Tarix” kafedrasi “tarbiya” fanidan


Muxabbat bosh mezoniy tushuncha sifatida deyarli barcha asosiy tushunchalarda



Download 3,22 Mb.
bet88/112
Sana02.03.2022
Hajmi3,22 Mb.
#479750
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   112
Bog'liq
TARBIYA MAJMUA 2021-2022 yil

2. Muxabbat bosh mezoniy tushuncha sifatida deyarli barcha asosiy tushunchalarda va tamoyillarda uz «xissa»siga ega. Na ezgulikni, na yaxshilikni, na vataparvarlikni, na insonparvarlikni muxabbatsiz tasavvur etib bulmaydi. utgan ma’ruzalarningba’zilaridabiz bu tushunchaning moxiyati, turlari xakidagi Iloxiy Ogustin, Imom gazzoliy, Erix Fromm singari mutafakkirlar fikrlarini keltirgan edik. kushimcha qilib shuni aytish mumkinki, u –insonni tashki va tarnssendentral olam bilan boglovchi, uni yolgizlikdan olib chiqadigan buyuk kuch. Muxabbatning obyekti doimo go’zallik, manfaatsiz go’zallik. U –Olloxmi, Vatanmi, yormi –muxabbat egasiga undan-da go’zalroq narsa yuq. Ayni paytda bir obyektni sevgan kishi boshqa obyektlarni xam sevmasligi mumkin emas. Deylik, yorga bulgan xaqiqiy muxabbat Vatanga, insoniyatga muxabbatni inkor etmaydi, aksincha, barkaror qiladi. Zero «uz-uzicha», yakka, «xudbin» muxabbatning bulishi mumkin emas. Inson uzi uzgaga aylanganida, uzgani uziga aylantira olganida xaqiqiy muxabbat egasi xisoblanadi. Mana shu obyekt bilan subyekt orasidagi farqning yuqolishi eng buyuk, eng mukammal lazzatdir. Buni mavlono Fuzuliy nixoyatda go’zalqilib, bir baytda shunday ifodalaydi: Ishkdir ul, nasha’ikomilkim, andandir mudom Mayda tashviri xarorat, nayda ta’sirisado. Komil nash’a, komil lazzatga faqat komil insongina erisha oladi. Demak, muxabbat inson axloqiy xayotining chukkisi, komillik belgisidir. Shu bois xaqiqiy muxabbat egalari yoshlar tomonidan doimo axloqiy ideal tarzida qabul qilinadi: Farxod va Shirin, Romeo va Julyetta, Otabek va x. Shuni ta’kidlashlozimki, muxabbat –oliy tuygu, shu ma’nodau oliy tushuncha.
Bu dunyoda o‘z yurtini, kindik qoni tomgan otamakonini sevmaydigan, Vatandan uzoqlarga ketganida uni intiqib sog‘inmaydigan inson bo‘lmasa kerak. Inson qalbidagi sadoqat, fidoyilik tuy­g‘ulari ham o‘z Vataniga bo‘lgan muhabbatdan paydo bo‘ladi. 
Dunyodagi eng go‘zal bino va inshootlar ham ana shunday muhabbat qudratidan paydo bo‘lgan va ular Vatanga sadoqat va fidoiylik timsoli sifatida mangu qad rostlab turaveradi. Men bu borada ming yillarni emas ushbu ozod va obod hayotimizni ta’minlab bergan mustaqillik yillarini qalamga olmoqchiman.
Ya’ni shoir Vatanga bo‘lgan tuyg‘usini she’rlarida yonib kuylasa, quruvchi yerdan qad rostlab har bir shahar va qishloqqa ko‘cha va xiyobonga, so‘lim oromgohlarga ko‘rk bo‘lib turgan turli bino va inshootlarni yaratadi. Ustoz muallimlar turli kasblarni egallab shu yurtga sadoqat bilan xizmat qiluvchi o‘g‘il-qizlarni tarbiyalaydi, shifokor shunday insonlarning sog‘lig‘ini asraydi va hokazolar…
Biz buning isbotiga mustaqillik yillarida guvoh bo‘layapmiz, ko‘rayapmiz, quvonayapmiz. Mustaqillik yillarida tug‘ilgan o‘g‘il-qizlarimiz hozir ayni navqiron yoshda. Shu yurt uchun, ota makon uchun belbog‘lab mehnat qilayaptilar, o‘qiyaptilar, yangi ixtirolar yaratayaptilar, sport shohsupalarida O‘zbe­kiston bayrog‘ini baland ko‘tarib, yurt sha’ni va qadr-qimmatini ulug‘layaptilar
Qadimda bir olim shogirdlariga turli ilmlarni o‘rgatar ekan. Bir kuni quyidagicha topshiriq berdi: ertangi darsga menga jannat tuprog‘idan bir hovuchdan olib kelinglar. Shogirdlar hayronu lol bo‘lishibdi, har qancha urinishmasin bu savolga javob topisholmabdi. Faqat ilmli, zukko, ibodatlarga qoim bo‘lgan, mehribon bir shogirdi ertasiga lattaga o‘ralgan bir hovuch tuproqni ustozi oldiga qo‘yibdi. Olim buning izohini so‘rabdi. Shunda shogird debdi: «Siz menga payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytgan bir hadisni o‘rgatgan edingiz: «Jannat onalar oyog‘i ostidadir». Shuning uchun men mehribon onam oyoq izlari bosilgan tuproqdan sizga olib keldim. Bergan topshirig‘ingizga javobim shu». Olim shogirdining aql-zakovatiga tan berib, uni boshqalarga o‘rnak qilib ko‘rsatgan ekan.
Alloh taolo barcha mavjudotlar qatori insonni ham juft holida yaratgan. Ayol zoti erkaklarga jufti halol, orom-sakinat, oilaning chirog‘i va farzandlar murabbiyasidir. Qur’oni karimda marhamat qilinganidek, “ular sizlar uchun libos, sizlar ular uchun libosdirsiz”.
Ayol – onamiz, jufti halolimiz, opa-singlimiz, qizimizdir. Agar ayol ham jismonan, ham ma’nan sog‘lom bo‘lsa, demak, jamiyat sog‘lom bo‘ladi. Chunki kelajak mevasi, ertamiz egalari bo‘lmish farzandlarni onalar dunyoga keltiradi. Ularga boshlang‘ich ta’lim-tarbiya va odob-axloqni ham onalarimiz, momolarimiz o‘rgatadi. Shunday ekan, kelajak avlod ko‘p jihatdan bugungi kun ayollarining qanchalik oqila, soliha, hayoli, axloqli bo‘lishlariga bog‘liqdir.
Yurtimizda xotin-qizlarni ulug‘lash borasida amalga oshirilayotgan bu ezgu sa’y-harakatlar xalqimizning asrlar osha yashab kelayotgan o‘lmas qadriyatlariga, muqaddas islom dinimiz amallariga uyg‘un va hamohangdir. Islom dinida ayol oliy martabaga ko‘tarilgan va ayolning sharafi, iffati, haq-huquqlari ta’minlangan. “Jannat onalar oyog‘i ostidadir”, “O‘z xotiniga mehr-shafqatli bo‘lgan kishilar eng yaxshilaringizdir”, deyiladi sahih hadislarda. Islomda erkaklarga o‘z ayollariga yaxshi, xush muomalada bo‘lish, ularning ilm olishiga sharoit yaratib berish, taom, kiyim, boshpana va ro‘zg‘or ashyolari bilan ta’minlash, nikohda mahrini berish kabi ko‘plab majburiyatlar yuklangan.
Qur’oni karimda ayol haqida ko‘p oyatlar nozil qilingan. Suralarning biri Niso (Ayollar), yana biri Taloq deya nomlanib, bularda asosan ayollarga taalluqli ilohiy hukmlar bayon qilingan. Baqara, Moida, Nur, Ahzob, Mujodala, Mumtahana va Tahrim suralarida ham ayollarga tegishli ko‘p masalalar batafsil aytilgan. Bu islom dinida ayol zotiga qanchalik katta e’tibor va ehtirom ko‘rsatilgani, ayollarning o‘rni qay darajada ulug‘ ekanidan dalolatdir.
Insoniyat tarixiga nazar tashlasak, ayolga har doim ham birday yaxshi munosabatda bo‘linmagan. Qadimgi davrlarda nikoh, mulk tasarrufi, axloq sohasida ularning haq-huquqlari poymol etilgan, izzat-nafslari kamsitilgan.
Bugungi kunda ham ayrim mamlakatlarda ayol ko‘ngil xushiga, o‘tmas molni xaridorgir qilish, ya’ni reklama vositasiga aylanib borayotgani sir emas. Ba’zi soxta shiorlar, buzuq mafkuralar yordamida ayollarni iffatidan, xonadonidan, oilasidan tortib olishga urinishlar bo‘layotir. Eng yomoni, bu illat “ommaviy madaniyat” shaklida keng tarqalmoqda, boshqa xalqlarning qadriyatlari, betakror an’analariga ham “chang solmoqda”.
Farzandiga mehribonlik ko‘rsatmaydigan, turli bahonalar bilan chaqalog‘ini emizishdan bo‘yin tovlaydigan, ularni bolalar uylariga tashlab ketadigan, farzandlar tarbiyasi bilan mutlaqo shug‘ullanmaydigan ayrim bemehr onalar ham uchrab turishi barchamizni tashvishlantiradi. Xotin-qizlarimiz orasida hashamga o‘chlik, mol-dunyoga ruju qo‘yish, hoyu havasga ergashish hollari ham kuzatilmoqda. Ayrim ayollarning behayolarcha kiyinishi, so‘kinishi, tamaki chekishi, ichkilik ichishi, bazm-ishrat qilishi kishida noxush kayfiyat uyg‘otadi.
Bularning barchasi, albatta, o‘zbek ayoliga, ayniqsa, musulmon ayollarga yarashmagan ishdir. Negaki ayol deganda bizning ko‘z o‘ngimizda, avvalo, ibo-hayo sohibalari gavdalanadi. Musulmon ayol eriga vafodorlikni, mehribonlik va oilaparvarlikni ibodat darajasiga ko‘taradi. Har qanday sharoitda ham o‘zini yomon ko‘zlardan asraydi, sabr-qanoatli bo‘ladi. Xalqimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan, hatto urush yillarining mashaqqatlariga chidagan ulug‘ momolarimizning ibratli hayoti bunga misoldir.
Qur’oni karim va Sunnat ta’limotlarida ayolga taalluqli huquqlar alohida belgilab berilgan. Alloh taolo ayol haq-huquqlari haqida bunday marhamat qiladi: “Ayollar uchun (belgilangan huquqlar) o‘z me’yorida erkaklar (huquqi) bilan tengdir”.
Dinimiz ta’limotiga ko‘ra, ayol o‘z moli va boyliklarini tasarruf qilish, eri yoki otasining aralashuvisiz tijoriy shartnomalarni tuzish kabi moliyaviy muomalalarda, ilm va ma’rifat o‘rganish, din ta’limotlariga rioya qilgan holda joni, sog‘lig‘i, aqlini saqlash va rivojlantirish, aqli va jismi islohoti bilan bog‘liq bo‘lgan hamma ishda erkaklar bilan barobar huquqqa egadir.
Islom shariati xotinni erining uyida mas’ul bo‘lishida erkak kishi maqomi bilan barobar o‘ringa qo‘ygan. Jumladan, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiladilarki: “Barchalaringiz bamisoli cho‘ponsiz va qo‘l ostidagilaringizdan so‘ralursiz. Imom o‘z qavmiga mas’uldir, ayol erining uyiga mas’uldir, er ahli ayoliga mas’uldir”. Bu hadisi sharif ayol va erkak mas’uliyatda barobar ekaniga dalolat qiladi hamda ayol jamiyat va oilada naqadar katta mavqega ega ekanini bildiradi.
Ulug‘ vatandoshimiz Abu Lays Samarqandiy erkaklar xotinini haloldan rizqlantirish, unga zarur ilmlarni o‘rgatish, zulm qilmaslik, agar haddidan oshsa, nasihat qilish lozimligini ta’kidlagan.

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish