1856 yilda Germaniyaning Dyusseldorf hududiga yaqin Neander vodiysidagi (Neandertal) g’ordan Gibraltardan topilgan suyakka o’xshash bosh chanog’i topiladi va tezda butun jahonga ma‘lum bo’ladi. Uni paleontolog Fulrod o’rganadi.
1868 yildaFransiyaning Kro-Manon g’oridan so’nggi paleolitga mansub odam suyagi qoldiqlari topiladi (yevropeoid irqiga mansub xususiyatlar mavjud).
Golland vrachi va anatomi Ernest Dyubua1890-1892 yillardaYava orolida antropoid va neandertallar oralig’ida mavjud bo’lgan odam turiga mansub suyak qoldiqlarini topadi. Skeletini top’liq topib, qayta tiklashga muyassar bo’lgan olim uni tik ikki oyoqda yurgan eng qadimgi odam ekanligini ta‘kidlaydi va uni “Pitekantropus erektus” – “Tik yuruvchi maymunsimon odam” deb ataydi.