Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg‘ulotlarida talabalar O‘zbekiston tarixi fanidan ma’ruza darslarida olgan nazariy bilimlarini mustahlash bilan birga, seminarlar mavzulari bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rish jarayonida qo‘shimcha adabiyotlar va tarixiy manbalar bilan tanishish orqali qo‘shimcha bilim oladilar. Natijada ularning bilim doiralari ilmiy jihatdan asoslangan holda kengayadi. Seminar mashg‘ulotlarining taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:
Ibtidoiy jamoa davri tarixining manbashunosligi va tarixshunosligi.
O‘rta Osiyo ibtidoiy tarixining davri va bosqichlari.
Ibtidoiy jamoa davrining tabiiy shart-sharoitlari.
Muste davrining xususiyatlari.
Ibtidoiy odamlar guruhi va antropogenez jarayoni.
O‘zbekiston hududida mezolit va neolit davrlarining xususiyatlari.
O‘zbekiston hududida eneolit, bronza va ilk temir davrlarining xususiyatlari.
O‘rta Osiyodagi ilk davlat uyushmalari (VIII-VI asrlar) qadimgi Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona davlatlari.
Eron Ahamoniylariga qarshi kurashlar.
Ellinizm davrida O‘rta Osiyo. Yunon-Baqtriya va Parfiya davlatlari.
Qang‘, Dovon va Xorazm davlatlari.
Kushon davlati.
Buyuk Ipak yo‘li.
Ilk o‘rta asrlarda yer egaligi munosabatlari.
Xioniylar va Kidariylar davlati.
Eftaliylar davlati.
Turk xoqonligi.
VI-VII asrlarda So‘g‘d, Farg‘ona va Xorazm.
O‘rta Osiyoning arablar tomonidan bosib olinishi.
Arab xalifaligi hukmronligiga qarshi xalq ozodlik harakatlari.
Tohiriylar davlati. Safforiylar davlati.
Somoniylar davlati.
Somoniylar davrida Movarounnahrda ijtimoiy-iqtisodiy hayot.
Somoniylarning davlat boshqaruvi va mudofaa tizimi. qoraxoniylar davlati.
G‘aznaviylar davlati.
Saljo‘qiylar davlati.
Xorazmshohlar davlati.
IX-XII asrlarda Movarounnahr va Xurosonda madaniy hayot.
Movarounnahr va Xurosonning mug‘ullar tomonidan bosib olinishi.
Movarounnahr Chig‘atoy ulusi tarkibida.
Amir Temur davri tarixining asosiy manbalari.
Amir Temurning yakka hukmronlik yillari (1370-1405).
Amir Temur saltanatining ma’muriy va harbiy tuzilishi.
Temuriylar davrida Movarounnahrda siyosiy hayot.
Amir Temur va temuriylar davrida ilm fan ravnaqi.
Amir Temur va temuriylar davrida me’morchilik.
Dashti qipchoq va Temuriylar davlati.
Movarounnahrda Shayboniylar hukmdorligi.
Buxoro xonligining tashkil topishi.
O‘zbek xonliklarining tashkil topishi.
O‘zbek xonliklarida etnik –qabilaviy munosabatlar.
Shayboniylar davrida ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot.
Ashtarxoniylar davrida Movarounnahrda siyosiy jarayonlar.
XVII-XVIII asrlarda Buxoro xonligining iqtisodiy va madaniy ahvoli.
Qo‘qon xonligining tashkil topishi.
Qo‘qon xonligining iqtisodiy va madaniy hayoti.
Qo‘qon va Buxoro munosabatlari.
Xiva xonligi Shayboniylar davrida.
Xiva xonligi qo‘ng‘irotlar davrida.
Xiva–Buxoro–Eron munosabatlari. Xiva xonligi va qoraqalpoqlar.
Qoraqalpoqlar XVI-XIX asrlarda.
Toshkent bekligi va uning O‘rta Osiyo ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o‘rni.
O‘zbek xonliklarining jahon tarixidagi o‘rni.
O‘zbek xonliklari davrida milliy mafkura.
Toshkent uchun jang shaxarning egallanishi.
Turkiston viloyatining tashkil etilishi.
Buxoro amirligiga qarshi harbiy harakatlarning daslabki bosqichi.
Jizzaxga xujum.
Mustamlaka sharoitida Turkistonda mahalliy maorif.
Turkistonda rus-tuzem maktablari va ularning faoliyati.
Turkiston o‘lkasida ilmiy jamiyatlarning tashkil etishi.
Ularning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni.
Milliy san’at va hunarmandchilik.
Chorizmning Turkistondagi ruslashtirish siyosati va uning oqibatlari.
Jadidchilik harakatining vujudga kelishidagi tarixiy shartsharoitlar.
Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakati.
Jadidchilik harakatining ijtimoiy-siyosiy mohiyati va jadidlar tafakkuri.
1917 yil fevral va oktabr to‘ntarishining Turkistonga ta’siri.
Turkiston Muxtoriyati. Sovet hokimiyatiga qarshi kurash va uning oqibatlari.
O‘rta Osiyoda milliy – chegaralanish va uning oqibatlari.
Sovetlarning O‘zbekistondagi qatag‘onlik siyosati va uning oqibatlari.
XX asrning 30 yillarida O‘zbekistonda ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy hayot.
II Jahon urushi yillarida O‘zbekiston.
O‘zbekiston 1946-1985 yillarda
O‘zbekiston mustaqillik yo‘lida (1985-1989 yillar)
Mustaqillikka erishish yo‘lidagi ilk qadamlar.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati.
O‘zbekistonda demokratik tamoyillar asosida milliy davlat boshqaruv tizimining yaratilishi.
O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllantirilishi, amalga oshirilgan siyosiy o‘zgarishlar.
O‘zbekistonda bozor munosabatlarining shakllanishi, iqtisodiy islohotlarning jadallashuvi.
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi va rivojlanishi.
Jahon iqtisodiy inqirozi va uni O‘zbekistonda bartaraf etish yo‘llari.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
O‘zbekiston va jahon hamjamiyati.
Izoh: Mashg‘ulot turiga ajratilgan soat hajmiga mos mavzular tanlab o‘qitiladi.
Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha kafedra professoro‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitadilar.
Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |