3. Xotin erining haqqini o‘z haqqidan va hamma yaqinlarining haqqidan ham ustun qo‘yishi kerak. Chunki zimmasidagi erining haqqi juda kattadir. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qildilar:
لاَ يَحلُّ لامْرَأَةٍ أَنْ تَصُومَ وَزَوْجُهَا شَاهِدٌ إِلا بِإِذْنِهِ وَلاَ تَأذَنَ فِي بَيْتِهِ إلاَّ بِإذْنِهِ
ya'ni: «Ayol kishi uchun eri borida uning iznisiz ro‘za tutishi va uning iznisiz uyiga birovni kiritishi halol bo‘lmaydi», dedilar» (Imom Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy).
4. Xotin uyiga erining ruxsatisiz hech kimni qo‘ymasligi, erining uyidan uning ijozatisiz biror narsani o‘zining yaqinlariga ham berishi kerak emas. Agar bersa, xotinga gunoh, erga savob bo‘ladi.
5. Shuningdek, erning ayoli ustidagi haqlaridan biri Xotin kishi Alloh taolo bergan nasibaga rozi bo‘lishi, eriga injiqlik qilmasligi kerak. Maishat qiyinchiligi yo hol nochorligi uchun g‘azablanmasligi va oh-voh urmasligi lozim. Balki xushnudlik va qanoat libosini kiyib, erining rizq topishdagi mashaqqatlarini qadrlashi, harom kasbga o‘tishidan qo‘rqib, undan hojatdan ortig‘ini talab qilmasligi darkor. Balki, erini ham qanoatga undab, harom yo‘llardan ogohlantirishi zarur. Momolarimiz erlarini kuzatayotib shunday derdilar: «Harom kasbdan saqlaning! Biz ochlik va qiyinchilikka chidaymiz, ammo do‘zax oloviga chiday olmaymiz».
5. Sevgi-muhabbat - Oliy insoniy tuyg’u.
Sevgi-muhabbat – bu buyuk tuyg’u! Ishq deb atalmish hissiyotni so’z bilan ifodalash juda ham murakkab.Qo’shiq tariqasida tabiiy ifodalash esa bundanda mushkul. Sevgi bizni qalbimizga so’rovsiz kirib oladi va bir umr biz bilan hamnafas, yo’ldoshbo’ladi. Hayotimizni boylik, go’zallik, mansab tark etishi mumkin, ammo muhabbat bir umr biz bilan birga qoladi. Sevgan insonning qo’lidan yomonlik kelmaydi, deyishadi. Shubhasiz, sevgan inson birovga yomonlik qila olmaydi. Zero, uning qalbida mehr- muhabbat bor. Mana shu ulug’tuyg’uni ajoyib tarona sifatida bizning e’tiborimizga taqdim etuvchi san’atkorlar ham sevishadi, sevilishadi, sevgi degan tuyg’uni ich-ichidan his etishadi. Yo’qsa, bunday ajoyib qo’shiqlar ko’ngilga xush yoqib, ishq to’la qalblarga malham vazifasini o’tamasdi. Bugungana shunday romantik taronalari bilan qalblarni to’lqinlantirib kelayotgan Sogdiana faqat muhabbat haqida so’zlaydi. Aniqrog’i, sevgi-muhabbatga oid 30ta iboraga, 30ta ta’rif beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |