Tarix kafedrasi



Download 2,84 Mb.
bet56/157
Sana12.09.2021
Hajmi2,84 Mb.
#172613
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   157
Bog'liq
3-курс Ўзб тарихи

9.2. XIX asr oxiri-XX asr boshlarida qoraqalpoqlarning xo‘jaligi va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti

Xonlikning katta hududi – Amdurayoning o‘ng qirg‘oq va Orol bo‘yidagi yerlari Rossiya imperiyasi tarkibiga o‘tgandan keyin bu yerda yashayotgan aholi Rossiya tobeligiga o‘tdi. Shu bilan birga ko‘pgina qism aholi Amudaryoning chap qirg‘ogiga Xiva xonligi saqlab qolgan hududga ko‘chib o‘tishi xonlikdagi iqtisodiy axvol qiyinlashib, soliqlar ko‘payib ketgandan so‘ng ko‘pgina turkman urug‘lari va qoraqalpoqlar Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘iga o‘tib joylashgani va Rossiya hukumati fuqaroligiga o‘tish to‘g‘risidagi murojaatlari arxiv hujjatlarida ko‘plab uchraydi. Turkiston general-gubernatori F.Kaufmanning “...xonning roziligisiz Xiva xonligi hududida yashayotgan xalqlarni Rossiya fuqaroligiga qabul qilinmasin” degan buyrug‘i bo‘lishiga qaramasdan, yuqoridagi holat mustalakachilik davriga oid arxiv hujjatlarida qayd qilingan. Shu bilan birgalikda Xiva xonligi hududiga ruslar, kazaklar, nemis memonitlari, tatar kabi Rossiya fuqaroligidagi millatlar ham joylashtirilganlar.

Xiva xonligidagi qoraqalpoqlarning yerdan foydalanishi va unga egalik qilishi xonlikdagi boshqa xalqlarga nisbatan biroz farq qiladi. Bu xalqlarga yer asosan Amudaryoning quyi oqimidan ajratilgan bo‘lib, daryoning o‘zani o‘zgarib turishi natijasida ular dehqonchilik qiladigan hududlarini tez-tez o‘zgartirib turishlariga va boshqa yerlarga ko‘chishlariga to‘g‘ri kelardi. Bunday vaziyat qoraqalpoqlarda dehqonchilik xo‘jaligi rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada bu xalqlarda dehqonchilik xo‘jaligi rivoji va ko‘chmanchi- chorvachilikdan dehqonchilikka o‘tish jarayoni sekinlik bilan yuksaldi. Buning ustiga ularda urug‘larga bo‘linish tartibining saqlanib qolishi ham alohida dehqon xo‘jaligining yerga xususiy mulkchiligining o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiladi.

Arxiv manbalarida xonlikda yashaydigan qoraqalpoqlarga ham davlat tomonidan berilgan maydonlarining urug‘lar ixtiyorida bo‘lishi qayd qilinadi. Masalan, 1895 yilda Xiva hukumatining qo‘ng‘irotlik qoraqalpoqlarga tarqatgan 146 ming 220 tanob yer maydoni dehqon xo‘jaliklarga emas, otaliqlar (urug‘ boshliqlari) nomiga berilgan. Yerga muqim bog‘lanmaganlik, yerning xususiy mulk sifatida shakllanmaganligi qoraqalpoqlarning o‘z o‘rinlarini tez-tez almashtirib turishlariga monelik qilmasdi. Shuning uchun ham ruslar bosqinidan keyin Amudaryo bo‘limida yoki Xiva xonligida yashash sharoiti yomonlashsa, ular o‘z o‘rinlarini o‘zgartirishi qiyin kechmasdi. Ular xonlikda soliqlar ko‘pligidan qochib, hatto, mol-holini, uyini tashlab ketishardi. Ayniqsa, bunday jarayonlar XIX asr oxiri – XX asr boshlarida tez-tez sodir bo‘lib turardi.

Masalan, Amudaryo bo‘limi boshlig‘i general-mayor Grotengelman 1884 yil 2 aprelda 1316 raqamli xat bilan Xiva xonligi hududida chap qirg‘oqda yashayotgan qoraqalpoqlar o‘ng qirg‘oqqa rus fuqaroligiga o‘tish uchun murojaat qilganliklarini va ularning soni 1500 o‘tov (kibitok) yoki undan ham ko‘p bo‘lishi mumkinligini yozib, bunga Xiva xoni qarshi ekanligini va o‘ng qirg‘oqqa o‘tgan qoraqalpoqlarni chap qirg‘oqqa qaytarilishini talab qilayotganini ko‘rsatib, Turkiston generalgubernatoridan maslahat hamda ko‘rsatma so‘raydi. U qoraqalpoqlar bilan Petro-Aleksandrovskiydan Qo‘ng‘irotga borib qaytishda Bika-djabu degan joyda uchrashgani va ular 1876 yilda Chimboy uezdidan 200 xonadon (kibitok) Xiva xonligi hududiga o‘tgani va xonga beshta xat yozsa ham yarmi ham qaytarilmaganini aytishgan. Amudaryo bo‘limi boshlig‘i general-mayor Grotengelman Nukusga kelgach, rus fuqaroligiga o‘tuvchilar soni 1500 xonadondan oshishi mumkinligi haqida ma’lumot olgan. Shulardan Chimboyga allaqachon 300 xonadon ko‘chib o‘tganligini aniqlagan.

Umuman xonlik hududidan o‘ng qirg‘oq–Amudaryo bo‘limiga 600 xonadondan ortiq qoraqalpoqlar o‘tganini ta’kidlab, Xiva xoni bunda Kegeyli volosti boshlig‘i Ernazarni aybdor deb bilayotganligi haqida Amudaryo bo‘limi boshlig‘i Turkiston general-gubernatoriga ma’lumot bergan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, birinchi Turkiston generalgubernatori K.P.Kaufmanning “...xonning roziligisiz Xiva xonligi hududida yashayotgan xalqlarni Rossiya fuqaroligiga qabul qilinmasin” deb bergan ko‘rsatmasiga asosan rus hukumati o‘ng qirg‘oqqa o‘tgan qoraqalpoqlarni Xiva xonligi hududiga qaytarishga qattiq kirishgan. Amudaryodan o‘tgan qoraqalpoqlarni qaytarish baribir ancha qiyinchilik tug‘dirgan. 1886 yil 25 aprelda Xiva xonining Amudaryo bo‘limi boshlig‘iga yozgan xatida ham o‘ng qirg‘oqqa o‘tgan qoraqalpoqlarni xonlik hududiga qaytarish to‘g‘risidagi talablari bu muammoning ancha uzoq cho‘zilganligidan darak beradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xiva xonligi hududida qoraqalpoq aholisining o‘z yashash joylarini almashtirib turishlari muntazamlik kasb etgan.

Xonlikdagi qozoq va qaraqolpoqlar hokimga, o‘z qabila va urug‘i ichida esa, o‘zlarining beklar begisiga va biylarga itoat qiladilar. Xiva xonligida qishloq oqsoqoli, urug‘ katxudosi, beklarbegisi, biylaridan toki uning amaldorlariga qadar barcha lavozimdagilar o‘zlarini xalq oldida, hatto shariat oldida javobgar bilmasdan o‘z manfaati yo‘lida fuqarolarni ayovsiz xo‘rlaganlar. Bu sohada xon va uning amaldorlari Rossiya mustamlakachilarining qudratiga, uning, Xivadagi armiyasiga tayanadilar. Shuning uchun ham ular mamlakatni boshqarishda fuqarolar manfaatini ko‘zlashdan, shariat yo‘li bilan ish ko‘rishdan ko‘ra Chor Rossiyasiga xizmat qilishni afzal biladilar.

Chorjo‘y temir yo‘l uzelining barpo qilinishi va 1887- 1888 yillarda Amudaryoda paroxod qatnovining ochilishi bilan xivaliklarning Buxoro va Rossiya bilan iqtisodiy aloqalari yanada kuchaydi. Shu munosabat bilan Xorazm vohasida savdo - sanoat markazi hisoblangan va Amudaryoga yaqin joylashgan Yangi Urganch va yangi qurilgan Petro – Aleksandrovskiy shaharlarining mavqei ortdi. Urganchda. pochtatelegraf bo‘limi, Rossiya-Osiyo banki bo‘limi, «Katta Yaraslav manufaktura» kompaniyasi paxta zavodlari joylashgan. Rossiyalik amaldorlar, Xiva xonligining boshqa shaharlariga o‘zlarining mustamlakachilik siyosatini aynan Yangi Urganch orqali o‘tkazar edilar. Xo‘jaeli, Qo‘ng‘irot va Mang‘it shaharlari uzbek, turkman, qoraqalpoq, qozoq va ruslar oralarida ayirboshlash savdosi markaziga aylandi.

Xiva xonligidagi qoraqalpoq va qozoqlarning yerdan foydalanishi va unga egalik qilishi xonlikdagi boshqa xalqlarga nisbatan biroz farq qiladi. Bu xalqlarga yer asosan Amudaryoning quyi oqimidan ajratilgan bo‘lib, daryoning o‘zani o‘zgarib turishi natijasida ular dehqonchilik qiladigan hududlarini tez-tez o‘zgartirib turishlariga va boshqa yerlarga ko‘chishlariga to‘g‘ri kelardi. Bunday vaziyat qoraqalpoq va qozoqlarda dehqonchilik xo‘jaligi rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada bu xalqlarda dehqonchilik xo‘jalig i rivoji va ko‘chmanchi- chorvachilikdan dehqonchilikka o‘tish jarayoni sekinlik bilan yuksaldi. Buning ustiga ularda urug‘larga bo‘linish tartibining saqlanib qolishi ham alohida dehqon xo‘jaligining yerga xususiy mulkchiligining o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiladi. Arxiv manbalarida xonlikda yashaydigan qoraqalpoq va qozoqlarga ham davlat tomonidan berilgan maydonlarining urug‘lar ixtiyorida bo‘lishi qayd qilinadi. Masalan, 1895 yilda Xiva hukumatining qo‘ng‘irotlik qoraqalpoqlarga tarqatgan 146 ming 220 tanob yer maydoni dehqon xo‘jaliklarga emas, otaliqlar (urug‘ boshliqlari) nomiga berilgan.

Yana arxiv manbalarida Ko‘na Urganch hududida yashovchi 13 ta qozoq urug‘i boshliqlarining va ular ixtiyoridagi yer maydonlari ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, bular ham o‘sha urug‘lar nomiga berilgan yer maydonlari edi. Shunday qilib, Xiva xonligidagi qoraqalpoq va qozoqlarning yerga egalik qilishi evolyusiyasi ularga ijtimoiyiqtisodiy va iqlimga xos omillarning ta’sir ko‘rsatishi oqibatida sekin rivojlandi.

Yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqi jihatidan xonlikdagi turkman urug‘larini ikki toifaga ajratish mumkin. Birinchi toifa «otliq» deb atalgan yer egalaridan iborat bo‘lib, ular ko‘pchilikni tashkil qilmaganlar. Otliq yer ularning xususiy mulki hisoblanib, uni sotish yoki ijaraga berish huquqiga egadirlar. Otliq yerga egalik qilmagan (otliq yersiz) davlat yerida dehqonchilik qilayotgan turkman urug‘larini, ularning yerga egalish qilishi jihatidan ikkinchi toifaga kiritish mumkin. Ular egallagan (davlat) yeri uchun «daxyak», ya’ni yerdan ungan hosilining 1/10 qismini, yeri chig‘ir yordamida sug‘orilsa esa, daxyakning yarmini, ya’ni, 1/20 qismini xon xazinasiga to‘laganlar.

Qoraqalpoq va qozoqlardan xon xazinasiga har o‘tovdan yiliga 20 tangadan «changaraq» solig‘i yig‘ilgan, Uch yilda har bir o‘tovning yana bir o‘tovga ko‘payishi mumkinligi faraz qilinib, har uch yildan «changaraq» solig‘iga 5 foizdan qo‘shilib borilgan. Lekin bu vaqt ichida o‘tovning yana bittaga ortishi yoki uning butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligi xon xukumati tomonidan e’tiborga olinmagandi. Shu bilan xonlikdagi qoraqalpoq va qozoqlardan ham soliq yig‘ish tizimi ularning kambag‘al fuqarolari zarariga xizmat qilardi. Xonlik fuqarolarining mollari davlat yerida boqilgani uchun yig‘iladigan 1/40 zakotining XIX asr oxirida «cho‘p puliga» o‘zgartirilishi ham fuqarolarga ancha og‘ir tushdi. Shunday qilib, soliq yig‘ilishi jarayonida yuqorida qayd qilingan suiiste’mollarning deyarli hammasi, bir tomondan, soliq yig‘ilishi tizimining mukammal emasligidan yuzaga chiqqan bo‘lsa, ikkinchidan, xon amaldorlarining o‘zboshimchaligi va fuqarolarga nisbatan zo‘ravonligi natijasidir.

Xonlikda sug‘orish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar ham islohotni talab qilmoqda edi. Magistral kanallarni tozalash («beg‘or»), damba ko‘tarish, eskilarini ta’mirlash («kazu»), ko‘priklarni ta’mirlash, sug‘orish tarmoqlarini tozalash («obxo‘r») kabi barcha ishlar dehqonlar kuchi bilan majburiyat asosida amalga oshiriladi.

Xiva xoni kanselyariyasi arxivi fondida saqlanayotgan qazuvchi daftarlarida ko‘rsatilishicha xonlikdagi magistral kanallarni tozalashga 1910 yilda 33850 qazuvchi, 1912 yilda 31520 qazuvchi, 1914 yilda 31430 qazuvchi, 1916 yilda esa 31150 qazuvchi safarbar qilinadi.

Xonlikda «begar» qazuvi eng katta va muxim tadbirlardan hisoblangan. Unda dehqonlarning asosiy qismi ishtirok qilib bu ishga fuqarolarni safarbar qilishda, ariq oqsoqolidan to oliy hukmdor xonga qadar barcha ma’muriy xodimlar ishtirok etganlar. Joylarda qazuvchilarni safarbar qilish xon hukumati ro‘yxati asosida ariq oqsoqollari va hokimlari tomonidan amalga oshirgan.

Xon xukumati tomonidan har yili «begar» qazuvi uchun bunday daftar bitilib, unda qazuvga rahbar qilib belgilangan amaldorning ismishariflari, qazuvdan ozod qilingan yer egalari, beldorlardan yig‘ib olinadigan yig‘inlarning miqdori, pul badaliga qazuvdan ozod qilinganlarning pul miqdori va boshqalar ko‘rsatiladi.

Bularning hammasida ham adolat me’yorining kam yerlilar zarariga va katta yer egalari foydasiga buzilishi uchun xon hukumati tomonidan imkoniyat yaratilgan edi. Buni shundan ham ko‘rish mumkinki, Xiva xonligida aholi uchun irrigatsiya majburiyati va sug‘orish bilan bog‘liq majburiyatni bajarish uchun yer egalari har 10 tanob yer maydonidan bitta beldor yuborishi zarur edi. Biroq Xiva xonligi hukumati bu qoidani faqat yorliqli mulkka va oddiy mulkka egalik qilgan dehqonlar, vaqf yerini ijaraga ekayotgan ijarachilar uchun qo‘llardi. Ular 10 tanob ekiladigan yer maydonidan 12 kunga bitta beldordan qazuvchi yuborardilar.

Shunday taqdirda, otai mulki egalari uchun har bir dehqon xo‘jaligidan bittadan, xonlik hududidagi qoraqalpoq va qozoqlar uchun uch o‘tovdan bittadan qazuvchi yuborilishi tartibi joriy qilingan. Xonlikda irrigatsiya yuzasidan majburiyatning bunday tartibda amalga oshirilishi tengsizlik tamoyiliga asoslangan bo‘lib, unda yer egalaridagi yer maydoni ortib borishi bilan ularga «beg‘or» qazuviga yuborishi zarur bo‘lgan beldor soni kamaya boradi, yer maydoni kamayishi bilan esa, ularning qazuvga yuborishi zarur bo‘lgan beldorlar soni differensial ravishda orta boradi. Masalan, 5 tanobdan yeri bo‘lgan otai mulkdor «begar» qazuviga bitta beldor yuborishi talab qilingan taqdirda, 500, 1000 tanob va undan ortiq yerga ega bo‘lgan uning qo‘shnisidan ham bitta beldor berishi talab qilingan.

XIX asr oxiri–XX asr boshlarida Xiva xonligi va Amudaryo bo‘limi hududida yashagan qoraqalpoq aholisi nafaqat xo‘jalik va iqtisodiy hayotda balki siyosiy jarayonlarda ham faol ishtirok etishgan. Masalan: 1916 yilda General Galkinning jazo otryadi turkman qo‘zg‘olonchilarini jazolash va ularning mol-mulklarini talon-toroj qilishi jarayonida Junaidning yaqin do‘sti Xon eshonning uyidan, Xiva fuqarosi - qoraqalpoq Idris Maksum Sarajitdinov tomonidan Junaid nomiga bitilgan maktub topiladi. Maktubda uning barcha xayrixohlari nomidan samimiy istaklar bildiriladi. Ularda shariatga keng yo‘l ochib berilishi, fuqarolarga nisbatan adolatli bulish, xonlikdan Rossiya vakillarining haydab chiqarilishi, xonlikning ilgarigicha o‘zlari tomonidan boshqarilishi kabi istaklar bildiriladi.


Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish