Kamolon darvozasi – 1865 yil 15 iyun tong soharda rus bosqichilari bostirib kirgan Toshkent darvozasi. Manbalarga ko‘ra, xoilarning ma’lumotlaridan foydalangan ruslar dastavval devorning bir kishi o‘tadigan joyidan kirishib, darvoza atrofidagi mudofaachilarni o‘ldirganlaridan so‘ng, darvozani ochib, polkovnik Abramov boshchiligidagi 250ta askar birinchi bo‘lib shaharga kirgan. Shundan so‘ng Qorasaroy va Qo‘qon darvozalari ham ochilib, minglab mudoffachilarning haloq bo‘lishi evaziga Toshkent ruslarga taslim bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |