Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”


Huquqiy hujjatlar va yozishmalar



Download 3,07 Mb.
bet88/114
Sana12.07.2022
Hajmi3,07 Mb.
#780519
TuriReferat
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   114
Bog'liq
Manbashunoslik MAJMUA

Huquqiy hujjatlar va yozishmalar Xoja Ahrorga tegishli vasiqa va vaqfnomalar. Bu turdagi hujjatlar ko’p va ular arxiv va muzeylarning fondlaridan, shuningdek qo’lyozma kitoblar saqlanayotgan kutubxonalardan topish mumkin. Yirik sharqshunos olima O.D.Chexovich (1912-1982- yy.) O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti va O’zbekiston Respublikasi Davlat arxivi fondlarida saqlanayotgan vasiqa va vaqfnomalar fondini ko’p yillar davomida qunt bilan o’rgandi va ular ichida Xoja Ubaydulla Ahrorga tegishlilarini ajratib olib, matni va ruscha tarjimasi, va maxsus tadqiqot bilan birga qo’shib 1974 yili “Samarkandskie dokumentы XV-XVI vekov” nomi bilan nashr etdi.
Xoja Ubaydulla Ahror o’z davrining badavlat, boobro’ kishisi bo’lib, mamlakatning iztimoiy-siyosiy hayotida katta nufuzga ega bo’lgan. Uni shu darajaga yetkazgan omillardan biri uning qo’lida to’plangan katta yer-suv va mol-mulk bo’ldi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, uning 300 jufti nov (bir juft ho’kiz yordamida haydab ekiladigan yer) yeri, shaharlarda timlari (usti yopiq bozor), do’konlari, hammomlari, karvonsaroylari, tegirmonlari, moyjuvozlari bo’lgan.
Xoja Ubaydulla Ahror ma’rifatli va raiyatparvar kishi edi. Daromadning bir qismini xayrli ishlarga sarflagan, xalq manfaatini himoya qilgan. Masalan, 1463 yili Temuriyzoda Umarshayx Mirzo Toshkent xalqidan katta miqdorda xiroj talab qilganda, Xoja Ubaydulla Ahror uni o’z hisobidan to’lab yuborgan; hunarmandlar va bozor ahlidan olinadigan tamg’a solig’iga qarshi chiqqan, uning o’zi va mulki barcha soliqlardan ozod qilinganiga qaramay, ayrim yillari hamma qatori xiroj, ushr va boshqa soliqlar ma’unoti devoniya va navoibi sultoniya to’lab turgan.
Xoja Ubaydulla Ahror har yili Sulton Ahmad Mirzo (1458-1494 yy. Movarounnahr hukmdori)ning devoniga 80 ming man (4,32 kg.ga teng) g’allani xiroj o’rnida yuborib turgan; yiliga unga xirojning bir qismini – 10 ming kumush tanga berib turgan.
Xoja Ubaydulla Ahrorga tegishli vasiqa, vaqfnoma va boshqa huquqiy hujjatlar hali boshqa yerlardan ham topiladi. Lekin O.D.Chexovich nashr qilganlarning o’zi ham O’zbekistonning XU-XU1 asr boshidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini o’rganishda birinchi darajali manba bo’lib xizmat qiladi. Quyida ikkita hujjat mazmunini keltiramiz:

VASIQA
Alloh jumlai jahon egasidir, uning shon shavkati yuqori bo’lsin! (Hijriy) 859 yil jumodi ul-oxir oyining 12- kuni.
Bayramxo’ja o’g’li Hasan, mulkiga mutasaddiy bo’lishga haq-huquqi bo’lgan holda, dedi: “Samarqandning So’zangaron ko’chasida joylashgan ikki xonalik uyimni, tahoratxona va ayvoni bilan, Ubaydullaxoja Jaloliddin Mahmudga sotdim.
Mazkur hovli-joyning g’arb tarafi oliyjanob, hurmat-ehtiromga loyiq bo’lgan olg’uvchining do’koni bilan tutash, shimoliy tarafi podshohlik yerlari va qisman Amir Shermuhammad xojaning uyi bilan, sharqi-janub tarafdan esa xalqa ko’chalar bilan tutashdir.
Ushbu mulkni, barcha haq-huquqlari bilan, hozirda muomalada bo’lgan 1500 dinori adliyaga20 sotdim.
Mazkur sado-sotiqning kafilligi o’zimning zimmamda.
Savdo quyidagi shaxslarning guvohligida bo’ldi:
Abu Mansur Muhammad;
Sa’dulla Muhammad al-Ispijobiy;
Ahmad Ali al-Xorazmiy;
Xoja Sulton Jahongir o’g’li;
Bayramshoh Junayd Ramazon o’g’li.
Hammasi bo’lib 26 guvoh.”21
Arab xalifaligining siyosiy, iqtisodiy va harbiy qudratining zaiflashuvi va mahalliy hokimlarning kuchayishi asta-sekin markaziy hukumat nomigagina Bag’dodda bo’lib, uning o’lkalardagi noiblari deyarli mustaqil davlatlar sifatida faoliyat ko’rsata boshladilar. Bu esa madaniyat, ilm-fan sohasiga katta ta’sir o’tkazdi.
Nomigagina xalifalikka qaram mamlakatlarida avval oddiy xalq orasida, asta-sekin ldimdar va davlat ayonlari va rahbarlari orasida arab tili bilan fors va turkiy tillarining iste’mol etilishi, keyincha arab tili din va diniy bilimlar tiliga aylanib, ayniqsa she’riyat va tarixda forsiy va turkiy tillar ma’lum mavqega ega bo’lib, ularda ilmiy, badiiy va tarixiy asarlar yaratildi, davlat hujjatlari yuritila boshlandi. Bora-bora forsiy til davlat tili darajasiga ko’tarilib, bu tilda juda katta hududda badiiy va tarixiy asarlar yaratildi.
Masalan, Nizomiddin Shomiy va Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarlari, Mirzo Ulug’bek rahnamoligi va ishtirokida bitilgan “Tarixi ulusi arba’” (“To’rt ulus tarixi”), Muhammad Mirxondning “Ravzat us-safo” (“Jannat bog’i”), Mirzo Haydarning “Tarixi Rashidiy” va boshqalar forsiy tilda bitildi. Movarounnahrda forsiy va turkiy til doimo yonma-yon iste’mol etilar edi.
Bizning tariximizga oid salmoqli tarixiy manbalar avval arab tilida yaratilgan bo’lsa, ayniqsa davlat rahbarlari yoki hokimlar arab bo’lganlarida, keyincha forsiy tilda bitildikim, bu til ilmiy doiralar, madrasa va maktablarda umumiy taraqqiyot darajasini belgilovchi zarurat sifatida o’rgatilar va XIX oxirigacha, ziyoli oilalarda vrvb tili din va “Quro’ni karim” tili sifatida, she’riyat va boshqa sohalar uchun forsiy va lna turkiy tillari iste’foda etilar edi.


Download 3,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish