassis va 6.673 nafar kadrlar tayyorlandi.
Xalq ta’limi sohasida ham о’qituvchilarning frontga ketishi, kо’pgina binolarning gospitallarga, bolalar uyi va harbiy-о’quv punktlariga berilishi, darslik va о’quv qо’llanmalarining, mutaxassis kadrlarning yetishmovchiligi anchagina qiyinchiliklarni keltirib chiqargan edi. Shunday bо’lsa ham urush yillarida о’qitish ishlari muntazam olib borildi. О’quvchilar maktabda о’qish bilan birga yaradorlarga, frontga ketganlarning oila a’zolariga, urush nogironlari oilalariga yordam berdilar.
О’zbek adabiyoti ham xalqimizning yovo’z dushmanga qarshi kurash yillarida о’zining munosib hissasini qо’shdi. Oybek, Hamid Olimjon, Shayxzoda, G’afur G’ulom, Uyg’un, Sobir Abdulla, Zulfiya, Temur Fattoh kabi shoir va yozuvchilar urush maydonlariga safarbar etuvchi she’rlari va maqolalari bilan xalqni galabaga ruhlantirdilar. Oybekning «Yovga о’lim!» she’ri, «Navoiy» romani, «Men yahudiy», Hamid Olimjonning «Yigitlarni frontga jо’natish», «Jangchi Tursun», «Roksananing kо’z yoshlari» va boshqa asarlar urush yillaridagi о’zbek adabiyotining yorqin namunalaridir.
M. Ismoiliy, Ilyos Muslim, Nazarmat, Adham Raxmat, N. Safarov, Ibrohim RaXIm, 3.Fatxullin, Adham Hamdam kabi yozuvchi va jurnalistlar frontda ishtirok etib, «Qizil armiya», «Front haqiqati», «Qizil askar haqiqati», «Suvorovchi», «Vatan sharafi uchun» kabi front gazetalarida xizmat qilish jarayonida, Hamid Olimjon, Oybek, A. Umariy, G’afur G’ulom, Ra’no O’zoqova va boshqa shoir ham yozuvchilar hukumat delegatsiyalari tarkibida frontning oldingi marralariga borib, о’z qaxramonlari bilan tanishdilar, yurtdoshlarining jasoratlarini tarannum etdilar.
A. Axmatova, I. Virta, S. Gorodetskiy, A. Deych, K. Zelinskiy, Y. Kolas, N. Pogodin, A. Tolstoy, V. Yan kabi yozuvchi-shoirlar ham О’zbekistonda yashab, о’zbek adabiyotchilari bilan hamkorlikda ajoyib asarlar yaratdilar. Bunda respublika Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qilgan X. Olimjonning xizmati katta bо’ldi. Dramaturgiya sohasida N. Pogodin, Hamid Olimjon, Uyg’un va Sobir Abdullalar yozgan «О’zbekiston qilichi» va A. Umariyning «Qasos», Yashin va Sobir Abdullaning «Davron ota» kabi asarlari bilan birga Uyg’un va Izzat Sulton «Alisher Navoiy», Hamid Olimjon «Muqanna», Maqsud Shayxzoda «Jaloliddin Manguberdi», Oybek «Maxmud Torobiy» kabi dramatik asarlarini yaratdilarki ularda о’zbek xalqining bosqinchilarga qarshi kurash sahifalari aks ettirildi.
Umuman olganda urushda qо’lga kiritilgan g’alabaga о’zbekistonliklar о’zlarining fidokorona mehnatlari bilan katta hissa qо’shdilar.
1946—1990 yillarda shо’rolar hukumati О’zbekistonda ulug’ saltanat manfaatlaridan kelib chiqqan holda fanning turli tarmoqlarini rivojlantirishga e’tiborni qaratdi. Buni biz fan tarmoqlarini rivojlantirish maqsadlarini kо’zlab davlat byudjetidan ajratilgan mablag’larning о’sib borishi misolida kо’rishimiz mumkin. Agar 1970 yilda fan uchun ajratilgan mablag 30,1 million sо’mni tashkil etgan bо’lsa, 1987 yilda esa 67,2 million sо’mni tashkil etgan. О’zbekistonda ilmiy xodimlar soni ham о’sdi. Ja’mi bо’lib fanning turli sohalarida mehnat qilgan xodimlar 1960 yilda 10 ming 329 kishi bо’lgan bо’lsa, 1987 yilda esa 39.106 kishiga teng bо’ldi. Shu davrda aspiranturaga qabul qilish ham о’sdi. Agar 1960 yilda aspiranturada 1.432 aspirant о’qigan bо’lsa, 1987 yilda ularning soni 3050 taga yetdi. Ammo tashqi kо’rinishidan kishini о’ziga jalb qiladigan bu chiroyli raqamlar ortida millat va yurt taqdiri uchun daxshatli omillar va oqibatlar yashirin pardaga о’ralgan edi.
Ular nimalardan iborat edi?
Birinchidan, shо’rolar hukmronligi yillarida о’zbek tili ilm-fan tili sifatida О’zbekistonda о’z ahamiyatini yо’qotdi. Barcha ilmiy ishlar faqat rus tilida olib boriladigan bо’ldi.
Ikkinchidan, mahalliy millat ziyolilari, о’z ona tillarida erkin ilmiy mushoxada va fikrlar asosida ijod qilishdan mahrum bо’ldilar, ular о’z qobiliyat va imkoniyatlarini tо’laqonli kо’rsatolmadilar. Bu ham о’z navbatida bir vaqtlar jahon fani va madaniyati beshigini tebratgan Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Ahmad Farg’oniy, Beruniy, Forobiy, Ulug’bek, Ismoil al-Buxoriy singari behisob qobiliyat sohiblarini bergan yurtga XX asrda ham ular ishining munosib davomchilarini tarbiyalab yetishtirishga jiddiy tо’sqinlik qildi. Ammo shunga qaramasdan urushdan keyingi yillarda ham ilm-fan sohasida barakali ijod qilib, millatning shon-shuxratini dunyoga tanitgan siymolar xalqimiz orasidan yetishib chiqdi.
Tarix va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida ijod qilgan Y. F. G’ulomov, R. N. Nabiev, I. Mо’minov, X. Sulaymonov, O. Aminov, E. Yusupov, I. Iskandarov, M. Iuldoshev, A. Asqarov, R. X. Aminova, geologlar X. M. Abdullaev, I. X Hamraboev, G. Mavlonov, biokimyogar YO. Turaqulov, kimyogarlar O. S. Sodiqov, M. N. Nabi­ev, S. Y. Yunusov, fizik va matematiklar T. N. Qori-Niyoziy, T. D. Sarimsoqov, U. O. Orifov, S. Sirojiddinov, S. Azimov, V. Qobulov, texnika fanlari bо’yicha ijod qilgan M. T. О’rozboev, biologiya va botanikada E. Qodirov, A. Dadaboev, A. Imomaliev, S. Yuldoshev va boshqalar shular jumlasidandir.
О’zbekistonda milliy mustaqillik sharoitida mamlakatning ilmiy-intellektual salohiyatini yanada kuchaytirishta alohida e’tibor berila boshlandi. Ayniqsa, jahon ilm-fani rivojiga katta hissa qо’shgan ulug’ ajdodlarimizning ilmiy merosini chuqur о’rganish va ularning an’analarini rivojlantirish maqsadida Xorazmda Ma’mun Akademiyasining qaytadan tiklanishi madaniy hayotimizdagi ulkan voqea bо’ldi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalarining tarkibiy tuzilishida muhim о’zgarishlar qilindi, zamon talablariga javob beradigan yangi oliy о’quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, Oliy Attestatsiya Komissiyasi tashkil etildi. Talabalarni oliy о’quv yurtlariga qabul qilishning ilg’or usullari, yangi pedagogik texnologiyalar joriy etildi.
О’zbekistonda ilm-fan kishilarning malakasi, bilimini oshirishga kо’maklashadigan jamg’armalar tashkil etildi. Fan rivojining huquqiy asoslari yaratildi, ilm-fan xodimlarini ijtimoiy himoyalashga e’tibor kuchaytirildi.
Fan taraqqiyotida an’anaviylik va yangilanish jarayoni dialektikasini bilish, bu jarayonni O’zbekiston sharoitida yanada rivojlantirish davr talabidir. Fandagi an’anaviylik, bir tomondan, uni tarixiy ildizlaridan o’zilib qolishdan saqlasa, ikkinchi tomondan, mamlakat taraqqiyoti yо’lida paydo bо’lgan muammolarni an’anaviy usullar bilan hal etish uning hayotdan ajralib qolishiga olib keladi. Fan taraqqyotida an’anaviylik va yangilikni (novatorlik) o’zviy bog’lash muhim muammolardan biridir. Boshqacha qilib aytganda, an’analardan butunlay voz kechish ham, an’analar bilan bog’lanib qolish ham fan taraqqiyotiga halaqit beradi.
О’zbekiston faniga kirib kelgan muhim yangiliklar uning tarkibiy tuzilishidagi о’zgarishlardan tashqari yana quyidagilarda namoyon bо’ladi:
Fanning siyosat, madaniyat bilan bog’liqligi, demokratik jamiyatda uning tayanch qadriyat ekanligi har tomonlama asoslandi.
Fanning rivoji о’z oldiga qо’ygan muammolarni hal etishda ilmiy metodlardan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Hozirgi davrda amaliy va nazariy tadqiqotlar о’tkazishda quyidagi usullardan keng foydalanilmoqda: ko’zatish, qiyoslash, tavsiflash, formallashtirish, modellashtirish va boshqalar.
XX asr fan-texnika inqilobi insoniyatning moddiy va ma’naviy hayotida tub о’zgarishlarni vujudga keltirdi. Insonning tabiat taqdiri ychun javobgarlik hissini yanada oshirdi, fan inson hayotining istisnosiz barcha sohalariga kirib keldi, inson va jamiyat borlig’ining muhim tarkibiy qismiga, bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylandi. Shu boisdan ham hozirgi zamon fanini «katta fan» deb atash rasm bо’ldi.
Keyigi yo’z yil davomida ilmiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi olimlar soni beqiyos darajada о’sdi. Agar XX asr boshlarida butun yer yo’zidagi olimlar yo’z ming atrofida bо’lgan bо’lsa, hozirgi paytda ularning soni besh milliondan ortib ketdi.
Fan va texnika sohasidagi inqilobiy о’zgarishlarni olim­lar sonining о’sib borishidagina emas, balki ilmiy kashfiyotlar salmog’i va sifatining muttasil ortayotganida ham kо’rish mumkin. Butun insoniyat tarixida qilingan ilmiy kashfiyotlarni yo’z foiz deb oladigan bо’lsak, uning tuqson foizi XX asrga tо’g’ri keldi. Ilmiy informatsiyalar har о’n-о’n besh yilda ikki martaga ortib boryapti.
О’zbekistonda keyingi yillarda fanning turli sohalarida faoliyat kо’rsatayotgan olimlar, ilmiy xodimlar salmog’i ortdi.
Hozirgi davrda О’zbekiston fani rivojlanishi oldida turgan asosiy yunalishlar I.A. Karimovning qator asarlarida belgilab berildi. Ulug’ ajdodlarimizning ilmiy an’analarini davom ettirish, hozirgi zamon fani va texnikasi yutuqlarini puxta egallash mamlakatimizning yangi asrda jahonning ilg’or mamlakatlari qatoridan munosib о’rin egallashi uchun puxta zamin yaratadi.
Turkistonda universitet ya’ni madrasai oliya X-asrdayoq yo’zaga kelgan bо’lsada zamonaviy ma’nodagi dastlabki universitet Toshkentda 1918 yil 21 aprelda Turkiston Xalq universiteti nomi bilan ochilgan. Ammo bu universitet rus va Yevropalik aholi uchun mо’ljallangan edi. Oradan 20 kun о’tib, о’zbek jadidlari tashabbusi bilan 1918 yilda 12 mayda Munavvar Qori Abdurashidxonov rahbarligida «Turkiston Xalq Dorulfunini» tashkil etildi. О’zbekistonda 2-universitet 1933 yil Samarqand shahrida ochilgan.
1976 yilda Qoraqalpog’iston universiteti tashkil etildi. О’zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar mamlakatimizda 3 universitet faoliyat kо’rsatgan.
2002 yil О’zbekistonda 20 universitet bо’lib, ularda 113,7 ming talaba ta’lim oldi. Respublikadagi kо’p universitetlar maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari singari to’zilmalarni ham о’z ichiga oladi.
Hozirgi kunda О’zbekistan rivojlangan moddiy tadqiqot bazasiga, keng kо’lamdagi ilmiy zahiraga, malakali kadrlarga ega yirik ilmiy markazdir.
Respublikaning ilmiy tadqiqot majmui akademiya, oliy ta’lim va boshqa tarmoqlardagi 362 muassasani, jumladan, 101 ilmiy tadqiqot institutini, oliy о’quv yurtlaridagi 55 ilmiy tadqiqot bо’linmasini, 65 loyiha-konstruktorlik tashkilotini, 32 ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi va tajriba korxonasini, 50 axborot-hisoblash markazini о’z ichiga oladi.
Mintaqadagi yetakchi ilmiy va tajriba markazi hisoblanadigan О’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy imkoniyatlarning о’zagi hisoblanadi.
Fanlar akademiyasi tarkibida fizika-matematika va texnika fanlari, kimyo-biologiya va tibbyot fanlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar, xalqar ilmiy hamkorlik va tashqi investitsiyalarni jalb qilish bо’yicha ilmiy xizmatlar, Qoraqalpog’iston bо’limi bor. «Fan» nashriyoti, fundamental kutubxona ham respublika FA tarkibiga kiradi. FA da 11 ta ilmiy, 1 ilmiy-ommabop jurnal nashr etiladi. FA tarkibida akademiyaning 140 haqiqiy a’zosi (akademik) bor.
О’abekiston Fanlar akademiyasida yadro fizikasi, genetika va eksperimental biologiya institutlari, «Fizika-Kuyosh» ilmiy ishlab chiqarish birlashma Maydanak tog’idagi rasadxonalar majmui kabi ilmiy markazlar va boshqa bir qancha ilmiy tachxis muassasalar tashkil etilgan. Ular muvaffaqiyatli tadqiqot olib bormoqdalar.
Hozirga kunda 46 mingga yaqin kishi fanning turli tarmoqlarida faoliyat kо’rsatmoqda; ulardan 2,8 ming kishi fan doktori va 16,1 mingdan ortiq, kishi fan nomzodidir. О’zbekistan Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi yosh ilmiy kadrlarning о’sishida katta yordam kо’rsatmoqda. Fanning о’nlab tarmoqlari bо’yicha oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlanmoqda.



Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish