Tarix” kafedrasi “tarbiya” fanidan


-Mavzu: Odamiylik saboqlari. (4 soat)



Download 3,22 Mb.
bet66/112
Sana02.03.2022
Hajmi3,22 Mb.
#479750
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   112
Bog'liq
TARBIYA MAJMUA 2021-2022 yil

7-Mavzu: Odamiylik saboqlari. (4 soat)
Reja:
1. Hazrati inson tarbiyasi. Nasab va Hasab. Ma’rifat najot Alloh ilmidan bir parcha.
Muhammad (S.A.V) ning fazilatlari.
2. Halol va xarom. Husni hulq. SHijoat, karam. Iroda. Sabot. Sabr. Halimlik. Iffat. Riyo. Munofiqlik.
3. Zohir va botin. Til odobi. Hasad va havas. Do’st va dushmanlik. Ulug’vorlik va oliyjanoblik. Kechirimlilik. Jinoyat va jazo. Qalb ko’zi. Dard va bedardlik. Yaxshilik. Tushkunlik va yolg'izlik.
4. O’z joniga qasd qilish eng og’ir gunoh. Qo’rqoqlik. Jasorat. Tavba. G’iybat va fisqu-fasod. Ta’qiq. Qo’shnining haqqi.
5. Buni hayot deydilar. O’lim. Vasiyat. Jannatga yo’l.
1. Ulug‘ manbalarda darj etiladiki, eng avval yaratilgan inson hazrati Odam Ato edi. So‘ngra uning jufti Momo Havvo onamiz xalq etildi. Bu muborak juftlikdan esa bani bashar tarqaldi. Albatta, bu haqda ko‘p aytilgan.
Yaratgan zot insonni bunyod etgan ekan, uni nima uchun yaratganini ham kalomi sharifida aytadi. Ya’ni, inson o‘zini yaratgan zotni tanishi va Unga ibodat va itoat qilishi uchun yaratildi. Bu holni hazrat Alisher Navoiy “Lison ut-tayr” dostonining hamd bobida shunday ifodalaydi:
Ofarinishdin qilib inson g‘araz,
Oni aylab xalq ichinda beavaz.
Ko‘nglin oning maxzani irfon qilib,
Ul tilism ichra o‘zin pinhon qilib.
Rozi maxfiy ganj o‘lub bu turfa jism,
Sun’idin ul ganj hifzig‘a tilism.
Ham tilism ul maxzan uzra, ham amin,
Ofarin sun’ungg‘a, ey jon ofarin.
Insonning kimligi va nima uchun yaratilgani xususidagi savollarga bundan-da to‘g‘riroq va mukammalroq javob yo‘q. Ammo shunday bo‘lsa-da, hamma zamonlarda jamiyatshunoslar, ruhshunoslar, insonshunoslar va boshqa o‘nlab “…shunoslar” hazrati Inson tiynatini tadqiq etadilar. Bu haqda jild-jild kitoblar yoziladi, ilmiy ishlar yoqlanadi. Va bu izlanishlar pirovardida yana o‘sha: “Inson kim?” degan savol kelib chiqaveradi.
Eramizdan avval yashab o‘tgan qadimgi yunon faylasuflaridan biri Ezop asarlaridan birida insonga qarata xitob qiladi: “Men seni anglolmadim, kimsan, ayt! Javobingni kimdan olayin?” Ingliz adabiyotining buyuk dramaturgi Vilyam Shekspir yozadi: “Hayot – sahna. Barchamiz mana shu sahnada o‘z rolimizni o‘ynayotgan aktyorlarmiz”.
Demak, azaldan Inson muammosi eng buyuk asarlarning mavzusi bo‘lib keldi. Inson o‘z-o‘zini axtarishi natijasida minglab kashfiyotlarga erishdi. O‘zini axtarishi natijasida O‘zlikni, ya’ni o‘zini yaratgan Zotni topdi. Zero, insonni boshqa yaralmishlardan ajratib turadigan xususiyatlarning eng asosiysi ham uning ongi va tafakkuridir.
Inson bilimlarining ibtidosi – tasavvur. Tasavvur insonni mushohadaga boshladi. Mushohada esa o‘z navbatida haqiqatga doyalik qildi…
Insonning o‘z Yaratguvchisi qudratini anglay bilishi ham tasavvur tufayli sodir bo‘lgan. Zotan, yaralmishlar ichida eng mukammali bo‘lgan inson o‘z ijodkorining qudratini tasavvur qilib ko‘rmog‘i lozim edi. U shunday qildi. Bu Buyuk Tasavvur uning tasavvurlariga sig‘madi. Chunki Yaratguvchi qudratining bepoyonligi oldida inson tasavvurining kengligi dengizdan bir tomchi edi, xolos.
Mana shu izlanishlar ma’lum ma’noda insonning o‘ziga o‘zini tanitdi.
Rivoyat qiladilarki, bir kuni hazrat Boyazid Bisto­miyni uzoq manzildan bir yo‘­lovchi izlab kelibdi. Odamlar hazratning uyini musofirga ko‘r­satib yuboribdilar. Musofir Bistomiy hazratlarining darvozasiga borib, ovoz beribdi.
– Kimsiz, nima yumushingiz bor? – debdi ichkarida turib Bis­tomiy hazratlari.
– Bistomiy janoblarini izlab kelgan edim, – debdi musofir.
Shunda u ulug‘ zot boshlarini chayqab, aytgan ekanlar:
– Men ham uzoq vaqtlardan beri Bistomiyni izlayapman. Lekin topolmayapman, topolmayapman…
Bu rivoyat ko‘hna moziyning oddiy manzaralaridan biri bo‘lib tuyulishi ham mumkin. Zero, o‘tmishda bunga o‘xshash voqealar juda ko‘p sodir bo‘lgan. Ammo mazkur rivoyat juda teran bir haqiqatga ishora qiladiki, bu haqiqatni ta’kidlab o‘tmasak bo‘lmas.
Rivoyatda Bistomiy hazratlari izlagan narsa insonning o‘zligidir. Bu yuksak falsafa Alisher Navoiy nazmida juda go‘zal ifoda etilgan:
El netib topgay menikim,
Men o‘zimni topmasam…
Chindan ham inson o‘zini, o‘zligini, tiriklik atalmish ne’mat unga nima sababdan tuhfa etilganiyu, uni qanday sarflash kerakligini anglamas, idrok etmas ekan, uning yashashidan ma’no yo‘q.
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, u bugungi kungacha ne-ne zamonlar va to‘fonlarni boshidan kechirmadi deysiz. Biroq tan olish kerakki, insoniyat bugungi kungacha juda ko‘p narsalarga erishdi. Ayniqsa, ilm-fan bobida ulkan yutuqlar qo‘lga kiritildi. O‘zga sayyorlar, yer osti va yer usti boyliklari tadqiq etildi. Garchi afsusli bo‘lsa-da aytish mumkinki, bir soniyada minglab chaqirim uzoqliklardagi jonzotlarni yo‘q qilib yuborishga qodir qurollar kashf etildi. Bularning bari qaysidir ma’noda insonning o‘zini topish borasidagi izlanishlari edi. Ne tongki, bu izlanishlar hamon davom etmoqda.
Xullas, inson o‘zining kimligini topishi asnosida baxtga erishadi. Muvaffaqiyatlarga sohib bo‘ladi. Yangi-yangi kashfiyotlarga erishadi. Zero, inson Yaratganning tilsimidir. Bu tilsim atrofidagi izlanishlar esa, to hayot bor ekan, davom etaveradi.
Nasab (arab. — qon-qarindoshlik) — bir ota-bobodan tarqalgan avlod; umuman avlod-ajdod, nasl (yana k,. Avlod).
Nasab” arabcha so‘z bo‘lib, kelib chiqish, nasl-nasab, sulola, ajdod ma’nolarini anglatadi. Islom ahlining ko‘payishi, arab xalqlarining ajam xalqlari bilan qo‘shilib ketishi nasablarni o‘rganish haqidagi ilmning dunyoga kelishiga zamin yaratdi. Uning asoschisi nasab ilmining imomi Hishom ibn Muhammad ibn Soib al-Kilabiy (vafoti hijriy 204 (milodiy 820) yil)dir
Bir kishi oʻzi hech narsa qilmay turib, ota-bobolarning kazo-kazo boʻlganlari uchungina qadr-qiymat topishi, boshqalardan oʻzini ustun qoʻyishi, imtiyozli sanalishi va oʻzgalarga past nazar bilan qarashi, ularni haqir sanashi Islomiy oʻlchovga mutlaqo toʻgʻri kelmaydi.
Nasabu hasab bilan fahrlanish boshqa xalqlardan ham koʻra arablarda qattiq avj olgan edi. Ular arablarni boshqa halqlardan koʻra oliy nasablik hisoblaganlari ham yetmaganidek, arab qabilalari ichida, qabilalardagi urugʻlar ichida ham nasab surishtirar, birlarni ustun qoʻyishib, boshqalarni ostin qoʻyishar edilar.
Islom nasabi va hasabiga qarab odamlar orasida tengsizlikka yoʻl qoʻyishga ham oʻzining insonparvarlik gʻoyalari asosida qarshi chiqdi va bundoq notoʻgʻri ishni yoʻq qilish uchun kurash boshladi.
Paygambar sollallohu alayhi vasallam oʻz hadislaridan birida: “Albatta, Alloh sizdan johiliyatning kiborligini va ota-bobolar ila oʻzini katta tutishini ketkazdi. Kishilar Odam bolalaridir, Odam esa tuproqdandir”-dedilar.
Demak, kim nasabi ila kiborlik qilsa, oʻzida hech narsa yoʻq boʻla turib ota-bobosi ila faxrlansa johiliyatning ishini qilgan boʻladi. Nasabi qanchalar oliy boʻlmasin, ota-bobolari qanchalik ulug boʻlmasinlar kishining oʻzida bir narsa boʻlmasa foydasi yoʻq. Har kim oʻzi yaxshi xislatlarga ega boʻlishi kerak, har kim oʻzi amal qilishi kerak.
Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygambar sollallohu alayhi vasallam jumladan: “Ey Bani Abdulmuttalib oʻzingizni doʻzaxdan qutqaring! Albatta, men sizlarga zarar yoki foyda keltirishga molik emasman. Ey Muhammadning qizi Fotima oʻzingni doʻzaxdan qutqar! Albatta, men senga zarar yoki foyda keltirishga molik emasman”-deganlar.
Allohning eng sevimli va oxirgi Paygambari Muhammad sollallohu alayhi vasallam oʻzlarining yaqin qarindoshlariga, oʻz jigaroʻshalari-qizlariga nasab yoʻli bilan biror foyda bera olmasalar, u yogini tushunib olaverish kerak.
Ha, har kim nimaga erishadigan boʻlsa oʻz amali bilan erishadi. Oʻtib ketgan shaxslardagi xislatlar tufayli birov koʻklarga koʻtarilib, boshqalar yerga urilmaydi. Barcha barobar Allohning bandasi, Odamning bolasi.
Bu borada xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning: “Kimning amali kamlik qilsa, uni nasabi tezlata olmaydi”, degan gaplari qoida oʻrniga oʻtib qolgan.
Shu tariyqa, Islom odamlarni nasabu-hasabga emas, oʻz amaliga qarab, oʻz shaxsiga qarab baholanishi zarurligiga asta-sekin oʻrgatib bordi. Gohida eski odat ham oʻzini koʻrsatib qolsa darhol musulmonlar bir-birini ogohlantirishar, oʻzlariga qayta kelishar edilar.
Bir kuni sahobalar gaplashib oʻtirib, oʻtganlarni eslashib qolishdi. Gap oʻz-oʻzidan ota-bobolarga borib taqaldi. Oʻtirganlar mening otam undoq boʻlgan edi, bobom bundoq boʻlgan ekan, deb ota-bobolari ila faxrlana boshlashdi. Men falonchining oʻgliman, deyishga oʻtishdi. Navbat asli arab boʻlmagan sahobiylardan biriga kelganda u kishi, men Islom oʻgliman, dedi. Shunda Umar ibn Xattob roziyallohu anhu oʻrnidan turib, men ham Islom oʻgliman, deb yiglab yubordi. Majlisda oʻtirganlar, birdan oʻzlariga kelishib, Umar roziyallohu anhuga qoʻshilib yiglashdi va oʻzlaridan oʻtgan nuqsonga afsus qilishdi.
Ilm-ma’rifat — insonni kamolotga yetaklovchi, unga najot beruvchi buyuk ne’mat. Bu fikrning yorqin dalili sifatida Imom Buxoriyning o‘n ikki asr oldin “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” degan fikrlari asos. Shu bois ajdodlarimiz qadimdan ilm-ma’rifat o‘rganish va farzand ta’lim-tarbiyasiga ustuvor ahamiyat qaratib keladi. Bugun bu an’ana davom etayotgani, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ilm-fan va diniy ma’rifatga berilayotgan e’tibor yaqin kelajakda o‘z samarasini berishi shubhasiz.

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish