POKLIK VA HALOLLIK – Insonning insonligi uning pokligi va halolligi bilan o‘lchanadi. Shuning uchun ota-
bobolarimiz hamisha pok va halol bo‘lishga da’vat etib kelishgan,
halol bilan haromni farqlash to‘g‘risida nasihat qilishgan. Bu
musulmon olami, xususan, o‘zbek xalqi odob-axloq mezon-
larining asosini, boshqacha aytganda, imonning negizini tashkil
etadi. Poklik va halollik esa imonning asosiy belgi laridan biridir.
Poklik va halolliksiz imonli bo‘lish mumkin emas. Imonli
bo‘lishning o‘zi esa insonning pokligi va halolligiga yo‘g‘rilgandir.
Pok va halol bo‘lmagan odamdan ezgulik chiqmaydi, unda mehr-
shafqat, oriyat, nomus, sharm va hayo bo‘lmaydi.
SAHOBALAR – (yoxud as-sahoba, sohib – «tarafdor»ning
ko‘pligi – ashob) – Muhammad (s.a.v)ning safdoshlari, u zot
bilan muloqotda bo‘lgan yoxud g‘azotlarda qatnashgan kishilar;
keyinchalik Muhammad (s.a.v.)ni loaqal bir marotaba, garchi
go‘daklik chog‘ida bo‘lsa ham ko‘rgan barcha kishilar sahobalar
deb atala boshlagan.
Barcha ezguliklarning, xayrli ishlarning boshi halollikdir, desak, yanglishmasak kerak. Halollikning o‘zi kabi do‘stlari ko‘p: yaxshilik, baraka, xotirjamlik, osoyishtalik"¦ Ehtimol, dunyoni go‘zallikdan ham oldin halollik qutqarar"¦ Ibrat ko‘zi bilan boqsangiz, halol insonning dili, yo‘li to‘g‘ri, darajasi ulug‘. «Halol bo‘lsang, yashay olmaysan» esa og‘ziga kuchi yetmagan, bo‘yni mehnatga yor bermaydigan mahmadonalarning chala xulosasi ekanini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Halol luqma tomog‘ingizga tiqilmaydi, jig‘ildonni qaynatmaydi, uyqungizni qochirmaydi. Har narsaning haloli bo‘lsin, deb bejizga aytishmaydi
Islom dinida insonlar uchun halol va harom masalasiga alohida urg‘u berilgan. Halol va harom amallari insonlarning biror narsani iste’mol qilishida, mol (pul) topishida, biror bir ishni bajarishida, insonlar bilan muomalasi, munosabatlarida ham amal qiladi. Demak, insonning butun faoliyatida halol va harom yonma-yon. Qaysi birini tanlash inson vujudidagi imon-e’tiqod, ushbu tushunchalar bilan ifoda etiladigan ma’naviyatiga bog‘liq.
Islom dini insonlarga rizqni faqat halol kasb orqali qo‘lga kiritishga buyuradi. Halollikka Qur’oni karimda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarida va shariat ahkomlarida katta ahamiyat berilgan.
Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Halol kasb talab qilish farzdan keyingi farzdir”. “Ogoh bo‘ling! Tanada bir parcha go‘sht bor, u sog‘lom bo‘lsa, butun tana sog‘lom bo‘ladi. U buzilsa, butun tana buziladi. Ogoh bo‘ling! O‘sha narsa qalbdir”. Halollikni ustun qo‘yadigan insonning qalbida imon mujassam bo‘ladi. Imonli odam ma’naviyatli, ma’naviyatli odamning hamma amallari esa halol bo‘ladi.
Bugungi kunda mamlakatimiz rahbarini tashvishga solib kelayotgan, jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan, adolatga putur yetkazayotgan illat – korrupsiya bor joyda halollik bo‘lmaydi. Qalbida imon va halollik tuyg‘usi bo‘lmagan kishi korrupsiya yo‘li bilan manfaat ko‘rishga intiladi.
Halol va harom - ijobiy yoki salbiy deb baholanadigan diniy, axloqiy-huquqiy normalar. Halol ("erkin", "bogʻlanmagan") — shariatda musulmonlar uchun ruxsat etilgan xatti-harakatlar va ishlar, toza va pok hisoblangan oziq-ovqatlar. Qurʼ-on va hadisga koʻra, suv, sut, non, meva va uning sharbatlari, poliz ekinlari, Allohning ismi aytib soʻyilgan halol hayvonlar va halol qilingan taomlar, kiyishga ruxsat berilgan kiyimlar haloldir. Halol mehnatdan topilgan mulk, meros, hadya qilingan narsa, ikki tomon roziligi bilan boʻlgan tijorat tufayli qoʻlga kiritilgan mablagʻ halol boʻladi. Shariatda halol hisoblangan narsani harom degan odam kofir hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |