Mavzu: O’rta asrlarda Yevropa fani.
Maqsad: Talabalarda quyidagi muammolar boyicha teran tushunchalar hosil qilish:
O’rta asrlarda Yevropada Fan taraqqiyoti.
Sxolastika-o’rta asrlar davri fanining o’ziga xos shakli.
Ilk universitetlarning tashkil etilishi.
Kutilayotgan natija O’rta asrlarda Yevropada Fan taraqqiyoti, Sxolastika-o’rta asrlar davri fanining o’ziga xos shakli, Ilk universitetlarning tashkil etilishi.
Material va jihozlar:
Qo’llanmalar, siyosiy xarita, topshiriqli kartochkalar, mavzuga oid manba va adabiyotlar ko’rgazmasi, rasmlar, doska, bo’r.
Eng muhim tushunchalar va atamalar: Musulmon Renessansi, Bayt-ul-ХИkma, Arab Fani, Al-Ma’mun akademiyasi, Musulmon Sharqi fani, madrasa, dorilfunun, universitet, Sxolastika, yetti erkin san’at, ritorika.
I. Tashkiliy qism: Talabalarni mashg’ulotga jalb qilish: “Jahon hafta ichida” yoki “O’zbekiston hafta ichida” ruknida xalqaro ahvol haqida qisqa axborot berish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Ilgarigi o’tilgan mavzuni qisqa takrorlash, frontal so’rab bilish, mavzu boyicha savol va topshiriqlarni talabalarning og’zaki javoblarini tinglash shaklida o’tkaziladi.
III. Yangi mavzu rejasi:
O’rta asrlarda Yevropada Fan taraqqiyoti.
Sxolastika-o’rta asrlar davri fanining o’ziga xos shakli.
Ilk universitetlarning tashkil etilishi.
Yangi mavzu qisqa bayoni:
VIII-IХ asr Fan tarixida buyuk burilishi asri bo’ldi. Adam Mets tomonidan «Musulmon Renessansi» deb atalgan bu hodisa tayin tarixiy shaxslar - siyosiy muhitning yaratilishi Xorun-ar Rashid va ayniqsa uning vorisi Al-Ma’mun nomi bilan, fandagi uyg’onish esa Muhammad ibn Muso, al-Xorazmiy kabi olimlar nomi bilan bog’liq. Birining homiyligida «Bayt-ul xikma « Bog’dod akademiyasi tashkil etilgan bo’lsa , ikkinchisining rahbarligi va shaxsiy ilmiy jasorati tufayli fan yana taraqqiyot ko’chasiga chiqdi. Bu ko’cha borgan sari shoh ko’chaga aylandi. Alal oqibat-bugungi dunyo tamadduniga olib keldi.
Yevropaliklar «Arab fani» yoki «Musulmon Sharqi fani» nomi bilan atashini rasm qilgan hodisada aslida barcha musulmon o’lkalarining vakillari ishtirok etgan, ayniqsa, Movaraunnaxr olimlarining hissasi ulkan. «Musulmon Renessansi» Al-Ma’mun akademiyasidan boshlanib Ulug’bek akademiyasi bilan tugaydigan yetti asrlik davrni qamraydi. Bu davr haqida gap ketar ekan, Sharq olimlarnining uch buyuk Xizmatining qayd etish lozim.
Birinchidan - ular Yunon Fani yutuqlarini yo’qolib ketishidan saqlab qoldi. Yunon olimlari asarlarning mutlaq ko’pchiligi faqat arabchaga tarjima orqali yoki ularning mazmuni Sharq olimlarining asarlarida yetib kelgan.
Bir ibratli misol ArХИmedning «Lemalar kitobi»ni Sobit ibn Qurra (836—901 y) arabchaga o’giradi va sharhlaydi, oradan 100 yil o’tgach Al-Ko’hiy uni kengaytiradi, yana 50 yildan keyin an-Nasaviy qisqartiradi, nихoyat, 1659 yilda an-Nasaviy qo’lyozmasini Foster lotinchaga tarjima qilib Londonda chop ettiradi.
Ikkinchidan, Musulmon olimlari yunon, hind, eron, xorazm, bobil, Misr va boshqa hududlarda jamlangan bilimlarni sintez qiladi-saraladi. Bu mintaqalar qatoriga muayyan darajada Xitoyni ham qo’shsa bo’ladi. Garchi Xitoy fanining yutuqlari (mas, matem. oid «o’n kitob») Yaqin va O’rta Sharqda ma’lum bo’lgani haqida tayin tarixiy ma’lumotlar topilmagan bo’lsa ham bilvosita dalillar farazimizga asos beradi. Mas, 1267 yilda Jaloliddin degan astronomning Xonbaliqqa taklif qilingani, Marog’a rasadxonasida esa Fao Munchi ismli olim ishlagani ma’lum. Yoki Fan taraqqiyotida beqiyos o’rin tutgan qog’oz ishlab chiqarishni olaylik. U aynan Xitoydan Markaziy Osiyo orqali Yaqin Sharqqa , undan so’ng Yevropaga tarqalgan.
O’rta asr Sharq olimlarning uchinchi buyuk Xizmati - fan yuksalishini navbatdagi bosqichga ko’tarish, jumladan, Yangi Fan sohalariga asos solishdan iborat. Algebra (Al-Xorazmiy), trigonometriya (Abul Vafo, Nasriddin Tusiy), farmakologiya (Ibn Sino, Abu Bakr Roziy), mineralogiya (Al-Kindiy va Beruniy), geodeziya (Beruniy) shular jumlasidandir. Bu o’rinda falsafa va boshqa gumanitar fanlar borasida to’xtab o’tishga hojat yo’q. Lekin tabiiy fanlar sohasidagi ayrim faktlar bag’oyat diqqatga sazovor.
Yaqin-yaqingacha Sharq olimlari asosan nazariy mushohada va passiv (mas, astronomik) ko’zatuvlar bilan shug’ullangan, faol (tayin maqsadga yo’naltirilgan) tajriba asosida fanni rivojlantirish XVI asrdan Yevropada boshlangan, degan g’oya – Yevropatsentrizm hukmron edi. Lekin tarixiy dalillar bu da’voni rad etdi va aksincha, faol tajriba g’oyasini ham Yevropa Sharqdan o’zlashtirganini isbotladi. Bir qator olimlar o’rta asrlar islom dunyosini fanda- fizikaning mexanika, optika sohalarida hamda kimyoda tajriba vositasida muhim natijalariga erishganini qayd qiladi.
X-ХI asrlardan boshlab «musulmon fani» yutuqlari Yevropada tarqala boshladi. Bunda savdogarlar va sayyohlardan tashqari atay ilm istab yo’lga tushganlarning Хizmati katta. Mas, afrikalik Konstantin (1087 y.vaf.et.), batlik Adelard, kremonalik Gerardro (XIII asr) kitoblarni arab tilidan lotinchaga tarjima qilishni, «Magistr A» taxallusli olim (XIII asr), pizalik Leonarda (1180-1240 y.) esa qayta ishlab yozishni boshlagan.
O’rta asrlar degan ibora Uygonish davrida kelib chiqqan bo’lib, ikki buyuk madaniyat , yorqin hayot antik davri va uyg’onish davrining oralig’i mudХИsh qoloqlik, diniy jaholat hukmron bo’lgan davr deb hisoblangan. O’rta asrlar ham o’z navbatida ilk va yetuk davrlarga bo’lingan.
XIIII-ХIV asrlarda Yevropa mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy taraqqiyoti chetdan bu o’rinda Sharqdan bo’lgan ta’sirini o’zlashtirish darajasiga ko’tarilgan edi. Yevropa Sharqdan ilm, falsafa, ayniqsa Aristotel ta’limotini o’zlashtiribgina qo’ymay Sharq xalqlarining ming yillik madaniyati tanishib, uni o’zlashtirib boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |