“Tarix o’qitish metodikasi” bo’yicha tayyorlanadigan metodik qo’llanmaning taxminiy rejasi


III.  Xulosa………………………………………………………………



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/52
Sana29.12.2021
Hajmi1,03 Mb.
#81511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
6 sinfda tarix oqitish metodikasining ayrim jihatlari

III.  Xulosa……………………………………………………………….80-84 

 

IV. 

Foydalanilgan  manbalar  va  adabiyotlar………………………..85-88 

 



 



KIRISH 

Tarix  fani    murabbiylik,  yaratuvchanlik,    yo`naltiruvchilik    va  insoni  

istiqbolga  da`vat  eadigan  kuchdir. Mazkur  fan  inson  taraqqiyotiga  kuchli  ta`sir  

o`tkazadi, milliy  istiqbol  mafkurasini  shakllantiradi. Ayniqsa,  uning  xalq  tarixi,  

uning    rivojlanish    bosqichlarini  nechog`lik  o`rganish,  undan  saboq    chiqarish, 

yoshlarni  komil  inson  qilib  tarbiyalashdagi    o`rni    nihoyatda    beqiyosdir.    Shu  

sabab    hali  o`tgan    asrning    90-yillari    boshlarida    yangi    yosh    davlatimiz    oldida 

mamlakatimiz  mustaqilligini  mustahkamlash, o`z taraqqiyot yolini  belgilab  olish, 

bu    yo`lda  yoshlarimizni    ulug`    ajdodlarimiz    ilmiy  –  ma’naviy    qadriyatlarimiz  

asosida  tarbiyalsh vazifasi ko`ndalak  bo`lib  turganida  biz  aynan  shu  fan  kuchi  

va    ta`siridan    foydalandik.  O`zbekiston    Respublikasining    “Ta’lim    to`g`risida”gi  

qonuni “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  hamda «Davlat  ta'lim  standartlari» 

talablariga    muvofiq    barkamol    shaxs    va  malakali    mutaxassisni  tarbiyalashga  

qaratilgan  ijtimoiy  harakat  muvaffaqiyatini   taminlashga  erishdik. 

       Bugunda faxr bilan  aytishimiz  mumkinki, mamlakatimizda milliy  mafkuraga 

asoslangan  tamomila  yangi  ta`lim  tizimi  yuzaga  keldi  va  u  dunyoda  rasman  

e`tirof  etilmoqda. Darhaqiqat, Toshkent shahrida o’tkazilgan xalqaro konferensiya, 

unda  Prezident  Islom  Karimovning  “Yuksak  bilimli  va  intellektual  rivojlangan 

avlodni  tarbiyalash–mamlakatni  barqaror  taraqqiy  ettirish  va  modernizatsiya 

qilishning  eng  muhim  sharti”  mavzusidagi  nutqi  O’zbekistonning  boy  intellektual 

salohiyatini yana bir bor jahonga namoyon etdi.



-

“Inson kapitaliga yo’naltirilayotgan 

invistitsiya  va  qo’yilmalarning  o’sishini,  hozirgi  zamonda  demokratik  taraqqiyot, 

modernizatsiya  va  yangilanish  borasida  belgilangan  maqsadlarga  erishishda  eng 

muhim  qadriyat  va  hal  qiluvchi  kuch  bo’lgan  bilimli  va  intellektual  rivojlangan 

avlodni  tarbiyalash  vazifasini  doimo  o’zining  asosiy  ustvor  yo’nalishlari  qatoriga 

qo’yadigan  davlatgina  o’zini  namoyon  eta  olishi  mumkin”

  1


degan  fikrlari  bilan 

mamlakatimizda  ta’lim  tizimini  isloh  qilish,  kelajak  avlod  tarbiyasiga 

                                                 

1

 “Bilimli va aql-zakovatli yetuk avlodni tayyorlash mamlakatni barqaror rivojlantirish va 



modernizatsiyalashning  muhim sharti” Toshkent.  Xalqaro konferensiya  materiallari.2012 yil, 

16-17 fevral. 

 

 



 

qaratilayotgan  e’tibor  va  olib  borilayotgan  islohotlarning  maqsadi  hamda  uning 



ijtimoiy,  iqtisodiy,  huquqiy  jihatlari  haqida  batavsil  tushunchaga  ega  bo’lishimiz 

mumkin.  

Ayni    paytda  yurtimizda    ta`lim  tizimi    tarixi    va    uning  ravnaqi,    istiqboli  

keng  o`rganilmoqda,  to`plangan  tajribalar  ommalashtirilmoqda.  Prezidentimiz, I. 

A Karimov takidlanganidek, «agar  biz  haqiqatdan  ham  qashshoqlik  va  qoloqlik  

kishanlaridan    qutulmoqchi  bo`lsak,    yoshlarni      tayyorlash  bilan    jiddiy  

shug`ullanishimiz,    zamonaviy    kasblarni    egallashda    ularga     yordam    berishimiz  

kerak»


  1

.  Shu    nuqtai    nazardan    qaraganda,    davlatimiz    tomonidan    ijtimoiy  

rivojlanishga  2011  yildan boshlab, Davlat  byudjetidan barcha  xarajatlarning  60%  

ajratilmoqda.  2013    yilda    esa    bu  ko`rsatkich    yanada    oshishi    ko`zda    tutilgan.

2

 

Buni natijasi o`laroq, joriy  yilning  1  sentyabr  holatiga mamlakatimizda  9765  ta  



umumiy    o`rta    ta`lim    maktablari    faoliyat    ko`rsatib,    ularda    4 468 101  

o`quvchilar  ta`lim  tarbiya   olishmoqda. O`quvchilarning  2 303 962 nafari  o`g`il  

bolalarni,  2 164 139  nafari  qiz  bolalarni tashkil etadi 

3



Prezidentimizning “Farzandlarimizni mustaqil va keng  fikirlash  qobiliyatiga  

ega  bo`lgan,  ongli  yashaydigan  komil  insonlar  etib  voyaga  yetkazish – ta’lim – 

tarbiya  sohasining  asosiy  maqsadi  va  vazifasi  bo`lishi  kerak”, “buzish  yo`lidan  

emas,  tuzish,  barpo    etish,  borini    asrab  –  avaylash,  yo`g`ini    yaratish    yo`lidan  

borishimiz  zarur”, degan  ko`rsatmalari, milliy  taraqqiyotning  “o`zbek  modeli” 

deb    e’tirof    etilgan    tamoyillari    bu    borada    muhim    dasturilamal    bo`ldi. 

Mamlakatimizda  Prezident  I. Karimov  tashabbusi  bilan  hayotga  tatbiq  etilgan 

kadrlar    tayyorlash  milliy    dasturi  va    Maktab    ta`liminini    rivojlantirish    davlat  

umummilliy    dasturi    tufayli    bugun    mamlakatimiz    o`quv    maskanlarida  shart-

sharoit    tubdan  yaxshilandi.    Maktablarda    ta`lim  sifatining  oshirilishi,    tarbiya  

berishning  o`ziga    xos    usullaridan    keng    foydalanilayotgani,  yoshlarimizning  

                                                 

1

 Karimov I.A.Barkamol  avlod –O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.T.“Sharq”.1997.42 –bet. 



2

 Berdibekov P. K.  //Hukumat  qarorlarini  amalgam  oshirishda  ta`lim  tizimidagi  islohatlar//.    

  Uzliksiz ta`lim . Jurnal.  2011  yil,  6-son.  60-bet. 

3

 Ta`lim  taraqqiyoti. Jurnal.  //Ta`lim  taraqqiyoti  yangiliklari//. 2013  yil,  5-son,  108  bet 




 

iqtidor    va    salohiyati    yuzaga    chiqarilayotgani    sohadagi    izchil    islohatlar  



mevasidir.  

Shuningdek,  istiqlolimizni  ichki   va  tashqi  xurujlardan  asrab  – avaylash, 

yangi    jamiyatning    yangi,    yuksak    ma’niyaviyatli,    mustaqil    fikirlashga    qodir, 

millat    tarixini    yaxshi    biladigan    yoshlarni    tarbiyalash    biz    uchun    kechiktirib  

bo`lmaydigan  vazifa  bo`lib  turar  edi. Zero,  matonatli  yoshlarni  kamol  toptirish, 

istiqlol   mafkurasini   yoshlar  ongiga   va  qalbiga  singdirish   va  buni   ta’lim  – 

tarbiyaning  turli  shakillari  orqali  amalga  oshirilishi  zaruriyat  bo`lib  qoldi. Yosh  

mutaxassis ma’naviyatiga katta  e’tibor  qaratildi. Yurtboshimiz  tabkidlaganlaridek, 

“Insoniyat  tarixi - ma’naviyat – insonning, xaqning, jamiyat  va davlatning buyuk 

boyligi  va  kuch–qudrat  manbai  ekanini,  bu    hayotda    ma`naviyatsiz  hech    qachon 

odamiylik  va  mehr  oqibat, baxt  va  saodat  bo`lmasligini  tasdiqlaydi

1

.   



           Ta’lim - tarbiyaga alohida  ahamiyat  berish - bu  kelajak  haqida  qayg`urish  

demakdir.  “Ma’naviyatga    ta`sir    etadigan    yana    bir    muhim    hayotiy  omil  –  bu  

ta’lim  –  tarbiya    tizimi    bilan  chambarchars    bog`liqdir”

2

.  Endilikda    har    qaysi  



davlat,  har    qaysi    millat,    birinchi    navbatda    o`zining    yuksak    madaniyati    va  

ma’naviyati    bilan    kuchlidir.  «Kuch  –  bilim    va  tafakkurda»

  deb    takidlaydilar,   



Prezidentimiz  I. A. Karimov. 

          1997    yilda    qabul    qilingan    “Ta’lim    to`g`risida”  gi    Qonun    va    “Kadrlar 

tayyorlash  milliy  das0turi”  asosida jamiyatimizda  ta’limni  tubdan  isloh  qilish  

tadbirlarini  amalga  oshirish  boshlandi.Birinchi  bosqichda  (1997-2001yillar)  

pedagog  va  ilmiy  kadrlar  tayyorlash  va  ular  malakasini  oshirish, yangi  o`quv  

davlat  standartlarini  yaratish,  o`rta  maxsus,  kasb-hunar  ta`limi  moddiy  texnika  

bazasini  vujudga  keltirish  birlamchi  vazifa  bo`lgan bo`lsa,  ikkinchi  bosqichda 

(2001-2005    yillar)  majburiy    umumiy    o`rta    va    o`rta    maxsus,    kasb-  hunar 

ta`limiga,    shuningdek,  o`quvchilarning    qobiliyati,    qiziqishi    va    ozlashtirish  

imkoniyatiga    qarab    tabaqalashtirilgan    ta`imga    o`tish    amalga  oshirildi.  Keyingi  

                                                 

1

 



Karimov  I.A.  Yuksak ma’naviyat – yengilmas  kuch. T.  «Ma’naviyat»,  2008.,  29-bet

 

2



 Shu yerda: 60 – bet. 

3

 



Karimov  I. A. Jamiyatimiz  mafkurasi  xalqni  - xalq, millatni, millat  qilishga  xizmat etsin. T. 

“O`zbekiston”. 1998. 24 – bet.

 



 

bosqich    esa    kadrlar    tayyorlash    tizimini  mamlakatni    ijtimoiy  -  iqtisodiy  



rivojlantirish  istiqbollariga, Prezident  Islom  Karimovning  nutq  va  ma`ruzalarida 

qo`yilgan  yangi  vazifalarga  mos  ravishda  takomillashtirish  davom etmoqda. 

Binobarin,  bugunda    faxr    bilan    aytishimiz    mumkinki,  mamlakatimizda 

milliy  mafkuraga asoslangan  tamomila  yangi  ta`lim  tizimi  yuzaga  keldi  va  u  

dunyoda  rasman  e`tirof  etilmoqda.  

Mustaqillikning    ilk  kunlaridan    qabul    qilingan  qonun    va    qarorlar    o`z  

samarasini    berib  kelmoqda.    O`zbekistonda    ta’lim  tizimi  islohati    jumladan,  

umumta`lim    maktablari    rivojlanishida  ham  o`zining    ijobiy    o`zgarishlarini  

namoyon    etmoqda.    Jahon  mamlakatlari    tajribalarini    keng    ko`lamda    o`rganish,  

yangiliklar    va    yutuqlarni  ta’lim  tizimiga    joriy    etish,    bularning    hammasi    bu  

tizim  faoliyatini  yanada  rivojlantirishga  ko`maklashmoqda.  Ayniqsa,  yurtimizda  

juda  ko`plab  ta’lim  maskanlari  bunyod etildi. Bugunda  uzliksiz  ta`lim  tizimini  

bo`g`ini - xalq  ta`limi  sohasida 9765  ta  maktab,  4962  ta  maktabgacha  ta`lim  

muassasasi,  211 ta “Barkamol  avlod”  bolalar  markazi,  299  ta  musiqa  va  san`at  

maktabi,  445  ta bolalar  va  o`smirlar  sport  maktabi, 27  ta  Mehribonlik  uyi,  16  

ta    pedagogik    kadrlarni    qayta    tayyorlash    va    malakasini    oshirish    instituti  

faoliyat  ko`rsatayotir”

1

.  Jumladan,  birgina  Navoiy  viloyatida    356    ta  umumta’lim  



maktabi,  4  akademik  litsey  va  47  ta    o`rta    maxsus,  kasb-hunar  kollejlari  mavjud 

bo’lib, unda 130 ta’lim  yo’nalishlari kesimida 55806 nafar o’quvchi  yoshlar kasb-

hunar sirlarini  o’rganishmoqda. Ularga 4813 nafar pedagog, muhandis  pedagog va 

ishlab chiqarish ta’limi ustalari kasb - hunar sirlarini o’rgatib  kelishmoqda

2

.  


        Shuningdek,  ta`lim  tizimi faoliyati  tarixini  o`rganish, ilmiy  tadqiqot qilish,  

o`qitishning    yangi    uslub    va  metodlarini  dars  jarayoniga  joriy    qilish  yutuq    va 

undagi  kamchiliklar,    muammolar    haqida  tegishli    xulosalar    chiqarish  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi.  

        Ayni    paytda    mazkur    masala    to`g`risida    o`z    fikr    mulohazalarni    aytish  

vaqti  keldi deb,  o`ylaymiz.  Fikrimizcha, O`zbekistonda  ta’lim  tizimi, jumladan,  

                                                 

1

 “Xalq  so`zi”  gazetasi. //Ta`lim va  ustivor  yo`nalishlar//. 2013  yil,  6 – sentyabr.  



2

 Navoiy  viloyati  xalq ta`limi  boshqarmasi  joriy  arxivi. 




 

umumta`lim  muassasalari    faoliyatida  ijobiy  o`zgarishlarni    ommalashtirish,  



tegishli    xulosalar    chiqarish  tarixchilarimiz    tomonidan    tadqiq    etilishi    zarur  

bo`lgan  dolzarb  muammolar  sirasiga  kiradi. 




Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish