Tarix: fanni o‘rganish strategiyasi yoxud darsliklarni o‘zlashtirishda kerak bo‘ladigan usullar


Kitob o‘qishni to‘g‘ri tashkil eting



Download 423,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana18.02.2022
Hajmi423,3 Kb.
#451682
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarix o\'rganish strategiyasi 131118205600

3. Kitob o‘qishni to‘g‘ri tashkil eting. 
Tarix fanida 
darsliklarni o„zlashtirmay turib hech narsaga erishib 
bo„lmaydi. Shuning uchun darslik kitoblarni o„qishni 
to„g„ri tashkil etish lozim. Ko„pgina abituriyentlar 
aynan shu masalaga kelganda xatolikka yo„l qo„yadi. 
Ya‟ni, kitob o„qishni to„g„ri tashkil eta olmagani 
uchun natija ko„rsata olmaydi. Amerikalik mashhur 
yozuvchi Mark Tvenning quyidagi so„zlari aynan shu 
masalaga oiddir: 
“Yaxshi kitob o„qimaydigan inson – 
umuman, kitob o„qimaydigan insondan farqi yo„q”. 
Mark Tvenning so„zlarining tasdig„i sifatida, ba‟zi 
abituriyentlar yil davomida tarix fanini o„qib 
tayyorgarlik ko„radilar, lekin natijaga kelganda 
umuman o„qimay tavakkal test ishlaydiganlar bilan 
bir xil natija qayd etadilar. To„g„ri bunday holat 
kamdan kam uchrar, lekin shunday holatga tushganlar 
ham bor ekanligi sir emas. Xo„sh, shu holatga tushib 
qolmaslik uchun nimalarga e‟tibor qaratish lozim? 
Buning uchun yuqorida sanab o„tilgan qoidalarga 
rioya qilgan holatda, yaxshi kayfiyatda kitob o„qishni 
boshlashni tavsiya etamiz. 
Tarix 
fani 
kitoblarni 
o„qiyotganda 
mavzularning nomiga e‟tibor qaratib borish lozim. Bu 
orqali mavzuda nima haqida ma‟lumot berilishi 


Telegram.me/tarixmasters 
haqida tushuncha shakllanadi. Yangi mavzuni 
o„qishni boshlashdan oldin uning rejalari bilan 
tanishib chiqish ham maqsadga muvofiq. Bu orqali 
sizda nimani o„qishingiz haqida oldindan tasavvur 
paydo bo„ladi. Shuningdek, mavzuni qancha vaqtda 
tugatish bo„yicha o„z oldingizga strategik maqsad 
qo„yishingiz mukin bo„ladi. 
Mavzuni 
birinchi 
marta 
o„qiyotganda 
shoshmasdan har so„z, jumla, gaplarning ma‟nosini 
tushungan holda o„zlashtirib borish lozim hisoblanadi. 
O„qish jarayonida har bir jumla yoki gapni savolga 
aylantirib ko„rish kerak. Ya‟ni, gap va jumlalarni 
shunchaki o„qib ketmasdan ulardan qanday savol 
tushishi mumkinligini tahlil qilish lozim bo„ladi. 
Masalan: 
6-sinf Tarix darsligidagi quyidagi jumlaga e‟tibor 
qarating: 
Miloddan avvalgi V asrda qadimgi yunon tarixchisi 
Gerodot turli mamlakatlarga sayohat qilib to„qqiz 
kitobdan iborat “Tarix” asarini yozdi. 
Ushbu jumlani quyidagi shakllarda savollarga 
aylantirish mumkin: 
1) Gerodot qachon yashagan? 
2) Gerodot qaysi xalq tarixchisi? 
3) Gerodot qaysi asarni yozgan? 
4) “Tarix” asari necha kitobdan iborat? 
5) “Tarix” asarining muallifi kim bo„lgan? 
Shu tarzda har bir gapni tahlil qilganda uni 
savolga aylantirish va qanday savollar tushish 
ehtimolini hisobga olish lozim bo„ladi. Ba‟zi bir 
jumlalar shunday tarzda keladi ularni o„sha holatda 
savolga aylantirish mumkin emas. 
Masalan: 
8-sinf Jahon tarixidagi “…Imperator har bir fuqaroni 
o„zlari oldin shug„ullangan mehnat faoliyatini davom 
ettirishga chaqirdi.”, degan jumlani to„g„ridan to„g„ri 
savolga aylantirish mumkin emasdir. Lekin ushbu 
jumlada kim haqida ma‟lumot berilayotgani asosida 
savol tushishi mumkin. Ya‟ni, “Qaysi hukmdor har bir 
fuqaroni o„zlari oldin shug„ullangan mehnat 
faoliyatini davom ettirishga chaqirdi?” tarzida savol 
tushishi mumkin. 
Yuqoridagi misoldan kelib chiqqan holda 
“Qaysi hukmdor davrida…?”, “Qaysi davlatda…?”, 
“Qaysi sulola davrida…?”, “Qaysi qo„zg„olonda…?” 
va boshqa shu kabi tarzda boshlanuvchi savollar 
tushish ehtimolini hisobga olgan holda o„qib borish 
lozim bo„ladi. 
Mavzuni birinchi marta o„qib tushuncha hosil 
bo„lgandan so„ng keyingi navbatda takrorlab 
o„qiyotganda ma‟lumotlarni yodlash masalasiga 
e‟tibor qaratish lozim bo„ladi. Bunda har bir abzasni 
o„qigandan so„ng ichimizda takrorlashimiz yoki uni 
oynaga qarab aytib o„zimizga aytib berib 
takrorlashimiz mumkin bo„ladi. Bu narsa nutqimizni 
rivojlanib borishiga ham xizmat qiladi. O„qish 
jarayonida islohotlar, eksport qilingan mahsulotlar va 
boshqa shunga o„xshash sanaladigan ma‟lumotlar 
kelsa birinchi navbatda aniq sonini bilgan holda 
yodlab borish lozim bo„ladi. Ayrim abituriyentlar 
uchun o„qish jarayonida yozib borish ham yaxshi 
samara beradi. Ya‟ni, yillar, atamalar, hukmdorlar, joy 
nomlari va boshqa tayanch tushunchalarni yozib 
borish va shu orqali kitobdagi ma‟lumotlarni o„qib 
takrorlash mumkin bo„ladi. 
Mavzuni o„qish jarayonida miya dam olishi 
uchun tanaffuslarni ham to„g„ri tashkil etish lozim 
bo„ladi. 1 soat bosh ko„tarmay o„qish yaxshi samara 
bermasligi 
mumkin. 
Chunki 
mavzu 
o„qish 
boshlanganidan qanchadir vaqt o„tib miya charchaydi 
va bunda uni o„qishga majburlash salbiy holatga olib 
kelish mumkin, ya‟ni siz kitob o„qiyverasiz lekin 
xayol boshqa joyga chalg„ib ketganini hamda siz 
o„qiyotgan ma‟lumotlarni miya qabul qilmayotganini 
sezmay qolishingiz mumkin. Shuning uchun vaqt 
bilan ishlashni ham bilish lozim. Bunda 20 daqiqa 
o„qib, 5 daqiqa uni miyada takrorlash va yana 5 
daqiqa uni qaytadan o„qib eslab qolinmagan 
ma‟lumotlarni takrorlab olish mumkin bo„ladi. Bu 
tarzda o„qish 1-2 soat bosh ko„tarmay o„qishdan ko„ra 
samaraliroq 
bo„ladi. 
Demak, 
tarix 
fanini 
o„rganishning muhim bosqichlaridan biri kitob o„qish 
ekanligini unutmagan holda uni to„g„ri tashkil etish 
lozim bo„ladi. 

Download 423,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish