«Tarix» kafedrasi «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanidan


Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi tashkil topdi



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/270
Sana10.02.2022
Hajmi2,3 Mb.
#440432
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   270
Bog'liq
3znrz-0wjjz

Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi tashkil topdi
.
1993 yil yanvarda Minskda MDH Davlatlari boshliqlarining navbatdagi
kengashi
bo’ldi. Unda MDHning Nizomi imzolandi va MDHning huquqiy
rasmiylashtirish
jarayoni yakunlandi.
134


1991-1999 yillarda MDH davlat boshliqlarining 25 ga yaqin kengashi bo’lib,
ularda hammasi bo’lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy, tashkiliy va umumiy
sohalarga oid 1300 ga yaqin masalalar muhokama etilib, tegishli hujjatlar imzolandi.
Hamdo’stlik mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy aloqalari katta mashaqqatlar
va sekinlik bilan mustahkamlanib bordi. Qabul qilingan hujjatlarning aksariyati
qog’ozda qolib ketdi. Bunga sabab tomonlarning muammolarni echishni
istamayotganida emas, aksincha, o’zaro hamkorlik teng huquqli asosda, har bir
mamlakatning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda yuritilishiga intilayotganligi
bilan bog’liq edi. O’tgan yillar davomida erishilgan ahdlashuvlarni amalga
oshirishning samarali mexanizmi yaratilmadi, o’zaro hisob-kitoblar
muvofiqlashtirilmadi.
2000 yil 24-25 yanvar kunlari Moskvada MDH mamlakatlari rahbarlarining
sammiti bo’lib o’tdi. Unda Rossiya davlat boshlig’i V.Putin Hamdo’stlik Davlatlari
boshliqlari kengashining raisi etib saylandi. Ukraina Bosh vaziri V.Yushenko MDH
mamlakatlari hukumat boshliqlari kengashining raisi etib saylandi. Kengashda MDH
a’zolari bo’lgan mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish,
MDHni isloh qilish borasidagi masalalar muhokama qilindi. Bu kengash MDHning
kelajagiga katta ishonch uyg’otdi. Bu ishonch Rossiya Prezidenti V.Putinning MDH
doirasidagi sheriklar bilan yaqinlashishga qaratilgan harakatlarida o’z ifodasini
topmoqda. 2000 yil 21 iyunda Moskvada bo’lib o’tgan MDH davlat boshliqlarining
sammitida MDH doirasida erkin savdo zonasi barpo etish borasidagi ishlarni,
integratsiya jarayonlarini faollashtirishga qaratilgan 2005 yilgacha bo’lgan muddatda
Hamdo’stlikni rivojlantirish dasturi muhokama qilindi va tegishli hujjat imzolandi.
2003 yilgacha jinoyatchilik, terrorchilik va ekstremizmning turli ko’rinishlariga
qarshi birgalikda choralar ko’rish to’g’risida, MDHning terrorchilikka qarshi kurash
markazini tuzish haqida qarorlar qabul qildilar.
Terrorchilikka qarshi kurash markazi rahbari etib Rossiya Federal xavfsizlik
xizmati, Konstitutsiyaviy tuzimni himoya qilish va terrorchilikka qarshi kurash
departamenti boshlig’ining birinchi o’rinbosari Boris Milnikov tayinlandi.
2001 yil 29-30 noyabr kunlari Moskvada MDH tashkil etilgan kunning 10
yilligiga bag’ishlangan yubiley sammiti bo’lib o’tdi. Sammit qatnashchilari
Afg’onistondagi voqealar to’g’risida bayonot qabul qildilar. Bayonotda aksilterror
operatsiyasi ijobiy baholandi. Yubiley sammitida yana bir hujjat – MDH
tuzilganining 10 yilligi munosabati bilan Bayonot imzolandi. Bayonotda 10 yil
davomida rejalashtirilgan hamma tadbirlar ham amalga oshmagani ta’kidlandi.
Hamdo’stlik barcha a’zo mamlakatlar xalqlari farovonligini oshirish yo’lida
salohiyatga ega ekanligi, undan foydalanish zarurati e’tirof etildi.
MDHning 10 yillik tarixi guvohlik beradiki, Hamdo’stlikning tashkil etilishi
foydali bo’ldi. Hamdo’stlik 10 yil oldin qanday kerakli tashkilot bo’lgan bo’lsa,
135


bugungi kunda ham shunday keraklidir. Sobiq Ittifoq parchalangach, yuzaga
kelgan mustaqil davlatlarning bir-biriga bog’langan iqtisodiyotini to’ldirib turish
zarur edi. Hamdo’stlik mana shunday to’ldiruvchilik rolni o’ynadi, parchalanish
jarayonida nizo-janjal chiqishiga yo’l qo’ymadi.
Hamdo’stlik hozirgi kunda ham ahamiyatini yo’qotgani yo’q. MDH yon-
atrofdagi voqealarga munosabat bildirishda yakdillik ko’rsatish, xususan, terror,
narkobiznes, uyushgan jinoyatchilik, ekstremizm kabi balolarga qarshi turishda
hamjihatlikni mustahkamlash, bahamjihat harakat qilishda muhim o’ringa ega.
Hamdo’stlikning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, globalizatsiya jarayonlari
jadallashib borayotgan hozirgi sharoitda dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va siyosiy
o’zgarishlarga tayyor turish, turli inqirozlarni engishda barcha a’zo davlatlar uchun
kerakli va foydali tashkilotdir.
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo’stlik mamlakatlari bilan ikki
tomonlama hamkorlikni yo’lga ko’yish va rivojlantirish alohida o’rin tutadi. Ikki
tomonlama hamkorlik deganda ikki davlat o’rtasidagi, ya’ni O’zbekistonning boshqa
bir mamlakat bilan davlatlararo aloqalarni yo’lga qo’yish va chuqurlashtirish jarayoni
tushuniladi. O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan o‘zaro hamkorlik masalalariga
alohida e’tibor qaratdi. O‘zbekiston Respublikasi vaRossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi
davlatlararo munosabatlar va ham-korlik1992-yil imzolangan Davlatlararo
munosabatlar, Do‘stlik asoslari to‘g‘risidagi shartnoma, 1998-yil imzolangan1998–
2007-yillar uchun iqtisodiy hamkorliknichuqurlashtirish to‘g‘risidagi
shartnomalarasosida rivojlanib bordi. Keyingi yillarda O‘zbekiston –Rossiya
munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilishida 2004-yilda imzolangan O‘zbekiston
Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi Strategik sheriklik to‘g‘risidagi
shartnoma muhim ahamiyat kasb etdi. 2005-yilda Moskvada imzolangan O‘zbekiston
Respublikasi vaRossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi Ittifoqchilik munosabatlari
to‘g‘risidagishartnoma, shuningdek, 2012-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuv
yakuniga ko‘ra qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi
o‘rtasida strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya» ikki davlat
o‘zaro munosabatlarida alohida voqea bo‘ldi. Ikki mamlakat o‘zaro munosabatlari va
hamkorligining yanadarivojlanishi va chuqurlashishiga 2013-yil aprelda O‘zbekiston
PrezidentiI.A. Karimov va Rossiya Prezidenti V.V.Putin o‘rtasidagi
Moskvauchrashuvi yangi turtki berdi. Ushbu uchrashuv chog‘ida davlatlarningkeng
qamrovli o‘zaro munosabatlaridagi hamkorlikni rivojlantirish holativa istiqboli ko‘rib
chiqildi. Har ikki davlat mustaqillikka erishgandankeyingi davr ichida O‘zbekiston va
Rossiya o‘rtasida 160 dan ortiq xalqaro shartnoma va 40 dan ziyod boshqa hujjatlar
imzolandi. 2017-yil aprelda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
rasmiytashrif bilan Rossiyada bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
ShavkatMirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi yakunlari
bo‘yichasiyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, harbiy-texnikaviy, migratsiya
136


sohalari,shuningdek, mintaqalararo hamkorlik, turizm va sog‘liqni saqlashga
oidumumiy qiymati 16 milliard dollar bo‘lgan 55 hujjat imzolandi.

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish