«Tarix» kafedrasi «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanidan


siyosati. “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/270
Sana10.02.2022
Hajmi2,3 Mb.
#440432
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   270
Bog'liq
3znrz-0wjjz

siyosati. “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar.
Ma’lumki, XX asrning 80-yillarida O‘zbekiston sovet davrining “qayta qurish”
davrlarini boshidan kechirdi, jumladan, bu davrga kelib, sobiq Ittifoqning qurollanish
poygasi sohasida AQSHga tenglashish, lekin mamlakatda inson huquq va
erkinliklarining mavjud emasligi, fuqarolarni qonunlar o‘rniga yakkahokim partiya
qarorlari boshqarishi, qayta qurish davrida esa e’lon qilingan demokratik
qadriyatlarning qog‘ozlarda qolib ketganligi, millatlararo to‘qnashuv va
qirg‘inlarning avj olishi, oziq-ovqat taqchilligi va ekologik halokatlarning
boshlanganligi kabi muammolar kelib chiqdi. Sovetlar davrida respublika ijtimoiy-
iqtisodiy hayotida etilgan ziddiyatlar va muammolarni hozirgi kunda ijtimoiy va
iqtisodiy sohalarini erkinlashtirish bilan qiyosiy taqqoslash yaqin o‘tmishda xalqimiz
boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklar mohiyatini ochib berishga yordam beradi.
O‘zbekistonda “qayta qurish” davrida ham Markaz tomonidan uyushtirilgan
“paxta ishi” va “o‘zbek ishi” kabi korrupsiyaga qarshi kurash bahonasida qatag‘onlik
siyosati davom etdi. Bu davrda minglab xo‘jalik rahbarlari va partiya xodimlari
uyushtirilgan ayblovlar bilan mansablaridan olindi, aksariyati ustidan jinoiy ishlar
qo‘zg‘atildi. Mustaqillikning birinchi yilida ulardan 3000 dan ortig‘ining avf etilishi
bu ishlarning noqonuniy bo‘lganini ko‘rsatdi. “Paxta ishi” kampaniyasi yuzasidan
o‘tkazilgan tergovlarda 20 mingdan ortiq kadrlar aybdor deb topildi.
1985 yil aprelda bo‘lib o‘tgan Markaziy Komitet Plenumida “sotsializm” va
“kommunizm” to‘g‘risidagi safsata va yolg‘ondan iborat “nazariya” va
“g‘oyalar”ning turg‘unlik holatiga kirib qolganligini, kommunistik partiya 
strategiyaviy faoliyatining pirovard yakuniy inqirozi ekanligi ta’kidlandi. Bu
jarayonning sabablari quyidagilarda namoyon bo‘ldi:
Birinchidan, 70 yildan ortiq vaqt mobaynida sovetlar davrida amal qilib kelgan
kommunistik partiyaning yakkahokimlikka asoslangan ma’muriy-buyruqbozlik ish
yuritish uslubi hayot sinoviga bardosh bera olmadi. Davlatning asosiy siyosiy
negizini tashkil etuvchi “sovetlar” endi amalda ikkinchi darajali qo‘g‘irchoq rasmiy
bir tashkilotga aylanib qolgandi. Davlatning taqdirini hal etuvchi kuch KPSS, uning
Markaziy qo‘mitasi, Siyosiy byurosi edi. Ichki va tashqi siyosatga oid barcha
masalalar, yillik va besh yillik rejalar, kadrlar tanlash va joy-joyiga qo‘yishlargacha
dastlab KPSS MK Siyosiy Byurosida hal bo‘lardi va so‘ng sovetlarning mas’ul
organlari uni shunchaki tasdiqlar edi. Ish shu darajaga borib etgandiki, partiya safidan
chiqarilgan xodim o‘z ish vazifasidan ketishi u yoqda tursin, u albatta jazolanar edi.
Kommunistik partiyaning yakkahokimlikdan iborat ish uslubi shaxsga sig‘inishidan
iborat ijtimoiy-siyosiy hodisalarni keltirib chiqarib qolmasdan, ayni paytda sovetlar
jamiyatining ichdan emirilishini tezlashtirgan omillardan bo‘ldi.
XX asrning 80-yillari o‘rtalarida respublikada o‘zboshimchalik va
qatag‘onlarning yangi davri aniq-ravshan ko‘rinib qoldi. Endi ijodiy ziyolilargina
emas, balki asosan ilmiy ishlab chiqarish va siyosat bilan band bo‘lgan kadrlar,
respublikaning milliy manfaatlarini bo‘g‘ib kelayotgan, mavjud ijtimoiy-itisodiy
tizimning yaramas va umidsizligini tobora tushunib borgan milliy ziyolilar ham
ta’qib ostiga olindi.
16


O‘zbek xalqining istiqloli va mustaqilligi to‘g‘risidagi fikr hech qachon, hatto
totalitar tizim “gullab yashnagan” davrda ham O‘zbekiston milliy ziyolilarining
miyasidan nari ketmagan o‘zbek xalqi istiqlol va mustaqillikka erishish uchun garchi
oshkora ravishda bo‘lmasa ham, doimo kurash olib borgan.
Tish-tirnog‘i, joni va qoni zo‘ravonlikdan iborat bo‘lgan tizim yangi
narsalarning hammasiga, xalq orzu qilib, dilida saqlab kelgan narsalarning barchasiga
jon-jahdi bilan qarshilik ko‘rsatar edi. Bu tizimning mafkurachilari o‘zlarining
tamomila nochorligi va mahkumligini sezib, “gaykalarni qattiqroq burashdek” necha
qayta sinab ko‘rilgan yo‘lga kirdilar va O‘zbekistonni yangi qatag‘onlar maydoniga
aylantirdilar.
Markaziy partiya-sovet apparati cheklanmagan oliy hokimiyatni saqlab qolishga
urinib, xalqning taqdirini bundan keyin ham hal qilib borish uchun O‘zbekiston
rahbariyatining mavjud ijtimoiy-siyosiy tartibotini o‘zgartirish va respublikaning
milliy mustaqilligini qaror toptirish zarurligini tushungan muxolif kayfiyatdagi
qismini shu respublika oliy partiya organlarining qo‘li bilan badnom qilishga, ularga
tuhmat toshlarini yog‘dirishga urindi. Respublikaga har xil yugurdaklar yuborildi,
ular partiya, sovet va sud organlarida muhim o‘rinlarni egallab, chinakam terrorni avj
oldirdilar. “Paxta ishi” degan ish to‘qilib, maydonga olib chiqildi. Bu ish biroz vaqt
o‘tib, ayniqsa markaziy matbuotda kishining izzat-nafsiga teguvchi “o‘zbek ishi”
degan nom bilan ataldi. YUqoridan maxfiy 
topshiriq
 bilan yuborilgan Gdlyan va
Ivanov boshchiligidagi guruh bir necha yuz minglab halol kishilarni va umuman
respublikani badnom qila boshladi. CHunonchi, o‘zbek xalqining baxti-saodati
yo‘lida samarali faoliyat ko‘rsatgan, o‘sha yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi
Markaziy Komitetining Birinchi sekretari bo‘lgan SH.R.Rashidovning nomi bilan
badnom qilindi, u bilan birgalikda esa butun respublikaning sha’ni-shavkati va qadr-
qimmati qoralandi. Markazda g‘ayri tabiiy ravishda tug‘ilgan fikr respublikada uning
itoatkor ijrochilari bo‘lgan SH.R.Rashidovdan “ranjigan” kishilar tomonidan qo‘llab-
quvvatlandi. Ular markazdan kelgan jazo komandasi bilan mahkam aloqada bo‘lib,
ko‘pgina halol va vijdonli kishilarni “fosh qilish” bilan shug‘ullandilar va ularning
qamoqqa olinishiga erishdilar. Buning natijasida talaygina insonlar taqdirining qaddi
bukildi.
Mustaqillik yillarida ma’naviyat va tarixiy xotira masalalari davlat siyosatida
ustuvor ahamiyat kasb etib kelmoqda. CHunki “millatning o‘zligini anglashi tarixni
bilishdan boshlanadi. Bu masala davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi zarur
ekanligini chuqur anglagan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat
Mirziyoev bu mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga olish arafasida, ya’ni 2016 yil 18
noyabrda Jizzax viloyati saylovchilar vakillari bilan uchrashuvdagi nutqida: “Hech
shubha yo‘qki, SHarof Rashidov nomini o‘zbek xalqi tarixidan, hayotidan ayri
tasavvur qilib bo‘lmaydi. SHarof Rashidov o‘z xalqiga va Vataniga fidoyi farzand
edi”, dedi va shu bilan birga “...O‘zbekistonni juda murakkab va og‘ir yillarda
boshqargan, yurtimiz sha’niga ham, o‘z nomiga ham gard yuqtirmasdan o‘tgan
kamtarin va donishmand davlat arbobi, taniqli yozuvchi SHarof Rashidovning
shaxsiga nisbatan turli bo‘htonlar uyushtirilganida ham bunday nohaqlikdan yurak-
bag‘ri ezilgan, lekin unga bosh egmagan Jizzax elining sabr-bardoshi va matonati
oldida ta’zim qilsak, arziydi”, deyish bilan uning respublikaga qariyb chorak asr
etakchilik qilgani, o‘z davrining farzandi ekanligi, mavjud tuzumga sadoqat bilan
17


xizmat qilgani, ammo, shunday odam dunyodan ko‘z yumganida o‘zi umr bo‘yi
himoya qilgan,sodiq bo‘lib xizmat qilgan tuzum unga xiyonat qilgani, misli
ko‘rilmagan shakkoklik bilan uning xotirasini tahqirlab, jasadini ko‘chirganliklari,
oila a’zolari va qarindosh-urug‘larini ta’qib etganliklari, “Rashidovchilik” degan
soxta iborani o‘ylab topib, uning xotirasini yomonotliq qilganliklarini ham ta’kidlab
o‘tdi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlarda jamiyat va shaxs masalalari, madaniy meros, til
muammolari kabi masalalarni hal etishga intilish yuzaga keldi. Bu masalalarga
bag‘ishlangan ilmiy, ayniqsa, publitsistik maqolalar gazeta va jurnallar sahifalarida
muntazam bosilib turdi. Ana shunday masalalar sirasiga kiradigan voqelikni xotirlab,
Prezident SHavkat Mirziyoev: “Barchangiz yaxshi eslaysiz, muhtaram
YUrtboshimizning tashabbuslari bilan istiqlolga erishganganimizning ikkinchi yili
SHarof Rashidovning nomi to‘la–to‘kis oqlandi. O‘sha yili u kishining 75 yilligi
yurtimizda keng nishonlandi”, deya ta’kidlaydi.
Biroq, kommunistik mafkura yakka hokimligi sharoitida mazkur masalalarni
to‘liq hal etish mumkin emasdi. Mustabid tuzum milliy o‘zlikni anglash jarayoniga
tish-tirnog‘i bilan qarshilik ko‘rsatar, jamiyatdagi mavjud ziddiyatlar, nuqsonlar,
illatlar aslida mustabid sovet tuzumi, kommunistik mafkura yakkahokimligi tufayli
yuzaga kelayotganini yashirishga, niqoblashga urinar edi. Respublikani juda
murakkab va og‘ir yillarda boshqarib, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona
xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyot va madaniyat rivojiga
katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi SHarof Rashidovdek
insonga nisbatan adolatsizlik qilindi. Inson tirik paytida uni ko‘klarga ko‘tarib,
vafotidan keyin er bilan yakson etsa, qadrini beobro‘ qilsa, bu o‘zi qanday davlat,
qanday jamiyat bo‘ldi, deya hayqirasan kishi. Biroq, afsuski yaqin o‘tmishimizda ana
shunday achchiq va achinarli adolatsizlik sodir etildi. Bu borada Prezident
Sh.Mirziyoev shunday xulosa yasaydi: “Lekin, tarix guvoh, hayotda shunday
adolatsizliklar ham bo‘lar ekan. Agar har bir xalq, har bir davlat mustaqil bo‘lmasa,
boshqalar uning nafaqat dehqonini, nafaqat ishchisini, hattoki shoiru olimini ham,
davlat arbobini ham istagancha tahqirlashi, insoniy sha’nini tuproqqa qorishi mumkin
ekan”. Darhaqiqat, biz yaqin o‘tmishimizda kechgan ana shunday ayanchli voqealar
misolida qo‘lga kiritgan mustaqilligimizning naqadar buyuk ne’mat ekanligini, uning
ahamiyati va mohiyatini, qadr-qimmatini yanada teran anglab etishimiz, uni har
qanday yovuz kuchlardan himoya qilishga doimo tayyor turishimiz shartligini, sobiq
sovetlar hududining ba’zi o‘lkalarida eski tuzumni yana qaytarishga urinishlar
bo‘layotgan hozirgi paytda bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmasligimiz,
mustaqillikning qadriga etishimiz zarurligini unutmasligimiz lozim.
Xalqimizning otashqalb farzandi, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona
xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyot va madaniyat rivojiga
katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi va yozuvchi SHarof Rashidovning yorqin
xotirasini ulug‘lash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoev 2017 yil 27 mart kuni “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov
tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida” gi qarorga imzo chekdi. Avvalroq
Oliy Majlis Senatining qaroriga muvofiq Jizzax viloyati Jizzax tumaniga Sharof
Rashidov nomi berilgan edi. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida davlat arbobi
va yozuvchi xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasi va haykali o‘rnatildi.
18


Fuqarolar, ayniqsa, yosh avlodni atoqli davlat arbobi va adib SHarof Rashidovning
hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Jizzax shahrida uning
memorial uy-muzeyi tashkil etilib, muzey hududi obodonlashtirildi. O‘zbekiston
Yozuvchilar uyushmasi tomonidan adibning “Saylanma” kitobi, Sharof Rashidov
hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Xalqimizning otashqalb farzandi” nomli xotira
kitobi chop etiladi. Shuningdek, Sharof Rashidovning hayoti va ijtimoiy-ijodiy
faoliyati haqida hujjatli film yaratiladi. Shuningdek, “Sharof Rashidovning
O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni” mavzuida ilmiy konferensiya o‘tkazish, oliy, o‘rta
maxsus, kasb-hunar va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat
jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, san’atkorlar ishtirokida xotira
tadbirlari tashkil etish rejalashtirilgan. Noyabr oyining birinchi o‘n kunligida Jizzax
va Toshkent shaharlarida SHarof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan
xotira kechasi nishonlash tadbirlari o‘tkaziladi. Bu bilan el-yurtimiz taqdiriga daxldor
tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratini ulug‘lash va
abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan
e’tibor xalqimizning inson xotirasi va uning qadr-qimmatiga ehtirom ko‘rsatishdek
o‘lmas qadriyatlari, bebaho ma’naviy fazilatlarini namoyon etib kelmoqda.
Darhaqiqat, otashin xalq farzandi, buyuk shaxs SHarof Rashidov o‘zbek xalqi uchun,
uning bax-saodati uchun katta ishlarni amalga oshirdi. Uning bu xizmatlari xalq
qalbidan hech qachon o‘chmaydi.
1983 yil fevralda KPSS MQ Siyosiy byurosi qarori bilan O‘zbekistondagi
paxtachilik sohasidagi suiiste’molchiliklarni tekshirish uchun Bosh prokuratura
xodimlari T.Gdlyan va N.Ivanov boshchiligida komissiya tuzildi. Ular shu yil 25
apreldan ish boshladi. Bu tekshiruvlar “paxta ishi” nomini oldi. Markaz tergov
guruhi tomonidan respublikada 1978-1983 yillarda sodir bo‘lgan 780 ta qo‘shib
yozish, o‘zlashtirish va poraxo‘rlikka doir 780 ta ish tergovdan tugal ravishda o‘tib
sudlarga yuborildi, 4 ming kishi, jumladan 600 ta rahbar xodimlar jinoiy
javobgarlikka tortildi. Hukm etilganlar orasida O‘zbekiston paxta tozalash
sanoatining sobiq vaziri, uning 5 ta o‘rinbosari, vazirlik boshqarmalari boshliqlari,
viloyat boshqarmalarining boshliqlari, hokimiyat tarmog‘ining yuqori vakillari – 2 ta
O‘zKP MQ sobiq kotibi, 400 ta mahalliy sovetlar deputatlari, 8 ta SSSR va
respublika Oliy Soveti deputatlari, respublika vazirlar kengashining sobiq raisi, 6 ta
ichki ishlar vazirligi generallari bor edi.
1985 yilda “paxta ishi” bo‘yicha 2272 kishi ustidan 338 ta jinoiy ish
qo‘zg‘atilgan, jinoiy javobgarlikka tortilganlarning 213 tasi kolxoz raislari va sovxoz
direktorlari, 49 tasi paxta tozalash zavodi direktorlari, 13 tasi partiya va sovet
organlari xodimlari bo‘lgan.
“Paxta ishi” bo‘yicha paxtachilikka aloqasi bo‘lmagan soxa vakilari ham jinoiy
javobgarlikka tortilgan. Hatto, maktab o‘qituvchilarini ham paxta ishi bo‘yicha jinoiy
javobgarlikka tortish holatlari yuz bergan. 1982 yilda Qashqadaryo viloyati
SHahrisabz tumanidagi 27-maktab o‘qituvchilari To‘raev, Sultonov, Ahmedov,
Raximov, Ismoilov, Qayumov, Po‘latovlar paxtaga qo‘shib yozish bo‘yicha to‘lov
vedomostlariga imzo qo‘yganlikda ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.
1986 yil 1 yanvar holatiga “paxta ishi” yuzasidan ochilgan 110 ta jinoiy ish
tugallanib, bu bo‘yicha aybdor deb topilgan 679 kishi ustidan sud qarori e’lon
qilingan. 679 nafar sudlanganlarning 363 tasi KPSS a’zosi, 14 tasi VLKSM a’zosi,
19


37 tasi esa ilgari sudlanganlar bo‘lgan. Ushbu ko‘rilgan ishlar 40 ta kolxoz, 25 ta
sovxoz, 45 ta paxta tozalash zavodlari va paxta qabul qilish punktlarida sodir etilgan.
Sudlanganlarning 53 nafari Ittifoq ordenlari bilan, 97 nafari medallar bilan
taqdirlanganlar va 21 nafari mahalliy Sovet xalq deputatlari bo‘lgan.
Albatta, “paxta ishi” – bu KPSSning so‘nggi bor o‘zini saqlab qolishga intilishi,
totalitar rejimni sog‘lomlashtirishga urinishi edi. Lekin vaqt boy berilgan, sovet
jamiyati endi eskicha yashashni xohlamay qo‘ygan edi. Dissidentlar, g‘arb tashviqoti,
axborot urushlari SSSRni ichidan emirib bo‘lgan edi. Bu davrda amalga oshirilgan
Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish