So’g’d tilidagi manbalar
So’g’d tilidagi manbalar asosan IV-X asrlarga oid bo’lib, turli mazmundagi huquqiy hujjatlar – ahdnomalar, nikoh haqidagi shartnomalar, oldi-sotti hujjatlari, tilxatlar, So’g’d, Shosh, Turk va Farg’ona hukmdorlari o’rtasidagi yozishmalar, xo’jalikning kundalik faoliyatiga oid huddatlar, masalan, xarajatlar yozilgan hujjat hamda farmonlardan iborat.
Bu hujjatlar So’g’diyonaning o’zidan, Mug’ qal’adan, Samarqandda Afrosiyobdan, Qirg’iziston va Sharqiy Turkistonda topilgan.
Bular orasida Mug’ qal’a xarobalaridan 1932 yili topilgan hujjatlar alohida ahamiyatga ega. Hujjatlar bahorda Tojikistonning Varziminor (hozirgi Zahmatobod) tumaniga qarashli Xayrobod qishlog’ida shu tumanning sobiq birinchi rahbari A.Po’lotiy tomonidan ochilgan. Huddatlar jami 79 ta bo’lib, bulardan 74 tasi qadimgi so’g’d, 1 dona arab, 3 tasi xitoy va yana biri turk tilidadir. Ular har xil materialga – charmga, taxtaga va qog’ozga yozilgan. Hujjatlar so’g’d dehqoni, katta yer yegasi, podshohi Devashtich (708-722-yy.) va yirik mansabdorlar-framandarning, shuningdek, Xoxsar hamda Kshtut dehqonlarining shaxsiy arxiviga tegishli bo’lib, So’g’dning VIII asrning birinchi choragidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini o’rganishda muhim manba rolini o’ynaydi.
Mug’ qal’asidan topilgan hujjatlar A.A.Freyman, A. V.Vasilev, I.Yu.Krachkovskiy, M.N.Bogolyubov, V.A.Livshits, M.Ishoqov, U.N.Mansurov hamda O.I.Smirnovalar tarafidan chuqur o’rganilgan.
Mug’ qal’asi hujjatlarining topilishi tarixi va ular haqidagi dastlabki ma’lumotlar 1934 yili maxsus to’plam shaklida (“Cogdiyskiy sbornik”, Leningrad, 1934) e’lon qilindi. Ayrim hujjatlarning tarjimasi I.Yu.Krachkovskiy va A.A.Freyman tomonidan 30-yillari e’lon qilindi. Huquqiy hujjatlar va maktublar tarjimasi, zarur izoh va tadqiqotlar bilan (Sogdiyskie dokumentы s gorы Mug. Chtenie, perevod, kommentariy. II chiqishi. 1962.) V.A.Lifщits tarafidan chop qilindi.
1961 va 1965 yillari O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti xodimlari ilmiy safar chog’ida Samarqandning Afrosiyobida V-VI asrlarga oid saroy xarobalarini ochdilar. Saroy mehmonxonasining dkvorlari turli mazmundagi rasmlar bilan bezatilgan bo’lib, ular orasida oq kiyim kiygan Chag’oniyon elchisining surati ham bor. Uning etagiga so’g’d tilida o’n olti satrdan iborat ishonch yorlig’i yozib qo’yilgan edi. Bu yozuvlar VII asr o’rtalaridagi xalqaro munosabatlar tarixini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Samarqandda topilgan yozuvlar IX asrga oid uch tilda so’g’d, qadimgi turk va xitoy tilida yozilgan turk xoqonining qabr toshidagi bitikdir.
Bunday hujjatlar so’g’diylarning Qozog’iston, Qirg’iziston hamda Sharqiy Turkistondagi savdo koloniyadaridan ham topilgan. Bular orasida ayniqsa A.Steyn (1862-1943) tarafidan 1907 yili Dunxuan (Xitoyning Gansu viloyatida) va Turfonda (Sharqiy Turkiston) topilgan hujjatlar, Talas daryosining o’ng sohilida, hozirgi Talas shahridan 7 km shimolda joydashgan Qulonsoy hamda Teraksoy daralarija qoya toshlarga o’yib bitilgan yozuvdar alohida e’tiborga molik. Bu yozuvlar IV-XI asrlarda So’g’d koloniyalarining ijtimoiy ahvoli haqida, ayniqsa O’rta Osiyo va Uzoq Sharq mamlakatlari o’rtasidagi savdo aloqalari va bunda so’g’diylarning roli haqida qimmatli ma’lumot beradi.
Dunxuan va Xo’tan hujjatlari A.Steyn, Talasdan topilgan yozuvlar esa V.A.Kallaur, M.Ye.Masson, D.F.Vinnik, A.A.Asanaliev, K.Ashiraliev, U.Jumag’ulovlar tarafidan o’rganilgan.
Mamlakatimiz tarixi, xususan unda yashagan qadimiy xalqlar tarixini o’rganishda, so’g’d tilida yozilgan “Xalqlar ro’yxati” deb atalgan bir hujjat (VIII asr) o’ta muhimdir. Unda O’rta Osiyoda yashagan 21 xalq va elatning nomi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |