Florentsiya shahrida Yevropa
Itgifoqi
bilan O’zbekiston o’rtasida sherikchilik va hamkorlik to’g’risida Bitim
imzolandi. Bu hujjat O’zbekistonning Yevropa Ittifoqi va unga a’zo bo’lgan 15 ta
mamlakat bilan o’zaro munosabatlarining huquqiy negizi bo’lib siyosiy, iqtisodiy,
ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochdi. Yevropa Ittifoqi
bilan hamkorlik O’zbekistonning xavfsizligi va taraqqiyotini ta’minlovchi muhim
omillardan biri bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekiston mustaqil davlat sifatida sayyoramiz ozon qatlamini muhofaza qilish
bo’yicha Vena Konvensiyasiga, ozon qatlamini kamaytiradigan moddalar xaqidagi
Monreal Protokoliga, atrof-muhitga ta’sir etuvchi vositalarni harbiy yoki boshqa
dushmanlik maqsadida qo’llashni taqiqlovchi Konventsiyaga, Yadro qurolini
tarqatmaslik xaqidagi shartnomaga qo’shilgan.
Shunday qilib, O’zbekiston tarixan qisqa bir davrda jahon hamjamiyatiga
qo’shildi,
xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal qilishda, umumiy va mintaqaviy
xavfsizlikni mustahkamlashda faol qatnashayotgan nufuzli davlat darajasiga
ko’tarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |