Tarix kafedrasi


-mavzu: Mustamlakachilik sharoitida Turkistonda madaniy hayot



Download 2,84 Mb.
bet34/157
Sana12.09.2021
Hajmi2,84 Mb.
#172613
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   157
Bog'liq
3-курс Ўзб тарихи

5-mavzu: Mustamlakachilik sharoitida Turkistonda madaniy hayot

REJA:

5.1. Xalq maorifi va boshlang‘ich ta’lim. Madrasalar.

5.2. Adabiyot, matbuot va jurnalistika

5.3. Musiqa, teatr, amaliy san’at.




Tayanch so‘zlar


An’anaviy ta’lim, maktab, madrasa, jadid, rus-tuzem maktabi, ruslashtirish, morif, darslik, adabiyot, matbuot va jurnalistika, gazeta, jurnal, musiqa, teatr.

5.1 Xalq maorifi va boshlang‘ich ta’lim

Dastlabki bosqichda mustamlakachilik hukumati o‘lkadagi xalq ta’limi an’analariga tegmadi. Uni har tomonlama atroflicha o‘rganish bilangina cheklandi. Bu vaqtda Turkistonda ko‘plab eski maktablar ishlab turdi. Bular asosan boshlang‘ich va o‘rta hamda oliy diniy ta’lim beruvchi bilim o‘choqlari edi. Eski maktablarda ta’limning sifati maktabdor qo‘ygan talab va uning o‘zining hamda qo‘l ostidagilarning kasbiy tayyorgarligiga ko‘proq bog‘liq edi. Ilg‘or domlalar diniy talim bilan chegaralanib kolmasdan dunyoviy ta’lim ham berardilar. O‘quvchilar xat-savodlarini chiqarishar, hisobdan ham bir qadar saboq olardilar. Maktablarda adabiyot, tarih geografiya o‘qitishga ham keng o‘rin ajratilgan edi.

An’anaviy ta’lim tizimida maktablar boshlang‘ich o‘quv maskanlari bo‘lib, ular shahar, qishloqlarda va ko‘chmanchilar ovullarida ham mavjud edi. Ular, odatda, masjid, madrasa huzurida yoki xususiy hovlilarda maktabdor tomonidan tashkil etilgan.Maktablarning soni ko‘p bo‘lib, ular maktab yoshidagi bolalarning aksar qismini qamrab olgan.

O‘zining o‘rta asrlardagi shakli va faoliyat xususiyatlarini saqlab qolganligi maktablarning uslubiy jihatdan sust rivojlanganligini anglatardi. Mahalliy ziyolilar matbuotda an’anaviy maktab va madrasalarda ta’lim-tarbiyaning ahvoli haqida so‘z yuritib, ularning davr talablariga mos emasligi haqidagi fikrlarni ta’kidlash bilan birga mavjud ta’lim tizimini isloh etish zarurligini ta’kidlashgan. Musulmon maktablarida ta’lim-tarbiyaning samarasizligi, islom dini va aqidalarini biluvchi mutaxassislarni tayyorlashdek tor maqsadlarga yo‘naltirilganligi haqidagi fikrlarni rus mualliflari asarlarida ham uchratishimiz mumkin. Ya’ni, aytish mumkinki, XIX asr o‘rtalariga kelib an’anaviy ta’limni isloh etish davr talabiga aylanib ulgurgan edi. Shuning uchun ham ta’lim tizimi tarixini yoritishga bag‘ishlangan adabiyotlarda XIX asrdagi O‘rta Osiyodagi ta’lim tizimi jaxon taraqqiyotidan orqada qolganligi haqida fikrlarni uchratamiz.

Darhaqiqat, maktablarda ta’lim dasturlari dunyo fani taraqqiyotidan mazmunan yiroqlashib qolgan, ta’lim muassasalari o‘qitish jarayonini nazoratini amalga oshiruvchi tizim faoliyati samarasizligi holati hukm surgan.Maktablar faoliyatini moliyalashtirsh rasmiy idora yoki davlat mahkamasi tomonidan emas, balki jamoatchilik tomonidan amalga oshirilgan. Maktablarni ta’mirlash, jihozlash ishlari xususiy hayriya, ta’lim oluvchilarning moddiy yordami bilan yoki masjid va madrasalar qoshidagi maktablarda esa vaqf daromadidan ulush ajratilgan.

Maktabda besh yildan kam o‘qitilmagan, yaxshi maktabdorlarda yanada ko‘proq bilimga ega bo‘lish maqsadida sakkiz yilgacha ta’lim olishgan.Ayrim joylarda maktablarda yetim bolalarni bepul o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan edi. Bu o‘z o‘rnida ta’lim shaxslarning imkoniyatidan kelib chiqib shakllanagan jarayon emas, balki jamiyat a’zolari tomonidan zarur bo‘lgan ijtimoiymadaniy zarurat sifatida qaralgan. Biroq, bu holatlar ommaviy xarakterga ega bo‘lmagan va aholi orasida imkoniyati yo‘q bo‘lgan bolalar ta’lim olmagan.Qishloq maktablarida o‘quvchilar soni o‘rtacha 10-20, shaharlarda esa 50-60 tagacha yetgan. Mashg‘ulotlar juma va bayram kunlaridan tashqari tongdan to kechki soat 16-17 largacha davom etgan.

Maktablar o‘qitish uslubiyatida yagona sinf – dars tizimi bo‘lmagan. O‘quvchilarga avval erkin o‘qish o‘rgatilib, so‘ngra yozuv ko‘nikmasi shakllantirilgan. Maktabda o‘qitishning rasmiy dasturi bo‘lgan emas, lekin asrlar davomida muayyan ko‘rinishda umumiy o‘qitish dasturi shakllangan edi.

Dastlab alifbo o‘rganilgan. Undan sung fors tilida Qur’onning yettidan bir qismi ma’nosini anglatuvchi “Haftiyak”ni o‘qishga kirishilgan. Undan keyin, Qur’on suralari “Allamnashroh”ni yodlashlari bilan o‘quvchilar savodli hisoblangan. O‘qish va yozishni o‘rgangan o‘quvchilar “Dahrul najot”, “Nasoyihul - atfol”, shariat asoslari bayon etilgan “Chor Kitob” kabi o‘quv qo‘llanmalar hamda Navoiy, Fuzuliy, Sheroziy, Attor, Bedil, Mashrab va boshqalarning asarlarini o‘rganishgan. Maktabda diniyahloqiy tarbiya yo‘nalishida So‘fi Olloyorning turkiy tilda, she’riy uslubda yozilgan “Qur’onning mag‘zi” – “Sabot ul-ojizin” kitobi o‘qitilib, yod olingach asosiy o‘quv kursi yakunlangan.

Mashg‘ulotlar individual shaklda bo‘lganligi tufayli o‘quvchi maktabga kelgan vaqtdan qabul qilingan. O‘quvchining bir kitobni o‘zlashtirib ikkinchisiga o‘tishi uning yutuqlaridan dalolat bergan. Qur’on va islom asoslarini o‘rgatuvchi kitoblarni o‘rganish bilan maktabning birinchi bosqichi yakunlangan. Keyingi bosqichda o‘quvchilar bilimlari chuqurlashtirilgan. O‘quvchilarning salohiyatiga qarab har biri uchun alohida dars topshiriqlari berilgan.

Maktabda kasb yoki hunar o‘rgatilmagan, hayotda asqotadigan boshqa amaliy faoliyat uchun tayyorlash maqsadi qo‘yilmagan. O‘qishni bitirganlik to‘g‘risida biron-bir rasmiy hujjat ham berilmagan. Maktab, asosan, ta’limning 2-bosqichi bo‘lgan madrasaga kirish uchun tayyorlagan. O‘qitiladigan ilm va fanlar bo‘yicha metodik yo‘l-yo‘riqlar bo‘lmagan. Har bir domla bularni o‘zicha, to‘g‘rirog‘i, an’anaga kirgan tizimda o‘qitgan.

Ba’zi maktablarning o‘qituvchilari yuqori bosqich o‘quvchilarining xohlovchilariga “Ilmi hisob”ni hamda madrasalarga tayyorlanayotgan o‘quvchilarga arab tili grammatikasi o‘rgatishgan.

Maktablarning uslubiy jihatdan takomillashmaganligi o‘quv jarayonida o‘quvchining yoshi, iqtidoriga e’tibor qaratilmaganligi, o‘quv dasturi va qo‘llanmalari asrlar davomida yangilanmaganligi, o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish muddatining qat’iy belgilanmaganligi, dunyoviy bilimlar kam e’tibor qaratilishida namoyon bo‘ladi. Maktablarda o‘qitiladigan kitoblar arab, fors va qisman turkiy tilda bo‘lib, hali o‘z ona tili grammatikasi va qoidalarini bilmagan o‘quvchilar uchun bu darsliklar murakkab bo‘lgan.

1916 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra Turkiston o‘lkasidagi beshta viloyatda 5906 ta maktab bo‘lib, ularda jami besh viloyatdagi 509666 nafar maktab yoshidagi bolalardan uch viloyat: Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlaridan 73316 ta o‘quvchi tahsil olgan. Mazkur raqamlarga asoslanib, Sirdaryo viloyati o‘quv ishlari inspektori bo‘lgan S.M.Grameniskiy o‘lka aholisi savodhonligi darajasini 20% bo‘lganligini keltirib o‘tadi. Biroq, maktablar va ulardagi o‘quvchilarning umumiy soni haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Keltirilgan ma’lumotlar esa ruyxatga tushgan maktablar ma’lumotlari xolos. F.Isxakov 1913 yilda Turkiston o‘lkasida 7290 ta maktabda 70864 ta o‘quvchi tahsil olganligi haqida ma’lumotlarni keltiriladi.1890 yillarning boshlarida xalq ta’lim muassasalari inspektori V.P.Nalivkin musulmon maktablari soni haqida ma’lumot berar ekan, quyidagi ta’rifni keltiradi: ular “... rasman 5000, aslida esa ehtimol 10000”. Turkistondagi maktablar soni haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Chunki ko‘plab maktablar mahalliy imperiya ma’muriyati ruyxatiga tushmagan. Mahalliy aholi ijtimoiy yoki boshqaruv mahkamalarida bu holatni o‘zida aks etuvchi hisob olib borilmagan. Ma’lum ma’noda ruyxatlashni amalga oshirgan imperiya ma’muriyati ham kuchmanchilar orasida faoliyat yuritayotgan maktablarni ruyxatini olish imkonini qila olmaganlar.

O‘g‘il bolalar maktablaridan tashqari O‘rta Osiyo shahar va qisman qishloqlarida qizlar uchun boshlang‘ich maktablar ham mavjud bo‘lib, ular, odatda, o‘qituvchi ayol – otinbibilar uylarida joylashgan. Bunday qizlar o‘qitiladigan joylarga nisbatan “maktab” atamasi qo‘llanilmagan. Qishloq joylarda qizlar maktabi juda kam hollarda uchrardi. Ba’zi hududlarda 100 ta maktabga bitta qizlar maktabi ham to‘g‘ri kelmas edi. Biroq ba’zi shaharlarda qizlar maktablarining soni o‘g‘il bolalar maktablarining chorak qismi yoki undan ham ko‘p qismiga teng kelgan. Toshkentda 1864 yilda 8000 ming nafar o‘quvchi bolalar va 4000 nafar o‘quvchi qizlar qayd etilgan. Birgina Sebzor dahasida 25 ta o‘g‘il bolalar va 15 ta qizlar, Shayxantohur dahasida esa 20 ta o‘g‘il bolalar va 10 ta qizlar maktabi mavjud bo‘lgan.




Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish