Internet saytlari:
www.ziyonet.uz.
www.edu.uz.
www.google.uz.
www.turklib.uz.
www.mirknig.ru.
1. O‘kuv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar Mazkur dastur «O‘zbekiston tarixi» fani Vatanimiz tarixining Buxoro amirligi hamda Qo‘qon va Xiva xonliklari tarixi, ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotini xolisona o‘rganish, mamlakatimizning demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari, jahon hamjamiyatiga har tomonlama integratsiyasini chuqurlashtirish, xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotini ilmiy va amaliy ahamiyatini hamda fanning rivojlanish qonuniyatlari va tamoyillari, fanning tarkibi va tuzilishi, uni tashkil qilish va boshqarish, fanning tasnifi kabi masalalar ahamiyati ochib beriladi. Hamda, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘rsatib o‘tilgan talabayoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to‘la bahramand bo‘lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko‘maklashish va dunyo miqyosida mavjud bo‘lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni o‘rganadi.
O‘zbekiston tarixi o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
O‘zbekiston tarixining asosiy bosqichlari; O‘zbekiston tarixining ma’lum bir tarixiy hodisalari; jahon tarixida O‘zbekistonning tutgan
o‘rni;
zamonaviy jarayonlarda O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyasi; tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan O‘zbekiston tarixi muammolarning ishlab chiqilishi jarayonlarini bilishi kerak;
O‘zbekiston tarixining dolzarb muammolarini o‘rganish va metodologiyasini ishlab chiqishda milliy g‘oyaning ahamiyati; O‘zbekiston tarixining turli davrlaridagi tarixiy jarayonlarning o‘ziga xosligi haqida; O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida rivojlanishi; tarix fani ijtimoiy tafakkur mahsuli ekanligi, ijtimoiy fanlar rivojida tarix fanining muhim voqealar bilan bog‘liqligini bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Vatan tarixini bilish; ma’naviy-milliy va umuminsoniy masalalar bo‘yicha o‘z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilishi, milliy mustaqillik g‘oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarashga ega bo‘lishi; bakalavriat yo‘nalishiga mutanosib ravishda raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi; yangi bilimlarni mustaqil egallay olishi, o‘z faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishi va o‘zini kamolotga yetkazish ustida ishlay bilishi; ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli shaxslarga tegishli lavozimlarning bo‘sh o‘rinlarida mustaqil ishlay olish tajribasiga ega bo‘lishi; bakalavriatning tegishli yo‘nalishi doirasida tanlangan ixtisoslik bo‘yicha magistratura oliy ta’limini davom ettirish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |