Differensiatsiya
– (lot. differentiafarqlash, har xillik); taqsimlanish, nimanidir alohida turli xil unsurlargaajralishi, bo‘laklarga
bo‘linish.
Dualizm
– (lot.) ikki taraflamalik (shuningdek, falsafadagi dunyo asosida ikkita mustaqil bosh sabab – ruh va modda, ideallik va
moddiylik mavjud degan qarashlar haqidagi ta’limot).
Evropotsentrizm
G‘arbiy Yyevropa madaniyati butun insoniyat uchun na’muna, deb qarovchi konsepsiya. Unga
ko‘ra G‘arbiy Yyevropa – jahon taraqqiyoti markazidir.
Jazo
– huquqbuzarlik sodir etishda ayblangan shaxslarga nisbatan qo‘llanadigan ma’naviy, moddiy yoki jismoniy
cheklashlar bilan bog‘liq bo‘lgan majburlov chorasi.
Jamiyat
– insonlar munosabati va ijtimoiy aloqalar yig‘indisi. Jamiyat tarixiy, moddiyma’naviy hayot tarzidan
kelib chiqqan holda umumiy orzumaqsadlari bilan birlashgan insonlar uyushmasining alohida shakli. Jamiyat doimo
o‘zgarish va rivojlanishda bo‘lib, uning asosini doimo insonlar tashkil etadi.
Jamoa manfaati
– kishilar guruhi, korxona va firmalarga tegishli manfaatlar majmuidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |