1991-1999 yillarda MDH davlat boshliqlarining 25 ga yaqin kengashi bo’lib,
ularda hammasi bo’lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy,
tashkiliy va umumiy
sohalarga oid 1300 ga yaqin masalalar muhokama etilib, tegishli hujjatlar imzolandi.
Hamdo’stlik mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy aloqalari katta mashaqqatlar
va sekinlik bilan mustahkamlanib bordi. Qabul qilingan hujjatlarning aksariyati
qog’ozda qolib ketdi. Bunga sabab tomonlarning muammolarni echishni
istamayotganida emas, aksincha, o’zaro
hamkorlik teng huquqli asosda, har bir
mamlakatning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda yuritilishiga intilayotganligi
bilan bog’liq edi. O’tgan yillar davomida erishilgan ahdlashuvlarni amalga
oshirishning samarali mexanizmi yaratilmadi, o’zaro hisob-kitoblar
muvofiqlashtirilmadi.
2000 yil 24-25 yanvar kunlari Moskvada MDH
mamlakatlari rahbarlarining
sammiti bo’lib o’tdi. Unda Rossiya davlat boshlig’i V.Putin Hamdo’stlik Davlatlari
boshliqlari kengashining raisi etib saylandi. Ukraina Bosh vaziri V.Yushenko MDH
mamlakatlari hukumat boshliqlari kengashining raisi etib saylandi. Kengashda MDH
a’zolari bo’lgan mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish,
MDHni isloh qilish borasidagi masalalar muhokama qilindi. Bu kengash MDHning
kelajagiga katta ishonch uyg’otdi. Bu ishonch Rossiya Prezidenti V.Putinning MDH
doirasidagi sheriklar bilan yaqinlashishga qaratilgan harakatlarida o’z ifodasini
topmoqda. 2000 yil 21 iyunda Moskvada bo’lib o’tgan MDH davlat boshliqlarining
sammitida MDH doirasida erkin savdo zonasi barpo etish borasidagi ishlarni,
integratsiya jarayonlarini faollashtirishga qaratilgan 2005 yilgacha bo’lgan muddatda
Hamdo’stlikni rivojlantirish dasturi muhokama qilindi va tegishli hujjat imzolandi.
2003 yilgacha jinoyatchilik, terrorchilik va ekstremizmning turli ko’rinishlariga
qarshi birgalikda choralar ko’rish to’g’risida, MDHning terrorchilikka qarshi kurash
markazini tuzish haqida qarorlar qabul qildilar.
Terrorchilikka qarshi kurash markazi rahbari etib
Rossiya Federal xavfsizlik
xizmati, Konstitutsiyaviy tuzimni himoya qilish va terrorchilikka qarshi kurash
departamenti boshlig’ining birinchi o’rinbosari Boris Milnikov tayinlandi.
2001 yil 29-30 noyabr kunlari Moskvada MDH tashkil etilgan kunning 10
yilligiga bag’ishlangan yubiley sammiti bo’lib o’tdi. Sammit qatnashchilari
Afg’onistondagi voqealar to’g’risida bayonot qabul qildilar. Bayonotda aksilterror
operatsiyasi ijobiy baholandi. Yubiley sammitida yana bir hujjat – MDH
tuzilganining 10 yilligi munosabati bilan Bayonot imzolandi. Bayonotda 10 yil
davomida rejalashtirilgan hamma tadbirlar ham amalga oshmagani ta’kidlandi.
Hamdo’stlik barcha a’zo mamlakatlar xalqlari farovonligini oshirish yo’lida
salohiyatga ega ekanligi, undan foydalanish zarurati e’tirof etildi.
MDHning 10 yillik tarixi guvohlik beradiki, Hamdo’stlikning tashkil etilishi
foydali bo’ldi. Hamdo’stlik 10 yil oldin qanday kerakli tashkilot bo’lgan bo’lsa,
135
bugungi kunda ham shunday keraklidir.
Sobiq Ittifoq parchalangach, yuzaga
kelgan mustaqil davlatlarning bir-biriga bog’langan iqtisodiyotini to’ldirib turish
zarur edi. Hamdo’stlik mana shunday to’ldiruvchilik rolni o’ynadi, parchalanish
jarayonida nizo-janjal chiqishiga yo’l qo’ymadi.
Hamdo’stlik hozirgi kunda ham ahamiyatini yo’qotgani yo’q. MDH yon-
atrofdagi voqealarga munosabat bildirishda yakdillik ko’rsatish, xususan, terror,
narkobiznes,
uyushgan jinoyatchilik, ekstremizm kabi balolarga qarshi turishda
hamjihatlikni mustahkamlash, bahamjihat harakat qilishda muhim o’ringa ega.
Hamdo’stlikning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, globalizatsiya jarayonlari
jadallashib borayotgan hozirgi sharoitda dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va siyosiy
o’zgarishlarga tayyor turish, turli inqirozlarni engishda barcha a’zo davlatlar uchun
kerakli va foydali tashkilotdir.
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo’stlik mamlakatlari bilan ikki
tomonlama hamkorlikni yo’lga ko’yish va rivojlantirish alohida o’rin tutadi. Ikki
tomonlama hamkorlik deganda ikki davlat o’rtasidagi, ya’ni O’zbekistonning boshqa
bir mamlakat bilan davlatlararo aloqalarni yo’lga qo’yish va chuqurlashtirish jarayoni
tushuniladi. O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan o‘zaro hamkorlik masalalariga
alohida e’tibor qaratdi. O‘zbekiston Respublikasi vaRossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi
davlatlararo munosabatlar va ham-korlik1992-yil
imzolangan Davlatlararo
munosabatlar, Do‘stlik asoslari to‘g‘risidagi shartnoma, 1998-yil imzolangan1998–
2007-yillar uchun iqtisodiy hamkorliknichuqurlashtirish to‘g‘risidagi
shartnomalarasosida rivojlanib bordi. Keyingi yillarda O‘zbekiston –Rossiya
munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilishida 2004-yilda imzolangan O‘zbekiston
Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi Strategik sheriklik to‘g‘risidagi
shartnoma muhim ahamiyat kasb etdi. 2005-yilda Moskvada imzolangan O‘zbekiston
Respublikasi vaRossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi Ittifoqchilik munosabatlari
to‘g‘risidagishartnoma, shuningdek, 2012-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuv
yakuniga ko‘ra qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi
o‘rtasida strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya» ikki davlat
o‘zaro munosabatlarida alohida voqea bo‘ldi. Ikki mamlakat o‘zaro munosabatlari va
hamkorligining yanadarivojlanishi va chuqurlashishiga 2013-yil aprelda O‘zbekiston
PrezidentiI.A. Karimov va Rossiya Prezidenti V.V.Putin o‘rtasidagi
Moskvauchrashuvi yangi turtki berdi. Ushbu uchrashuv chog‘ida davlatlarningkeng
qamrovli o‘zaro munosabatlaridagi hamkorlikni rivojlantirish holativa istiqboli ko‘rib
chiqildi. Har ikki davlat mustaqillikka erishgandankeyingi davr ichida O‘zbekiston va
Rossiya o‘rtasida 160 dan ortiq xalqaro shartnoma va 40 dan ziyod boshqa hujjatlar
imzolandi. 2017-yil aprelda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
rasmiytashrif bilan Rossiyada bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
ShavkatMirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi yakunlari
bo‘yichasiyosiy,
savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, harbiy-texnikaviy, migratsiya
136
sohalari,shuningdek, mintaqalararo hamkorlik, turizm va sog‘liqni
saqlashga
oidumumiy qiymati 16 milliard dollar bo‘lgan 55 hujjat imzolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: