Tarix instituti


O’zbekiston hukmdorlari      www.ziyouz.com



Download 452,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana02.11.2019
Hajmi452,82 Kb.
#24861
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Farhod Sultonov, Farruh Bozorboyev. O'zbekiston hukmdorlari


 

O’zbekiston hukmdorlari 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

55

AMIR HAYDAR  



Amir Haydar ibn Shohmurod  

(1800-1826) 

 

Mang‘itlar

dan bo‘lgan Buxoro amiri. Uning hukmronlik yillarida mamlakatda notinchlik hukm 

suradi, ya`ni markaz va viloyatlar hamda kechagina viloyat maqomida bo‘lgan, lekin endilikda alohida 

siyosiy birlik - xonlikka aylangan Xiva va Qo‘qon bilan qarama-qarshiliklar  avjiga chiqadi va 

mamlakatda har 3-6 oyda uzluksiz ichki urushlar va qo‘zg‘olonlar bo‘lib turgan. Miyonkol, Shahrisabz, 

Karki, Marvdagi mahalliy kuchlar yana o‘z boshimchalik qila boshlaganlar. Chunonchi, Marvni 

boshqarib turgan 

Dinnosirbek

 (amirning ukasi) Xiva xoni 

Eltuzar


 ko‘magiga ishonib, bosh ko‘taradi. 

Amir Haydar uchun bu nihoyatda havfli holat edi. Chunki, bu shunchaki bir viloyatning markazga 

bo‘yin egmasligi emas, balki rasmiy sulola namoyondasining mintaqadagi raqiblardan – xivaliklar bilan 

til biriktirib, oliy taxtga qarshi harakati edi. Shuning uchun ham Amir Haydar unga qarshi lashkar 

tortadi. Dinnosirbek bas kelolmay Mashhadga qochadi. Shohmurod davrida bo‘lganidek Amir Haydar 

Marvni egallagach, mahalliy aholining bir qismini Zarafshon vodiysiga ko‘chirtirib, bu yerga 

turkmanlarni o‘rnashtiradi. 

Buxorodagi ichki ziddiyatlardan Xiva xonligi bundan keyin ham foydalanishga ko‘p uringan. 

Xususan Dinnosirbekka yordam berish bahonasida Buxoro amirligi hududiga kirib borgan 

Eltuzarxondan so‘ng 1821-1825-yillari Amir Haydar Miyonkolda xitoy-qipchoqlar isyonini bostirish 

bilan ovvoraligida Xivaliklar Chorjo‘y va Marvga harbiy yurish uyushtiradilar. Xivaliklar xatto Marvni 

zabt etishga ham muvaffaq bo‘lganlar. Bungacha ham amirlikning Sharqiy qismida ancha yo‘qotishlar 

va o‘zgarishlar bo‘lgan. Masalan, Qo‘qon hukmdorlari 1805-yili Xo‘jandni, 1809-yili Toshkentni, 1816-

yil esa Turkistonni ishg‘ol etib, xonlik doirasiga kiritadilar. 1806-1813-yillari O‘ratepa, 1806-yili 

Jizzaxga, 1821-yili Samarqandga tahdid solganlar. Xullas, Amir Haydar hukmronligi ancha tahlikali 

bo‘lib, markaziy hokimiyat qudrati susaygan. 



 

AMIR NASRULLO 

Nasrulloxon ibn Amir Haydar 

(1806-yil 1-iyun – 1860-yil 21-sentabr) 

(1826-1860) 

 

Mangi‘tlar

 sulolasidan bo‘lgan Buxoro amiri. Otasi 



Amir Haydar

 hukmronligi davrida Qarshida 

hokimlik qilgan. 1826-yili Amir Haydar vafot etgach bir necha oy mobaynida Nasrulloning ikki akasi - 

Husayn


 va 

Umar


 almashinildi. Birinchisi zaharlandi, ikkinchisi esa o‘ldirildi. Shu yili (1826) Amir 

Haydarning uchinchi o‘g‘li shavqatsizligi uchun 



“Amiri qassob”

 laqabini olgan Nasrulloxon taxtga 

o‘tirdi. Akalari o‘limidan keyin taxtga o‘tirgan Nasrulloxon qisqa vaqt ichida taxtga da‘vo qilishi 

mumkin bo‘lgan avlodlaridan barchasining bahridan o‘tadi. U qo‘shinlariga tayangan holda o‘zbek 

feodal zodogonlarini beayov qira boshladi. U yer egalarining mol-mulki va yerlarini musodara, o‘zlarini 

badarg‘a qilib, o‘ldirtirib yubordi. Bu borada uning eng yaqin yordamchisi rais 

Rahmonbedi Niyoz

 edi. 


Nasrulloxon o‘z hukmronligi davrida islom shariati ko‘rsatmalari amal qilgan. Nasrulloxon jasur va 

dovyurak kishi bo‘lganligi bois unga 



“Bahodir, Botir” 

unvonlari berilgan. Nasrulloxon davlat 

hokimyatini mustahkamlash maqsadida urug‘ va qavm boshliqlari bo‘lgan ko‘plab amaldorlarni quyi 

tabaqalardan chiqqan yosh va g‘ayratli kishilar bilan almashtirdi. 1837-yilda harbiy sohada islohatlar 

o‘tkazib, o‘z qo‘shining jangavor holatini yaxshilaydi. Har biri 800 kishidan iborat 50 ta sarbozlar 

buluklari va 250 kishilik to‘pchilar guruhi tashkil qilingan. Muntazam piyoda qo‘shining soni 40 ming 

kishidan ortiq bo‘lgan. Nasrulloxon Xiva va Qo‘qon xonliklarini Buxoro atrofida birlashtirishda 

urungan. Mamlakatning hududiy yaxlitligini tiklash uchun 1840-42-yillari Qo‘qon xonlari tomonidan 

tortib olingan Xo‘jand, O‘ratepa, Toshkent, Jizzax va Zominni Buxoro amirligiga qaytardi. Farg‘ona 

vodiysi ulamolarining talabi bilan 1842-yili Qo‘qonga yurish qilib xonlik hududini egallagan. Biroq u 



O’zbekiston hukmdorlari 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

56

Qo‘qon xoni Muhammad Alixonni qatl qilish bilan cheklanmasdan, uning onasi (Nodirabegim)ni ham 



o‘ldiradi. Nasrulloxon tomonidan Qo‘qonga Ibrohim parvonachi mang‘itning noib qilib qoldirilishi salbiy 

oqibatlarga ham olib kelgan. Noib mahalliy aholiga zulm o‘tkazib, soliqlarni ko‘paytirdi. Natijada, tez 

orada Qo‘qon qo‘ldan ketadi. 1843-yilda Nasrulloxon Marvni ham Buxoroga bo‘ysuntiradi. 

Shuningdek, Nasrulloxon qo‘shini 20 yilda olib borgan 32 ta harbiy yurishidan so‘ng 1856-yilda 

Shahrisabzni uzil-kesil egallagan. Shahrisabz markaziy hokimyatga bo‘ysungach, u sulh ramzi sifatida 

mahalliy hukmdor - Iskandar Vallomaning sinlisi Kenagasxonimga uylangan.  

Nasrulloxon hukmronlik qilgan yillar Turkiston mintaqasida Rossiya Angliya manfaatlari o‘zaro 

to‘qnashgan davr hisoblanadi. Uning davrida Nasrullon tomonidan Buxoroda 

Qozi Hasanxo‘ja, 

Olimjonboy, Eshoni Pir, Mirzo Ubayd, Ismoilxo‘ja 

(1829), 

Ali Chubin, Mirzo Abdulg‘affor, Tojiddin

 

madrasalari (1860) qurildi. Xalifa Xudaydod me`moray majmuasi yakunlandi(1855). Nasrulloxon 



Buxoroda dafn etilgan.  

 

AMIR MUZAFFAR  



Muzaffar ibn Nasrulloxon  

(1819 - Buxoro - 1885)  

(1860-yil 23-sentabr- 1885-yil 12-dekabr) 

 

Mang‘itlar

 sulolasidan bo‘lgan Buxoro amiri.Otasi Nasrulloxon davrida Karmanaga hokimlik 

qilgan. Amir Nasrullo vafotidan so‘ng, Buxoro taxtiga o‘tirgan. Otasi tomonidan Karmanaga surgun 

qilingan kishilarni Buxoroga qaytarib, yuqori lavozimlarga tayinlagan. Markaziy hokimiyatga 

bo‘ysunishni istamayotgan Hisor, Shahrisabz, Darboz, Ko‘lob, Baljuvon bekliklari va Qo‘qon ustiga 

yurish qilib, ularning qarshiligini yengdi (1863-1865). 

Mallaxon


 tomonidan taxtdan tushirilgan Qo‘qon 

xoni Xudoyorxon Buxoroga qochib kelganida xonlik taxtini qayta egallashi uchun unga harbiy yordam 

bergan (1861). Muzaffarning hukmronlik davri Rossiyaning O‘rta Osiyo xomliklariga qarshi harbiy 

harakatlari kuchaygan davrga to‘g‘ri keladi. Rossiya bilan bo‘lgan kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan 

bartaraf etishda umidini uzmay, u Najmiddinxo‘ja boshliq ekchilarni Peterburgga jo‘natdi (1865-yil 

iyul). Biroq, ko‘zlangan maqasadga erishilmay, ikki o‘rtada harbiy harakatlar boshlandi. Muzaffar 

qo‘shini bilan general Romanovskiy boshchiligidagi Rossiya harbiy kuchlari o‘rtasidagi dastlabki 

to‘qnashuv Jizzax bilan Oratepa o‘rtasidagi Erjar(Maydayulg‘un) da bo‘lib, unda Buxoro qo‘shini 

mag‘lubiyatga uchragan(1866-y. 8-may). Muzaffar muftiy Muhammad Porso boshchiligidagi elchilarni 

Afg‘oniston va Hindiston orqali yordam so‘rab, Istanbulga yuborsa ham rad javobini olgan. 1868-yil 2-

3-iyunda Zirabuloq jangida mag‘lubiyatga uchragach, 1868-yil 23-iyunda Samarqandda imzolangan 

Rossiya-Buxoro sulh shartnomasiga ko‘ra, Buxoro amirligi Rossiyaga tob` bo‘lib qolgan. O‘g‘li va 

valiahd Abdulmalik (Katta to‘ra) Rossiya bosqini va otasi hukmronligiga qarshi Shahrisabz va Kitobda 

qo‘zg‘olon ko‘targanda Muzaffar rus qo‘shinlari yordamida uni bostirgan (1870).  

Muzaffar davrida Buxoro amirligining Rossiyaga qaramligi kuchayishi bilan bir qatorda shialarning 

ta‘siri ham ortgan. Buxorodagi Eshon Imlo mozorida dafn etilgan.  

 

AMIR ABDULAHAD  

Abdulahad ibn Amir Muzaffarxon  

(1859-yil 16-mart – 1911-yil 6-yanvar)  

(1885-1910) 

 

Mang‘itlar

dan bo‘lgan Buxoro amiri. Uning davrida Chor hukumati Buxoroda rus siyosiy agentligi 

ta`sis etib (1886-yil), Turkistonda, jumladan, Buxoro xonligini xom-ashyo ba`zasiga aylantirish va bu 

yerdagi boyliklarni Rossiyaga tashib ketish maqsadida Amudaryoga ko‘prik qurdi, Chorjo‘y – 

Samarqand temiyo‘li o‘tqazdi (1900-1901). Shuningdek, Abdulahad davrida jadidchilik harakati 

kuchaygan.  



O’zbekiston hukmdorlari 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

57

 



AMIR OLIMXON  

Amir Said Olimxon ibn Abdulahad  

(1881, Karmana – 1944. 28-aprel, Kobul)  

(1910-1920) 

 

Mang‘itlar

dan bo‘lgan Buxoro amiri. Peterburgdagi Nikolaev (pajlar) korpusida ta`lim olgan 

(1893-96). 1898-yil Qarshi, valiahd sifatida Karmana bekliklariga hokim bo‘lgan. Otasi vafotidan so‘ng 

1910-yil 24-dekabrda Buxoro taxtiga o‘tirgan. Uning davrida Buxoro amirligining Rossiyaga qaramligi 

yanada kuchaydi. Taraqqiyparvar kuchlar shuningdek, Yosh buxoroliklar qattiq ta`qib qilindi. Birinchi 

Jahon urushi davrida Rossiya imperatori 

Nikolay II 

uni general – leytinant harbiy unvoni bilan 

taqdirlagan va o‘zining general – ad`yutanti qilib tayinlagan (1915-yil dekabr). Chunki u Rossiyaga 

katta miqdorda pul bilan yordam bergan edi. Buxoroda 1917-yil aprel namoyishi, xususan, 

Kolesov 


voqeasi

 (1918-yil mart) dan keyin u amirlik hududida 3 ming kishini jadidlikda ayblab, nohaq qatl 

ettirgan.  

1920-yil avgustda Buxoro bosqini natijasida amirlik tuzumi ag‘darib tashlandi. Sentabr oyining 

o‘rtalarida Olimxon Sharqiy Buxoroga borib, Buxoro xalqining bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib 

borgan mustaqillik kurashiga rahbarlik qilishga urindi. Olimxon Hisor viloyatini o‘ziga qarorgoh qilib, 6 

oy davomida qizil askarlarga qarshi kurashgan. Hisorda yangi hukumat tashkil qilib, buxorooliklarning 

qizil askarlarga qarshi olib borayotgan jang harakatlarini muvoffaqiyatlashtirishga intilgan. Olimxon 

Ko‘lob, Hisor va Dushanba atrofida katta miqdordagi kuchlarni birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan. 

1920-yil noyabr oyining o‘rtalarida uning qo‘shinlari Boysun, Darband, Sherabodni qizil askarlardan 

ozod qilishdi. Olimxon ixtiyoriga Farg‘onadan yordamga yuborilgan 4 ming yigit ham Sharqiy 

Buxoroga yetib keladi. 1921-yil 8-yanvarda Olimxon qo‘shining miqdori 25 ming kishiga yetgan. 

Hisordan Ko‘lob viloyatiga kelgan Olimxon butun qo‘shinlariga Ibrohimbekni oliy- bosh qo‘mondon 

(O‘rinbosarlar: Sharqiy Buxoroda – Davlatmanbek va G‘arbiy Buxoroda – mulla 

Abdulqahhor

) qilib 


tayinlaydi. Biroq, bir qator janglarda mag‘lubiyatga uchragach, Olimxon Amudaryoning Chubek 

kechuvidan Afg‘onistonga o‘tib ketgan (1921-yil 4-mart). Olimxonni Kobulga Afg‘oniston amiri 

Omonullaxon qabul qilib, doimiy yashashi uchun unga Qal`aiy Fotuda mahsus qarorgoh ajratib 

beradi. U Kobulda yashasa ham Buxorodagi ozodlik harakatiga g‘oyaviy jihatdan rahbarlik qilishda 

davom etdi, ko‘rboshlar va ulamolarga turli maktublar va qimmatbaho sovg‘alar jo‘natib, ularni 

kurashga ilhomlantirgan. Olimxon Kobulda o‘zining estaliklarini yozib tugallaydi. Umrining oxirida ko‘zi 

ojizlanib qoladi, og‘ir dardga chalinadi uzoq davom etgan hastaliklardan so‘ng u Qal`aiy Fotuda vafot 

etadi. Kobul atrofidagi 



“Shahidoni islom”

 (islom shahidlari) qabristoniga dafn etilgan.  

Olimxonning xotiralari Parijda fransuz tilida (1929), keyinchalik G‘arbda fors tilida, O‘zbekistonda 

o‘zbek va rus tillarida (1991), Tojikistonda tojik tilida(1992) alohida kitob sifatida chop qilingan. 

Olimxon hikmronligi davrida Buxoroda 

“Olimxon madrasasi”

 qurilgan, 

“Sitorai Mohi Hosa”

 saroyini 

qurish yakunlangan. 



O’zbekiston hukmdorlari 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

58

XIVA XONLIGI HUKMDORLARI - 



(1511-1920) 

 

 



ELBARSXON 

(?-1516),  

(1511-1516) 

 

Xorazmda hukmron bo‘lgan 



shayboniylar sulolasi

 asoschisi va xoni, 



Berka Sulton

ning o‘g‘li



 

Chingizxon

ning nabirasi 



Shaybon

 avlodidan. Otasi 



Berka sulton Shayboniyxon

 tomonidan qatl 

qilingandan so‘ng (XV asrning 80-yillarida), ukasi 

Bilbars

 bilan o‘z ulusi (Sirdaryoning quyi oqimida) 

istiqomat qilgan. 1510-yilda safaviylar hukmronligiga qarshi Xorazmda Umar boshchiligida qo‘zg‘olon 

boshlanadi. Xorazmda hokimiyat tepasiga yangi sulola vakili kelishini mashhur Sayidota ajdodi 

uyushtirdi. Uning tashabusi bilan Shayboniyxon tomonidan qatl etilgan Berka Sultonning o‘g‘li 

Elbarsxon taxtga o‘tkaziladi. 1511-1512-yillarda Elbarsxon boshchiligida Xorazm xalqi Eron 

qo‘shinlarini mamlakatdan quvib chiqaradi. Shu tariqa 1511-yilda Xorazm mustaqilligi tiklandi. 

Elbarsxon davrida mamlakat poytaxti Vazir shahridan Urganch shahriga ko‘chirildi. Elbarsxon Vazir 

shahrini Eron qozilbosh qo‘shinlaridan ozod etgach, bu g‘alaba sharafiga o‘z o‘g‘illari nomiga “

g‘ozi


” 

laqabini qo‘shib aytishni buyurgan. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Elbarsxon Urganch, Xiva, Hazoraps, 

Qiyot va Tirsak shaharlaridan safaviylarni quvib chiqardi.  

Elbarsxon davridayoq xonlikning siyosiy geografiyasi shakllanib bo‘lgan. Chunonchi, xonlik g‘arbda 

Kaspiy dengizi, shimolda Orol dengizi, janubda esa Atrek daryosi va Saraxs atroflarigacha bo‘lgan 

hududlarni o‘z ichiga olgan. Uning davlati markazlashmagan, kuchsiz bo‘lib, mayda uluslarga 

taqsimlangan holda boshqarilgan. Mazkur uluslar Elbarsxon hokimiyatiga tobe hisoblansa-da, amalda 

mustaqil idora qilingan. Elbarsxon davrida Dashti Qipchoqdan Xorazmga ko‘chmanchi qabillarning 

ko‘chib kelishi yanada kuchaydi. Natijada, xonlik hukmdorlarining ijtimoiy tayanchi mustahkamlandi.  

 

 



AVANESHXON 

(tug‘ilgan yili noma`lum) 

(1525-1538) 

 

Xiva xoni. 



Shayboniylar sulolasi

dan. 


Ubaydullaxon

 1537-yili Urganchni egalladi va 

Avaneshxon qo‘shinlarini tor-mor keltirib, xonning o‘zini o‘ldiradi. Xonlik hududi to‘rt qismga bo‘linib, 

uning bir qismi 



Ubaydullaxon

, qolgan uch qismi esa Hisor, Samarqand va Toshkent hokimlariga 

bo‘lib berdi. O‘g‘li 

Abdulaziz

ni Xorazmga noyib etib tayinlaydi. 



 

 

ALIXON 

(tug‘ilgan yili noma`lum) 

(1538-1547) 

 

Xiva xoni. 



Shayboniylar sulolasi

dan. XVI asr oxiri-XVII asr boshlarida Amudaryo o‘zaning 

o‘zgarishi, daryo avvalgi yo‘nalishining qurib borishi xonlikda ichki siyosiy ahvolga qanchalik og‘ir 

bo‘lmasin hukmdorlarni irrigatsiya ishlariga e`tibor berishga majbur etgan. Uning davrida Yangiariq, 

Toshli, Yormish arnalari qurilgan. 

 

 



 

O’zbekiston hukmdorlari 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

59

HOJI MUHAMMADXON  



(Hojimxon) 

(tug‘ilgan yili noma`lum) 

(1558-1602) 

 

Xiva xoni. 



Shayboniylar sulolasi

dan. 1593-yilda Xiva xonligi Buxuro xoni 



Ubaydullaxon

 

tomonidan bosib olinishi natijasida Hojimxon o‘z oilasi bilan Eron shohi 



Abbos

 huzuriga qochishga 

majbur bo‘ladi. 1595-yilda Xiva turkmanlar yordamida yana o‘z mustaqilligini tiklaganda Hojimxon 

taxtga qaytadi. Lekin, shu yili 



Abdullaxon II

 Xiva xonligi ustiga yana qo‘shin tortib keladi va 

Hojimxon yana Eronga qochadi. Faqatgina 1598-yili 

Abdullaxon

ning vafotidan keyin Buxoro 

xonligida boshlangan o‘zaro toju taxt uchun kurashlar oqibatida Hojimxon Xiva xonligi taxtini qayta 

egallashga va o‘z hokimiyatini mustahkamlab olishga erishgan.  

Bu davrda Xiva xonligi Mang‘ishloq, Bolqon tog‘lari, Dehiston, O‘zboy, Shimoliy Xuroson 

hududlarini ham o‘ tasarrufiga olgan edi.  



 

ARAB MUHAMMADXON 

(XVI asrning 2-yarmi – 1623-yil) 

(1602-1623) 

 

Xiva xoni. 



Shayboniylar sulolasi

dan Xorazm xoni 



Hoji Muhammadxon

 (Hojimxon) (1598-

1602-yillar)ning kenja o‘g‘li. Otasi hayotligida Xiva hokimi bo‘lgan. Otasi vafotidan so‘ng 1602-yili 

xonlik taxtiga chiqqan. 



Abulg‘ozi Bahodirxon

ning yozishicha, uning davrida Rossiya chegarasini 

qo‘riqlab turgan Yoyiq kazaklari atamani 

Nechay

 va ataman 



Shamay

 boshchiligida Urganchga 

hujum qildilar. Ularni Xiva qo‘shinlari tor-mor qildilar. 1620 va 1621-yillarda qalmoqlar Xorazmga 

yurish qilib, kishilarni asirga olganlar. Uning davrida Xiva xonligiga qalmoq va qozoqlar bir necha 

marta hujum qilib g‘alabaga erisha olmadilar. Arab Muhammadxon davrida Xiva xonligida davlat 

parokandalik yuqori nuqtasiga yetgan. Amudaryo o‘zaning o‘zgarishi va natijada uning qurib borishi 

bu davrda ham davom etdi. Natijada, Arab Muhammadxon xonlik poytaxtini Urganchdan Xivaga 

ko‘chirishga majbur bo‘lgan. Tarqoqlik va urushlar avj olganligi Xivaning ma`muriy tuzilishiga ta`sir 

etdi. Arab Muhammadxon davrida ichki nizolar avj olib, xonlikning ma`muriy tuzilishiga salbiy ta`sir 

etgan. Chunonchi, har bir shahzodaning o‘z yerida shaxsiy idora apparati – o‘z ayonlari, xazinasi, 

yasovullari, bojxona xizmatchilari va boshqalar bo‘lgan. 1623-yilda o‘g‘illari 

Habash

 va 


Elbars

 

sultonlar taxt talashib unga qarshi urush boshladilar. Bu urushda Arab Muhammadxon yengilib, Qum 



qal`aga qamalgan va o‘sha yerda 1623-yilda vafot etgan.  

 

ASFANDIYORXON 

(Isfandiyorxon) (? - 1643) 

(1623-1643) 



 

Xiva xoni, 



Arab Muhamadxon

ning o‘g‘li. 



Shayboniylar sulolasi

dan. Turkmanlar yordami bilan 

ukasi 

Elbors

 (Ilbors) 



Sulton

ni taxtdan ag‘darib, 1623-yili Xivada xonlik taxtiga o‘tirdi. U turkman 

zodagonlariga tayanib ish yuritdi. Eron davlati qo‘liga o‘tib qolgan Janubiy Turkmanistonni Xiva 

xonligiga qo‘shib olishga intildi, ammo 1628-yilda safaviylar qo‘shinidan yengildi. XVII asrning 30-40-

yillarida Buxoro va Rossiya bilan savdo-sotiq ishlarini olib boradigan karvonlarga zarar yetkazayotgan 

qalmoqlarga qarshi qattiq kurash olib bordi; qalmoqlarga qarshi ittifoq tuzish maqsadida Moskva bilan 

muzokaralar yuritdi. 

Arab Muhammadxon

ni o‘ldirishda 



Habash Sulton

 bilan 


Elbars sulton

ga 


yordam bergani uchun Xorazmdagi uyg‘ur va nayman qabilalarining chorva mollarini tortib oldi va 

ularga qarshi qirg‘in uyushtirdi. Bu fojiadan qutilish uchun o‘zbeklarning boshqa qabilalari Xivadan 

Movarounnahrga, ba`zilar esa Mang‘ishloq yoki qozoq dashtlariga ko‘chib ketdilar.  


O’zbekiston hukmdorlari 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

60

Asfandiyorxon davrida tarqoqlik va xalq ommasini ezish yanada kuchaydi, bu esa mehnatkashlar 



noroziligiga sabab bo‘ldi. Bundan foydalangan yer mulkdorlari o‘z vakillaridan biri 

Abulg‘ozi 

Bahodir

ni Asfandiyorxonga qarshi qo‘ydilar. Natijada 1643-yil Orol o‘zbeklari 



Abulg‘ozi

ni xon qilib 

ko‘tardilar. Xuddi shi yili Asfandiyorxon vafot etdi. Oradan 2 yil o‘tgach, 

Abulg‘ozi Bahodirxon

 

Xivada taxtda o‘tirdi.  



 

ABULG‘OZI BAHODIRXON 

(1603-yil 23-avgust, Urganch – 1663-yil aprel, Xiva) 

(1644-1663) 

 

Xiva xoni, 



shayboniylar sulolasi

dan, tarixchi va tabib. Abulg‘ozi Bahodirxonning og‘alari 



Habash

 

sulton

 va 

Elbars

 

sulton

 otalari 

Arab Muhammadxon

ni yengib, uni Qum qal`asiga 

qamadilar. Otasining tarafdorlari bo‘lgan katta og‘asi Asfandiyor Eronga, Abulg‘ozi Bahodirxon esa 

Buxoroga 



Imomqulixon

 huzuriga qochdi. 1623-yilda akasi 



Asfandiyorxon

 Xiva taxtini egallagach, 

Abulg‘ozi Bahodirxon Urganchga hokim qilib tayinlandi. Lekin 

Asfandiyorxon

 bilan o‘rtalarida nizo 

chiqib, Abulg‘ozi Bahodirxon 1627-yilda qozoq xoni 

Eshimxon

 huzuriga qochdi; keyin ikki yil 

Toshkent hokimi 

Tursunxon

 bilan birga bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay, turkmanlarning taklifiga binoan u yana 

Xorazmga qaytdi. 

Asfandiyor

 uni Xiva hokimi qilib tayinlashga majbur bo‘ldi. 1629-yilda turkmanlar 

Eronga tobe bo‘lgan Niso va Dorunni bosib oldilar. 

Asfandiyorxon

 Eron bilan munosabatlarning 

tamoman jiddiylashib ketishidan cho‘chib, aybni Abulg‘ozi Bahodirxonga to‘nkadi va uni 1630-yil 

qishida Eron podshohi huzuriga garov tariqasida yubordi. Abulg‘ozi Bahodirxon shu tariqa 10 yil 

Eronda, Isfaxon yaqinidagi Taborak qal`asida qamoqda yashadi. 1639-yilning yozida u tutqunlikdan 

qochishga muvaffaq bo‘ldi. Abulg‘ozi Bahodirxon bir necha yil taxt uchun kurash olib borib, nihoyat 

1644-yilda hokimiyatni o‘g‘li 

Anushaxon

ga topshirdi. Abulg‘ozi Buxoro xoni 



Abdulaziz

 bilan 


Subhonqulixon

 o‘rtasidagi raqobatga ham aralashdi, chunki, 



Subhonqulixon

 Abulg‘ozining 

jiyaniga uylangan edi. Buxoro xoni bilan sulh tuzishga erishildi. Shunga qaramay, Abulg‘ozixon 1663-

yili yetti marta Buxoro xonligi ustiga yurish uyushtirdi: Qorako‘l, Chorjo‘y, Vardonze tumanlarini talon-

taroj qildi. U Buxoro xoni 

Abdulazizxon

 davrida Buxoroga ko‘pgina talonchilik yurishlarini olib 

borgan. Uning bosqinchilik yurishlari Buxoro xonligining siyosiy va iqtisodiy ahvoliga yomon ta`sir 

ko‘rsatdi va ijtimoiy-siyosiy ahvolni murakkablashtirib yubordi. Abulg‘ozi qabila boshliqlari nufuzini 

oshirish bilan ularning markaziy hokimiyatga qarshi xatti-harakatlariga barham bermoqchi bo‘ldi. U 

xonlikdagi barcha qabilalarni to‘rt guruhga bo‘ldi: qiyot-qo‘ng‘irot, uyg‘ur-nayman, qang‘li-qipchoq, 

nukuz-mang‘it. Bunda qabilalarning urf-odatlari, turmush tarzi va qarindoshchilik aloqalari hamda 

joylashgan yeri hisobga olindi. Mazkur to‘rt guruh yana o‘n to‘rt mayda urug‘lar ham qo‘shilgan. Har 

bir qabilaviy guruhga bog‘liq – inoq tayinlanib, xon shu inoq orqali qabilaga tegishli masalalarni hal 

qilgan. Inoqlar xonning eng yaqin maslahatchisi sifatida saroyda istiqomat qilganlar. Abulg‘ozi 

Bahodirxon saroyida xon hashami 32 qabila boshlig‘i – inoqlardan iborat edi.  

Abulg‘ozi Bahodirxon yirik tarixchi olim sifatida ham e`tiborga sazovor. Uning 9 bobdan iborat 

Shajarai Turk”



 hamda 

“Shajarai tarokima”

 (“Turkmanlar shajarasi”) asarlari O‘zbekiston, umuman 

O‘rta Osiyo tarixiga oid qimmatli manbalardan hisoblanadi. Abulg‘ozixon 

“Shajarai turk”

 asari bilan 

«Xorazm tarixchilik maktabi»

ga asos solgan. Abulg‘ozi Bahodirxon tibbiyot ilmiga oid 

“Manofiul inson”

 

(“Insonga foydali tadbirlar”) nomli asar ham yozgan.  



Download 452,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish