Tarix” kafedrasi “tarbiya” fanidan


-Mavzu: Inson manzillari. (2 soat)



Download 3,22 Mb.
bet82/112
Sana02.03.2022
Hajmi3,22 Mb.
#479750
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   112
Bog'liq
TARBIYA MAJMUA 2021-2022 yil

8-Mavzu: Inson manzillari. (2 soat)
Reja.
1. “YO asling kabi ko’rin, yoki ko’ringaning kabi bo’l” (J.Rumiy). Hayot so’qmoqlari sari. YAshashdan maqsad nima?
2. Baxt haqida. O’zingdan kech… yaxshidur achchiq haqiqat… mehnatsevarlik – oliy fazilat. Go’zallik dunyoni qutqaradi.
3. Insonning surati va siyrati. Samimiylik va tog’rilik. Kamtarlik. Xushmumalalik. Odamiy ersang demagil odami, Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami.
4. Muxabbat eng oliy tuyg’u. “Jannat onalar oyog’i ostidadur”. Ayol olamning gultoji.
5.O’z-o’zini tarbiyalash usullari. Ilm talab qilish haqida. Ta’lim oluvchining odobi. “Ustoz otangdek ulug”.
6. Kelinlik odobi. Insonlar bilan muomala qilish san’ati. Oriyat. Andisha. Nomus. Aql-tafakkur .
7. Xotira. Mahalla. Tobutkashlik nima?
1. Bu dunyodagi barcha xatti-harakatlarimizning ibtidosi yashashga bo‘lgan intilishga borib taqaladi. Aslida esa yashash uchun unchalik ko‘p narsa zarur emasdek guyo. Lekin inson ongli mavjudot bo‘lgani bois shunchaki yashash, havo, suv, ozuqa, issiqlik, yorug‘likka bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish bilangina kifoyalana olmaydi. U yaxshi yashashga intiladi, ehtiyojlarini imkon qadar to‘liqroq qondirish payida bo‘ladi. Xullas, inson aynan shu mayli – yaxshi yashashga intilish tuyg‘usi bilan boshqa mavjudot va maxluqotlardan farqlanadi.
Odamzod dunyoga kelibdiki, yaxshi yashash yo‘llarini izlaydi. Bu esa unda olamni bilishga, o‘zligini ang­lashga intilish, qavmdoshlari bilan o‘zaro muloqotda bo‘lish va ma’lumot almashish kabi ma’naviy ehti­yojlarni ham vujudga keltiradiki, bugun endi aynan shu ehtiyojlar qay darajada qondirilayotgani farovon yashash sharti, to‘kin-sochinlikning asosiy omili hisoblanmoqda.
Xo‘sh, inson yashamoqda, boringki bekamu ko‘st yaxshi yashamoqda. Lekin bundan maqsad bormi o‘zi degan savol barchamizni mushohadaga chorlaydi. Darhaqiqat, inson butun hayotini, umrini yeb-ichishga, kiyinishga, molu dunyo to‘plashga, farzandlar tarbiyasiga, to‘yu ma’raka qilishga, hordiq chiqarishga, sayru sayohat qilishga va boshqa ishlarga sarflaydi. Va keyin umr yo‘limizning nechog‘lik mazmunli o‘tgan, o‘tmaganligini sarhisob qila boshlaymiz. Kundalik yumushlardan ham tashqari pichoqqa ilinadigan biron bir ish qildimmi o‘zi degan savol ko‘pchilikni o‘ylantirishi tabiiy hol, albatta.
Keling, yaxshisi umrimiz sarhisobini bugundan boshlaylik. Kun bo‘yi qilgan ishlarimizni ikki bo‘lakka ajrataylik: xayrli va befoyda amallarga. Shunda umrimizning bir kuni mazmunining formulasi kelib chiqadi. Natija sizni qoniqtirmasa, demak, maqsadsiz yashamoqdasiz.
Aslida esa yashashdan maqsad nima? Nima qilsak biz bosib o‘tgan umr yo‘limizdan mamnun bo‘lamiz, hayotimizdan qoniqish hosil qilamiz. Qanday yo‘l tutsak ikki dunyomiz obod bo‘ladi. Oxiratda yaratgan huzuriga qay ahvolda boramiz.
Shu taxlit o‘y-xayollar girdobida yurib bexosdan savobli ishlarni ko‘proq qilishga kirishib ketamiz. Qilgan yaxshiliklaringiz evaziga yomonlik ko‘rganingizda, savob umidida bajargan amalingiz ortidan ta’nayu dashnomlar eshitganingizda yana boshingiz qotadi. Nima qilish kerak o‘zi? Odamlarga nima kerak o‘zi? Hatto salomingga alik ham olgisi kelmaydi-ya. Yana boshingiz qotgan.
Atrofingizdagi odamlar bilan iliq samimiy munosabatlar, tinchlik-totuvlik aloqalarini o‘rnatishni istasangiz, unda eng avvalo kuchingiz o‘zingizga yetsin! Boshqalardan ranju alam ko‘rsangiz ham siz ularga faqat yaxshilik, ezgulik bilan javob qaytaring. O‘qrayganga jilmaying, musht ko‘targanga ta’zim qiling, so‘kkanga sukut qiling, birortasi sizdan noo‘rin ranjigan bo‘lsa uzr so‘rashdan orlanmang.
Xalqimizda «Savobning tagi teshik» degan ibora mavjud. Haqiqatan birovga yaxshilik qilasiz, ammo undan javob qaytmaydi, kelsa ham yaxshiligingiz evaziga yomonlik ko‘rasiz. Birovga rahm qilib qarz berasiz, ololmay qiynalasiz, hatto unga dushmanga aylanasiz. Birovga yordam qilish uchun bitmayotgan ishiga yelka qo‘yib yuborasiz, evaziga kinoyali «minnatdorchilik» ila siylanasiz.
Yuqoridagi kabi holatlar sizni aslo chiroyli ishlarni tark etishga, boshqalarga yaxshilik va yordam qilmaslikka da’vat bo‘lib tuyulmasin. Yaxshiliklaringiz barbod bo‘lib, irodangiz chilparchininganida evaziga xazinasi tugamaydigan Zot tomonidan savob, ya’ni mukofotlar berilishini o‘ylang-da, qilgan ishingizdan faxrlanib, xursand bo‘lib yuravering.
Agar sizda g‘am-alam paydo bo‘lib qolsa o‘zingizdan boshqalarga yaxshilik qiling va go‘zallikni hadya eting, shunda qiyinchilik va mashaqqatni unutasiz va ajoyib rohatni his etasiz. Demak, mahrumlarga narsa ulashing, mazlumlarga yordam bering, qiyinchilikka tushib qolganni qutqaring, ochni to‘ydiring, kasalni borib ko‘ring, jabrlanganlarga yordam qo‘lini cho‘zing, shunda sizni hamma tomoningizdan baxt-saodat va xotirjamlik o‘rab oladi.
Aslida ham yashashdan maqsad shu emasmi.
Yaxshiliklarni bajarib yurish xuddi xushbo‘y bir narsaga o‘xshaydiki, uning ko‘tarib yuruvchisi, sotuvchisi, sotib oluvchisi, qo‘yingki barcha undan naf oladi.
Gohida muammolar girdobidan horib-charchab, yolg‘izlikni istab qolamiz, tog‘u toshlarga chiqib, uzlatga chekinib ketgimiz keladi. Aslida esa odamlar bilan munosabatda uzlatga chekinish ham insonga ruhiy xotirjamlik baxsh etadi. Bu narsani tarkidunyochilik, hammadan uzilib, bir uyda biqinib yashash, deb tushunmaslik kerak. Uzlat degani yomonliklardan, yomon odamlardan o‘zni tortish, uzoqlashishdir. Bekorchi bilan qo‘shilsangiz, uning bema’nilarcha vaqtni sovurishiga sherik bo‘lasiz. Bezoriga yaqinlashsangiz, bir kuni uning «qorasi» albatta sizga ham yuqadi, jinoyatiga tortadi, jazoni ham birga o‘tashga to‘g‘ri keladi. Qimorboz bilan ulfat bo‘lsangiz, yana hayotingizdan fayz, farog‘at ketdi, deyavering. Ichkilikboz yoki giyohvand kimsa bilan oshno tutinsangiz-ku, umuman turmushingiz zahar-zaqqumga aylanadi, o‘zingiz xarob­lik chohiga qarab yo‘l olasiz. Yashashdan maqsadingiz qolmaydi.
Ana shunday kishilardan yiroqlashgandagina fik­­ringiz tinchib, xotiringiz rohatlanadi, zehningiz hik­mat durlari bilan jilolanib, ko‘zingiz ma’rifat bo‘stonida sayr qilib yuradi.
Oqil, zakovatli insonlar kulfat va ziyonni foydaga yo‘naltiradi. Har bir yomonlik go‘zal bir intihoga olib borishi mumkin. Bir falokat ezgu, xayrli oqibat olib kelishi mumkin.
Oqil va dono insonlar har bir balo-musibatdan, boshlariga tushgan mushkulotdan hikmat izlashadi, yo‘qchilik va yo‘qotishlardan ibratlanishadi. Zamonamizning yetuk allomasi Sadriddin Salim Buxoriy dom­laning “Qalb gavhari” atalmish

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish